Referat mavzu: Alohida yordamga muhtoj bolalar tafakkur xususiyatlarini tekshirish


Download 24.54 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1449972
TuriReferat
Bog'liq
refarat1


O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim Fan va Innovatsiya Vazirligi

Jizzax Davlat Pedagogika Unversiteti



Pedagogika va Psixologiya fakulteti

Maxsus pedagogika va psixologiya fanidan


REFERAT

Mavzu: Alohida yordamga muhtoj bolalar tafakkur xususiyatlarini tekshirish.


Mavzu: Alohida yordamga muhtoj bolalar tafakkur xususiyatlarini tekshirish.


Reja.
1. Alohida yordamga muhtoj bolalar.
2. Aolida yordamga muhtoj bolalar tafakkur xususiyatlari.

Maxsus pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksiya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan. Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani kabi, maxsus pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari mavjud. maxsus pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Maxsus pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular asosida ular uchun differensial yoki integratsiyalashgan, inkluziv sharoitda ta’- limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shug‘ullanishdir. Maxsus pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsiyasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashxis qo‘yib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotga tatbiq etishdan iborat.


Bolalar bir-biriga o‘xshamaydilar. Bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bolaning o‘zi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xushchaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula ayta olmaydilar. Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi. Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi. Bolaning idroki hayotining dastlabki-yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi. Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning o‘z vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruxiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar so‘zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi. Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bo‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bo‘lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar, kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyatida kamchiligiga ega bo‘lgan bolalar (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3) aqli zaif bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6) ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
8)autizm sindromli bolalar.
Alohida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni alohida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini alohida yordamga muhtoj deb hisoblash mumkin emas.
Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarurdir. Har qanday alohida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi o‘quvchilar orasiga qo‘shilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, biz bunday bolani alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni alohida yordamga muhtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tug‘ma nuqsonlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoli- yatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun sindromi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar). Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham nuqson rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruxiy rivojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan alohida yordamga muhtoj bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida alohida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning alohida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.

Aqli zaif bolalarning tafakkuri


Tafakkur — atrofdagi borliqning aks etishiga imkon beradigan inson bilish faoliyatining oliy shakli, predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatni o‘rnatadi. Tafakkurning asosiy vazifalari: — umumiy o‘zaro aloqalarni o‘rnatish; — muayyan sinf hodisalari turi sifatida aniq hodisalar mohiyatini tushuntirish; — bir xil guruh hodisalari xossalarini umumlashtirishi. Tafakkur operatsiyalari: — tahlil qilish (xayoliy predmet, hodisa, holatlarni qismlarga ajratish va tarkibiy belgi, qismlarini aniqlash); — sintez (turli xil belgilar o‘rtasidagi aloqani taqqoslash, qiyoslash); — mavhumlashtirish (predmetning asosiy xossalarini ikkilamchi belgilardan ajratish); — taqqoslash (ma’lum obyektlarni taqqoslash va ulardagi umumiy yoki farqli belgilarni ajratish); — umumlashtirish (ikki yoki bir qancha predmet-hodisalarni umumiy belgilariga ko‘ra guruhlarga umumlashtirish).
Ko‘rgazma-obrazli tafakkur
Bola anglash faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishda tafakkur muhim rol o'ynaydi. Bola rivojlanishining ma’lum bir bosqichida unga ma’lum turdagi faoliyat xos bo'ladi. Ilk yoshda tafakkur shakllanishida asosiy o'rinni muloqot, predmetli faoliyat egallaydi (L.S. Vigotskiy, A.V. Zoporojets, A.N.Monstev, D.B. Elkonin). Hozirgi vaqtda mashhur psixologlarning ta’kidlashicha, bolalarda maktabgacha yoshda ko'rgazmali-harakat, ko'rgazmali-obrazli va so'z-mantiq tafakkuri rivojlanadi. Bu tafakkur shakllari ontogenez jarayonida bir-biri bilan almashinadi, ammo birinchi ko'rgazmali-obrazli tafakkur hisoblanadi. U bola rivojlanishi jarayonida, ular tomonidan ijtimoiy malakalarni egallash orqali shakllanadi. Bola tafakkur rivojlanishida kattalar asosiy o'rinni egallaydi, ular tafakkurni o'qitish va tarbiyalash orqali rivojlantirishi kerak. Bolalarda ilk yoshda ko'rgazmali-obrazli tafakkurni o'rganish bilan L.S. Novoselova shug'ullangan. U bola tafakkurining rivojlanishi butunlay uni predmetli faoliyati shakllanishi jarayoni bilan bog'liq deb ko'rsatgan. Bolada predmetlilikning paydo bo'lishi ular tomonidan insoniy faoliyat usullari va amalga oshirish motivlarini egallash yo'li orqali amalga oshadi. Aqli zaif bolada aks ettiruvchi faoliyatning farqli xususiyati unda bilish faoliyatlarining buzilmaganligi hisoblanadi. Bu eng avvalo umumiy va vositali bilimning buzilishidir. Maqsadga qaratilgan faoliyat sifatida tafakkur har doim ma’lum muammoning yechimi sifatida yuzaga chiqadi. Aqliy masalalarni yechish jarayoni bir nechta bosqichlarga ega: masala shartini tushunish, savol qo'yish, yechim ehtimoli farazini yaratish, yechimni topish va uning to'g'riligini tekshirish. Barcha fikrlash jarayonlari o'zida shaxsning qobiliyatlari, bilim va malakalarini ochib beruvchi ixtiyoriy, maqsadga qaratilgan faoliyatlarini amalga oshiradi. Aqliy masalalarni yechish aqli zaif bolalarda boshlang'ich davrdayoq muhim qiyinchiliklarga olib keladi. Ular ko'pincha masalani noto'g'ri anglaydi, uni qisqartiradi yoki buzadi. Shu tariqa, avval boshdanoq, maqsadga qaratilgan tafakkur buzil gan va u boshqaruvchi vazifani boshqara olmay qoladi. Yechishning keyingi bosqichlarida kamchiliklar kuzatiladi. Qo‘llanilayotgan yechish usullari noto‘g‘ri va samarasiz boiadi. Masalani yechish jarayonida qo‘yilgan maqsaddan chetga chiqish, muammoning qaysidir xususiy tomonida to‘xtab qolish kuzatiladi. Yechish jarayonida ko‘pincha xatolar va tekshirishlar majmuyiga olib keladi. Tekshirish zarur bosqich sifatida qabul qilinmaydi. Olingan natijalar boshlang‘ich ma’lumotlar bilan bogliq bolmaydi. Tafakkurning past mahsulligi aqliy masalalarni yechishning barcha bosqichida ko'rinadi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida aqli zaif bolalarga o‘z faoliyatini tashkil etishga, aqliy jarayonning bosqichi to‘laqonli o'tishiga yordam berish kerak. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur uchun obrazlar bilan aqliy faoliyat natijalari, tasavvuri orqali aqliy masalalarni yechish xarakterli hisoblanadi.
Aqli zaif bolalar tafakkurini tahlil qilib, bu jarayonning stereotipligi, qiyin harakatligi va umuman to'liq egiluvchan emasligini ta’kidlash joiz. Shuning uchun mavjud bilim va malakalarni yangi sharoitda qo'llash aqli zaif bolalarda qiyinchilik tug'diradi va vazifani xato bajarishga olib keladi. Aqli zaif o'quvchilar tafakkurini o'rganish va to'g'ri tashxis qo'yish uchun «Kesma rasmlar» metodikasi, «To'rtinchisi ortiqcha» metodikasi, «Klassifikatsiyalar» va «Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» metodikalarini tavsiya etish mumkin.
Ko‘r va zaif ko‘ruvchi shaxslarning tafakkuri
Predmet va hodisalarni xayolan bolaklashda, keyinroq ularni tezlashda turli belgilar obrazlarining yaxlitlik va bir paytlilik kabi sifatlari zarar ko‘radi Normal ko‘radiganlar muhitida yashayotgan va ishlayotgan ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi hayotida shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u butun vaziyatni yaxlit idrok etolmaydi va vaziyatni o‘z idroki uchun qulay bo‘lgan alohida elementlar asosida tahlil qilishiga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda vaziyatni qayta yaratish va baholash uning alohida belgilari tahlili va sintezi, ularni anglab yetish va mavjud bilim hamda tasavvurlar tizimiga, hayot va ta’lim jarayonida yaratilgan umumiy konsepsiyaga kiritish asosiga quriladi. Bu ko‘rishda nuqsoni bo'lgan shaxslar hayoti va faoliyatida tafakkurning katta ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi. Tiflopsixologiyada tafakkur ko'rish nuqsonini psixologik kompensatsiyalash va atrof-olamni bilish usullarini shakllantirish jarayonining eng muhim omillaridan biri sanalishi haqida fikr anchadan beri mavjud. Biroq tafakkur jarayonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan aniq eksperimental tadqiqotlar ko‘p emas. A.G. Litvak1 va A.F. Samoylov ko‘rishda nuqsoni bolgan shaxslar tafakkuri rivojlanishining uchta konsepsiyasini ta’kidlaydi: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar tafakkurining tezlashgan rivojlanish nazariyasi; ko‘rish nuqsonining tafakkur rivojlanishiga salbiy ta’siri nazariyasi va tafakkur rivojlanish darajasining ko‘rish nuqsonlariga bog‘liq emasligi konsepsiyasi. Har uchala konsepsiya konkret faktlarga tayanadiki, ular o‘z g‘oyalarini ta’kidlash uchun huquq beradi. Biroq ularning hech biri yo xayoliy obrazlar, yo tafakkurning shakllanish jarayonidagi o‘ziga xoslikning mavjudligini inkor etmaydi.
Ko'rishda nuqsoni bo'lganlarda tafakkurni eksperimental tadqiq qilish asosan genetik jihatdan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda normal ko'radiganlar uchun ishlab chiqilgan metodikalardan foydalanib olib borilgan. Natijalar ko'radigan bolalarda olingan natijalar bilan solishtirganda ko'p jihatdan metodikalarni ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar foydalanishi uchun o'zgartirishlar kiritish va tajribalarni o'tkazish sharoitlariga bog'liq bo'lib chiqqan. Maktabgacha va maktab yoshidagi ko'zi ojiz bolalar tafakkur darajasini o'rganishga oid tadqiqotlar J.Piaje metodikalari bo'yicha olib borilgan.
Eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar tafakkuri
Tafakkur haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks ettiruvchi bilish jarayonidir. Hozirgi kunda bolalar tafakkurining rivojlanishining uch bosqichi - ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali obrazli, so‘zli-mantiq tavsiflanadi. So‘nggi bosqichda umumlashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan material xarakteriga ko‘ra konkret tushunchali va abstrakt tushunchali tafakkur o‘zaro tasniflanadi. Ko‘rgazmali-harakat tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o‘zida jamlaydi, bunda bola maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foydalanadi. Amaliy vazifalarni amalga oshirishda muammoni hal etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o‘tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Bu ko‘rgazmali-harakat umumlashmalarining shakllanishiga olib keladi. Ko‘rgazmali-harakat tafakkurining o‘ziga xosligi, bir sharoitdan boshqasiga o'tishda bola harakati va predmet aloqasi, munosabati tamoyili toiiq namoyon boimasligi bilan belgilanadi. Shunday qilib, nutqiy rivojlanishgacha tafakkurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma’lum nuqtayi nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi. Nonutqiy muloqot imo-ishora yoki so‘zlashuv nutqini shakllantirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bola nutqini rivojlantirish uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o'ringa ega.
Eshitishida nuqsoni mavjud bolalar ta’lim jarayonida ularning tafakkur xususiyatlarini hisobga olish darkor. T.V. Rozonova o‘zgacha yondashuvni talab etuvchi bolalarning 3 guruhini tasniflaydi: Birinchi guruhga ko‘rgazmali va tushunchali tafakkur rivojlanishi yuqori darajada bo‘lgan bolalar kiradi. Ular eshituvchi bolalar bilan ko'rgazmali-obrazli tafakkur darajasiga ko‘ra bir xil bo‘ladi, lekin tushunchali tafakkurli rivojlanishi bo‘yicha uch yil orqada qoladi. Bu bolalar yuqori o'zlashtir ishga ega bo‘ladi, maktab dasturini ijobiy egallaydi, masalalarni mustaqil yozadilar. Ikkinchi guruhga eshituvchi bolalardan ko‘rgazmali tafakkur, tushunchali tafakkuri darajasiga ko‘ra orqada qoluvchi, bu tafakkur turlari o‘rta darajasini namoyon qiluvchi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar tasviflanadi. Ta’lim jarayonida ular surdopedagogning yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Uchinchi guruhga ko'rgazmali tafakkurning yuqori darajasi, tushunchali tafakkurning past darajasi namoyon bo‘lgan eshitishida nuqsoni bo‘Igan bolalarni jamlaydi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur darajasiga ko‘ra bu bolalar eshituvchi bolalar bilan bir xil bo‘ladi, lekin so‘zlashuv nutqini egallashga qiynaladilar. Shu sababli ular maktab dasturini egallashda qiyinchilikka uchraydilar, fikrlash operatsiyalari to‘liq bo‘lmaydi, yetarli darajada umumlashmagan bo'ladi. To‘rtinchi guruhga tushunchali tafakkur darajasining yuqori ko‘rsatkichi, ko'rgazmali-obrazli tafakkurning past darajadaligi kuzatilgan bolalar jamlanadi. Bunday disproporsiya nutqiy vositalarni yetarli tabaqalamay o‘qitish, sujetli-rolli o‘yin, tasviriy faoliyatning ommaviy turlariga ahamiyat bermaslik asosida kelib chiqadi. Disproporsiya oqibatida bu bolalarda matematika fanidan orqada qolish, maktab dasturini egallashda qiynalish yuzaga keladi. G.V. Rozonova tomonidan eshitishida nuqsoni mavjud bolalar tafakkuri rivojlanishidagi munosabatlar tipini tasniflashning amalga oshirilishi o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, disproporsiyaning sababini aniqlash, ularga nisbatan korreksion dastur tuzilishi lozimligini ko‘rsatdi. T.V. Rozonova tafakkur turlarining biridan boshqasiga o‘tish xususiyatlarini tahlil etib, kar o‘quvchilarda so'zli-mantiq tafakkurining shakllanish sharoitlarini ko‘rsatib beradi.
Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar uzoq muddat davomida ko'rgazmali-obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.V. Rozonova tadqiqotlarida eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ko'rgazmali-obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq maktab ta’limining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko'rgazmali obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni umumlashtirish imkonini yuzaga keltiradi. Ko'rgazmali-obrazli tafakkurni shakllantirish so'zlash nutqining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib, ko'rgazmali-obrazli tafakkurni so'zli-mantiq tafakkuri bosqichiga o'tishi sog'lom bolalarga nisbatan eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash operatsiyalarining rivojlanishida namoyon bo'ladi. Fikrlash operatsiyalari tizimga tashkillashtirilgan umumiy harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Analiz va sintez jarayonining rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli va sistematik tarzda amalga oshadi.
Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling