Raqobat to‘G’risida


Download 40.55 Kb.
bet1/13
Sana10.01.2022
Hajmi40.55 Kb.
#288558
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
marketing1
3-topshiriq, 4-с1, 1 Корахоний давлати, 1 мавзу Статситика предмети презентация (1), Kombinatorika elementlari, Документ Microsoft Word, 27-mavzugacha test usmonov dan, 27-mavzugacha test usmonov dan, Социология, нотариуснинг бир иш куни, Отахонов Абдулла Исоқжон ўғли 2, Algoritm tushunchasi va uning xossalari, Algoritm tushunchasi va uning xossalari, Fizika-8-sinf-Zanjirning-bir-qismi-uchun-Om-qonuni

RAQOBAT TO‘G’RISIDA”GI QONUNNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Raqobat turlari va shakllari

    2. “Raqobat to’g’risida”gi qonunning mohiyati

    3. Raqobatga qarshi harakatlar

    4. Raqobat to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

  3. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar


Kirish

Raqobat muhitini vujudga keltirishda davlat tomonidan monopoliyaga qarshi siyosat olib borilishi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi, bu yo‘nalishda qonunchilik bazasi yaratilishi lozim. Bir so‘z bilan aytganda, bir paytning o‘zida raqobatga keng yo‘l ochish va monopoliyani imkon qadar qisqartish yaxshi samara beradi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tgan har qanday davlatda, sog‘lom raqobat va adolatli savdo qoidalari juda katta rol o‘ynaydi. Chunki, sog‘lom raqobat mehnat unumdorligini oshiradi, yangi ish joylarini yaratish, innovatsiyalar rivoji, eng muhimi, iste’molchilar farovonligini ta’minlaydi. Sog‘lom raqobat narxlar pasayishi, tovar-xizmatlar sifati yaxshilanishiga olib keladi.

Ko‘rilayotgan choralar misolida ko‘rish mumkinki, keyingi yillarda mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari (alkogolsiz ichimliklar, sharbatlar, non va non, go‘sht va sut, qandolat mahsulotlari va boshqalar) hamda ayrim nooziq-ovqat tovarlari (mebel, gilamlar va gilam mahsulotlari, to‘qimachilik buyumlari va boshqalar) bozorida yuqori darajada sog‘lom raqobat muhitiga erishildi. Qurilish, kabel-o‘tkazgich materiallari, pul o‘tkazmalari xizmatlari bozorlarida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar monopoliyasi bartaraf etildi. Lekin, shu bilan birga, boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi, yurtimizda ham davlat ishtirokidagi monopol korxonalar ko‘pligi, ularning xususiy sektor bilan teng bo‘lmagan sharoitda raqobatlashib kelayotgani va tarmoqlarni boshqaradigan vazirlik va idoralar zimmasiga raqobatni rivoj lantirish funksiyasi yuklatilmagani, qator sohalarda sog‘lom muhitni vujudga keltirishga to‘sqinlik qilmoqda.

Bundan tashqari, narxlarning keragidan ortiqcha tartibga solinishi, imtiyoz va preferensiyalar tizimi samarasizligi, biznes sub’ektlari faoliyatini tartiblashtirish darajasi yuqoriligi, boshqaruv idoralari raqobatni rivojlantirishdan manfaatdor emasligi, raqobatga qarshi holatlar bilan kurashishning huquqiy mexanizmlari takomillashmagani ham tizimli muammolarga sabab bo‘lgan.

Bu o‘rinda eng avvalo, monopol yoki ustun mavqega ega bo‘lish qonunbuzilishmi yoki bozor iqtisodiyoti qoidalariga asosan tabiiy holatmi, degan savolga javob berishimiz kerak. Iqtisodiyot nazariyasiga asosan, korxona monopol bo‘lib qolishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunbuzilishi hisoblanmaydi. Chunki, korxona to‘g‘ri marketing strategiyasini qo‘llagan holda, tovar yoki xizmatlari sifatli va arzon bo‘lgani, iste’molchilar ishonchini qozongani uchun ham monopol yoki ustun mavqega ega bo‘lib qolishi mumkin. Lekin, ustun mavqega ega bo‘lgandan so‘ng, buni suiiste’mol qilish, klassik monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga muvofiq, qonunbuzilish holati hisoblanadi. Bunday holatlarga narxni asossiz oshirish, sotib olingan tovarga qo‘shimcha tovar qo‘shib berish, boshqa raqobatchilarni bozordan siqib chiqarish maqsadida, tovarlarni vaqtincha tannarxidan past narxda sotish va hokazolar kiradi. Amaldagi qonunchilikka asosan, faqatgina statistik ma’lumotlarga asoslanib, korxonaning tegishli bozordagi ulushi hisoblab chiqilgan va agar u 50 foiz yoki undan yuqori bo‘lsa, monopol korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan. Natijada, biror qonunbuzi lishini sodir etmagan korxonalar ham mazkur ro‘yxatga qo‘shilib qolgan. Bu bir qator qo‘shimcha hisobotlarni talab etish va byurokratizmga olib keladi.

O‘zbekiston Resublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning
Oliy Majlisga murojaatnomasida raqobatni tartibga solish, nosog‘lom raqobat muhitiga barham berishga tegishli bo‘lgan quyidagi fikrlari aytib o‘tildi.

Jumladan, tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarurligi, avtomobil sanoatida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish va korxonalarga teng sharoitlar yaratish orqali sohada ishlab chiqaruvchilar soni ko‘paytirish, iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatdosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishish1 to‘g‘risidagi fikrlar shular jumlasidandir.




Download 40.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling