Referat mavzu: tishning qattiq to'qimasi va yumshoq to’qimasi biokimyosi reja


Download 25.27 Kb.
bet1/13
Sana13.01.2022
Hajmi25.27 Kb.
#329085
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Tish qattiq va yumshoq toqimasi biokimyosi.REFERAT
Bog'liq
Tarix fakulteti uchun, Tarix fakulteti uchun, 1. Axborot xavfsizligining qaysi xususiyati ma’lumotni maxfiylig, book, python darslik, 123, 123, 123

Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti

Bolalar Stomatologiya Fakulteti

205 B talabasi Saydullayev Farrux

Bioximiya Fanidan Tayyorlagan




Referat


MAVZU: TISHNING QATTIQ TO'QIMASI VA YUMSHOQ TO’QIMASI BIOKIMYOSI

Reja:


1.tishning kollagen oqsillari haqida tushuncha.

2.tishning kattik tuqimasining tarkibiy qismi

3.dentin, emal, pulpaning kimyoviy tarkibi

Tish qattiq to'qimasi biokimyosi.

Ularga emal, dentin, tish tsementi kiradi. Bu tukimalar bir biridan ontogenetik kelib chikish jixatdan tafovut etiladi. Shu tufayli ular bir biridan kimyoviy tarkibi va tuzilishi va shuningdek metabolizm xususiyatlari bilan farklanadi. Emal endodermadan, suyak, tsement, dentin mezenximadan rivojlanadi. Shunga karamay bu tukimalarda umummiylik xususiyatlari mavjud. Ular uglevod va oksil tabiatli va kup mikdorda mineral moddalar asosan apatit kristallarini uzida saklovchi xujayralararo moda yoki matrisadan tashkil topgan.

Mineralizasiya darajasi: emal - dentin – tsement – suyak

Tishning kattik tukimalarini emal ( tish tojida), dentin va tsement (ildiz yuzasida) tashkil etadi. Suyak tukimasining boshka turlariga nisbatan tish tukimalari kuprok mineralizasiyalashgan.

Tish kattik tukimalarining kimyoviy tarkibi. (%)





emal

dentin

Tsement

Suv

2

13

32

Organik moddalar

2

18

22

Mineral koldik

96

69

46

Sa

36

35,3

35,5

R

17

17,1

17,1

S (karbonat)

2,5

4,5

4,4

Ftor

0,02

0,04

0,02

Tish kattik tukimalarida sezilarli mikdorda magniy, natriy, kaliy, xlor bor.

Emal.

Uzida gidroksiapatit, ftorapatit va kaltsiy ftorid saklaydi. Kaltsiy fosfor nisbati 1,75. Shu tufayli emal suyadan xam kuchli minerallashgan. Yosh oshgan sari bu nisbat 2,09 gacha uzgaradi. Emalning organik kismi asosan amelogenin oksillaridan iborat. Ularning asosiy vazifasi emalda erimaydigan matrisani xosil kilishdir. Keyinchalik u kaltsiy boglovchi oksil ishtirokida minerallashadi. Shuningdek emalning tarkibiga glikozaminglikanlar va tsitrat kirishi mumkin. Ion almashinuvi sulak orkali amalga oshadi.

Tishlar jag alveolalarida joylashib asosan 3 ta kattik tukima xisobiga shakllanadi bular: dentin, emal, tsement. Tishlar embrion ogiz bushligi shillik kavatining xosilalaridir.

Tish tojini koplagan emal organizmdagi eng mustaxkam tukimadir. Chaynov yuzasida uning kalinligi 1,5 – 1,7 mm, yon yuzalarda nisbatan yupkarok, tish buynida u yukolib boradi va tsement bilan urin almashadi. Emalning struktur birligi bulib emal prizmalari xisoblanadi. Ularning diametri 4-6 mm. Prizmalar uzunligi emal kalinligiga mos keladi.

Emalning organik moddasi uta ingichka fibrillyar tuzilmalar shaklida namoyon buladi. Organik tolalar emal prizmalaridagi kristallarni joylanishini belgilab beradi degan fikrlar mavjud. Tish emalida aytib utilgan tuzilmalardan tashkari pamellalar, tutamlar, DUKlar uchraydi.

Emal duklari – emalga dentinemal birikadigan soxadan kirgan odontoblastlarning usimtalaridir.

Kristallar tuzilishini urgangan g.N. Paxomov fikricha, emal turli xil apatitlardan tashkil topgan bulsada,ulardan engasosiysi gidroksiapatit sa10(Ro)6(On)2. Bavers va Murrey fikricha emalning anorganik tarkibi kuyidagi foizlarda ifodalanadi: gidroksiapatit 75,04; Saso3 -1,33; karbonapatit 12,06; xlorapatit 4,39; ftorapatit 0,663; MgSo3 – 1,62. Kaltsiy kimyoviy birikmalar xolida 37%ni, fosfor 17%ni tashkil etadi.

Emalning xolatini baxolashda kaltsiy fosfor nisbati muxim kursatkich xisoblanadi. Bu kursatkich doimiy emas va turli omillar ta'sirida uzgarishi mumkin. Yosh odamning soglom emalida bu kaltsiy fosfor nisbati kari insonlarnikidan pastrok. Shuningdek birgina tishning turli kismlarida xam bu kursatkichlar turlicha bulishi mumkin.

Tish emalning kristallari uchun kaltsiy fosfor nisbati 1,67 ni tashkil etadi. Ammo bu nisbat kamayishi (1,33) va kupayishi (2,0) xam mumkin.

Tekshiruvlar xulosasiga kura emaldagi mikroelementlar bir tekisda taksimlangan emas. Emal tashki yuzasida ftor, rux, temirning yukori kontsentrasiyasi va kam mikdorda magniy natriy, karbonat uchraydi. Kavatlar buylab teng mikdorda strontsiy, Miss, alyuminiy, kaliy joy olgan.

Xar bir emal prizmasining (on) ionlari bilan boglangan gidrat kavati bulib u shu soxa yuzasida eritmani xosil kiladi. Gidrat kavat tufayli ion almashinuvi ruy beradi degan taxminlar bor.

Xozirda aniklanishicha, boglangan suv kavatidan tashkari mikrobushliklarda erkin suv xam joylashadi. Suvning umumiy xajmi 3,8% ni tashkil etadi. Emalning organik moddasi oksillar, lipidlar va uglevodlardan tashkil topgan.




Download 25.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling