Raqamli iqtisodiyot nima?


Download 0.53 Mb.
Sana30.06.2020
Hajmi0.53 Mb.
#122228
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot


RAQAMLI IQTISODIYOT - NIMA?”
Assalomu alaykum xurmatli hamkasblar.Hurmatli yurtboshimiz tomonidan 2020 yil ,,Ilm- ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Ko’pchilk fuqarolarimiz va o’quvchilarimizda raqamli iqtisodiyot atamasi xaqida etarlicha bilim va tushuncha mavjud emas.Biz iqtisod fani o’qituvchilarining asosiy vazifalarimizdan biri ularda shu bilim va ko’nikmani hosil qilishdir.Shu maqsadda men sizlar bilan ,,Raqamli iqtisodiyot” xaqidagi bilganlarim va qo’shimcha ma’lumotlarim bilan o’rtoqlashmochiman.Dastlabki beriladigan savollar:

1.Raqamli iqtisodiyot –nima? U qachondanboshlab ishlatila boshlangan? Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ataydilar. "Raqamli iqtisodiyot” terminini esa birinchi bo‘lib 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte amaliyotga kiritgan.

2.Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi nimada?

Masalan, qaysidir xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib o‘zi tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an’anaviy iqtisodiyot sanaladi. Telegramdagi biror-bir savdo boti orqali o‘ziga ma’qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to‘lov tizimi orqali to‘lash va tovarni etkazib berish xizmati orqali olish esa raqamli iqtisodiyot deyiladi.Aslida, hammamiz anchadan beri raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Xususan oylik maoshimiz plastik kartaga tushadi, elektron to‘lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet hamda boshqa mahsulot va xizmatlarga to‘lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklaratsiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo. Butun dunyoda,,Tojdor virus”ning tarqalishi iqtisodiy hayotimizda bo’ganda raqamli iqtisodiyotga xos faoliyat turlarini yanada ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa xizmat ko’rsatish sohasida,ta’limda yaqol ko’zga tashlanmoqda.Onlayn darslar,sinovlar bunga misol bo’la oladi. Raqamli iqtisodiyot – bu noldan boshlab yaratilishi lozim bo‘lgan qandaydir boshqacha iqtisodiyot emas. Bu yangi texnologiyalar, platformalar va biznes modellarini yaratish, ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha tizimga ko‘chirish deganidir.



Belgilari:

*yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

*elektron hujjat almashinuvi;

*buxgalterlik va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;

*ma’lumotlarning elektron bazalari;

*CRM (mijozlar bilan o‘zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

*korporativ tarmoqlar.

Qulayliklari:

1. To‘lovlar uchun harajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo‘lkira va boshqa resurslar tejab qolinadi).

2. Tovarlar va xizmatlar haqida ko‘proq va tezroq ma’lumot olinadi.

3. Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari kengayadi.

4. Fidbek (iste’molchi fikri)ni tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.

5. Tezroq, sifatliroq, qulayroq tamoyili yorqin namoyon bo‘ladi.

Jami 284 ta banddan iborat Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.

2020 yil Davlat dasturida umumiy qiymati 18,2 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSH dollariga teng loyihalar nazarda tutilmoqda, shundan:

*Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari maqsadli fondlar – 12,9 trln so‘m;

*Ijrochilar va banklar mablag‘lari – 2 trln so‘m;

*Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari va grantlar – 3,3 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSH doll.



Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasi 2020 yilning 11-20 fevral kunlari jamoatchilik muhokamasi uchun 2020.strategy.uz va regulation.gov.uz veb-portallariga joylashtirildi. Muhokamalar jarayonida aholidan jami 3 162 ta taklif bildirildi.Demak aholimiz raqamli iqtisodiyotni hayotga joriy qilish borasida ham bilimga ega bo’lib bormoqda. Mazkur infografikada biz Davlat dasturi loyihasini fuqarolarning fikr va mulohazalaridan so‘ng qabul qilingan holati bilan solishtirdik.

Aziz hamkasblar ushbu qisqa ma’lumotlar orqali sizda ,,Raqamli iqtisodiyot “xaqida ozgina bilim va ko’nikma xosil qila olgan bo’lsam o’zimni baxtiyor xis qilgan bo’lar edim.,,Bizni ham kutsinlar ,bizlar kutganlar,bizni sog’inganlar omon bo’lsinlar”



Ibroximjon Ustoz.2020.23.03.
Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling