Raximov bekbergan maxsudovich lizing xizmatlari va servisini rivojlantirishning istiqbolli yo


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana21.09.2020
Hajmi1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

3.1.2-rasm.  “O„zqishloqxo„jalikmashlizing” ALK Xorazm viloyat filiali 

faoliyatida servis xizmatlarini rivojlantirishning asosiy yo„nalishlari

62

 

                                                 

62

Abdullayеv  F.O.  Mintaqada  lizing  xizmatlari  va  sеrvisining  rivojlanishi:  muammolar,  tashkiliy-iqtisodiy  omillar  va 



yеchimlar. // Monografiya –T.: Fan, 2012. – 79 b. 

 

Mijoz 



servisi 

 

Marketing 



va 

konsalting 

 

Elektron 

kalkulyator 

 

Onlayn savol -javob 



tizimi 

 

Elektron 



anketa 

 

Faol savollar 



bo‗limi  

 

Mijoz talabiga 



yo‗naltirilgan 

marketing 

 

Mijoz daromadini 



oshirish 

 bo‗yicha 

konsalting 

 

Mijoz bilan 



telefon orqali 

suhbat 


 

Mijozga uning 

ofisida 

 xizmat 


ko‗rsatish 

 

Mijoz 



mahsulotining 

realizatsiyasi 

 

Texnik ta‟mirlash 

markazlari orqali 

ehtiyot qismlarni 

yetkazib berish 

 

Qiyin mijoz- 



ga alohida 

yondashuv 

 

Gurlan, Xiva, Bog„ot 

tumanlarida texnik 

ta‟mirlash va 

diagnostika  

markazlarini tashkil 

etish 

 

 

Videotrening 



 

Asosiy vositalar 

texnik holatining 

mavsumiy 

monitoringi 

 

Elektron veb  

sahifa 

 

Texnikalarni 



so„nggi 

manzilgacha 

yetkazish 

Texnikalar- 

ni saqlash 

sharoitini  

yaratish 

 

Ishchilarni 



texnikadan 

foydalanishga 

tayyorlash 

Sug„urta 

xizmati 

 


 

62 


Bugungi  kunda  axborot  servisini  to‗g‗ri  tashkil  etish  va  uni  takomillashtirib 

borish har qanday firma muvaffaqiyatining garovidir. Lizing kompaniya o‗z elektron 

veb sahifasini ushbu rasmda taklif etilgan jihatlari bo‗yicha takomillashtirsa, mijozlar 

Internet yordamida kompaniya va uning mahsuloti haqida zarur ma‘lumotlarni qisqa 

muddatda olish, o‗zlarini qiziqtirgan masalalar bo‗yicha ―onlayn‖ savol-javob qilish 

hamda  ―videotrening‖  orqali  texnikalarni  ishlatish  me‘yorlari  va  qoidalarini 

masofadan turib o‗rganish imkoniyatiga ega bo‗ladilar. 

Xorijiy  mamlakatlarda  kompaniyalar  mijozlar  sonini  ko‗paytirish  va  ularni 

―parvarishlash‖  bilan  shug‗ullanuvchi  menejerlarni  tayyorlashga  alohida  e‘tibor 

qaratiladi.  Bizning  nazarimizda,  lizing  kompaniya  xodimlari  tomonidan  telefon 

suhbatlari  orqali  mijozlarni  faol  jalb  etish,  ―qiyin‖  mijozlar  talablariga  alohida 

yondoshish, zarur paytlarda mijoz ofisiga borib xizmat ko‗rsatish kabilarning amalga 

oshirilishi  istiqbolda  lizing  xizmatlari  bozorida  vujudga  keladigan  shiddatli  raqobat 

sharoitida ham kompaniya mijozlari sonini ko‗paytirish imkonini beradi.  

Lizing kompaniyaning barqaror daromadga ega bo‗lishi birinchi navbatda lizing 

oluvchining  lizing  texnikasini  ishlatishdan  oladigan  foydasiga  bog‗liq.  SHu  sababli 

mijozga  zamonaviy  uskuna  va  texnikalar  bozoridan  iqtisodiy  jihatdan  eng 

samaralisini tanlab berish, unga texnikani ishlatish va daromadini oshirish yuzasidan 

amaliy tavsiyalar berish, uning mahsulotini reklama qilish va sotishga ko‗maklashish 

oxir  oqibatda  lizing  oluvchi  daromadining  oshishiga  va  shu  orqali  lizing 

kompaniyaga lizing to‗lovlarining o‗z vaqtida va to‗liq kelib tushishiga erishiladi. 

Yuqorida  o‗tkazilgan  tahlillar  shuni  ko‗rsatdiki,  lizingga  olingan  texnikalarni 

sug‗urtalash,  tashib  keltirish,  ta‘mirlash,  ehtiyot  qismlar  bilan  ta‘minlash  lizing 

oluvchining  zimmasiga  yuklatilgan.  Ammo,  xorijiy  lizing  kompaniyalar  aynan 

sotuvdan  keyingi  servis  xizmatlarini  taklif  etish  orqali  mijozlarni  jalb  etishga 

erishmoqdalar.  Shu  sababli,  ushbu  servis  xizmatlarini  ko‗rsatishni  lizing  kompaniya 

o‗z  zimmasiga  olishi  birinchidan,  kompaniya  daromadining  oshishiga,  ikkinchidan, 

mijozlar 

sonining 

ko‗payishiga, 

uchinchidan, 

texnikalardan 

foydalanish 

samaradorligining ortishiga olib keladi.  



 

63 


Viloyatda  maishiy,  konsalting  va  lizing  xizmatlarining  rivojlanishi  talab 

darajasida  emas.  Bundan  ko‗rinib  turibdiki,  viloyatda  xizmatlar  sohasining  rivoj-

lanishi  past  darajada  qolmoqda.  Buning  asosiy  sabablaridan  biri  nafaqat  aholiga, 

balki sanoat ishlab chiqarishiga xizmat ko‗rsatuvchi sohalar yaxshi shakllanmagan.  

Xususan,  kompaniya  tomonidan  Gurlan,  Bog‗ot  va  Xiva  tumanlarida  texnik 

xizmat  ko‗rsatish  va  diagnostika  markazini  tashkil  etish  o‗rinli  deb  hisoblaymiz. 

Chunki,  birinchidan,  kompaniya  tomonidan  ushbu  tumanlarga  eng  ko‗p  miqdorda 

texnika ajratilgan bo‗lsa (Gurlan, Bog‗ot), ikkinchidan ular geografik jihatdan viloyat 

hududini  to‗la  qamrab  oladi.  Masalan,  Gurlan  tumanida  tashkil  etiladigan  texnik 

servis markazidan Yangibozor va Urganch tumanlari fermer xo‗jaliklari foydalanishi 

mumkin bo‗lsa, Bog‗ot tumanida joylashgan bunday markazdan Xonqa va Hazorasp 

tumanlari  foydalanishi  mumkin.  Xiva  tumani  esa  Shovot  va  Qo‗shko‗pir  tumanlari 

orasida joylashgan.

 

3.2. Xorazm viloyatida lizing xizmatlari va servisini bitimlar asosida 



rivojlantirish yo„nalishlari 

Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va  servisini  rivojlantirish  bitimlar  asosida 

amalga  oshiriladi.  Uning  asosiy  yo‗nalishi  sifatida  lizing  kreditini  asosiy  kapitalga 

qo‗yilgan  investitsiya  sifatida  tasniflash  mumkin.  Iqtisodiy  nuqtai  nazardan  lizing  – 

lizing beruvchi tomonidan lizing oluvchiga foydalanish uchun beriladigan mol-mulk 

shaklidagi o‗ziga xos kreditdir.  

Biroq, lizing kelishuvida qarz, investitsiyalash munosabatlari, mulkiy va ijaraviy 

munosabatlar haqiqatda lizing kelishuvi barcha qatnashchilarining manfaatlari o‗zaro 

mos  kelgan  va  ular  bir  fikrga  kelgan  taqdirda  ro‗y  berishi  mumkin.  Ayni  kredit 

munosabatlarida  bo‗lganidek,  lizing  munosabatlari  ham  qatnashchilardan  har  biri 

kelishuvdan  o‗z  manfaatini  umid  qilgan  taqdirda,  investitsiyalash  va    ijaraga 

topshirishning  ushbu  usuli  lizing  beruvchiga  manfaatliroq  bo‗lgan  taqdirdagina 

yuzaga chiqishi mumkin.  

Keng  ma‘noda  olganda,  lizing  to‗g‗risidagi  shartnomadan  tashqari,  bu  asbob-

uskuna  etkazib  berish  shartnomasi,  qarz  shartnomasi,  sug‗urta  shartnomasi  va  shu 

kabilarni  qamrab  oladigan  mulkiy  munosabatlar  majmuasidan  iboratdir.  Amaliy 



 

64 


nuqtai nazardan mol-mulkni lizing oluvchi tomonidan qo‗lga kiritish, foydalanish va 

qisman  tasarruf  etish  uchun  vaqtincha  topshirib  qo‗yish  lizingning  o‗zagini  tashkil 

qiladi. Bunda asbob-uskunani sotib olish jarayoni yordamchi rol o‗ynaydi, lekin uni 

xarid qilish lizing oluvchi tomonidan belgilanadi.  

Lizingning asosiy g‗oyasi mol-mulkni qo‗lga kiritish, undan foydala-nish va uni 

tasarruf  etish  huquqini  mulkchilik  huquqidan  ajratishdan  iborat.  Butun  lizing 

shartnomasi  muddati  davomida  lizing  beruvchining  mulki  bo‗lib  turadigan  lizing 

obyektining  o‗zi  lizing  bitimini  ta‘minlovchi  asos  ekanligi  lizing  biznesining  o‗ziga 

xos alohida xususiyatidir. 

O‗zbekiston  Respublikasi  FKga  muvofiq  iste‘mol  qilinmaydigan,  tadbirkorlik 

faoliyati  uchun  ishlatiladigan  har  qanday  ashyo  lizing  obyekti  bo‗lishi  mumkin  (er 

uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari bundan mustasno). Ammo, bu hujjatda lizing 

obyektlari  batafsil  talqin  etilmagan  edi.  Bu  holat  keyinchalik  O‗zbekiston 

Respublikasining "Lizing to‗g‗risida"gi qonunida qisman bartaraf etilgan. Jumladan, 

qonunda  "Lizing  obyektlari"  tushunchasiga  aniqliklar  kiritilgan,  ya‘ni  yer 

uchastkalari  va  boshqa  tabiiy  obyektlar,  shuningdek,  O‗zbekiston  Respublikasi 

qonunlariga  binoan  erkin  muomaladan  chiqarilgan  yoki  muomalada  bo‗lishi 

cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‗lishi mumkin emas.  

Ammo  shu  bilan  birga,  qonunda  muomalada  bo‗lishi  cheklangan  boshqa  mol-

mulk turlari ko‗rsatilmagan. Bizning fikrimizcha, qonundan "... tadbirkorlik faoliyati 

uchun  foydalaniladigan"  so‗zlarini  chiqarib  tashlash  kerak.  Chunki,  mavjud  qoida 

lizing 


oluvchilar 

doirasini 

toraytiradi 

va 


tadbirkorlik 

faoliyati 

bilan 

shug‗ullanmaydigan  subyektlarni  lizing  oluvchilar  jumlasiga  kiritish  imkonini 



bermaydi.  Bu  hol  lizingning  ba‘zi  yo‗nalishlarini,  masalan,  odatda  xususiy  kishilar 

tomonidan  lizing  asosida  sotib  olinadigan  avtotransport  vositalari  lizingini  cheklab 

qo‗yadi.  

O‗zbekiston  Respublikasi  "Lizing  to‗g‗risida"gi  qonunining  2-moddasida 

lizingga  ta‘rif  berilgan  bo‗lib,  bunda  ushbu  ta‘rif  ―...  haq  evaziga  egalik  qilish  va 

foydalanish uchun o‗n ikki oydan ortiq muddatga beradi‖ jumlalari bilan tugallangan. 

Tadqiqot  natijasida  shu  narsa  ma‘lum  bo‗ldiki,  amaliyotda,  O‗zbekistonda  lizing 


 

65 


obyekti  lizing  oluvchi  tomonidan  barcha  lizing  to‗lovlari  amalga  oshirilgandan 

keyingina  lizing  oluvchining  mol-mulkiga  aylanadi.  Ungacha  lizing  obyekti  lizing 

beruvchining  mulki hisoblanadi.  Ushbu holatni inobatga  olib, "Lizing  to‗g‗risida"gi 

qonunining  2-moddasida  lizingning  ta‘rifini  ―...  haq  evaziga  foydalanish  uchun  o‗n 

ikki  oydan  ortiq  muddatga  beradi  hamda  lizing  to‗lovlari  to‗liq  amalga  oshirilgach, 

lizing  obyektiga  egalik  qilish  huquqi  lizing  oluvchiga  o‗tadi‖  degan  jumlalar  bilan 

yakunlash o‗rinlidir. 

Qonunning  ushbu  moddasida  lizing  shartnomasi  javob  berishi  kerak  bo‗lgan 

talab ko‗rsatilgan. Shulardan biri lizing oluvchining, barcha lizing to‗lovlarini amalga 

oshirgach,  lizing  obyektini  bozor  qiymatidan  arzon  narxda  sotib  olish  huquqiga, 

ya‘ni,  opsionga  ega  bo‗lishidir.  Bizning  fikrimizcha

,

  opsionning  mavjudligi  lizing 



oluvchining mulkka bo‗lgan munosabatiga salbiy ta‘sir etadi.  

Chunki, u lizing obyektining egasi bo‗lishi yoki bo‗lmasligi shartnoma muddati 

tugagach  aniqlanadi.  Bu  esa  shartnoma  muddati  davomida  mulkdan  ehtiyotsizlik 

bilan, belgilangan me‘yorlarda ortiq foydalanishga olib kelishi mumkin. Shu sababli, 

mazkur  Qonunning  2-moddasida  belgilangan  to‗rtta  talabdan  uchinchisi,  ya‘ni, 

―lizing  shartnomasining  muddati  tugagach,  lizing  oluvchi  lizing  obyektini  uning 

bozor qiymatidan past narxda evazini to‗lab sotib olish huquqiga ega bo‗lsa, bunda 

ana  shu  huquqni  amalga  oshirish  kunidagi  lizing  obyekti  qiymati  asos  bo‗ladi‖ 

deyilgan talabi olib tashlansa maqsadga muvofiq bo‗ladi.  

Vazirlar  Mahkamasining  2011  yil  21  maydagi  ―O‗zbekiston  Respublikasida 

lizing  xizmatlarini  yanada  rivojlantirish  va  tartibga  solish  chora-tadbirlari 

to‗g‗risida‖gi  qarori  ham  lizing  operatsiyalari  yil  sayin  o‗sishida  muhim  omil 

bo‗lmoqda.  Lizing  operatsiyalarining  tarkibiy  o‗zgarishlariga  e‘tibor  qaratadigan 

bo‗lsak,  agar  o‗tgan  asrning  90-yillari  oxirida  lizingga  berilgan  obyektlar  orasida 

katta ulushni qishloq xo‗jaligi texnikasi tashkil qilgan bo‗lsa,  

Shu  bilan  birga,  lizing  xizmatlarini  amalga  oshirishda  ayrim  kamchiliklar  ham 

yo‗q  emas.  Shu  munosabat  bilan,  ayniqsa,  sanoat  tarmoqlari,  qishloq  xo‗jaligi 

mahsulotlarini  chuqur  qayta  ishlash  va  qurilish  sohalarida  lizing  operatsiyalari 

hajmini  yanada  oshirishda  qonun  normalari  va  talablarini  ijro  etish  samaradorligini 


 

66 


kuchaytirish  zarur.  Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlariga  tijorat  banklari  va  lizing 

kompaniyalari  bilan  birgalikda  hududiy  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  dasturlarini 

ro‗yobga  chiqarish,  ayniqsa,  qishloq  joylarda  lizing  xizmatlarini  ommalashtirish, 

xususan, mahalliy xom ashyoni qayta ishlovchi mini-texnologiyalar soni va turlarini 

ko‗paytirish yuzasidan samarali hamda amaliy choralar ko‗rish lozim. Bu esa yangi 

ish  o‗rinlarini  yaratish,  ishlab  chiqarish  hajmini  kengaytirish,  shuningdek,  kichik 

biznes,  xususiy  tadbirkorlik  va  fermerlik  subyektlarining  investitsiyaviy  faolligini 

oshirishda samarali omil hisoblanadi. 

Xulosa o‗rnida shuni aytish mumkinki, chet el tajribasidan kelib chiqqan holda, 

lizing  mamlakat  iqtisodiyotining  o‗sishini  ta‘minlovchi  muhim  boshqarish 

mexanizmlaridan  biri  sifatida  tan  olingan.  Shu  sababli,  Xorazm  viloyatida  lizing 

xizmatlarini yanada takomillashtirish iqtisodiyotda alohida o‗rin egallamoqda hamda 

moliyaviy munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. 

Biroq,  lizing  xizmatlari  va  servisining  yuzaga  kelish  amaliyotini  kuzatish 

natijalariga  qaraganda,  uning  muvaffaqiyatli  rivojlanishiga  to‗sqinlik  qiluvchi 

holatlarning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 

-  lizing beruvchilar ham, lizing oluvchilar ham uning  mohiyatini, afzalliklarini 

etarlicha tushunib olmaganliklari; 

-  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozoriga  xizmat  qiladigan  infratuzilmalar, 

rivojlangan  lizing  kompaniyalari,  konsalting,  sug‗urta  firmalari  tar moqlarining 

kamligi; 

-  lizing  xizmati  takliflari  haqida  doimo  to‗ldirib  turiladigan  reklama  va 

tushunarli  axborot  bilan  ta‘minlaydigan  lizing  axborot  ta‘minoti  tizimi  to‗la 

rivojlanmaganligi; 

-  lizing  kompaniyalarini  tashkil  etish  uchun  boshlang‗ich  kapitalning 

etishmaganligi.  

 Lizing  xizmatlari  tadbirkorga  lizing  kompaniyasidan  zarur  asbob-uskuna 

olish  uchun  zarur  mablag‗ning  uchdan  biriga  ega  bo‗la  turib,  ish  boshlash 

imkonini beradi. Ammo, lizing kompaniyasi asbob-uskunani ishlab chiqaruvchidan 

to‗la qiymati bo‗yicha sotib olishi kerak, buning uchun unga kredit resurslari talab 



 

67 


etiladi.  Banklar  ko‗pdan-ko‗p  lizing  oluvchilardan  ko‗ra  lizing  kompaniyalariga 

kredit berishni hohlaydi. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy lizingning vujudga kelishi 

kreditlashdagi qaltislik xavflarini kamaytirishga ko‗maklashadi; 

-  rivojlanishni  rag‗batlantiruvchi  omillar,  soliq 

sohasida  imtiyozlar 

bo‗lmaganligi, dastlabki davrlarda qo‗shilgan qiymatga ikki yoqlama soliq solinishi. 

Amaldagi  soliqqa  tortish  tartibiga  binoan  QQS  lizing  beruvchidan  sotib  olingan 

asbob-uskuna uchun olinar edi. Uning miqdori  lizing beruvchi tomonidan asbob-

uskuna  xarid  qilishga  olingan  kredit  uchun  to‗lagan  foizlar  kabi  lizing 

to‗lovlariga  qo‗shib  hisoblanar  edi.  Lizing  xizmatlaridan  QQS  undirish  amaliyoti 

lizing to‗lovlariga qo‗shimcha soliq to‗lanishidan dalolat berar edi. Lizing beruvchi 

asbob-uskunani olishi bilanoq soliq to‗lar, lizing oluvchi esa soliq summasini li-

zing to‗lovlari tarkibida bosqichma-bosqich qoplab borar edi. 

-  lizing  infratuzilmasida  ishlaydigan  tajribali,  yuqori  malakali  xodimlar 

etishmasligi  va  xodimlarni  qayta  o‗qitish  va  malakasini  oshirishning  yo‗lga 

quyilmaganligi kabilar. 

Ana shulardan kelib chiqib, Xorazm viloyatida lizing faoliyatini rivojlantirishga 

asos  bo‗luvchi  huquqiy  baza  mustahkamlanib  bormoqda.  Bu  lizing  xizmatlarining 

zamonaviy  bozor  talablari  asosida  takomillashib  borishi,  ishlab  chiqarishni 

modernizatsiyalash  va  kichik  biznesni  rivojlantirishga  zamin  yaratmoqda.  Shu  bilan 

birga,  lizing  beruvchilar  doirasini  kengaytirib,  ular  tomonidan  taqdim  etiladigan 

texnika  va  uskunalar  assortimentini  rivojlantirishga,  moliya  bozorida  xizmat 

ko‗rsatishning ushbu turi bo‗yicha raqobatbardoshlikni oshirishga xizmat qilmoqda. 

Xususan, keyingi yillarda investitsiya muhitini yaxshilash, xizmat ko‗rsatish va 

servis  sohalarini,  bevosita  lizing  xizmatlari  va  servisi  bozorini  qo‗llab-quvvatlash 

bo‗yicha respublikamiz hukumatining olib borayotgan izchil iqtisodiy siyosati tufayli 

lizing xizmatlari va servisi bozori kengayib bormoqda.

63

  



                                                 

63

  Abdullayеv  F.O.  Mintaqada  lizing  xizmatlari  va  sеrvisining  rivojlanishi:  muammolar,  tashkiliy-iqtisodiy  omillar  va 



yеchimlar. // Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2012. 

 

68 


Lizing  xizmatlari  ko‗rsatilish  ko‗lamini  mamlakat  hududlari  bo‗yicha 

solishtirilganda  shartnomalar  hajmi  bo‗yicha  viloyatlar  bir  biridan  katta  miqdorda 

farq qilmaydi (3.2.1-rasm). 

 

3.2.1-rasm. Xorazm viloyatida so„nggi uch yilda tuzilgan lizing bitimlari 



hajmi, (mln.so‟mda).

 64

 

Xorazm  viloyatida  mazkur  ko‗rsatkich  2014  yilda  5,04  foizni  2015  yilda  4,61 

foizni 2016 yilga kelb esa 2,5 foizni tashkil qilgan holda 2014 yilga nisbatan qaryib 

ikki  barobarga  kamaygan.  O‗zbekiston  lizing  beruvchilar  uyushmasi  tomonidan 

taqdim  etilgan  statistik  malumotlarga  ko‗ra  oxirgi  3  yil  ichida  amalga  oshirilgan 

lizing  operatsiyalarini  tahlil  qilganda  viloyatda  jami  hisobda  moliya  institutlari 

tomonidan 2014 yilda 330 ta, 2015 yilda 319 ta, 2016 yilda 226 ta lizing xizmatlari 

ko‗rsatilgan.  

Yuqorida  ko‗rsatib  o‗tilgan  ko‗rsatkichlar  Xorazm  viloyatida  keyingi  yillarda 

lizing  xizmatlari  hajmi  va  uning  respublika  bo‗yicha  ulushi  sezirarli  darajada 

pasayganini  bildiradi.  Bunga  asosiy  sabab  bo‗luvchi  omillardan  biri  bu  lizing 

xizmatlari  ko‗rsatuvchi  korxonalarning    viloyatda  tarmoqlar  va  sohalar  bo‗yicha 

divesifikatsiya qilinmaganligidir. Viloyatda mazkur xizmat turining turli tumanligini 

yo‗lga  qo‗yish  va  xizmatlar  sifatini  oshirish  hudud  iqtisodiyotidagi  muhim 

masalalardan biri bo‗lishi zarur hisoblanadi (3.2.2-rasm).  

                                                 

64

  O‘zbеkiston  Lizing  Bеruvchilar  Uyushmasi.  O‘zbеkiston  lizing  xizmatlari  sеktorining  tahlili:  2016  yil  yakunlari 



bo‘yicha. – T., 2017. 

                           2014 yil            2015 yil             2016 yil 

 

69 


1150

1692

1232

463 588

14259

2218,5

694,6

554,2

565

Artum Leasing Group

O'zavtosanoatleasing

Hamkormaz Leasing

O'zmeliomashleasing

Jahona Cars

O'zselxozmashleasing

Uzbek Leasing International

Qurilishmashlizing

"Premier class leasing"

Taiba Leasing

 

3.2.2-rasm. 2016 yilda Xorazm viloyatida lizing kompaniyalari tomonidan 

amalga oshirilgan lizing bitimlari hajmi (mln.so‟mda).

65

 

2016  yilda  Xorazm  viloyatida  moliya  institutlaridan  jami  12  ta  lizing 

kompaniyalari  va  2  ta  tijorat  banklari  tomonidan  jami    24 172 600  ming  so‗m 

miqdorda  226  ta  lizing  xizmatlari  ko‗rsatilgan.  Eng  yirik  lizing  beruvchilardan 

―O‘zselxozmashleasing‖  kompaniyasi  14259  mln.  so‗mlik  jami  180  ta  lizing 

bitimlarini imzolashga erishdi.  

Natijada,  lizing  portfelini  diversifikatsiyasini  ta‘minlash  asnosida  xizmatlar 

sohasining ushbu sektori bilan  bog‗liq  risklar  kamayishiga hamda  bitiladigan lizing 

shartnomalari sonining oshishiga olib keladi. 

Keyingi  yillarda  lizing  faoliyatini  rivojlantirishni  yanada  rag‗batlantirish 

bo‗yicha  hukumatimiz  tomonidan  qabul  qilingan  bir  qator  me‘yoriy  hujjatlar, 

amalga oshirilgan chora-tadbirlar bu to‗siqlarni bartaraf etdi.

66

 

                                                 



65

  O‘zbеkiston  Lizing  Bеruvchilar  Uyushmasi.  O‘zbеkiston  lizing  xizmatlari  sеktorining  tahlili:  2016  yil  yakunlari 

bo‘yicha. – T., 2017.  

66

  O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Prеzidеntining  2006  yil  17  aprеldagi  «O‘zbеkiston  Rеspublikasida  2006-2010  yillarda 



xizmat ko‘rsatish va sеrvis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-325-son Qarori 

 

70 


Umuman  olganda,  hozirgi  kunda  Xorazm  viloyatida  lizing  xizmatlari  va 

servisini  rivojlantirishni  taqozo  qiladigan  quyidagi  asosiy  shart-sharoitlar 

quyidagilardan iborat bo‗ladi: 

- ma‘naviy eskirgan va jismoniy ishlab bo‗lgan uskunalarning etarli darajada ko‗p 

miqdorda mavjudligi

-  ishlab  chiqarish  vositalari  bilan  savdo-sotiq  zaif  tashkil  etilgan  sharoitlarda 

sotilmayotgan tovar-moddiy boyliklar zahiralarining mavjudligi; 

-  ishlab  chiqarish  uskunalarining  qimmatligi  oqibatida  oddiy  bank  kreditidan 

foydalanilgan  holda  kichik  biznes  subyektlari  o‗zlarining  ishlab  chiqarishini  tashkil 

eta olmasligi; 

- ko‗p yillardan beri ish kuchi hamda xom ashyoning nisbatan kam baholanishi va 

katta qismining eksportga chiqarilishi. 



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling