Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


Lizing xizmatlarining buxgalterlik hisoboti


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
#130629
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
lizing xizmatdari va servisini rivozhlantirishning istiqbolli jonalishlari xorazm viloyati misolida


Lizing xizmatlarining buxgalterlik hisoboti: 

 

40 


-  O‗zR Milliy buxgalterlik hisoboti standarti (MBHS); 

-  ―Buxgalteriya  hisobida  lizing  xizmatlarini  aks  ettirish  tartibi  to‗g‗risida‖gi 

nizom. 

Xususan,  Fuqarolik  kodeksining  34-bobidagi  oltinchi  band  lizingga,  ya‘ni 



moliya  ijarasiga  bag‗ishlangan  bo‗lib,  unda  lizingning  ta‘rifi  berilgan.  Jami  13 

moddadan  iborat  bo‗lgan  bu  bandda  lizing  shartnomasi,  obyekti,  subyekti, 

lizing to‗lovlari, tomonlarning majburiyatlari, javobgarliklari, huquqlari va bir qator 

boshqa masalalar qamrab olingan. 

Ayni shu davrda ―O‗zbek Lizing interneshnl‖ AJ (1995 y.), Osiyo-Yevropa trast 

kompaniyasi  (OETK)  (1996  y.),  ―Baraka‖  universal lizing kompaniyasi  OAJ  (1996 

y.), ‖O‗zkeysagrolizing‖ KD (1997 y.), ―O‗zavializing‖ ALK (1997 y.) kabi hozirgi 

kunda ham samarali faoliyat yuritayotgan milliy va qo‗shma korxonalar tashkil etildi. 

Ushbu lizing tuzilmalarini shakllantirishda chet el tajribasidan keng foydalanildi.  

Rivojlangan  mamlakatlarning  ilg‗or  tajribasidan  samarali  foyda-lanish  hamda 

endigina  shakllanayotgan  bozorning  to‗laqonli  amal  qilishini  tashkillashtirish 

maqsadida  lizing  faoliyatini  tartibga  solishning  me‘yoriy-huquqiy  asoslarini 

shakllantirish zaruriyati tug‗ildi. 

1997  yilda Respublika Vazirlar Mahkamasining ‖O‗zkeysag-rolizing‖ o‗zbek-

amerika  kompaniyasini  tashkil  etish  to‗g‗risida‖gi  111-sonli  qaroriga  binoan 

O‗zbekiston  banklar  assotsiatsiyasi  va  uning  sho‗ba  korxonasi  «Baraka»  ULK 

OAJga  bir  oy  muddatda  «Lizing  to‗g‗risida»gi  vaqtinchalik  Nizom  ishlab  chiqib, 

Vazirlar  Mahkamasiga  kiritish  tavsiya  etildi.  Tayyorlangan  hujjat,  lizing  asosida 

moliyalashtirishning  shartnoma  munosabatlarini  qulay  sharoitlari  va  prinsipial 

asoslarini  qamrab  olgan  edi.  Biroq,  mamlakat  hukumati  lizing  bo‗yicha  me‘yoriy-

huquqiy  hujjatlarni  yanada  mujassamlashtirish  hamda  u  lizing  munosabatlarining 

barcha jihatlarini qamrab olishi lozimligidan kelib chiqib, vaqtinchalik Nizom o‗rniga 

―Lizing to‗g‗risida‖ qonun ishlab chiqish zarurligi haqida xulosaga keldi. 

1998 yilda Respublika Vazirlar Mahkamasida qator vazirliklar, bank, moliya va 

lizing tuzilmalari mutaxassislaridan iborat guruh ish boshlab, u ―Lizing to‗g‗risida‖gi 

qonunning dastlabki loyihasini ishlab chiqdi  va 1999 yil 14 aprelda Oliy Majlisning 



 

41 


qarori bilan O‗zbekiston Respublikasining "Lizing to‗g‗risida"gi qonuni kuchga kirdi. 

Mazkur  me‘yoriy-huquqiy  hujjat  lizing  bo‗yicha  Oliy  Majlis  tomonidan  qabul 

qilingan birinchi maxsus davlat hujjati bo‗lib, unda lizing xizmatlarini amalga oshirish 

tartiblari,  unda  ishtirok  etadigan  subyektlarning  huquq  va  majburiyatlari,  lizing 

obyektining  ta‘rifi  va  lizing  faoliyatini  belgilovchi  me‘yorlar  o‗zining  aniq  ifodasini 

topdi. 


Mamlakatda  lizing  munosabatlarini  rivojlantirish  hamda  respublika  tijorat 

banklari  tomonidan  ko‗rsatilayotgan  moliyaviy  xizmat  turlarini  ko‗paytirishda 

O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1997 yil 29 martda tasdiqlangan 

"O‗zbekiston  Respublikasi  banklari  tomonidan  lizing  xizmatlarini  o‗tkazish  tartibi 

to‗g‗risida»gi qoidalari muhim rol o‗ynadi.  

Xususan,  bu  hujjat  tijorat  banklarining  lizing  bozorida  faoliyat  yuritish 

me‘yorlarini aniqlab, bank mijozlari bo‗lgan kichik va o‗rta biznes subyektlariga banklar 

tomonidan  lizing  xizmatlarini  bajarish  uchun  huquqiy  asoslarni  yaratdi.  Ularning 

lizing  xizmatlari  qator  xususiyatlarga  ega  bo‗lib,  avvalo,  deyarli  barcha  banklar  lizing 

loyihalarini  o‗zlari  uchun  past  rentabellik  bilan  amalga  oshirdilar.  Bu  mamlakatning 

o‗rta  va  uzoq  muddatli  kreditlar  uchun  mavjud,  ammo  lizing  xizmatlariga  nisbatan 

qo‗llanilmaydigan soliq imtiyozlari bilan bog‗liq.  

Tijorat  banklari  mijozlarni  lizing  loyihalarini  kreditlash  stavkasi  bo‗yicha 

moliyalaganligi  tufayli  ularning  foydasi  QQS  (qo‘shilgan  qiymat  solig‘i)  hisobiga 

kamaygan.  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2002  yil  28  avgustdagi  ―Lizing 

faoliyatini  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi 

Farmoni hamda Markaziy bankning ―Tijorat banklarining moliyaviy lizing xizmatlarini 

olib  borish  tartibi  to‗g‗risida‖gi  Nizomga  kiritilgan  tuzatish  va  qo‗shimchalar 

banklarning lizing xizmatlarini faol amalga oshirishiga shart-sharoit yaratib berdi. Li-

zing    beruvchilarning    lizing    xizmatlarini    o‗tkazish    chog‗ida  qo‗shilgan  qiymat 

solig‗idan  ozod  etilishi  lizing  xizmatlari  bozorida  banklarning  faol  ishtiroki  uchun 

huquqiy va iqtisodiy asoslarni yanada mustahkamladi va rivojlantirdi.  

Misol tariqasida Prezident Farmonidan so‗ng lizing faoliyatini endigina boshlagan 

ikkita  bank  –  ―Qishloqqurilishbank‖  (oldingi  ―G‗allabank‖)  va  ―Mikrokreditbank‖ 



 

42 


(oldingi  ―Tadbirkorbank‖)  2002  yilning  oxiriga  qadar  110  ta  lizing  operatsiyalarini 

amalga  oshirganligini  yoki  tijorat  binklari  tomonidan  Farmondan  keyingi  2  yilda 

amalga  oshirilgan  lizing  operatsiyalari  soni  5  barobarga  oshganligini  keltirish 

mumkin.  Farmon  lizing  xizmatlariga  bank  kreditlari bilan bir xil bo‗lgan  soliq solish 

shartlarini ta‘minlab, banklarga o‗z lizing xizmatlari hisobidan daromadlarini oshirish 

imkonini berdi.

46

 

Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  mazkur 



Farmoniga  xalqaro  moliya  institutlari  vakillari,  xususan,  Xalqaro  moliya 

korporatsiyasi (XMK)ning Markaziy Osiyodagi hududiy vakili Gorton De Mond ham 

yuqori baho berdi: ―Ushbu Farmon XMK va xususiy investorlar tomonidan KBXTga 

kerakli  kapitallarni  kiritishda  zarur  bo‗lgan  qulay  investitsiya  muhitini  yaratish 

yo‗lida sezilarli qadam bo‗ldi‖.

47

 



Respublikada  lizing  xizmatlari  bozorini  rivojlantirishning  huquqiy  asoslarini 

takomillashtirish yo‗lidagi vazifalardan biri bo‗lib "Investitsiya faoliyati to‗g‗risida"gi, 

"Lizing  to‗g‗risida"gi  qonunlarning  xalqaro  lizing  qonunchiligi  va  davlat 

iqtisodiyotiga  oid  boshqa  qonunlar  bilan  tartibga  keltirilishi  xisoblanadi.  Bunda 

Ottavada  qabul  qilingan  (1988  yil)  va  1995  yil  1  maydan  kuchga  kirgan  BMT 

Konvensiyasi  qoidalari  va  ushbu  Konvensiyaga  a‘zo  bo‗lgan  va  bo‗lmagan 

davlatlar  qonunchiligini  inobatga  olish  asosiy  muammolardan  biri  edi.  Ayniqsa, 

MDHga a‘zo bo‗lgan davlatlarning lizingni  rivojlantirish bo‗yicha dastlabki  yillarda 

qabul  qilgan  qonun  va  qoidalarini  o‗rganish  hamda  ularni  o‗z  qonunchilikni 

takomillashtirishda inobatga olish muhim edi. 

Lizing  bo‗yicha  me‘yoriy-huquqiy  bazani  yanada  takomillashtirish  maqsadida 

mamlakatda  huquqiy  islohotlar  davom  ettirildi.  Yuqorida  qayd  etilgan  Prezident 

Farmoni hamda ―O‗zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartishlar va 

qo‗shimchalar  kiritish  to‗g‗risida»gi  qonun  qabul  qilinib,  unga  muvofiq  O‗zR 

Fuqarolik  va  Soliq  kodeksiga,  O‗zR  ―Lizing  to‗g‗risida‖  gi va  ―Bojxona tariflari 

to‗g‗risida‖gi qonunlariga 38 ta o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi.  

                                                 

46

 Анализ рынка лизинга в центральной Азии. Международная Финансовая корпорация, IFC\ SECO 2003, май. – 



19-20 с. 

47

http://www.ifc.org/ifcext/eca.nsf/Content/SelectedPRUzbekistan?OpenDocument&UNID=FC719593EDBE6DC0 



85256EA0006A5487

 


 

43 


Ta‘kidlash joizki, ushbu me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda qator vazirliklar, 

idoralar,  tijorat  banklari  hamda  lizing  kompaniyalari  va  xalqaro  moliya  institutlari 

vakillari  qatnashdi  va  ―Baraka‖  kompaniyasi  tashabbusi  bilan  2001  yilda  tashkil 

etilgan «Lizing xizmatlari bozorini rivojlantirishga  qaratilgan takliflarni ishlab chiqish 

bo‗yicha» ishchi guruhi tomonidan amalga oshirildi.  

Lizing  to‗lovlarini  QQSdan  ozod  etish,  lizingga  berish  maqsadida  O‗zR 

hududiga  olib  kirilayotgan  texnologik  uskunalarni  QQS  va  bojlardan  ozod  etish, 

xo‗jalik subyektlari – lizing oluvchilarga lizingga berilgan mol-mulkni mulk solig‗idan 

ozod  etish  va  boshqalar  uchun  jiddiy  soliq  imtiyozlari  berilishi  ushbu  me‘yoriy-

huquqiy hujjatlar qabul qilinishining natijasi bo‗ldi. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  16  iyundagi 

―Istiqbolda  valyuta  kurslarini  unifikatsiyalash  va  valyuta  bozorini  liberallashtirish 

tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  260-sonli  qarori  lizing  xizmatlarini  amalga  oshirishda 

valyuta  hisobiga  lizing  obyektlarini  import  qilish  shart-sharoitlarini 

engillashtirdi hamda xalqaro lizing xizmatlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar 

yaratdi. 

2003  yil  6  fYevralda  lizing  bo‗yicha  qonunchilikka,  xususan,  Fuqarolik 

kodeksi,  Soliq  kodeksi,  ―Lizing  to‗g‗risida‖gi  va  ―Bojxona  tarifi  to‗g‗risida‖gi 

Qonunlarga  o‗zgartishlar  kiritilib,  O‗zbekistonda  lizing  xizmatlari  bozorining 

rivojlanishi  yo‗lidagi  barcha  asosiy  to‗g‗anoqlar  bartaraf  etildi.  Lizingga  doir 

qonunchilikning  bu  islohoti  progressiv,  barqaror  huquqiy  asosni  ta‘minlab, 

O‗zbekistonda lizing xizmatlarining jadal rivojlanishiga o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi.  

2003  yil  30  avgustda  O‗zbekiston  parlamenti  tomonidan  Xo‗jalik  protsessual 

kodeksga  o‗zgartishlar  kiritilishi  natijasida,  lizing  oluvchi  shartnomada  belgilangan 

majburiyatlarni  bajarmaganda,  lizing  obyekti  lizing  beruvchi  tomonidan  talab  qilib 

olinishining  soddalashtirilgan  mexanizmi  yaratildi.  Ushbu  o‗zgartishlar  lizing 

beruvchi  tomonidan  nafaqat  o‗z  xizmatlarining  hajmini  oshirishga,  balki  ta‘minot 

uchun  etarli  aktivlari  bo‗lmagan  KBXT  vakillarining  lizing  bo‗yicha  uskunalar 

olishlariga  qulaylik  yaratdi.  Bu  esa  mamlakatda  lizing  xizmatlari  va  servisining 

rivojlanishiga qo‗shimcha rag‗bat bo‗lib xizmat qiladi. 



 

44 


Bugungi  kunda  ―O‗zbekiston  Respublikasi  lizing  beruvchilar  uyushmasi 

(LBU)‖  tashkil  etilgan  bo‗lib,  uning  asosiy  vazifalari  O‗zbekistonda  lizing  bozori 

rivojlanishining huquqiy va iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash hisoblanadi. 

O‗zbekistonda lizingning huquqiy asoslari Fuqarolik kodeksining ikkinchi qism, 

oltinchi  bandida  belgilab  qo‗yilgan.  Unda  lizing  moliyaviy  ijara  deb  atalgan. 

O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‗zR FK)dagi 587 dan 599 gacha 

bo‗lgan  13  ta  modda  lizingga  ajratilgan.  Jumladan,  587-moddada  ta‘kidlanishicha, 

lizing shartnomasi lizingni moliyaviy ijara sifatida nazarda tutadi va lizing  obyektini 

xarid qilish uchun faqat lizing beruvchining o‗z mablag‗laridan foydalanishini ko‗zda 

tutgan


48

.  Bu  ta‘rif  esa  lizing  xizmatlari  miqyosi,  shu  jumladan  ularning  qiymatini, 

ehtimoli  bo‗lmish  lizing  oluvchilar  doirasini  va  lizing  obyektlari  ro‗yxatini 

toraytiradi.  

Amalda  katta  miqyosdagi  lizing  xizmatlarini  qo‗shimcha  moliyaviy  resurslarni 

jalb  etmay  amalga  oshirib  bo‗lmaydi  va  buni  jahon  tajribasidan  ko‗rish  mumkin. 

O‗zbekistonlik  olimlar  o‗z  tadqiqotlarida  O‗zR  FKga  "...  o‗z  mablag‗i  hisobidan" 

so‗zlaridan  keyin  "va  jalb  etilgan  mablag‗lar"  so‗zlarini  kiritish  taklifini 

bildirishgan.

49

  Shunday  o‗zgartirish  kiritilishi  lizing  beruvchiga  faqat  o‗z  mablag‗i 



hisobidan emas, chetdan jalb etilgan resurslar hisobiga ham lizing faoliyatini amalga 

oshirish  huquqini  berdi  va  O‗zR  FKga  ham  shunday  qo‗shimchaning  kiritilishi 

mazkur qonun hujjatlari o‗rtasidagi nomuvofiqlikni bartaraf qildi.

50

 



O‗zbekiston Respublikasida lizing munosabatlarining murakkabligi va nisbatan 

yangiligi  bu  munosabatlarning  huquqiy  tabiati  xususida  har  xil  nuqtai  nazarlar 

mavjudligiga  olib  keldi.  Lizing  munosabatlarining  qatnashchilari  lizingni  qanday 

tushunishlarini  aniq  va  ravshan  ta‘riflab  berish  lizing  munosabatlarini  huquqiy 

rasmiylashtirish davomida paydo bo‗ladigan asosiy vazifadir.  

                                                 

48

 Газибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. «Лизинг и его развитие в Узбекистане», - Ташкент: Молия, 2001. - 90 с. 



49

 O‘sha joyda: - 106 b. 

50

 O‘zbеkiston Rеspublikasining ―O‘zbеkiston Rеspublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar 



kiritish to‘g‘risida‖gi  447-II-son qonuni, 2002 yil 13 dеkabr. 

 

45 


O‗zbekiston  Respublikasining  "Lizing  to‗g‗risida"gi  qonunida  va  boshqa 

hujjatlarda

51

  yuqorida  qayd  etilganidek,  lizingning  aniq  ta‘rifi  berilmagan,  u 



moliyaviy  ijara  deb  talqin  etilgan.  Mazkur  qonunni  qo‗shimcha  ravishda  ishlab 

chiqish  jarayonida  esa  lizingning  qarz  olish-berish,  iqtisodiyot  subyektlari  o‗rtasida 

zamon va makonda taqsimot munosabatlari asosidagi ijaraning alohida toifasi tarzida 

ro‗yobga  chiqadigan  o‗zaro  bog‗liq  iqtisodiy-huquqiy  va  mulkiy  munosabatlar 

majmuasi sifatidagi mohiyati ochib berilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi.  

O‗zbekiston  Respublikasi  FK  va  "Lizing  to‗g‗risida"gi  qonuniga  binoan  lizing 

obyektini o‗z egaligi va foydalanishi uchun oladigan shaxs lizing oluvchi, deb e‘tirof 

qilinadi.  Ammo,  garchi  lizing  obyekti  vaqtincha  egalik  qilish  va  foydalanish  uchun 

lizing  beruvchining  yozma  roziligi  bilan  uchinchi  shaxsga  qo‗shimcha  tarzda 

topshirishga ruxsat etilsa ham lizing oluvchining mulkni qisman tasarruf etish huquqi 

ko‗zda tutilmaydi.  

O‗zbekiston  Respublikasining  amaldagi  qonun  hujjatlarida,  jumladan, 

O‗zbekiston  Respublikasi  FKning  va  "Lizing  to‗g‗risida"gi  qonunining  yangi 

tahrirlarida  ham  lizing  to‗lovining  barcha  unsurlari  (590-22  moddalar)  sanab 

o‗tilmagan.  Bu  moddalarga  binoan,  lizing  to‗lovlari  lizing  beruvchining  lizing 

obyektini  olish  uchun  qilgan  xarajatlarining  hammasi  yoki  ko‗p  qismi,  shuningdek, 

lizing  obyektini  etkazib  berish  va  belgilangan  maqsadda  foydalanish  uchun  uni 

yaroqli  holga  keltirish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  boshqa  xarajatlari  lizing  oluvchi 

tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‗ladi.  

Bu moddalarning eski tahriridan ma‘lum bo‗lishicha, lizing to‗lovi uch unsurni – 

lizing  obyekti  amortizatsiyasining  qiymati;  lizing  shartnomasi  bo‗yicha  lizing 

beruvchi  tomonidan  qilingan  xarajatlarni va  uning  daromadini  o‗z  tarkibida  nazarda 

tutar  edi.

52

  Demak,  lizing  to‗lovi  tarkibiga  quyidagi  unsurlar  kiritilishi  kerak:  lizing 



mol-mulkining amortizatsiyasi; lizing bitimini amalga oshirish uchun lizing beruvchi 

tomonidan  jalb  etiladigan  kredit  resurslari  uchun  to‗lov;  vositachilik  haqi;  qaltislik 

xavfi  uchun  tegishli  mukofot;  lizing  beruvchi  tomonidan  lizing  oluvchiga 

                                                 

51

  O‘zbеkiston  Rеspublikasining  "Lizing  to‘g‘risida"gi  756-I-son  qonuni,  1999  yil  14  aprеl;  Lizing  opеratsiya-larini 



tashkil etishga oid tavsiyalar. O‘zbеkiston Rеspublikasi Banklari assotsiatsiyasi "Baraka" ULK. - T., 1998. 

52

 Газибеков Д.Г., Сабиров О.Ш. Лизинг и его развитие в Узбекистане. – Т.: Молия, 2001, - 97-98 с. 



 

46 


ko‗rsatiladigan  servis  xizmatlari  –  uskunalarni  etkazib  berish,  sug‗urtalash, 

xodimlarni o‗qitish, marketing, konsalting, ta‘mirlash xizmatlari va h.k.  

Lizing  to‗lovlaridan  qo‗shilgan  qiymat  solig‗i  olinish  qoidasi  bekor  qilinishi 

munosabati  bilan  mazkur  soliq  summasi  bugungi  kunda  lizing  to‗lovi  tarkibidan 

chiqarib  tashlandi.

53

  Umuman  olganda,  ko‗rsatilgan  yo‗nalishlarda  lizingning 



huquqiy  negizla-rini  takomillashtirib  borish  iqtisodiyotni  modernizatsiya  qilishning 

muqobil  usuli  bo‗lmish  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorini  qaror  toptirish, 

rivojlantirish va kengaytirishga ko‗maklashadi.  

 

2.3. Lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishda “O„zqishxo„jmashlizing” 



kompaniyasining roli va vazifalari 

Bugungi kunda mamlakatimiz lizing bozorida agrosanoat korxonalariga xizmat 

ko‗rsatuvchi  ―O‗zqishloqxo‗jalik‖  aksiyadorlik  lizing  kompaniyasi  bozordagi  eng 

yirik 


etakchi 

kompaniya 

bo‗lib, 

kompanii 

tomonidan 

hozirgi 


vaqtda 

respublikamizdagi  37  mingdan  ortiq  fermer  xo‗jaliklari,  mashina-traktor  parklari, 

muqobil  mashina-traktor  parklari,  shuningdek,  ―Agrotexservis‖,  ―O‗zdonmahsulot‖ 

kompaniyasi  ―O‗zpaxtasanoat‖  uyushmasi  va  ―Qishloq  xo‗jalik  kimyo‖  AJ 

tizimidagi mijozlarga lizing xizmati ko‗rsatib kelinmoqda. 

Takidlash  joizki,  ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  kompaniyasi  maqsadli 

ravishda  o‗zining  mintaqaviy  filiallari  orqali  hamkorlari  va  mijozlarning  talab  va 

istaklarini o‗rganib, lizingga beriladigan mahsulotlar sonini ko‗paytirib bormoqda. 



2.3.1-jadval 

2016 yilda lizing kompaniyalarining TOP – 5 taligi

54

 

№ 

Lizing kompaniyasining nomi 

Lizing amaliyotlarining 

hajmi (mlrd. so„mda) 

«O‘zagrolizing» ALK 



273,7 

«O‘zavtosanoat-Leasing» MCHJ LK 



80,1 

«Uzbek Leasing International A.O.» AJ 



74,7 

«Taiba Leasing» MCHJ CHEK 



24,9 

«O‘zmeliomashlizing» DLK 



20,5 

                                                 

53

 Haydarov Sh.U., Ortiqov X.A., Tuxsanov X.A. Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi. - T.:Norma, 2006. –164 b. 



54

  O‘zbеkiston  lizing  bеruvchilar  uyushmasining  2016  yil  yakunlari  ma'lumotlari  asosida  magistrant  tomonidan 

tayyorlandi. 


 

47 


2016  yilda  tuzilgan  yangi  lizing  bitimlarining  soni  bo‗yicha  yuqoridagi  beshta 

lizing  kompaniyasining  ulushiga  473,9  mlrd  so‗m  yoki  lizing  bozorining  48,7  foizi 

to‗g‗ri keladi. Ulardan uchtasi davlat ixtisoslashgan lizing kompaniyalari hisoblanadi. 

«Uzbek  Leasing  International  A.O.»  AJ  va  «Taiba  Leasing»  MCHJ  CHEK  xorijiy 

ta‘sischilar  ishtirokida  tashkil  etilgan  hamda  kichik  va  o‗rta  xususiy  biznesni 

rivojlantirishga mo‗ljallangan keng tarmoqli lizing kompaniyalari hisoblanadi. 

"O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing"  ALK  tomonidan  amalga  oshiriladigan  lizing 

xizmatlari  asosan  qishloq  xo‗jalik  texnikasiga  qaratilgan.  Tabiiyki,  lizing  oluvchilar 

agrofirmalar,  fermer  xo‗jaliklari  va  mashina-traktor  parklari  hisoblanadi. 

"O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing"  kompaniyasi  tomonidan  1999-2009  yillarda  8 

mingdan ziyod, qiymati 500 mlrd. so‗mga yaqin lizing xizmatlari amalga oshirildi. 

Kompaniyaning  asosiy  aksiyadorlari  ―O‗zqishloqmashxolding‖  kompaniyasi, 

Germaniyaning  ―Zelkol‖  qishloq  xo‗jalik,  mashina  qurilish  va  urug‗chilik 

korxonalari uyushmasi va ―Klaas‖ firmasi hamda aksiyadorlik tijorat ―Agrobank‖ va 

boshqalar bo‗lib, kompaniyada lizingning asosiy predmeti qishloq xo‗jaligi texnikasi 

hisoblanadi.  Tabiiyki,  lizing  oluvchilar  bo‗lib  shirkat,  fermer  xo‗jaliklari  hamda 

mashina traktor parklari chiqishayapti.  

Kompaniya  lizing  xizmatlarining  ko‗proq  hajmini  moliya  vazirligi 

huzuridagi "Qishloq xo‗jaligini texnika bilan ta‘minlashni davlat tomonidan qo‗llab-

quvvatlash  jamg‗armasi"  mablag‗lari  hisobidan  moliyalashtiradi.  Lizing  xizmatlari 

bank biznesida ham keng tadbiq etila boshlandi.  

Chunki,  ular  tijorat  banklari  uchun  bir  qator  muhim  afzalliklar  keltiradi. 

Lizing  beruvchining  vazifasini  bajara  borib,  tijorat  banki  o‗z  mijozlari 

raqobatbardoshlik  strategiyasining  shakllanishiga  sezilarli  hissa  qo‗shadi,  lizing 

xizmati  bozori  rivojlanishiga  ko‗maklashadi,  lizing  uskunalari  milliy  bozorlaridagi 

vaziyatni nazorat qiladi. 

Qishloq  xo‗jaligi  mamlakatimiz  iqtisodiyotining  yetakchi  sohalaridan  biri 

hisoblanadi. Istiqlol yillarida ekin maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv 

resurslaridan  oqilona  foydalanish  borasida  keng  ko‗lamli  chora-tadbirlar  amalga 

oshirildi.  



 

48 


Prezidentimizning  2013  yil  19  apreldagi  ―2013-2017  yillar  davrida 

sug‗oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona 

foydalanish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  qarori  sohada  olib  borilayotgan 

islohotlarning mantiqiy davomi bo‗ldi.  

Unda  bir-biri  bilan  uzviy  bog‗liq  holdagi  irrigatsiya  hamda  melioratsiya 

tadbirlarini  olib  borish,  obyektlarni  rekonstruksiya  qilish,  ta‘mirlash-tiklash, 

shuningdek,  suv  tejovchi  texnologiyalarni  joriy  etish  orqali  obihayotdan  unumli 

foydalanish bo‗yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.  

―O‗zmeliomashlizing‖  davlat  lizing  kompaniyasi  bugungi  kunda  mulkchilik 

shaklidan  qat‘iy  nazar,  barcha  xo‗jalik  yurituvchi  subyektlarga  zamonaviy  lizing 

xizmatlarini  ko‗rsatib  kelmoqda.  Tizimga  zamonaviy  texnikalarning  jalb  etilishi 

irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini tez va sifatli amalga oshirish, bajarilgan ishlar 

tannarxini arzonlashtirish, yer osti suv sathini pasaytirish imkonini yaratmoqda.

55

  



―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  aksiyadorlik  lizing  kompaniyasi  O‗zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  1999  yil  30  oktyabrdagi  486-sonli  qarori 

asosida  tashkil  etilgan  bo‗lib,  o‗z  faoliyatini  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasining  2000  yil  2  noyabrdagi  424-sonli  Qarori  bilan  tasdiklangan  ―tartib‖ 

asosida yuritadi.  

Kompaniyaning  asosiy  vazifasi  -  qishloq  xo‗jalik  maxsulotlari  ishlab 

chiqaruvchilar  va  ularga  xizmat  ko‗rsatuvchi  korxonalarga  qishloq  xo‗jalik 

texnikalarini  lizingga  yetkazib  berishdan  iborat.  Respublikaning  barcha  viloyat 

markazlari  va  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida  Kompaniyaning  13  ta  hududiy 

filiallari va 1 ta sho‗‗ba korxonasi faoliyat ko‗rsatmoqda. 

―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  aksiyadorlik  lizing  kompaniyasi  lizing 

munosabatlarini  rivojlantirish  va  uni  keng  yo‗lga  qo‗yish  uchun  xo‗jalik 

subyektlarining  to‗lov  qobiliyatini  kuchaytirish,  qayta  moliyalash,  stavkalarini 

pasaytirish  kabi  muammolarni  qo‗yadi.  Asosiy  vazifa  esa  lizing  infrastrukturasini 

rivojlantirishdadir.  

Lizing kompaniyalari O‗zbekiston hududining turli burchaklarida tashqil etilishi 

                                                 

55

 



http://uzbekistonovozi.uz/articles/index.php?SECTION_ID=224&ELEMENT_ID=38150

  


 

49 


zarurdir.  Lizing  kompaniyalarining  faoliyat  yuritishi  uchun  qulay  iqtisodiy  muhit 

yaratish,  birinchi  navbatda  lizing  faoliyatini  soliqqa  tortish,  ikki  marotaba  soliqka 

tortishning  oldini  olish,  qo‗shilgan  qiymat  solig‗ini  bekor  qilish,  xorijdan  olib 

kelinadigan  uskunalar,  lizing  asosida  keltirilsa,  boj  to‗lovlaridan  ozod  etish 

muammolari o‗tish davrining asosiy muammolari edi.  

Umuman olganda, lizing tarmog‗ini rivojlanishi iqtisodiy rivojlanishga bir necha 

yo‗nalishlar bo‗yicha ta‘sir ko‗rsatadi:

 

- lizing kichik biznesning kelgusidagi rivojlanishiga ta‘sir etadi; 



-  lizing  uzoq  muddatli  moliyalashtirishning  qo‗shimcha  turi  bo‗lib,  u  kapital 

qo‗yilmalar hajmini oshiradi

-  lizing  moliyaviy  xizmat  ko‗rsatish  bozorida  qo‗shimcha  raqobatni  vujudga 

keltiradi.

 

Lizingning  paydo  bo‗lishi  bilan  moliyalashtirish  narxi  pasayib,  moliyaviy 



xizmat  bozori  kengayadi.  Iqtisodiyoti  rivojlanayotgan  mamlakatlarda  lizing  ko‗p 

vaqtlarda  asosiy  vositalar  xarid  qilish  uchun  kredit  o‗rniga  muqobil  vosita  bo‗lib 

xizmat  qilgan  holda,  korxonalarga  bank  oldidagi  qarzdorligini  ko‗paytirmaslik 

imkoniyatini yaratadi. 

Mamlakatimizda  bo‗layotgan  iqtisodiy  o‗sishlar  qishloq  jujaligi  va  boshqa 

sohalardagi ijobiy o‗zgarishlar natijasida ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖ ALK o‗rni 

va  salmog‗iga  murojaat  qiladigan  bo‗lsak,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

2013  yil  16  apreldagi  qabul  qilingan  ―O‗zqishloqxo‗jalikmashlizing‖  ALK 

kapitallashuv  darajasini  yanada  oshirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida‖gi  qaroriga 

muvofiq kompaniyaning ustav fondi miqdori 10,9 mlrd. so‗mdan 50 mlrd. yetkazishi 

belgilangan edi.  

2015  yil 1  yanvar  holatiga kompaniyaning ustav  kapitali 51,9 mlrd. so‗ma  etdi 

va 2014 yil boshiga nisbatan 1,9 mlrd. so‗mga ko‗paydi (2.3.1-rasm). 


 

50 


 

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling