Referat mavzu:’’Yashil energetika’’ni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning xorij tajribasi


KIRISH Mavzusining dolzarbligi


Download 128.26 Kb.
bet2/10
Sana14.01.2022
Hajmi128.26 Kb.
#337002
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yashil iqtisodiyot
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, yapon ingliz. Gayratov Rufat, yapon ingliz. Gayratov Rufat, yapon ingliz. Gayratov Rufat, listening, Mobil shaxs, mustaqil ozbekiston pensiya taminoti tizimining shakllanishi va rivojlanishi, T-2-formasi, Tarjimai-hol-blank-2 (1), ikkinchi tartibli chiziqlar. aylana va ellips
KIRISH

Mavzusining dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiyoti va eksporti tarkibida chuqur qayta ishlangan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ulushini jadal sur’atlarda oshirishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni yanada yuksaltirish O‘zbekistonda uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2017-yil 14yanvardagi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat byudjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash - eng muhim ustuvor vazifamizdir” deb ta’kidlagan edilar.1 Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun uning turli bo‘limlari, tarmoqlari va sohalari o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni ta’minlanmasligi mamlakatda iqtisodiy resurslardan samarasiz foydalanishga bu esa o‘z navbatida iqtisodiy inqirozlarni yuzaga kelishiga, ishsizlik va inflatsiya darajasining oshib ketishiga va aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumki, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishishda, iqtisodiyotda modernizatsiyalash jarayoni va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, «Yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirishda energetika tarmog‘ida resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Energetika tarmog‘ida resurslar samaradorligiga erishish talabning o‘zgarishiga va yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiladi. «Yashil energetika»ga o‘tish, innovatsion uskuna va texnologiyalarga talabni rag‘batlantiradi. Bu esa milliy iqtisodiyotga «Yashil» tamoyillarni tatbiq etish uchun muhim hisoblanadi. O‘zbekistonda kremniy zahiralarining mavjudligi fotoelektrik batareyalarni ishlab chiqarish istiqbolini yaratadi.

Yoqilg‘i-energetika resurslarining yetishmovchiligi va ularga bo‘lgan narxlarning o‘zgaruvchanligi sharoitida, mamlakatimiz aholisining hamda iqtisodiyotimiz asosiy tarmoqlarida energetika resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, an'anaviy energiya manbalaridan muqobil energiya manbalariga o‘tishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.


Download 128.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling