Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari. Reja


Download 306.5 Kb.
Sana24.08.2020
Hajmi306.5 Kb.
#127501
Bog'liq
Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlar

Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari, ma’no turlari.

Reja:

  • Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot
  • Ravishlarning tuzulish jihatidan turlari.
  • Ravishlarning ma’no turlari

1. Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot

  • 10
  • Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qancha?, qachon?, qayer? singari so`roqlarga javob bo`luvсhi so`zlar ravish deyiladi.

Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi.

  • Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi.
  • Ravishlarning
  • tuzilishi jihatdan
  • turlari
  • Sodda
  • Juft
  • Qo’shma
  • Takroriy

Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.

  • Sodda ravishlar bir o`zak morfemadan tuziladi: yaqqol, ko`p, hozir, vijdonan, kamtarona kabi.
  • Qo`shma ravishlar ikki so`z asosining birikishi orqali tuziladi: har gal, bir vaqt, tez fursatda, shu yoqqa kabi.
  • Sodda va qo’shma ravishlar

Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.

  • Juft ravishlar ikki so`z asosining teng bog`lanishidan tuziladi: hali-beri, erta-kech, eson-omon kabi.
  • Takroriy ravishlar esa bir so`z asosini aynan takrorlash bilan yoki ikkinchi takrorlangan ravishda tovush o`zgarishi yuz bergan holda tuziladi: endi-endi, asta-asta, oz-moz, sal-pal, zo`rg`a-zo`rg`a kabi.
  • Takroriy ravishlar so`zning leksik ma’nosini o`zgartirmay, balki ortiqligi, kamligi, noaniqlik, ta’kid kabi qo`shimcha ma’nolarni ifodalab keladi.
  • Juft va takroriy ravishlar
  • holat ravishi
  • payt ravishi
  • o`rin ravishi
  • miqdor-daraja
  • sabab ravishi
  • maqsad ravishi
  • Ravishlarning
  • ma’no
  • turlari

Holat ravishi

  • Holat ravishi. Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.

Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi:

  • Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi:
  • __Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P.Q.).
  • __Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A.M.).
  • __Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P.Q.).

Payt ravishi.

  • Payt ravishi. Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi.
  • Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.

Payt ravishlari

  • Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi.
  • Masalan: Sen bir birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H.O.).

O`rin ravishi

  • O`rin ravishi. O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi.
  • O`rin ravishi qayerga? qayerda? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.

O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`.G`ulom).

  • O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`.G`ulom).

Miqdor-daraja ravishi.

  • Miqdor-daraja ravishi. Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.

Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:

  • Miqdor-daraja ravishlari ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
  • 1.--miqdor ravishi.
  • 2.--daraja ravishi.

Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).

  • Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).
  • Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).

Sabab ravishi.

  • Sabab ravishi. Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.
  • Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).

Maqsad ravishi.

  • Maqsad ravishi. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi.
  • Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min

Mavzu: 4.Ravishlarning yasalishi, tuzulish jihatidan turlari

Reja:

  • Ravishlarning yasalishi haqida ma’lumot.
  • Ravishlarning tuzulish jihatidan turlari

Ravishlarning yasalishi haqida ma’lumot.

  • O`zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul,
  • 1.affiksatsiya
  • 2.kompozitsiya
  • usuli bilan yasaladi.

Affiksatsiya usuli

  • Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi.
  • Ravishning bu usul bilan yasalishida ko`pincha ot, ba’zan sifat, son, olmosh, fe’lning sifatdosh va harakat nomi shakllari, shuningdek ravishning o`zi asos bo`ladi.

Kompozitsiya usuli

  • Kompozitsiya usuliga ko`ra ikki so`z asosini ma’lum bir qolipda birikishi, tizilishi orqali harakatning bitta belgisini ifodalaydigan ravish yasaladi. Bu usul bilan
  • 1. qo`shma
  • 2. juft ravishlar yasaladi.

Qo`shma ravish quyidagicha yasaladi:

  • 1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi;
  • 2) ko`rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu er, shu yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u erdan kabi;

3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi;

  • 3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz kabi;

4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.

  • 4) turli so`z turkumiga oid ikki so`z shaklining (o`z leksik ma’nosini saqlagan, ba’zan mustaqil ishlatilmaydigan so`z bilan) birikishi bilan: tez orada, hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi.

Juft ravish quyidagicha yasaladi:

  • 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi;
  • 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi;

3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;

  • 3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi;
  • 4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinar-bilinmas kabi.

Download 306.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling