Referat tayyorlash


Download 1.93 Mb.
Sana21.11.2020
Hajmi1.93 Mb.
#148846
Bog'liq
Tabiiy geografik atlaslarning tahlil qilish. referat tayyorlaash


Mavzu:Tabiiy atlaslarni taxlil qilib referat tayyorlash


  1. 4-5 ta atlasni tanlab olish (o’qituvchining tavsiyasiga ko’ra ) va ularning biblografik ma’lumotlarini yozish (aniq nomlanishi, nashr qiligan joyi va yili, hajmi, formati)

Ushbu taxlil qilinayotgan atlas O’zbekiston Yer resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastr davlat qo’mitasi tomanidan yaratilgan “O’zbekisto geografik atlasi” hisoblanadi, bu atlas 2016-yil 15-iyunda bosib chiqarishga ruxsat etilgan. Qog’oz bichimi 70x100 va yaxshi ko’rinishda sifati juda yaxshi, bosma taboq 24, shartli bosma taboq 31.1 Buyurtma №251, Adadi 500 nusxa. “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasi 100170, Toshkent shaxri, Ziyolilar ko’chasi 6-uyda bosib chiqarilgan.


  1. Atlasning kimlarga mo’ljanganligi va qo’lanilish usullarini aniqlash.

Atlas soha mutahassislari uchun maxsus 2016-yil 15- iyun kuni “Kartografiya” ilmiy ishlab chiqarish davlat korxonasida ishlab chiqarilgan. Atlas sto’l ustida qulay foydalanish uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari atlasdan keng omma ham foydalanishi mumkin chunki unda ko’plab ma’lumotlar mavjud va foydalanish uchun qulay hisoblanadi, atlas ma’lumotnoma xususiyatiga ega. Bu atlasdan o’quvchilardan tashqari talabalarga ham qo’llaniladi va o’rgatiladi. Atlasdagi kartalar asosan teng ko’nusli proeksiyadan foydalanilgan.


  1. Atlasda qabul qilingan masshtab qatorini, foydalanilgan masshtablar sobi, ularning o’zaro mos kelishini aniqlash.

Atlasda tahminan 140 ta karta mavjud bo’lib shundan 11 ta masshtablar qatori bor, ushbu masshtablar qatori quyidagi jadvalda ko’rsatilgan:




Qatorlari nomi:

Kartalari soni:

1

Tabiiy geografik o’rni va umumiy tavsifi

29

2

Yer ostining geologik tuzilishi va resurlari

19

3

Relyefi

6

4

Iqlimi

27

5

Yer usti suvlari

18

6

Tuproqlari

7

7

O’simliklari

4

8

Hayvonot dunyosi

7

9

Landshaftlar va tabiiy geografik rayonlashtirish

6

10

Sug’oriladigan yerlar irrigatsiyasi va melliratsiyasi

5

11

Atrof muhitni muhofaza qilish

8

Atlasda asosan ko’plab masshtablardan foydalanilgan bo’lishiga qaramasdan undagi karta masshtablarining aksariyati bir birlariga mos keluvchi masshtablar hisoblanadi shulardan misol qilib ushbu jadvalni ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Ya’ni:






Atlasdagi masshtablar:

Qo’llanilgan kartalar soni:

1

1 : 76 000 000

1

2

1 : 4 000 000

20

3

1 : 2 500 000

1

4

1 : 1 200 000

1

5

1 : 250 000

3

6

1 : 700 000

1

7

1 : 500 000

2

8

1 : 1 000 000

1

9

1 : 450 000

1

10

1 : 400 000

3

11

1 : 52 500

1

12

1 : 37 500

1

13

1 : 41 000

1

14

1 : 7 500 000

30

15

…………

…………




  1. Atlasning tarkibiy tuzilishini o’rganish, uning asosiy bo’limlarini aniqlash, ularni mazmuniga qisqacha tavsif berish. Turli maqsadlarda tuzilgan atlaslarning bo’limlari hajmi, mavzularga mos kelishi va farqlanishi ko’rsatish (kartalar tiplari va soni). Umumgeografik atlaslarning atlaslarni tavsiflashda qo’shimcha ravishda umumgeagrafik kartalarnining.

Atlas asosan 11 ta bo’limdan iboratdir tarkibiy tuzilishiga ko’ra asosan O’zbekistonning yer resurslari, relyefi, iqlimi, yer usti suvlari, tuproqlari, o’simliklari, hayvonot dunyosi, landshaftlari haqida yondashib ular haqidagi ma’lumotlar berilgan. Bu bo’limlar bir nechta kartalarni o’z ichiga oladi ya’ni:

  1. Tabiiy geografik o’rni va umumiy tavsifi.

Bu bo’limda asosan O’zbekistonning boshqa hududlarga nisbatan tabiiy o’rnini ajratib ko’rsatishgan va siyosiy-ma’muriy bo’linishlari ham juda yaxshi ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi poytaxti – Toshkent shaxri, aholisi bugungi kunda 2,371 mln kishini tashkil qiladi. Hududi jihatidan esa 448,97 ming km kv ni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda bu bo’limda quydagilar ham yaqqol ko’rsatib o’tilgan:

  1. 11-betida Dunyo xaritasida O’zbekiston

  2. 12-13- betlarda O’rta Osiyo tabiiy xaritasida O’zbekiston

  3. 14-15- betlarida Siyosiy ma’muriy kartasi

  4. 16-17- Tabiiy xaritalari

  5. ...............

  6. 55- bet Termiz shaxar plani

  7. 56- bet Urganch shaxar plani tasvirlangan

Ushbu bo’lim atlasning 10- betdan boshlanib 56- betida tugagan.

  1. Yer ostining geologik tuzilishi va resurslari.

Geomorfologik nuqtai nazardan qaralganda, O’zbekiston Respublikasi hududi tekisliklari, tog’lar va tog’ oralig’idagi botiqlardan iboratliligi haqida yaqqol ma’lumotlarni ko’rib o’rganishimiz mumkin bo’ladi. Tog’ massivlari o’z navbatida keng ko’lamda Ural-Mo’g’ul- Oxota burnali mintaqaning bir qismi bo’lgani Tyanshan tog’li hududining g’arbiy chekkasini o’zida mujassamlashtirilgan. Mundarija bo’yicha kartalar betma bet berilgan :

  1. 61- bet Gravitatsion maydon anomaliyalari

  2. 62-63- betlarida Magnit maydoni anomaliyalari

  3. 64-65- betlarida Geologik xarita

  4. ................

  5. 94- betida Geomorfologik rayonlashtirish xaritalari

Ushbu bo’lim atlasdagi 58 - betdan boshlanib 94 - betda tugagan

  1. Relyef

Bu bo’limda O’zbekiston Respublikasining hududining relyefi yaqqol ko’rsatib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi hududi yer yuzasining tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’lib o’rganilgan ya’ni: tekislik va tog’lik qismlarni misol qilsak bo’ladi. Bu bo’lim atlasning 84-betidan 94- betigacha umumiy kartalarda ma’lumot ajratilgan.

  1. Iqlim.

Bu bo’limda asosan budun bir O’zbekiston Respublikasi hududining ob-havosi shamollari va yomg’irlari haqida yaxshi va aniq ma’lumotlar ko’rsatib o’tilgan. Shu bilan bir qatorda hududlar bo’yicha fasillar almashininishi va oylardagi ob-havo borarsida ko’rsatilgan. Ushbu bo’lim atlasning 96- betidan boshlanib 108- betigacha iqlim to’g’risidagi karta va ma’lumotlarni tashkil qiladi.

  1. Yer usti suvlari

Bo’limda asosan O’zbekiston hududidagi daryolar oqimini hosil qilish va taqsimlanishi iqlimiy omillar birinchi navbatida, atmosfera yog’inlari bilan bog’lanishi haqida to’liq ma’lumotlar berib o’tilgan. Ushbu bo’limga atlasning 110 - betidan 120 - betigacha bo’lgan kartalar kiradi.

  1. Tuproqlar

Bu bo’lim O’zbekistondagi tuproqlarni rivojlanishi va tarqalishidagi murakkab tuzilishi, asosiy tuproq-geografik qonuniyatlarini aniq aks ettiradi. Respublika hududining ko’proq tekis va pasaygan g’arbiy qismlarini cho’l zonasini egallaydi.Ushbu bo’lim 122 - 134-betlarni o’z ichiga oladi.

  1. O’simliklar

O’zbekiston Respublikada tarqlgan flo’ra faunasi haqida to’liq ma’lumot beradi. O’zbekiston bo’yicha o’simliklarning bugungi kunda 3000 dan ortiqroq turi mavjud bo’lib shularni ushbu bo’limda yaqqol tasvirlangan.Ushbu bo’lim 136- betdan 144- betgacha.

  1. Hayvonot dunyosi

Bugungi kunga kelib O’zbekiston Respublikasida O’rta Osiyo tabiiy sharoitining turli-tumanligiga mos ravishda bu yerda uchraydigan hayvonlar ham turli-tuman va ko’p tarqalgan, bu to’g’risida ko’plab aniq va yaxshi ma’lumotlar berib o’tilgan. Ushbu bo’lim 146- betdan 152-betgacha bo’lgan kartalarni o’z ichiga oladi.

  1. Landshaftlar va tabiiy-geografik rayonlashtirish.

Bu bo’limda landshaftlar strukturalari aniq ko’rsatilgan, oxirgi 10 yil mobaynida ilmiy texnik taraqiyotning shidat bilan o’sishi mobaynida, qazilma boyliklarni ko’p topishi va davlatni rivojlantirish uchun landshaftlar yaxshi va yoqqol tasvirlangan. Atlasning 154-betdan 162- betigacha faqat shu bo’lim haqida ma’lumot berilgan.

  1. Sug’oriladigan yerlar irrigatsiyasi va melioratsiyasi.

Bu bo’limda suv xo’jaligi, sug’oriladigan yerlar milliratsiyasi haqida yaxshi ma’lumotlar berilgan, shu billan bir qatorda Amudaryo va sirdaryo lar haqida ham ma’lumotlar berilgan. Atlasning 164 - betdan 172 – betigacha faqat ushbu bo’lim haqida ma’lumot berilgan.

  1. Atrof muhitni muhofaza qilish.

Bu bo’limda O’zbekiston Respublikasi konistitutsiyasida atrof-muhitni muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga olib chiqib ko’rsatiladi. Undan oqilona foydalanish lozimligi haqida va davlat tomonidan himoyalanib kelinayotgan yer, yer osti, suv, o’simlik va hayvonoti dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylik hisoblanadi deb qisqacha malumotlar matn shaklida berib o’tilgan. Ushbu bo’lim 174- betdan boshlanib 182- betida tugaydi.

  1. Tanlagan atlaslarning hususiyatlarini aniqlash tarkibidagi kartalarning bir-brini to’diruvchanligini xususiyatlarini baxolash geologik tuproq va ularnig bir- birini bilan muvofiqlanishini ko’rsatish. Atlasning mavzulari bo’yicha bir xil bo’lgan kartalarda qo’llaniladigan generalizatsiya darajasini o’rganish.

Ushbu atlasdagi barcha kartalar bir birlarini to’ldirib boradi, ya’ni biri ikkinchisi asosida yaratiladi misol uchun, tuproq kartasidan keyin o’z navbatida dexkonchilik kataso berilgan demakki avval qishloq xo’jaligi rivojlanishi uchun tuproq kartsi ham zarur ekan shu bois barcha katalar birin ketin joylashtirilgan.

  1. Atlasning zamonaviylik darajasini va uning ma’lum sanaga bag’ishlanganligini aniqlash.

Tahlil qilinayotgan atlasdagi ko’pgina kartalar asosan tabiiy kartalardan iborat bo’lgani uchun bu atlas ham geografikm atlas hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda undagi ma’lumotlar 2016- yilniki bo’lsada bu atlasni zamonaviy atlas deya olamiz, chunki undagi ma’lumotlar bir daniga o’sib yoki tushib ketmaydi. Shunga ko’ra atlas zamonaviy atlas desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu atlas ma’lumbir sanaga bag’ishlanmagan.

  1. Qo’shimcha ma’lumotlarning mavjudligini qayd qilish (matnlar jadvalar, diagrammalar va boshqalari) ularning atlas kartalari tarkibini boyitishdagi ahamiyati.

Tahlill qilinayotgan atlasda deyarli barchasidagi bo’lim bo’yicha matn lar kiritilgan bu esa atlasni qo’shimcha ma’lumoti hisoblanib atlasni tarkibini ma’lumot bilan to’ldirishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda har bir bo’limdagi kartada diagrammalar va jadvallarni ko’rishimiz mumkin bo’lib ular ham o’z navbatida atlas tarkibini boyitishda katta ahamiyat taqozoqiladi.

  1. Atlasga uning ilmiy va amaliy ahamiyati bo’yicha umumiy baho berish.

Atlas juda qulay va qo’llash uchun oson ilm sohalari uchun tayyor ma’lumotnoma vazifasida qo’llash mumkin bo’ladi. Atlas amaliy tarafdan ham yaxshi yordam bera oladi shu bilan bir qatorda undagi shartli belgilarni umumiyligini ham aytsak, maqsadga muvofiq bo’ladi Ya’ni:


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling