Reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi


Download 25.41 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi25.41 Kb.

Aim.uz

Reaksiyalarning molekulyarligi va tartibi
         Kimyoviy reaksiyada ishtirok etayotgan molekulalar soni  reaksiyaning molekulyarligini belgilaydi. Kimyoviy reaksiyalar molekulyarligi bo’yicha  monomolekulyar, bimolekulyar va tri molekulyar  reaksiyalarga bo’linadi. Uchtadan ortiq zarrachalarning bir paytni o’zida to’qnashishi deyarli sodir bo’lmaydi.

         Massalar ta’sir qonunini qo’llaganda  reaksiya tezligi konsentratsiyaning nechanchi darajasiga bog’liqligini ko’rsatuvchi son reaksiyaning tartibini ko’rsatadi.

         Reaksiyalar birinchi tartibli(V=kC), ikkinchi tartibli(V=KC2), uchinchi tartibli (V=kC3), nolinchi va kasr tartibli bo’lishi mumkin. Kasr tartibli reaksiyalar geterogen jarayonlarda kuzatiladi  va bunday reaksiyalarda moddaning reaksion muhitga kiritilishi uning sarflanishidan yuqori bo’lar ekan. Nolinchi tartibli reaksiyalarda (V=k) reaksiya tezligi konsentratsiyaga bog’liq emas.

         Monomolekulyarli reaksiyalar, odatda birinchi tartiblidir:

     AB ;   A  B+C;           J2  = J + J            V = k [J2]

          Parchalanish, radioaktiv emirilish, izomerlanish reaksiyalari monomolekulyar reaksiyalar qatoriga kiradi.

     Bi yoki  di (ikki)  molekulyar reaksiyalar  ko’p uchraydi va ular ikkinchi tartibli hisoblanadi:

            A+BC ;     2AB;       H2  J2  = 2HJ;          V = k[H2][J2]

     Tri (uch)  molekulyarli reaksiyalar  kamdan-kam uchrab, ular uchinchi tartibli reaksiyalarga kiradi:

                    A+B+CD;     2A+BC+D;       3AC;

                  2NO + Cl2  =2 NOCl;        V = k  [NO] 2[Cl2]I

       Agar reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri juda ko’p miqdorda olinsa (saxarozaning gidrolizi) va faqat bir moddaning konsentratsiyasi o’zgarsa  molekulyarlik va tartib mos kelmaydi.

                            C12H22O11+H2O=C6H12O6 + C6H12O6

       Mexanizmiga ko’ra bu reaksiya bimolekulyar, lekin birinchi tartiblidir. Chunki reaksiya tezligi faqat saxaroza konsentrasiyasiga bog’liq bo’lib, suvning miqdori jarayonga ta’sir etmaydi.

        Shuningdek, agar kimyoviy reaksiya bosqichli borsa reaksiyaning tartibi va molekulyarligi mos kelmaydi. Bunda reaksiyaning tartibi eng sekin boruvchi jarayon bilan belgilanadi.

         Reaksiyalarning tartibini aniqlash. Bu usul Vant-Goff  tomonidan taklif qilingan bo’lib,  agar reaksiya tenglamasi V=kCn  hisoblansa, bu tenglama logarifmlanadi:

        lgV = lgk+nlgC;      y = lgV;   A = lgk;     B=n;      x = lgC;    y =A+Bx

        Bu tenglama to’g’ri chiziq ko’rinishini oladi. Tengamani yechish uchun har xil konsentratsiyalarda reaksiya tezligi aniqlanadi. lgV  bilan lgC orasidagi bog’liqlik grafigi chiziladi. Absisa o’qidagi  lgV  bo’yicha ajralgan kesma lg K teng bo’ladi. lgV bilan lgC orasidagi to’g’ri chiziqning og’ishi yoki o’tkir burchak tangensi reaksiyaning tartibidir.



 
Download 25.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling