Referat Fransua Kene va Tyurgolarning fiziokratizm taʼlimoti


Download 7.83 Kb.
Sana27.05.2020
Hajmi7.83 Kb.
#110712
TuriReferat
Bog'liq
ta'limot referat


Referat

Fransua Kene va Tyurgolarning fiziokratizm taʼlimoti.



  1. Fiziokratlar maktabi asoschisi-François Quesnay

  2. Tyurgo

  3. Fiziokratizm taʼlimoti

François Quesnay (Fransuzcha: [fʁɑ̃swa kɛnɛ]; 4-iyun 1694 – 16-dekabr 1774) — fransuz iqtisodchisi hamda fiziokratlar maktabi asoschisi.Tibbiyot davriri (1744), qirol Louis XV saroyida saroy vrachi boʻlgan. Tibbiyot va biologiyaga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari bilan shugʻullandi. Shuningdek, Quesnay 1758-yilda asosiy va eng muhim asari Tableau économique (Iqtisodiy jadval) ni chop etadi.

Quesnay 4-iyun 1694-yilda Méré (Versailles yaqinida) tavallud topgan.

16-dekabr 1774-yilda (80 yoshda) Versaillesda vafot etgan. Millati Fransuz

Koʻrsatgan taʼsirlari

Buddha, Confucius, Lao Tzu, Sun Tzu, Jean-Baptiste Colbert, Cantillon

Olgan taʼsirlari

Turgot, Manuel Belgrano, Henry George, Benjamin Franklin, Pierre Samuel du Pont de Nemours, Adam Smith

Ishlari Tahrirlash



Quesnayning don narxlari va soliqlarga bagʻishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari ("Fermerlar", "Don", "Soliqlar") D. Didro ensiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fransiya qishloq xoʻjaligi va Louis XV iqtisodiy siyosatining ziddiyatlarini koʻrsatib beradi hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini oʻzgartirish gʻoyasini olgʻa suradi. U oʻzining iqtisodiy dasturini keng umumlashtirilgan tarzda "Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy prinsiplari va ular toʻgʻrisidagi mulohazalar" (1758) asarida bayon qiladi. Bu asarida yer boylikning yagona manbai degan oʻzining asosiy gʻoyasini asoslaydi. "Xitoy despotizmi" asarida harajatlardan tashqari (chegirib) yaratilgan yangi boylik ("sof mahsulot") toʻgʻrisida fiziokratik taʼlimotni yaratadi. "Savdo toʻgʻrisida" asarida (1765) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujudga kelmasligini asoslaydi.
Quesnay 1758-yilda asosiy va eng muhim asari — Tableau économique (Iqtisodiy jadval) ni chop etib, takror i.ch. nazariyasiga asos soldi. Ushbu jadvalda jamiyat 3 sinfga: yer egalari (hech narsa yaratmaydigan sinf); mulkdor sanoatchilar; ishlab chiqaruvchi dehqon (fermer)lar sinfiga boʻlinadi. Shuningdek, xalq xoʻjaligi qishloq xoʻjaligidan va bu soha mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoatdan iborat deb qaraladi, qishloq xoʻjaligida yaratilgan maqsulot sanoatda qayta ishlanadi va ular jamiyatdagi sinflar oʻrtasida qayta taqsimlanadi, isteʼmol qilinadi. "Sof mahsulot" faqat qishloq xoʻjaligida yaratiladi va jamiyatdagi sinflar oʻrtasida taqsimlanadi. Ushbu jadvalda birinchi marta makroiqtisodiyot darajasida natural, tovar shaklidagi moddiy neʼmatlar va pul daromadlari oqimi tahlil qilingan. Quesnayning yana bir xizmati iqtisodiy tahlilning jadval usulini yaratganligi hisoblanadi. Quesnay oʻz tadqiqotlarida "tabiiy tartib" konsepsiyasi (erkin savdo, narx, rakrbat, xususiy mulk, kapitalistik tizim)ga asoslanadi.
Download 7.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling