Referat nazarova Kamila
Download 25.14 Kb.
|
Глоссарий хакида
REFERAT
Nazarova Kamila PS-104 Glossariy - izoqlab (Izoxli G.) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima G.) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. G. alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili darsliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izoqi ilova qilinadi. Glossariy koʻproq ingliz, fransuz, nemis tiliga oid daryoliklarda uchraydi. Bundan tashqari ayrim asar yoki turkumga oid G.lar ham bor. Mas, Vedalarga (mil. av. 1-mingyillik), Gomer asarlariga (mil. av. 5-asrdan boshlab) oid G.lar. GLOSSARIY Metodika - grekcha "metodos”so'zdan olingan bo'lib, "usul”, "usłub”, "o'qitish” degan ma'noni bildiradi. Savod o'rgatish metodikasi - pedagogika fanida jiddiy masala hisoblanib elementar o'qish va yozishga o'rgatishdir. O'qish va yozish - Nutq faoliyatining turi bo'lib, maktabda o'qitish elementar o'qish va yozishga o'rgatishdan boshlanadi. O'zbek tili yozuvi - Fanimatik yozuv hisoblanib 1993 - yil 2 — sentabrdagi "lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida” gi qonunga muvofiq o'zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos Clilib olindi. Mufrodod Harflarni nusxaga qarab alifbo tartibida katta-katta Clilib yozish. Murakkab ot - Harflarni bir biriga qo'shib yozish. Muqatto ot - bayt, Cliła va ruboiylarni ko'chirib yozish mashqi. Tutuq belgi - Tovush bildirmaydigan belgi. Matn - Bir nechta gaplardan iborat bo'lib, nisbatan kichik voqeylikni ifodalovchi til birligi. Nutq o'stirish - lug'atni boyitish so'z birikmasi bog'lanishli hikoya tuzish. Sintez o'quvchi so'zni analiz qilish bilan uni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butunlik sifatida anglashi. 12.Analiz - so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqatning jalb etilishi. Ma'nodosh so'zlar - talaffuzi yozilishi har xil bo'lgan bir umumiy so'zlardir. Lug'atni faollashtirish ma'nosi tushuniladigan ammo nutq faoliyatida ishlatilmaydigan nofaol lug'atdagi so'zlarni faol lug'atga o'tkazish. Leksika - Tilda mavjud bo'lgan barcha so'z va iboralarning yig'indisi. Leksikalogiya - Lug'at tarkibidagi so'zlarning nutqda ma'no ifodalash xususiyati qo'llanish faolligi boyib borishi Ichki nutq - o'z fikrini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin o'ylab olish. Tashqi nutq - Tovushlar yordamida eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozish. Nutq - Kishi faoliyatining turi, til vositalari asosida tafakkurni ishga solishdir Til - aloqa vositasi. To'g'ri yozish - So'zning harf tovush tarkibini Grammatik shakllarini buzmasdan so'zning tovush yoki bo'g'nini tushurib qoldirmay boshqa tovushni qo'shmay so'zga urg'uni to'g'ri qo'yib o'qish hisoblanadi. Tez o'qish - o'qilayotgan asar mazmunini o'zlashtirishni matn mazmunini ongli idrok etadigan o'qish turidir. Ongli o'qish - O'quvchilarning zarur ongli tajribasiga so'zning leksik ma'nosini gapda so'zlarning bog'lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog'liq o'qish turi xisoblanadi. Ichda o'qish - Tovushga asoslangan lekin unda ovozsiz o'qiladi. Shivirlab o'qish - Yarim ovoz bilan o'qishdir. Ovozli o'qishdir — ovozga asoslangan bo'lib, unda ta'lim jarayonida keng foydalaniladi. She'r - ohang jihatdan ma'lum bir tartibga solingan his tuyg'u ifodasi sifatida vujudga kelgan hayajonli ritmik nutqdir. Maqol - turmush tajribalari zaminida tug'ulgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar chuqur ma'noli ifodalardir. Orfografiya - yunoncha so'z bo'lib "to'g'ri yozuv” degan ma'noni bildiradi. Yozuv daftari Sinfda o'rganilgan harflarni uyda mashq qilish uchun alohida mo'ljallangan daftardir. 31.Alifbe - birinchi o'quv kitobi bo'lib, uni ishlab chiqishda didaktikaning umumiy mezonlariga amal qiladi. Izohli o'qish - o'ylashga, his qilishga, asarni to'liq idrok qiishga, o'qilganning mazmunini o'zlashtirishga Olib keladigan o'qishga aytiladi. Mantiqiy o'qish - matnni tog'ri, tushunib, tez meyorda o'qish. Ijodiy o'qish - Badiiy asarni izohli o'qishga yaqin bo'lgan metodlardan biridir. Izlanish metodi bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o'quvchilarga savol-javob berish asosida o'quvchilarga savol- topshiriqlar tuzishda keng qo'llaniladigan usuldir. 36.Analitik bosqich - o'zni bo'g'in harf tomonidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasini shakllantirish. Sintetik bosqich so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. Intonatsiya urg'u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past balandligining yig'indisidir. Ekskursiya darsi - bolałarda tabiatga mehr uyg'otadigan, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini tarbiyalovchi dars turidir. Tanlab o'qish - bunda o'quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o'qiydi. Grafik tasvirlash - o'quvchilar matnni puxta o'rganib chuqur anglab unga mos rasm chizishi. So'z bilan tasvirlash - manzarani so'z yordamida aniq qayta tiklash. Hikoya - ko'pincha kishi hayotida bo'lgan epizotni tashkil etadi. Masal - ahloqiy, saterik va kesatish mazmunini hikoyali aks ettirgan she'riy, nasriy asardir. Latifa - xalq og'zaki ijodining ommaviy janrlarning biri bo'lib, nozik, mayin, kinoya qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyadir. Tez aytish - ma'lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan janr hisoblanadi. Bayon qilish metodi o'qituvchi bayon qilishdan oldin o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarni aniqlash. Tekshiruv diktantlari - o'quvchilarning bilim ko'nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantdir. Gaplarni yoyish - buning uchun gapninng qaysi bo'lagi yoyishni talab qilishi aniqlanadi. So'zlari aralash berilgan gaplarni tiklash - gapning asoslari tiklanadi, so'ng so'roq yordamida ikkinchi darajali bo'laklari aniqlanadi. Uzluksiz matindan gaplarni ajratish - mashq ongli bo'lishi uchun har bir gapning bosh bo'laklarini va so'z birikmalarini ajratish lozim. O'zak morfema so'zda albatta qatnashadigan va leksik ma'no anglatadigan morfema. Afiksal morfema mustaqil hołda ma'no anglatmaydi so'zning leksik va Grammatik ma'noli shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Insho rejasini tuzish reja har qanday og'zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog'onasi uning loychasidir Rasm asosida insho - maktabda tez-tez o'tkaziladi. Chunki rasm bolalar nutqiy ijodini tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Tanlab hikoya qilish va bayon - tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, o'qituvchining topshirig'iga oid qismini qayta hikoyalashdir. Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon- matin mazmunini qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi. Bayon - o'qib berilgan umumiy matin mazmunini ma'lum tayyorgarlikdan so'ng yozma qayta hikoyalashdir. Imloviy malaka — ongli nutuq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Ko'chirib yozuv ko'rib idrok qilingan so'z gap yoki matnini yozma shaklda ifodalashdir. Diktant - eshitib idrok qilingan so'z gap matnni yozishdir. Ta'limiy diktantlar - bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar. So'z yasovchi qo'shimchalar - So'zning leksik ma'nosini Shakllantirish uchun xizmat qiladigan affikslardir. Shakl yasovchi qo'shimchalar So'zlarni grammatik jihatdan shakllantirib turli gramatik ma'nolarni ifodalovchi affikslardir. Deduksiya metodi - O'quvchi tayyor qoida, ta'rif bilan tanishadi va uning mohiyatini til dalillari asosida ochadi. Induksiya metodi - O'quvchilar o'quvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosida xulosa va ta'riflar keltirib chiqariladi. Bayon qilish metodi - o'qituvchi bayonni kuzatib, tinglab borishiga, faol bo'lishga undaydigan metoddir. Ta'limiy talab - har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi lozim. Tarbiyaviy talab - har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash demakdir. Didaktik talab - bu o'qituvchiga darsni tashkil qilishni aniqlab olishga yordam beradi. Psixologik talab o'quvchilarning psixologik xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to'la qonli dars uyushtirishi mumkin. Gigiyenik talab - bu o'quvchilar salomatligi haqida qayg'urish demakdir. Til - barcha tomonlari o'zaro dialetik bog'lanishda va birlikda bo'lgan murakkab ko'p qirrali hodisa. Sinfdan tashqari o'qish bosqichlari - savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Download 25.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling