Referat Mavzu : Auditor axloqi (etikasi). Mm 70-2 guruh talabasi Bobomurodov Shahzodbek Topshiriq-2


Download 24.53 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi24.53 Kb.
#135831
TuriReferat
Bog'liq
MM 70-2 Bobomurodov Shahzodbek Audit 2-topshiriq


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INISTITUTI

Referat

Mavzu : Auditor axloqi (etikasi).

MM 70-2 guruh talabasi Bobomurodov Shahzodbek

Topshiriq-2



Mavzu: Auditor axloqi (etikasi).

Etika - shaxs yoki shaxslar guruhining ma'naviy - axloqiy xatti - harakatini belgilab beruvchi qonun-qoidalar tizimidir. Qadimdan shifokorlik etikasi tushunchasi mavjud bo'1gan. Bu etikaning asosiy maqsadi shifokorlar faoliyatini axloqiy nuqtayi nazardan tartibga solisbga, o'z kasbiga nisbatan vijdonan yondashishga undashdan iborat edi. Hozirgi kunda auditorlik sohasida ham shifokorlik etikasi singari auditorlik etikasi yuzaga keldi.

Auditorlik etikasining asosini mustaqillik, malaka, halollik va xolislik tamoyillari tashkil etadi. Auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi tashkilotlar ham turli qonunlar, standartlar bilan bir qatorda auditorlik etikasi kodeksini ham ishlab chiqishgan. Shu jumladan, respublikamizda «O'zbekiston auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi" qabul qilingan. Ushbu kodeksda auditoriar audit sohasiga nisbatan jamoat ishonchi va e'tiborini orttirish uchun o'zlarini qanday tutishlari Iozimligi, o'z zimmalaridagi vazifalami amalga oshirish jarayonida amal qilishlari lozim bo'igan axloqiy, ma'naviy qadriyatlar, tamoyillar o'z ifodasini topgari.. Audit tekshiruvini o'tkazish jarayonida umuminsoniy qadriyadar, tartib - qoidalarga amal qilish har bir auditor va auditorlik firmasi rahbarining zimmasidagi maj buriyatdir.

Etika normalariga amal qilgan holda ish yuritish auditorlik faoIiyatining jamoatchilik orasidagi obro'-e'tiborining ortishiga, bu tur xizmatga jamoatchilikning ehtiyoji oshishiga xizmat qiladi. Aksincha, etika tamoyillarining buziIishi auditorlik sohasiga va auditorIar jamoasiga nisbatan katta hurmatsizlikning namunasi hisoblanadi va bu sohaga ham ma'naviy, ham moddiy zarar keltiradi. Etika tamoyillariga amal qilmaslik har bir auditorga nisbatan keskin choralar ko'rilishiga, xususan, auditorlik malaka sertifIkati va litsenziyasidan mahrum qilinishiga olib keladi.

Auditorlik Professioaal Etika Kodeksi

Auditorlik Professional Etika Kodeksi auditorlik faoliyatining o'ziga xos «Odobnoma"si hisoblanadi. Ushbu ko’deks auditorlik faoliyatining umuminsoniy qadriyatlarga, fazilatlarga mos bo'lishini, auditor o'z faoliyatini halollik bilan, faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirishini ta'minlaydi. Yuqoridagi tamoyillarga asosan ish yuritish jamiyatning auditorlik faoliyatiga ishonchi va ehtiyojining ortishiga xizmat qilishini anglagan holda ko'pgina xorijiy davlatlarda Auditorlik faoliyatining etika Kodeksi qabul qilingan.

Bu Kodeks yuridik kuchga ega va unda keltirilgan tamoyillarning buzilishi auditorning jinoiy, moddiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi. Ko'pgina xorijiy davlatlar, shu jumladan, respublikamizda qabul qilingan «O'zbekiston auditorlarning kasbga oid Axloq Kodeksi" da auditorlarga nisbatan etika nuqtayi nazaridan quyidagi asosiy talablar keltirilgan.

Umumqabul qilingan axloqiy normalarga amal qilish. Auditorlar o'z zimmalaridagi vazifalarini amalga oshirish jarayonida umuminsoniy axloqiy qadriyatlar, tamoillarga amal qilgan holda, halollik bilan ish yuritishiari va qaror qabul qilishlari shart. Boshqacha qilib aytganda, auditorlar «Boshqalar siz uchun qilishlarini xohlamagan ishini o'zingiz ham boshqalar uchun qilmang» jumlasiga amal qilgan holda ish ko'rishlari, butun tekshimv o'tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida halollik bilan ishlashlari, masalalarga xolislik bilan yondashishlari, adolatsizlikka va boshqa hamkasblari tomonidan insoniy, axloqiy qadriyatlarning buzilishiga yo'l qo'ymasliklari lozim.

Jamiyat manfaatlarini ifoda etish. Garchi audit tekshiruvi uchun haqni mijoz to'lasada, auditor faqatgina jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish ko'rishi shart.

Auditoming xolisligi. Tekshiruv yakunida xulosa va tavsiyalar tayyorlash uchun yagona asos - yetarli miqdordagi va ishonchli ma'lumot hisoblanadi.

Auditoming e'tiborliligi. Professional xizmat ko'rsatish jarayonida auditor o'z ishiga yuqori darajada e'tiborlilik, ehtiyotkorlik bilan yondashishi, rejalashtirish, tekshiruv o'tkazish va xulosa tayyorlash jarayonida mavjud qonunlar va standartlarga to'liq amal qilinishini ta'minlash, tekshiruvning har bir bosqichiga nisbatan yuqori darajadagi nazoratni o'rnatishi zarur.

Auditorning mustaqilligi. Auditor umumiy mijoz korxona yoki uning rahbariyatining alohida vakillari bilan auditor mustaqilligiga ta'sir o'tkazish darajasidagi yaqin munosabatlarga ega bo'lsa, bu tekshiruvni o'tkazishdan bosh tortishi lozim.



Xulosa:

Auditor mijozga xizmat ko'rsatishda yuqori darajadagi malakaga ega bo'lishi lozim. Yangi mijoz bilan munosabat o'rnatishdan oldin auditor shu mijoz uchun audit amaliyotining yangi uslubiyatlarini qo'llash, eng so'nggi qonunchilikka amal qilgan hold a yuqori darajali xizmat ko'rsatishni kafolatlashi zamr.

Auditor o'z malakasi doirasidan tashqari bo'lgan sohalarda xizmat ko'rsatishi, tavsiya berishi mumkin emas. Tekshiruv davomida bunday hollarga duch kelinsa, auditor mustaqil ekspert xizmatidan foydalanishi shart. Auditorning malakasi uning oliy ma'lumoti, malaka sertifikatiga ega ekanligi va audit solli!.sidagi uzluksiz ish tmribasi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, auditor ish faoliyati davomida doimiy ravishda buxgalteriya, audit, soliq, xalqaro va milliy buxgalteriya va audit standartlari, fuqarolik huquqi, axborot texnologiyalari kabi sohalarda o'z rnalakasini oshirish maqsadida ishlashi lozim. Auditorlik firmasi rahbariyati esa bu jarayon ustidan doimiy nazorat olib borishi kerak.

Adabiyotlar


  • "Ichki audit nima." iia.org.uk. Nizomiy ichki auditorlar instituti, t.d. Internet. 12 sentyabr 2017..

  • "Audit turlari." moliyaviy.columbia.edu. Kolumbiya universiteti. n.d. Internet. 12 sentyabr 2017 yil.

Download 24.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling