Rc — kuchaytirgich Yuqori chastotali kuchaytirgich Quvvat kuchaytirgichlari


Download 77.38 Kb.
bet1/3
Sana03.12.2023
Hajmi77.38 Kb.
#1799723
  1   2   3
Bog'liq
TRANZISTORLAR


TRANZISTORLAR.KUCHLANISH, TOK VA QUVVATNI KUCHAYTIRISH TURLARI
REJA

  1. RC — kuchaytirgich

  2. Yuqori chastotali kuchaytirgich

  3. Quvvat kuchaytirgichlari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

RC — kuchaytirgich past chastotali signalining kuchlanishini oshiruvchi kuchaytrigichdir. Unda nagruzka sifatida rezistor qoʻllanilgani uchun uni rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgich yoki qisqacha RC — kuchaytirgich deyiladi. Uning kuchaytirish xususiyatlari keng chastotalar oraligʻida signal chastotasiga bogʻliq emas.


Ushbu rasmda bipolyar va unipolyar tranzistorda tuzilgan RC — kuchaytirgichning prinsipial sxemasi koʻrsatilgan.
RC — kuchaytirgich; a — bipolyar tranzistor; b — unipolyar tranzistor
Undagi passiv elementlar turli xil vazifani bajaradi. Masalan, passiv zanjirlardan CeRe, CHRH va R1 R2 kuchaytirgichning oʻzgarmas tok boʻyicha, qolgan elementlar esa, oʻzgaruvchan tok boʻyicha ish rejimini beradi.
Yuqori chastotali kuchaytirgich[tahrir | manbasini tahrirlash]
Koʻp hollarda yuqori chastotali kam quvvatli tebranishlarni bir necha oʻn hatto 100 million marta kuchaytirish talab qilinadi. Bunday tebranishlarga radioaloqada antenna orqali qabul qilinadigan signallar misol boʻladi. Qabul qiluvchi antennada faqat yagona radiostansiyaning signali emas, balki juda koʻp radiostansiyalarning signallari qabul boʻladi. Shunga koʻra yuqori chastotali kuchaytirgichlar chastota tanlovchi yoki tanlovchi kuchaytirgichlar deb ataladi.
Nagruzkasi yakka tebranish konturidan iborat boʻlgan kuchaytirgich rezonans kuchaytirgich deb, nagruzkasi bogʻlangan tebranish konturidan iborat boʻlgan kuchaytirgich esa oʻzgarmas sohali kuchaytirgich deb ataladi.
Konturlarning qisman ulanish darajasi transformatsiya koeffitsiyenti deb ataladigan kattaliklar orqali ifodalanadi
�1=�1��
�2=�2��
Amalda tebranish konturini nagruzka zanjiriga qisman ulashning qoʻsh avtotransformator holi keng tarqalgan.

Bipolyar tranzistorli rezonans kuchaytirgichning prinsipial sxemasi
Ushbu rasmda bipolyar tranzistorli rezonans kuchaytirgichning prinsipial sxemasi koʻrsatilgan. Unda nagruzka konturi L induktivlik gʻaltagi va C oʻzgaruvchan kondensatordan tashkil topgan. Koʻpincha yuqori chastotali kuchaytirgichlarni oʻrganishda tranzistorning U — parametridan foydalanish qulay.
Keng sohali kuchaytirgich
Koʻp radioelektron qurilmalarda keng chastota spektriga ega boʻlgan murakkab shakldagi signallar — impuls signallarini kuchaytirish talab etiladi. Bunday signallarning barcha tashkil etuvchilarini bir tekis kuchaytirish uchun kuchaytirgichning oʻtkazish sohasi bi rnecha gersdan to bir necha megagersgacha yetishi kerak. Bunday shartni nagruzkasi chastotaga bogʻliq boʻlmagan kuchaytirgichla rbajaradi. Ular rezistorlarda tuzilgan kuchaytigichlardan iboratdir.
Maʼlumki, rezistorlarda tuzilgan kuchaytirgichning oʻtkazish sohasi quyi chastotalar tomonidan oʻtish zanjirining vaqt doimiysi (�ℎ=��� ), yuqori chastotalarda esa, nagruzka zanjirining vaqt doimiysi (�0=�0���� ) bilan chegaralangan boʻladi. Shunga koʻra, oʻtkazish sohasini quyi chastotalar sohasiga qarab kengaytirish uchun vaqt doimiysini yoki kondensatorning sigʻimini kattalashtirish kerak. Yuqori chastotalar sohasiga qarab kengaytirish uchun esa kichraytirish kerak.
Quvvat kuchaytirgichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Quvvat kuchaytirgichlari qurilmalardagi kuchaytirish pogʻonasining soʻnggi bosqichdagi kuchaytirgich hisoblanadi. Shuning uchun ular oxirgi kaskad yoki chiqish kaskadi deb ham nomlanadi.
Quvvat kuchaytirgichlari chiziqli va nochiziqli rejimlarda ishlaydi. Chiziqli rejimda chiziqli boʻlmagan buzilishlar deyarli kuzatilmaydi. Lekin bu holda kuchaytirgichning F. I.K, yaʼni nagruzkada ajraladigan oʻzgaruvchan PH quvvatning manbadan olinadigan P0 quvvatiga nisbati kichik boʻladi va eng yaxshi holda 50% ga yetishi mumkin xolos.
Nochiziqli rejimda esa, manba kam quvvat sarf qiladi. Shuning hisobiga qurilmaning F. I.K ortadi. Lekin ishchi soha kuchaytiruvchi element xarakteristikasining egri chiziqli qismida boʻlgani uchun signalning shakli buzilishiga olib keladi. Bu rejimda F. I.K 78% gacha yetadi.
Tranzistorli quvvat kuchaytirgichning prinsipial sxemasi
Sur’atda umumiy bazali va umumiy emitterli sxema asosida tuzilgan tranzistolri quvvat kuchaytirgich keltirilgan. Unda ishchi sohasi kollektor-emitter orasidagi kuchlanishning Ukemax — yoʻl qoʻyiladigan maksimal qiymati, kollektor tokining Ikmax — yoʻl qoʻyiladigan maksimal qiymati, kollektor-emitter kuchlanishining Ukemin — minimal qiymati, kollektor tokining Ikmax — minimal qiymatii bilan chegaralanadi.
Quvvat kuchaytirgichining F. I.K ini oshirish uchun kuchaytiruvchi elementning chiziqli boʻlmagan ish rejimiga oʻtiladi. Kuchaytrigichning chiziqli boʻlmagan rejimidan foydalanishda 2 taktli sxema katta ahamiyatga ega.
Avtomatika tizimlarining datchiklari beradigan signallar quvvati odatda rostlovchi organni boshqarish uchun yetarli bo’lmaydi. Datchiklarning chiqish quvvati ko’pchilik hollarda vattning mingdan bir ulushlarini tashkil etadi, vaxolanki, rostlovchi organ uchun zarur bo’lgan quvvat o’nlab va yuzlab kilovattni tashkil etishi mumkin. Rostlovchi organni boshqarish uchun yetarli quvvatga ega bo’lish va quvvatli datchiklar ishlatmaslik uchun avtomatika tizimlarida kuchaytirgichlardan foydalaniladi.
Kuchaytirgichlar chiqish quvvatining qiymatiga; kuchaytirgichga keltiriladigan yordamchi energiyaning turiga kuchaytirish koeffitsiyentiga; ishlash prinsipiga; chiqish va kirish miqdorlari o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi xarakteristikaning shakliga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Avtomatika tizimlarida ishlatiladigan xozirgi kuchaytirgichlarning chiqish quvvati vattning bir necha ulushidan o’nlab va undan ortiq kilovattgacha boradi.
Kuchaytirgichlarga keltiriladi gap yordamchi energiyaning turiga qapab elektrik, elektromexanikaviy, magnitli, elektron, gidravlik, pnevmatik va kombinatsiyalashgan kuchaytirgichlar bo’ladi. Qishloq xo’jalik ob’ektlarining avtomatikasida elekt­rik, elektro-mexanikaviy, magnitli, elektron va gidravlik kuchaytirgichlar keng ko’lamda ishlatilmoqda. Kuchaytirish koeffitsiyentiga qarab signalni ming, yuz ming va undan ortiq marta kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar bo’ladi. Elektrik kuchaytirgichlar quvvatni, kuchlanishni yoki tok kuchini kuchaytirishi mumkin. Тavsifnomaning shakli jixatdan chiziqli va nochiziqli tavsifnomali kuchaytirgichlar bo’ladi. Chiziqli kuchaytirgichlarda chiqish miqdori rostlashning barcha intervallarida kirish miqdoriga to’g’ri proporsional bo’ladi. Nochiziqli kuchaytirgichlarda kirish bilan chiqish o’rtasida proporsionallik bo’lmaydi. Nochiziqli tavsifnomalarning shakli turlicha bo’ladi.

Download 77.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling