Raqobat kurashining zamonaviy shakllari: reklama, servis, marketing


Download 19.79 Kb.
Sana14.04.2023
Hajmi19.79 Kb.
#1356569
Bog'liq
Iqtisodiyot Nazariyasidan oraliq nazorat


14-variant
1.Raqobat kurashining zamonaviy shakllari: reklama, servis, marketing
Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash.Raqobat bozor subʼektlari
Iqtisodiy manfaatlarining toʻqna- shuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi.
Reklama (lotincha reklamo — qichqirmoq) — tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan koʻriladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot toʻgʻrisida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingnnng tarkibiy qismi hisoblanib, talab va isteʼmolchilar didining shakllanishiga taʼsir koʻrsatadi
Servis (inglizcha service — xizmat) — jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman keng aholiga xizmat ko‘rsatish; ishlab chiqarish texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni, madaniy maishiy, xoʻjalik va boshqa sanoat mahsulotlarini sotish hamda ularni ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan xizmat koʻrsatish sohalari. Servis texnika vositalari, maishiyroʻzgʻor apparaturasi, kommunal texnikani sozlash va taʼmirlashga nisbatan ham qoʻllanadi. 
Marketing (inglizcha: market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi
Bozor – alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakl­dagi munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor iqtisodiyoti va uni tavsiflash fundamental nima, qanday, kim uchun va qachon ishlab chiqarish kerak degan masalalar turli iqti­sodiy tizimlarda turlicha xal qilinadi.

  1. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning xususiyatlari.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqaruvchi (fermer xo‘jaligi) uchun qo‘shimcha barqaror daromad manbai yaratiladi. Mahsulotni qayta ishlash orqali unga qo‘shimcha qiymat qo‘shiladi, ya’ni mahsulotning qiymati ortib boradi.
Mahsulotni qayta ishlash darajasi turlicha, ya’ni dastlabki qayta ishlash yoki chuqur qayta ishlash bo‘lishi mumkin. Dastlabki qayta ishlashga quritish kabi oddiy amaliyotlar kirsa, chuqur qayta ishlash mahsulotga bir necha bosqichlarda ishlov berish, ya’ni konsyervatsiya qilish, sharbat olish, qadoqlash kabi amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Qayta ishlashni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan xo‘jalik yoki tadbirkorlar, avvalo, o‘z atrofida xomashyo bazasining yetarli bo‘lishiga va mavjud xomashyo hajmidan kelib chiqqan holda xarid qilib, o‘rnatiladigan qayta ishlash uskunasining quvvatini to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor qaratishlari lozim bo‘ladi.
Yana bir asosiy jihat ishlab chiqarilgan mahsulot uchun bozor masalasidir. Ya’ni, ishlab chiqarilgan mahsulot tashqi bozorda sotiladimi (eksport), ichki bozorda sotiladimi, buni aniq rejalashtirish kerak.
3.Foyda normasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar
Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shutufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin
Download 19.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling