Realitsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar Reja


Download 19.67 Kb.
bet1/4
Sana20.08.2022
Hajmi19.67 Kb.
#795421
  1   2   3   4
Bog'liq
Nigmatov A 8-mus ish
7-amaliy mashg'ulot, ochiq dars-M.Yusuf, Tuproqshunoslik va dehqonchilik mustaqil ishlari, Tuproqshunoslik va dehqonchilik mustaqil ishlari, izmerenie informacii-shadrina, 132847 Вопросы ИК 2022, 8-maruza, 1-2-3-4 Mavzu, 7MPhUbLDyJavgyZzQhSd50JmyGhl5ISb5y3TAvio, 2-Mutaxassislikga kirish Ishchi dastur 2020 (4-оқим), Operatsion tizimlar, 20281efe5a4c5b007012295cd2057141e5c9e095, insho, 5.Nazrullayev Asror

Realitsion ma’lumot modeli. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar
Reja

  1. Realitsion ma’lumot modeli

  2. Ma’lumotlar bazasida munosabatlar

  3. Realitsion model mohiyati


Ma‟lumotlarning relyatsion modeli. Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo‘lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma‘lumotlarning relyatsion modeli kontseptsiyasi 1970 yilda Ye.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u 
ma‘lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog‘liq bo‘lmasligini ta‘minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi. 
Ma‘lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so‘zidan olingan. Ba‘zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o‘lchovli jadval ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir. 
Real dunyo ob‘ektlari haqidagi ma‘lumotlarini EHM xotirasida saqlash va ular orasidagi munosabatlarni modellashtirish uchun munosabatlar (jadval) to‘plamidan foydalanish mumkinligini Ye.F.Kodd isbotlab berdi. Masalan, «talaba» mazmunini saqlash uchun TALABA 
munosabatidan foydalaniladi.
Mashina muhitida ma’lumotlarni tashkil etish ikki pog‘onadan iborat bo‘lib, mantikiy va fizik pog‘onalar bilan xarakterlanadi. Ma’lumotlarni bevosita fizik tashkil etishda ularni mashina "tashuvchisi"da joylashtirish usuli aniqlab olinadi. Zamonaviy amaliy dasturlar vositalarida ma’lumotlarni tashkil etishning bu pog‘onasi avtomatik ravishda foydalanuvchi aralashuvisiz ta’minlanadi. Odatda, foydalanuvchi amaliy dasturlar vositalarining ma’lumotlarni mantiliy tashkil etish xakidagi tushunchalar bilan operatsiyalar bajaradi. Mashina "tashuvchisi"da ma’lumotlarni mantikiy tashkil etish, foydalanilayotgan dasturiy vositalardan va mashina muxitida ma’lumotlar bilan yuritishdan bog‘liq. Ma’lumotlarni tashkil etishning mantikiy usuli foydalanilayotgan ma’lumotlar tuzilishining turi va dasturiy vositalar orkali qullaniladigan  modelning shakli aniqlanadi.

Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling