Raqamli ta'lim jarayonida tabiiy fanlarni akt yordamida o'qitish


Download 394.19 Kb.
Sana19.05.2020
Hajmi394.19 Kb.
#108007
Bog'liq
Raqamli ta'limda...


Raqamli ta'lim jarayonida tabiiy fanlarni AKT yordamida o'qitish

Hayotimiz har jihatdan texnika va texnalogiyalar bilan bog’liq: ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini tuzish va o’qish bilan yakunlashgacha. Ta’lim sifatini oshirish va rivorlantirish uchun texnologiyalardan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishlozimdir. Bilimli avlod, professional kadrlar bu jamiyatning keng miqyosida rivojlanishi garovidir. Muhtaram prezizentimiz tomonidan 2020-yilni "Ilm ,ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish" yili deb nomlanishi ham bejizga emasdir.

Ma'lumki, xar jabxada rivojlanibkelayotgan go'zal va betakror O'zbekistonimizda ham aniq va tabiiy fanlarning o'qitilishida oliy va umumiy o'rta ta'lim muassasalarini moddiy texnika bazasini yangilash, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari o'quv jarayoniga zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va “Elektron ta'lim” tadbiqi 2020-2025 yillarda innovatsion rivojlanishning kelajak traektoriyasi va texnologik yo'l xaritasini ishlabchiqish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu esa xalqimizning xususan ilmga chanqoq bo'lgan talaba yoshlaring turmush darajasini yahshilash va yetuk mutaxasis bolib yetishishi uchun ustuvor yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.

Oliy ta'limda masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish va raqamli darsliklarni ishlab chiqish ularni amalda qo'llash samarasi ta'limda o'qitishning innovotsion usuli bo'lib, ta'lim sifatini oshirish, korruptsiyani yo'q qilishga va uni oldini olishga qaratilgan. Raqamli darsliklarni qay ko’rinishda bo’lishini loyihalashdan avval ko’p jihatlarini o’rganiladi, ya’ni uni o'qitish bo’yicha tadqiqotlar olib boriladi. Natijada yaratilayotgan o’quv darsliklar bilim olish jarayonida qiziqarli, yengil, esdaqolarli va zararsiz bo'lishiga yo’naltiriladi. Birgina sahifada birvaqtning o’zida ham matnli, ham audiotovushli tushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo’lishi mumkin. Bunday darsliklar asosan fizika va anatomiya darsliklari ustida olibborilgan tadqiqotlarga ko’ra, darsliklar virtual, multiformatli va interaktiv bo’lganligi sababli ishtirokchilarning 80 foizi axborotni eslab qolaoladi. Ta'lim oluvchining o'quvjarayoniga qamrab olishuni rejadagi darslarga bilim va ko'nikmalarini hosil qilishda 3D animatsiyadan foydalanish ham maqsadga muofiqdir. Xususan oliy ta'limda fizika yo'nalishidagi fanlar: molekulyar fizika, atom fizikasi, yadro fizikasi va kvant mexanikasidan ayrim laboratoriyalarni o'tkazish bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bunga sabab maxsus tajriba uchun maxsus sharoitlarni talab qilinishi yoki tajriba jihozlarining yetarli emasligidir. 3D gologramma orqali ushbu laboratoriyalarni virtual amalga oshirish mumkin. 3D gologrammali virtual laboratoriyaning afzalligi shundaki buni ixtiyoriy fizika, kimyo, biologiya, geografiya fani o'qituvchisi va o'quvchisi tayyorlashi va amalda qo'llashi mumkin. Buning uchun avvalo bizga 3D gologramma hosil qiluvchi qurilma, video tasvir hosil qiluvchi ekran (telvizor, planshet, noutbukdan xam foydalanish mumkin) o'lchamiga qarab esa qurilma o'lchamlari olinadi.



Yuqoridagi rasmda turli o'lchamli ekran bilan qurilma o'lchamlariga bog'liq grafik keltirilgan. Grafikda qurilmaning A,B,C,D va E o'lchamlari bir biriga mutanosib tarzda berilgan, bu o'lchamlardan qurilmamizni ya'ni asosi to'rtburchakli piramidani yasashda ishlatamiz.(jadvalda berilgan o'lchamlar sm larda berilgan). Talabalarga tasvir sifatli ko'rinishi uchun 1:1m o'lchamiga yaqin ekranda tajribani video tasvirini namoyish qilish tavsiya etiladi. Buning uchun avvalo 3D gologramma qurilmasini tayyorlab olamiz. Dastlab qurilmani tayyorlashdan oldin qalinligi 1-3 mm oraliqdagi va o'lchami ekran o'lchami bilan teng bo'lgan masalan 1m ga 4m bo'lgan shaffof plastinka (yoki shisha)dan 3D gologramma tasvirini hosil qiluvchi qurilmani tayyorlab olamiz. Bu qurilmani tayyorlash qanday amalga oshiriladi: shaffof plastinkani 1:1 m o'lchamdagi 4 ta kvadratga ajratamiz.





Ajratgan kvadratlarimizni har biridan teng yonli trapetsiya shaklidagi bo'lak tayyorlaymiz. Bunda tayyorlanadigan trapetsiyaning pastki asosi 1 m yuqori asosi esa 10 sm balandligi 75 sm bo'ladi. Tayyorlanadigan trapetsiyaning bunday o'lchamlarda olinishiga sabab 3D tasvir sifatini taminlash xisoblanadi. Tayyor bo'lgan 4 ta trapetsiyamizni yon tomonlarini bir biriga ketma ketlikda maxsus kley yoki skouch bilan mahkamlaymiz. Natijada asosi kvadratdan iborat bo'lgan kesik piramida xosil bo'ladi. Bu piramidaning apofemasi asos tekisligi bilan 45°burchak tashkil qilishi kerak bu tasvirining aniqligini ta'minlovchi eng asosiy omil bo'lib, balandligi esa 75sm bo'ladi.Yuqorida aytganimizdek talaba o'z ekraniga mos holda yuqoridagi jadvaldan foydalanib o'lchamlarni olishi mumkin. Kesik piramida shaklidagi plastinkadan tayyorlangan mazkur jismni video tasvir xosil qiluvchi ekran markaziga yuqori kichik asosi orqali qo'yiladi.

3D gologramma xosil qiluvchi qurilmani ishga tushirish uchun ekranda virtual labaratoriyaning maxsus 3D tayyorlangan videosini namoyish etamiz. Yuqoida aytganimizdek agar bunday video mavjud bo'lmasa amalda qo’llash uchun ishlab chiqilgan dastur Delphi XE 10.2 dasturlash muhitida yaratilgan hamda html, css, javascript tillari imkoniyatlaridan foydalanilganilgan dasturdan foydalanamiz. Bu dasturning asosiy vazifasi dasturga kiritilgan video rolik yoki virtual laboratoriyani ekran dioganali bo'yicha markaziy 4 ta teng bo'lakka bo'lish va har bir bo'lakda aynan bir xil tasvir namoyish etish xisoblanadi. Bu dasturni ishga tushirganda video faylni tanlash so’raladi, video tanlaniganidan so’ng dastur turgan katalogda video.html fayl hosil bo’ladi. Bu faylni Chrome dasturi yordamida kompyuterda ochiladi. 3D tasvir sifatini oshirish uchun xonani qorong’u qilish yoki qurilmani orqa tomonini qora mato bilan yopish mumkin.

Mazkur qurilma yordamida talabalarga istalgan laboratoriya yoki namoyish eksperimentlarini virtual 3D gologramma ko'rinishida bajarishi mumkin.



Adabiyotlar

Фойдаланилган адабиётлар


Ландсберг Г.С. "Оптика" Т 1981.

Калитеевский Н.И. "Волновая оптика" М.1971. М. 2006.
Download 394.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling