Referat Mavzu : Ekspert tizimlari haqida tushuncha Bajardi: Raxmanqulova Zilola Tekshirdi


Download 202.54 Kb.
bet1/7
Sana16.04.2022
Hajmi202.54 Kb.
#640746
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'lumotlar bazasi amaliy mashg\'ulot
jadid adabiyoti 2-topshiriq, hvbdbvdvbdjkh, 1-vazifa, ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, КУЛЬТУРА УМСТВЕННОГО ТРУДА УЧИТЕЛЯ, 1, 1, 1, 4 amaliy mashg'ulot, Bug'doy,arpa, Маг турдош 2021 (06.07.2021), БЕЗИМЕНИ-o-zbekiston-respublikasi-konstitutsiyasi-demokratik-davlat-boshqaruvining-asosi, Kurswahlliste Bekzodbek, diffuziya, Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

O’zbekiston Respublikasi Jizzax davlat pedagogika instituti sirtqi bo’lim informatikani o’qitish metodikasi

Ma'lumotlar bazasi fanidan



Referat

Mavzu : Ekspert tizimlari haqida tushuncha



Bajardi: Raxmanqulova Zilola
Tekshirdi: ________

EKSPERT TIZIMLARNING ASOSIY TURLARI VA

ISHLATILISH SOHALARI


Ekspertdegan so`z sizga nimani anglatadi, ekspert deb atalgan inson qanday ishlarni bajaradi? Ekspertning bajaradigan ishlarini kompyuter amalga oshira olsa biz qanday afzalliklarga erishishimiz mumkin? Bu muammolar ustida do`stlaringiz bilan birgalikda bosh qotiring va biror bir yechimga kelgandan so`ng quyidagi material bilan tanishishni davom ettiring. Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo`ljallab yaratilgan intellektual sistema ekspert Sistemasi deyiladi. Ekspert sistemalari bilimlarini to`ldirish manbai bo`lib, shu soha ekspertlari xizmat qiladi. Barcha ekspert sistemalarning ishi konkret muammo sohasidan olingan qat’iy ekspert ma’lumotlariga asoslanadi.
Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruhi yig`ildi: d aryo bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`l gan neft dog`lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqiz ganini topish va ifloslanish sabab, oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bund ay masalani yechuvchi ekspert sistemasi hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizilgan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqimi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar evristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalaroddiyqoidalarasosidaemas, balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.
E1 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo’lsa, u holda shu korxona neftni daryoga oqizgan .
E2 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1km oraliqdagi yuqorida bir necha korxona joylashgan bo`lsa, u holda eng ko’p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga oqizgan. Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruvchi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosida ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyiladi. Quyida evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng ehtimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilgari surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plamini ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin: AGAR fabrika neft qu- vurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa, U HOLDA 2 yoki 3uchastkalarni tekshirish kerak. Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin.
Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz:

  • tibbiy diagnostika va davolash;

  • kimyoviy analiz va sintez;

  • molekulyarbiologiyavagen injenerligi;

  • sanoatda rejalashtirish va ishlab chiqarishni tashkil qilish;

  • signallarni qayta ishlash;

  • qurilmalar nosozligi diagnostikasi;

  • geologikrazvedka;

  • avtomatlashtirilgan loyixalashning intellektual sistemalari;

  • o`lchov sistemalari: ko`rish, boshqarish, ma’lumotlar taxlili;

  • texnologik jarayonlarni boshqarish.


Download 202.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling