Referat mavzu:’’Yashil energetika’’ni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning xorij tajribasi


II ”YASHIL ENERGETIKA’’NI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASHDA XORIJ TAJRIBASI


Download 128.26 Kb.
bet5/10
Sana14.01.2022
Hajmi128.26 Kb.
#337002
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
yashil iqtisodiyot
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI, yapon ingliz. Gayratov Rufat, yapon ingliz. Gayratov Rufat, yapon ingliz. Gayratov Rufat, listening, Mobil shaxs, mustaqil ozbekiston pensiya taminoti tizimining shakllanishi va rivojlanishi, T-2-formasi, Tarjimai-hol-blank-2 (1), ikkinchi tartibli chiziqlar. aylana va ellips
II ”YASHIL ENERGETIKA’’NI DAVLAT TOMONIDAN QO’LLAB-QUVVATLASHDA XORIJ TAJRIBASI

Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda u yoki bu davlatning barqaror rivojlanishi uchun energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish salmog‘iga uzviy bog‘liq bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Shu bois ushbu sohaning qonunchilik bazasini takomillashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Chunki aynan shu yo‘l orqali ushbu soha munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi va uning rivoji ta’minlanadi. Tahlillarga qaraganda, hozirgacha 80ga yaqin mamlakatda muqobil energiya manbalari sohasida milliy qonunchilik yaratilgan. Ayniqsa, so‘nggi o‘n yillikda mazkur sohada Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Braziliya, Kanada, Xitoy, Daniya, Estoniya, Chexiya, Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Portugaliya, Singapur, Shvetsiya, Shveysariya, AQSH, Hindiston va Mongoliya kabi mamlakatlarda tegishli qonunlar qabul qilingan hamda amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Ko‘pgina mamlakatlarda qonun yo‘li bilan davlat, biznes va nodavlat sektor e’tiborini mazkur sohaga qaratish, muqobil energiya manbalarining rivoji uchun davlat tomonidan rag‘batlantiruvchi choralarni ko‘rish, subsidiyalar siyosatini qo‘llashga nisbatan munosabat shakllangan. 50 dan ortiq davlat qonunchiligida rag‘batlantirish va subsidiya aks ettirilgan. Masalan, Xitoyda qabul qilingan huquqiy hujjatlarga ko‘ra, qayta tiklanuvchi energiya manbani, xususan, quyosh va shamol energiyasidan olinadigan elektr manbaini umummilliy elektr tamroqlariga ulash nazarda tutilgan. Bu davlatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida bir qator imtiyozlar belgilangan. 2020yilga borib bu yerda mazkur manbadan olinadigan energiya hajmi 15 foizga yetkazilishi mo‘ljallangan.5 2004-yildan buyon dunyoda yashil energiya manbalariga 2,9 trln. AQSh doll. miqdorida sarmoya kiritildi. Qayta tiklanuvchi energiyaga kiritilgan investitsiyalarning yillik global hisoboti global energiya xaritasidagi o‘zgarishlarni va sayyoramiz kelajagini ta’minlashdagi yo‘lni tasvirlaydi.

Muqobil energiya manbalari bo‘yicha xalqaro qonunchilik tajribasi haqida gapirganda Yevropa Ittifoqida bu boradagi amaliyotga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.. Xususan, ushbu ittifoqning strategik hujjatida mintaqada 2010-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbaining hissasi 12 foizdan past bo‘lmasligi belgilangan edi. Hozir bu ko‘rsatkich salkam 13 foizni tashkil etmoqda. 2001-yilda qabul qilingan hujjatlarda qayta tiklanuvchi manbalar yordamida olinadigan elektr energiyasining ulushi 2020yilga borib 20 foizga etkazish nazarda tutilgan. 2004-yilda hayotga tatbiq etila boshlangan boshqa bir hujjatda bioyoqilg‘i hajmini anchaga oshirish belgilangan6.

2011-yilnig dekabr oyida Yevropa qo‘mitasi 2050-yilgacha mo‘ljallangan «2050-yilning energetik yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqdi. Unga ko‘ra 2050-yilga kelib havoga chiqarilayotgan karbonot angidrid miqdori 1990-yilga nisbatan 80%ga kamaytirilishi, qayta tiklanadigan quvvat manbaini ishlab chiqaradigan elektr quvvatidan 75% ga foydalanish rejasi belgilangandi. Mazkur hujjatniNGkuchga kirishi bugungi kunda Yevropada shamol, quyosh quvvatidan, shuningdek bioyoqilg‘idan samarali foydalanishga va ularni ishlab chiqarilishining arzonlashuviga olib keldi47. Keyingi 5 yil mobaynida ushbu ko‘rsatkich asta-sekinlik bilan ko‘tarilib borib, 2010-yilda sezilarli “sakrash”ni amalga oshirdi va 2009-yilga nisbatan qariiyb 1,6 barobarga oshdi, 103,3 mlrd. AQSh dollari demakdir. Bir yil o‘tib 1,5 barobardan ortiq o‘sishga erishib, 2012-yildan 2014-yilgacha pasayish holatini aks ettirdi. 14 yil davomidagi quyosh energiyasi texnologiyalariga yo‘naltirilgan global investitsiyalarning eng yuqori ko‘rsatkich 2015-yili kuzatildi, ya’ni 179,3 mlrd. AQSh doll.ni tashkil etdi. 2017-yilda quyosh energiyasi texnologiyalariga yo‘naltirilgan global investitsiyalar 160,8 mlrd. AQSh dollarini hamda bioyoqilg‘i energiyasi texnologiyalariga kiritilgan global investitsiyalar 2 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi7



Barchamizga ma’lumki, AQSh dunyodagi iqtisodiy jihatdan qudratli va turli sohalarda yuqori rivojlanish dinamikasiga ega bo‘lgan davlat. 2017-yilda AQSh hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyaning eng katta ulushi tabiiy gaz bilan bog‘liq bo‘ldi, ya’ni 32%.Ammo 2019-yilda bu ko’rsatkich 28% tashkil etmoqda. Ishlab chiqarilgan elektr energiyaning 30%i esa ko‘mir sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.Bu holat 2019-yilda 24% ni ko’rsatmoqda. 2017-yilda elektr energiyaning beshdan bir qismi yadroviy tarmoqdan olingani ham ma’lum bo‘lsa, 2019-yilda u 1% ga kamaydi. Rivojlangan yevropa mamlakatlaridan farqli o‘laroq hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida elektr energiyaning 17%i qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan bo‘lib,ushbu ko’rsatgich 2019-yilda sezilarli darajada o’sdi va bu ko’rsatkich elektr manbalarining 27 % tashkil etmoqda.2017-yilda 1%i neft xom ashyosi ulushiga to‘g‘ri kelsa 2019 yilda 5%ni tashkil qilmoqda, buni quyida keltirilgan rasmda ham ko‘rishimiz mumkin. (1-rasm).



Download 128.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling