Referat Tayyorladi : Arabova Sitora Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi


Download 28.88 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi28.88 Kb.
TuriReferat


Referat

Tayyorladi : Arabova Sitora

Mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. 

Jamiyat va tarix falsafasi. 

Ijtimoiy  falsafa  jamiyatning  mohiyati  va  uning  o’ziga  xos  xususiyatlarini 

o’rganadi. Biz falsafa tarixiga nazar solsak jamiyat sirlarini ochish uchun harakat 

qilmagan falsafiy yo’nalishni ko’rmaymiz. Platon o’zining «Davlat» nomli asarida 

jamiyat to’g’risidagi ta’limotni g’oyalar dunyosining sir-asrori bilan bog’liq holda 

o’rgandgan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shaxri» asarida insonlar o’rtasidagi 

munosabat, birgalikda yashash, tinch-totuv bo’lish to’g’risida «hamkorlik, moddiy 

va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi»,- deb ta’kidlaydi. 

O’rta asr g’arb falsafasida jamiyat to’g’risidagi qarashlarda teosentrik nazariya 

ustuvor bo’lgan. 


Ijtimoiylik boshqa odamning ta’siri, unga bo’lgan munosabatda paydo bo’ladi. 

Natijada  insonning  ruhiy  dunyosi  yangi  ijtimoiy  darajaga  ko’tariladi.  Jamiyat 

o’ziga xos eng ko’zga ko’rinmas munosabatlar asosida yakka shaxslar o’rtasidagi 

o’zaro  munosabatning  natijasi  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Demak,  ular  o’rtasida ma’lum aloqalar mavjud bo’ladi.  

Jamiyat  makrostrukturasi  jihatdan  odamlar,  mutaxassislik,  demografik, 

iqtisodiy  -  siyosiy  dunyoqarash  mazmuniga  ko’ra,  o’zaro  turli  xil  aloqada 

bo’ladilar.  Bu  aloqalar  kichik  guruhlardan  tortib  xalq,  millatqacha  bo’lgan 

munosabatlarni o’z ichiga oladi.  

Ijtimoiy  tuzilishni  o’rganganda  jamiyatning  makrostrukturasini  aniqlash  juda 

murakkab  masala.  Ularda  umumiy  o’zak,  umumiy  jismoniy  birlik  yo’q.  Lekin 

ma’naviy birlik, fikrlash birligi, umumiy ong – ijtimoiy ong mavjud.  

Jamiyatning  makrotuzilishi  tizimli  (sistemali)  xarakterga  ega.  Uning 

sistemaliligi bir butun jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatning bir butun tizimliligi bir 

makonda  bo’laklarning  birgalikda  faoliyatda  bo’lishini,  jamiyatning  birgalikda 

ishlashini ta’minlaydi. 

Alohida  shaxslar  ruhiyati  –  ongi  asosida  ijtimoiy  ong  vujudga  keladi. 

Jamiyatning makrotuzilishga ega bo’lgan ijtimoiy hayoti bir butun ong va ruhiyatni 

tashkil qilishining sababi uning bir butun tizimli tuzilishga ega bo’lishidadir. 

Til,  madaniyat,  amaliyot,  san’at,  fan,  axloqlarning  ma’lum  tizimga 

tushganligini  hamma  biladi.  Biz  tizim  nuqtai  nazardan  qaraydigan  bo’lsak, 

shaxsning ichki o’zgarish jarayonining ham bir butun sistemadan iborat ekaniligini 

ko’ramiz. Uning ongi, hissiyoti, tili va madaniyati, dunyoqarashi kabilar bir butun 

tizimga ega ekaniligini ko’rsatadi.  

Tizim  oz  sonli  odamlardan,  millat  va  xalqlardan  ularning  his  tuyg’ulari, 

fikrlari,  dunyoqarashining  o’zaro  birligi  asosida tashkil  topishi  mumkin.  

Xalq, millatning ko’pchiligi unga amal qiladi.  

Ma’lum  tizimdagi  odamlarning  juda  ko’p  umumiy  tomonlari  bor  (urf  –  odat, 

an’ana, fikrlash stili va boshqalar). Biroq ularning o’ziga xos tomoni ham bor.  

Demak, ijtimoiylik tizimlilik ta’siri asosida umumiylik va o’ziga xoslikni o’z 

ichiga oladi. 

Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati 

Falsafa  fanni  tahlil  qilar  ekan,  uning  asosiy  xususiyatlari,  bir  butun  umumiy 

yo’nalishlariga ahamiyat beradi.  

Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima

Falsafa bu savolga javob beradi.  



Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi?   

Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat, 

qonuniyat  hukmron  bo’lsa,  jamiyatda  erkinlik  mavjud,  shuning  uchun  inson 

irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular. 

Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson 

ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb aytdilar

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  falsafada  "lingvistik"  tub  o’zgarish  yuz  berdi. 

Mantiqiy  pozitivizm,  analitik  falsafa  tarafdorlari,  keyinchalik  Vitgenshteyn  kabi olimlar  falsafada  burilish  yasadilar.  Ular  jamiyat  to’g’risidagi  fanni  ma’lum 

fikrlarni  ifoda  etish  bilan  bog’ladilar.  1942  yilda  Gempel  ijtimoiy  fan  soha 

vakillariga  mulohaza  orqali  deduktiv  xulosa  chiqarish  modeliga  o’tishni  taklif 

qiladi.  Biroq  bu  maktabning  ayrim  vakillari,  jumladan,  Vitgenshteyn  Gempel 

mantig’i  tor  doirada  ekanligini,  tilning  imkoniyati  keng  ekanligini,  bitta  sxema doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan 

so’ng  ijtimoiy  qonunlar  tabiat  qonunlaridan  farq  qilishini  tan  olishdi.  Biroq 

munozara hamon davom etmoqda. 

Tajribalar,  eksperimentlar  ijtimoiy  hodisalarga  ham  tatbiq  etildi.  Natijada 

jamiyat  o’rganish  bo’yicha  empirik  sosiologiya  kabi  fanlar  paydo  bo’ldi. 

Neopozitivizm  va  postpozitivizmning  fan  dasturi  ijtimoiy  hayotga  ham  tatbiq 

etildi. 


Demak,  jamiyat  qonunlari  o’ziga  xos  xarakterga  ega  bo’lish  bilan  birga 

tabiat qonunlari bilan o’xshashligi ham bor. 

Germenevtik  metod  esa  ijtimoiy  hodisalarning  o’ziga  xos  tomonini  talqin 

qiladi. (M.Veber, G.Parsons).  

Tabiat bizga begona... jamiyat esa-bizning dunyo 

(3) V.Diltey  

Biroq  tabiat  haqidagi  ta’limot  ham  inson  faoliyatining  shaklidir.  Ularni 

tushunish, anglash eng muhim masalalardan biridir. 

Jamiyat to’g’risidagi fan bormi?  

Albatta  bor.  Ma’lum  faktlar,  tajribalar  asosida  jamiyatni  ilmiy  o’rganishga 

kirishiladi.  Inson  o’zining  bilimlari  asosida    jamiyatning  rivojlanish  yo’llarini, 

umumiy tendensiyalarini topadi. Bu esa fan yo’lidir. 


Jamiyatning  inson  o’rganmagan  biror  sohasi  yo’q.  Insonning  qalbi  kabi 

hodisalar borki, ular ham ilmiy tahlil qilinadi. Fan hamma vaqt haqiqatni ochishga 

intiladi.  

Fan  uchun  aqllilik  eng  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Demak,  ijtimoiy  hayot  aqliy 

metod  orqali,  jamiyatning  rivojlanishi  esa  uning  normalari,  usullari  orqali  esa 

o’rganiladi.  Fan  inson  hayotining  ichki,  murakkab  tomonlarini  o’rganadi.  Buni 

kundalik  ong  bilan  hal  qilib  bo’lmaydi.  Ilmiy  tahlil,  oldindan  bilish  ijtimoiy 

hayotga  ham  tegishli.  Bu  ilmiy-rasional  metod  orqali  amalga  oshadi.  Bu  yuksak 

tipdagi (rasionalllikdir) aqllilikdir.  



Rasionallik  insonning  ongli,  maqsadga  qaratilgan  faoliyati  sifatida 

qaraladi. 

Veber insonda to’rtta ijtimoiy ta’sir mavjudligini aytadi ko’rsatadi. Ular qattiq 

hayajon, an’anaviylik, rasional qadriyatlar uva rasionallikdir.  Uning  fikricha,  eng 

asosiysi qattiq hayajondir. Bunda inson o’z xohishini qondirishga intiladi. Individ 

ana  shu  ustunlik  asosida  ish  tutadi.  qattiq  hayajon  hamma  vaqt  ham  natija 

beravermaydi.  Chunki  u  hamma  vaqt  ham  o’ylangan,  atroflicha  fikrlangan 

bo’lmaydi. Bunda an’anaviy ta’sir, qoida va qonunlar ish beradi. O’tmishga tahlid 

qilish  an’ana  va  odatlarga  asoslangan  bo’ladi.  Bular  qat’iy  xulosalar  bo’lib, 

odatda tanqid qilinmaydi. Rasional qadriyatlar ma’lum mustaqil harakatga ma’lum 

dastur asosida faoliyatda bo’ladi. 

Nihoyat  maqsadli-rasional  faoliyat.  Bunda  subyekt  aniq  dastur  asosida 

maqsadga  qaratilgan  bo’ladi.  Bu  ijtimoiy  hayotni  o’rganishdagi  rasional  (aqliy) 

momentning  o’sib  borishidir.  Faoliyatni  o’rganishning  rasional  modeli  maqsad

aqllilikni tashkil etadi. 

Jamiyat  haqidagi  fan  avvalo  maqsadli  rasional-aqliy  faoliyat  bo’lib,  bunda 

pragmatik  metod  ustun  turadi.  Tabiat  fanlari  esa  pragmatik  metodga  emas,  balki 

gipotetik-deduktiv metodga asoslanadi.  

Tarix  yunoncha  historia  so’zidan  olingan  bo’lib,  o’tmish  voqyealar  haqida hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi.  

qadimgi  dunyodayoq  tarixga  universal  bilish  sifatida  qarab  kelingan. 

O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi. 


O’tmishni  qanday  bilish  mumkin?    O’tmish  bugungi  kun  bilan,  kelajak  bilan 

qanday aloqada bo’ladi?  U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi 
bormi? 

Bu  va  shu  kabi  savolllarga  tarix  faldsafasi  javob  beradi.  Demak,  tarix 

falsafasini  yaratish  uchun  bir  butun  inson  evolyusiyasini,  uning  ma’no  va 

mazmunini  tahlil  qilish  kerak.  Tarix  falsafasi  tarixni  anglash,  uning  orqaga 

qaytmas jarayonini tushunib olishdir. 

Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday?   

Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir 

shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy 

jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. 



Demak, inson o’zining shu  jarayondagi  o’rnini,  o’z  ishtirokini,  o’zining  qadr  -  qiymatini    bilishni 
istaydi. 

Inson  tarixiy  mavjudot  sifatida  vaqtning  davomiyligini  his  qilib,  unda  o’z 

zimmasiga  nimalar  yuklanishini  tushunib  yashashga  intiladi.  Inson  hayotning 

ma’nosini  anglar  ekan,  u  nafaqat  bugungi  kun  tashvishi  bilan  yashaydi,  balki 

o’tmish  va  kelajak  haqida  fikr  yuritib,  o’ylab,  iztiroob  chekib,  quyinib,  mamnun bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir. 

Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi 

davriylikning  yakuni  sifatida  qaraganlar.  Kosmosda  ham,  inson  hayotida  ham 

uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq, 

yozning  –  kuz,  qishning  -  bahor  almashinuvi,  ijtimoiy  hayotda  esa  yaxshining  - yomon,  yovuzlikning  -  ezgulik  bilan  almashinuvi  aylanma  shaklda  borayotganini ko’rdilar. 

 Bu  doira  shakli  abadiylik  va  o’tkinchilikning  geometrik  ramzini 

anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar. 

Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan.  



Inson o’z tarixini o’zi yaratadi, undagi muammolarni keltirib chiqaruvchi 
ham, hal qiluvchisi ham insonning o’zidir. 

qadimgi falsafa tarixi, A.F.Losevning fikricha, abadiy tashkil topuvchi, abadiy 

qaytish,  davriy  bo’ladigan  dunyo  ongini  (Geraklit)  ruhning  davomiyligi  va 

ruhiyatning  namoyon  bo’lishi  (Platon)  shaklida  ifodalagan.  Yunonlar  tarixning 

davomiyligini bilib, fojiali hollarni ham ko’rsatishgan.  

Tarixning fojiasi universal xarakterga ega emas. Tarixning oxiri yo’q.  

Biroq,  qadimgi  yahudiylar  ta’limotiga  ko’ra,  tarix  tugaydi,  uning  oxiri  bor 

deyilgan. Tarixning oxiri borligi to’g’risidagi ta’limot esxologiya deb ataladi. 

Barcha  dinlarda  inson  olloh  tomondan  yaratilgani  va  insoniyat  tarixi  ilohiy 

ifodaning  sistematik  reallashuvi  ekanligi  aytiladi  (Avgustin).  Esxologiya 



konsepsiyasi  providensial  (taqdir,  ilohiy  reja  demakdir)  ta’limot  bilan 
uyg’unlashtiriladi. 

Bu  konsepsiyaga  Gegelning  tarix  falsafasi  ham  mos  keladi.  Gegel,  yuqorida 

aytilganidek, tarixni tasodifiy, tartibsiz hodisa emas, balki ichki qonuniyat asosida 

rivojlanuvchi  jarayon,  deb  qaradi.  Biroq  u  tarixni  bir  chiziqda,  bir  yo’nalishda 

olg’a qarab ketuvchi jarayon, deb tushundi. Uningcha, tarixiy taraqqiyot o’zining 

olg’a  qarab  taraqqiy  etishini  ta’minlaydi.  Natijada  o’zining  oxirgi  maqsadiga 

erishadi. Fojialar, tarixiy iztiroblar, o’lish va adoyilikdagi azoblar, urushlar va shu 

kabi  dramatik,  tragedik  hodisalar,  Gegel  fikriga  ko’ra,  tarixiy  taqdirning 



reallashuv  taraqqiyoti  bo’lib,  uning  umumiy  yo’nalishini,  kelajagini 
o’zgartirmaydi. 

Taqdir  konsepsiyasiga  ko’ra,  dunyo  tarixi  turli  egri  bugri  yo’llar  bilan 
olg’a qarab ketadi.  

Marksizm  ham  ana  shu  g’oyadan  kelib  chiqib,  tarixni  olg’a  qarab  boradi  va 

oxirgi  sinfsiz,  har  qanday  muammolar  hal  qilingan  kommunizmga  o’tiladi,  deb ko’rsatadi.  


Bu falsafa tilida tarixning mohiyati deb ataladi.  

Biz  tarix  mohiyatini  aniqlash  bilan  tarixning  mavjud  bo’lishi  chegarasini 

aniqlaymiz.  Tarix  mavzusida  bo’lishi  uchun  o’zining  yo’qotgan  qadriyatlarini 

tiklashi, buzmasdan, to’siq bo’lmasdan harakat qilishi, rivojlanishi kerak.  


Zamonaviy mutaffakkirlar ta’limotiga ko’ra tarixning olg’a ketishi progressga 

kafolat bermasa-da, uning mavjud bo’lishiga, abadiyligiga kafolat beradi.  

XX  asr  falsafasi  XIX  asr  falsafasidan  farqli  o’laroq  o’tmishning  bugun  va 

kelajak  bilan  aloqasi  asosida  kafolatli  taraqqiyotni  ko’rsatib  berdi.  Buning  eng asosiylari quyidagicha:  

Birinchidan,  hozirgi  zamon  tarix  falsafasi  ijtimoiy  amneziya  (xotiraning 

yo’qolishi) ga alohida e’tibor bermoqda. X1X asr falsafasi shu narsani aniqladiki, 

xalq, millat o’z tarixini esdan chiqarishi hollari yuz berishi mumkin ekan. Bunday 



jarayon  alohida  shaxslarda  ham  uchrashi  mumkin.  
Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling