Referati I. Rentgen tekshiruvi II. Yadro tibbiyoti III. Radiatsion terapiya va jarrohlik


Download 75.5 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi75.5 Kb.
TuriReferat

017-51 Gurux talabasi Xidirov Dilshodning

Biotibbiyot asoslari fanidan tayyorlagan

REFERATI

I.RENTGEN TEKSHIRUVI

II.YADRO TIBBIYOTI

III.RADIATSION TERAPIYA VA JARROHLIK.

IV.XULOSA VA FIKRLARIM.
I.RENTGEN TEKSHIRUVI

Reja:


1.Rentgen aparati.

2.Rentgen tekshiruvi.Rentgenoskopiya va rentgenografiya.

1.Rentgen apparati — rentgen nurlarini hosil qilish va ulardan foydalanish uchun moʻljallangan qurilma. Rentgen apparati rentgenodiagnostika, rentgenoterapiya va rentgen analizida ishlatiladigan turlarga boʻlinadi. Rentgen apparatining muqim (rentgen kabinetlarida, lab. va boshqa maxsus xonalarda ishlaydigan va boshqalar) va koʻchma (qoʻlda olib yuriladigan) xillari boʻladi. Rentgen apparati rentgen trubkasi, transformator va toʻgʻrilagichdan, Rentgen apparatini boshkarish va nazorat qilish pulti, oʻrganiladigan obʼyekt va rentgen trubkasi urnatiladigan shtativdan iborat. Rentgen trubkasi (rasmga q.) elektrovakuum asbob; unda rentgen nurlari hosil qilinadi. Asosiy qismlari: anod (rentgen nurlari manbai), katod (elektronlar manbai) va qobiq (kolba). Anodga yuqori kuchlanish berilganda anod sirtida tezlashgan elektronlar oqimi tufayli bombardimon sodir buladi. Hosil bulgan kinetik energiyaning bir qismi rentgen nurlariga, kup qismi issiqlik energiyasiga aylanadi. Rentgen apparati ishlayotganda xavfsizlikni taʼminlash uchun yuqori kuchlanish ostidagi qismlari muhofaza qilib qoʻyiladi, signalizatsiya tizimi buladi; Rentgen apparatining baʼzi qismlari va apparat oʻrnatilgan xona blokirovka qilinadi, rentgen nurlaridan himoya qilish vositalaridan foydalaniladi.

Tibbiyotda Rentgen apparati yordamida organlarni koʻrish, suratini olishdan tashqari, flyuorografiya oʻtkazish mumkin. Muqim Rentgen apparatiga organlarni qavatmaqavat kuzatish (tomografiya), yurak va qon tomirlarini kontrast tekshirish (antiografiya) uchun alohida moslamalar oʻrnatiladi. Rentgen apparatidagi elektronoptik oʻzgartirgich tekshirilayotgan obʼyektdagi eng mayda organ va boshqalarni ham koʻrish, uni kinoga olish hamda televizion yoʻl bilan kuzatish imkonini beradi.



2.Bemorni rentgenologik tekshirish qo‘shimcha tekshirishning muhim usullaridan biridir, chunki ichki organlar shakli va chega- rasining o‘zgarishini, shuningdek, organizm to‘qimalarida sodir bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni uning yordamida kuzatish mumkin. Bu tekshirishlar 1896-yilda Rentgen kashf etgan apparat, nurlar hosil qiluvchi nay yordamida amalga oshiriladi. Bu nurlar turli yorug‘lik nurlari kira olmaydigan turli moddalarning ichiga kirish xususiyatiga ega.
Organizmning turli to‘qimalari rentgen nurlarini har xil o‘tka- zadi. Masalan, ko‘krak qafasi organlari rentgen yordamida tekshi- rilganda suyak, yurak, o‘pkani aniq ko‘rish mumkin, chunki suyak rentgen nurlarini to‘liq tutib qoladi, yurak ularning bir qisminigina, o‘pka esa havo tutuvchi organ bo‘lgani uchun nurlarning juda oz qismini tutib qoladi. Organizm to‘qimalarida rentgen nurlari tutilishi darajasidagi bu farqlar maxsus tayyorlangan nurli ekranda ba’zi organlar shakllarini ko‘rish imkonini beradi. Agar ko‘krak qafasi organlarining rentgen surati olinsa, rentgenogrammada ularni bir- biridan oson farqlash mumkin.
Rentgenologik tekshirish rentgenoskopiya yoki rentgenografiya shaklida o‘tkaziladi. Rentgenoskopiya — tana bir qismini nurlantirib, uni nurli ekranda olingan tasviriga qarab o‘rganishidir; rentgeno­grafiya — tana bir qismining nurga sezgir (fotografik) plastinkaga olingan tasviridir.
Nafas olish tizimi a’zolarini rentgenologik tekshirish — sog‘lom odamning ko‘krak qafasi rentgen nurlari yordamida tekshirilganda ekranda qovurg‘alar va yorug‘ o‘pka maydonlari ko‘rinadi. O‘pka maydonining markazida yurak, yirik tomirlar, traxeya, qizilo‘n- gach, limfa tugunlari, shuningdek, umurtqa pog‘onasidan iborat o‘rtadagi soya ko‘rinadi. Bu o‘rtadagi soyaning chetlari bo‘ylab o‘pka ildizi soyasi deb ataluvchi va o‘ng hamda chap o‘pkaga boruvchi yirik tomirlardan va limfatik tugunlardan iborat uncha ifodalanmagan soya ko‘rinadi. O‘pka yoki plevra kasalliklarida o‘ziga xos o‘zgarishlarini rentgenologik usul bilan aniqlash mumkin.
Masalan, o‘pkada yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lgan hollarda yallig‘langan joydagi to‘qima qalinlashadi va yonida joylashgan sog‘lom o‘pka to‘qimasiga qaraganda rentgen nurlarini ko‘proq tutib qoladi. Shuning uchun, o‘pka yallig‘langan joyda ekran orqali unda ifodalanmagan soya ko‘rinadi. Yangi o‘sma hosil bo‘lgan hollarda masalan, to‘qima tig‘iz bo‘lib qoladigan va rentgen nurlarini juda kam o‘tkazadigan o‘pka rakida ekranda ifodalangan soya paydo bo‘ladi, chetlarining qing‘ir-qiyshiqligi va qattiqligi uni xarkterli xususiyatidir.
O‘pkaning o‘tkir abssessida ekranda shakli aniq bilinib turadigan soya ko‘rinadi. Agar abssess o‘rnida ko‘pincha ichi suyuqlik bilan to‘ladigan bo‘shliq hosil bo‘lsa, ekranda suyuqlik sathi va uning ustida havo tufayli paydo bo‘lgan yorug‘ dog‘ ko‘rinadi. O‘pkada havo bilan to‘lgan sil kavernasi bo‘lsa, ekranda yorug‘, yumaloq dog‘ ko‘rinadi. O‘pkada emfizematoz kengayish yuz bergan hollarda ekranda o‘pka ildizlari yaxshi ifodalangan yorug‘ o‘pka maydoni ko‘rinadi.
Qon aylanish tizimi a’zolarini rentgenologik tekshirishda bemorni ekranga qaratib qo‘yib, uning ko‘krak qafasi yoritib ko‘rilsa, yurakning ba’zi bo‘limlari soyasinigina ko‘rish mumkin: yurakning barcha bo‘limlarini ko‘rish uchun bemorni yonbosh holatlarda, ya’ni birinchi qiya holatda — bemorning o‘ng yelkasini ekranga qaratib qo‘yib va ikkinchisi qiya holatda — bemorning chap yelkasini ekranga qaratib qo‘ygan holda tekshirish zarur.
Tekshirish boshida bemor ekranga qaratib qo‘yiladigan holat — bu old holatdir. Bunday holatda sog‘lom odamda o‘ng tomonda ikki ravoqni ko‘rish mumkin, bularning ustkisini yuqori kovak venasi soyasi, pastdagisini yurakning o‘ng bo‘lmasi soyasi hosil qiladi: chapdan to‘rt ravoq ko‘rinadi, ulardan birinchisi (ustkisi) aorta soyasiga, ikkinchisi — o‘pka arteriyasi soyasiga, uchinchisi — yurakning chap bo‘lmasi quloqchalari soyasiga va eng pastki to‘rtinchisi yurakning chap qorinchasi soyasiga to‘g‘ri keladi.
Agar bemor birinchi qiya holatda (o‘ng yelkasini ekranga qaratib) tursa, yurakning o‘ng konturi yuqori qismi chap yurak bo‘lmasi soyasidan hosil bo‘ladi. Bu holatda yurak soyasi bilan umurtqa pog‘onasi soyasi orasida yorug‘ yo‘l ko‘rinadi, uni retrokardial bo‘shliq deyiladi. Bu bo‘shliq yurakning chap bo‘lmasi kattalash- ganda, torayishi yoki butunlay bekilib qolishi mumkin.
Ikkinchi qiya holatda (chap yelka ekranga qaraganda) yurakning o‘ng pastki konturi o‘ng qorincha hisobiga hosil bo‘ladi. Yurakning hamma bo‘limlari kengayadigan yurak kasalliklarida yurakning soyasi hamma tomonda kattalashadi: bunda yurak bo‘lmalarining ham, qorinchalarning ham pulsatsiyasi saqlanib qoladi. Agar perikard bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘plansa, unda yurak soyasi keskin kattalashadi, uning konturlaridan iborat ravoqlar tekislanib, yurak pulsatsiyasi zo‘rg‘a bilinadi yoki butunlay bilinmay qoladi.
Aorta anevrizmida pulsatsiyalanayotgan va aorta bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha soyani kuzatish mumkin: aorta sklerozida uning soyasi kengayadi va ancha tezkor bo‘lib qoladi.
Ovqat hazm qilish tizimi a ’zolarini rentgenologik tekshirish. Qorin bo‘shlig‘idagi ichi bo‘sh organlar rentgen nurlarini bir xil darajada ushlab qoladi, shuning uchun yoritib ko‘rilganda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Me’da-ichak yo‘lini rentgenologik tekshirishda bu organlar ichiga kontrast moddalar deb ataluvchi va rentgen nurlarini tutib qolish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar kiritiladi. Hozirgi vaqtda shu maqsadda bariy sulfatdan keng foydalanilmoqda.
Rentgenologik tekshirishdan oldin bemor bir kun ilgari kechqurun va tekshirish o‘tkaziladigan kuni ertalab tozalovchi huqna qilinadi. Tekshirish ertalab bemor ovqat yemasdan oldin o‘tkaziladi. Me’dani tekshirishda bemorga shu yerning o‘zida, rentgen apparati ekrani orqasida 50—100 g suv bilan aralashtirilgan bariy sulfat beriladi. Kontrast massani yutish paytida rentgenolog uning qizilo‘ngachdan o‘tishi va me’daga tushishiga ahamiyat beradi. Qizilo‘ngach toraygan hollarda bariy aralashmasi toraygan yerning yuqorisida tutilib qoladi. Me’da bariy aralashmasi bilan to‘lganda uning shilliq pardasi relyefi aniqlanadi.
Shilliq parda relyefi kislota kamaygan gastrit bilan og‘riyotgan bemorlarda atrofiyalanishi oqibatida tekislanishi yoki kislotaligi yuqori bo‘lgan gastritli bemorlarda shilliq pardaning gipertrofiya- langan qavatlanishi natijasida dag‘allanishi mumkin. Me’da yarasi mavjud bo‘lgan hollarda kontrast modda me’dani to‘ldirish bilan bir vaqtda shilliq pardadagi nuqsonli joyni ham to‘ldiradi.
Shuning uchun ham rentgenologlar bunday holda, odatda, «tokcha» simptomini, ya’ni yara o‘rnida me’da soyasi bo‘rtig‘ini topishadi. Me’dada o‘sma bo‘lganida kontrast aralashma uni butunlay to‘ldirmaydi, shuning uchun ham me’da soyasida yetishmovchilik ro‘y beradi, uni to‘lish nuqsoni deb atashadi. Me’dadagi kabi o‘n ikki barmoqli ichak yarasida ham «tokcha» simptomini sezish mumkin.
Yo‘g‘on ichakni tekshirishda irrigoskopiyadan foydalaniladi. Bunda kontrast aralashma yo‘g‘on ichakka to‘g‘ri ichak orqali kiritiladi. Yo‘g‘on ichakni rentgenologik tekshirish bemor me’dani tekshirishdagidek tayyorlanadi.
O‘t pufagining rentgenologik tasvirida (xolesistografiya) ba’zan undagi toshlar hisobiga paydo bo‘luvchi yorug‘likni ko‘rish mumkin. O‘t pufagida hosil bo‘lgan ba’zi toshlar rentgen nurlarini ushlab qola olmaydi, shuning uchun oddiy rentgen tasvirida ularni aniqlab bo‘lmaydi. Shuni ko‘zda tutib, o‘t pufagining tasviri qonga bilignost yoki ichdan bilitrast berilgandan keyin olinadi, bu moddalar qondan jigar orqali ajralib, o‘t pufagiga tushadi. Bunday holda qora fonda tosh joylashgan yerlarda dog‘ ajralib turadi.
O‘t pufagini tekshirish suv yoki moychechak damlangan suv bilan tozalovchi huqna qilingandan so‘ng nahorda o‘tkaziladi. Ichakdagi gazlar miqdorini kamaytirish uchun bemorga tekshi- rilishdan bir necha kun avval karbonsuv (uglerod)lar va klet- chatkasi oz bo‘lgan ovqatlar tanovul qilish, shuningdek, kuniga 100—150 ml.dan 3 marta moychechakni damlab ichish tavsiya qilinadi.
Bilitrast qabul qilinadigan kun bemor to‘yib ovqatlanadi, shun- dan keyin ovqat yeyish tekshirish tamom bo‘lgunga qadar man qilinadi. Faqat ma’danli suv va shirin choy ichishga ruxsat etiladi. Soat 18—19 larda bemorga 3 g bilitrast, 9 g shakar bilan aralashtirib beriladi, bu aralashma kam miqdorlar bilan yarim soat davomida qabul qilinadi va ustidan shirin choy ichib yuboriladi.
Shundan keyin bemor bilitrastning ingichka ichakka tezroq o‘tishi uchun o‘ng tomonga yonboshlab yotadi. Ertasiga ertalab (bilitrast qabul qilingandan 15—17 soat o‘tgach) tozalovchi huqna qilinib, rentgenologik tekshirish o‘tkaziladi. Tekshirish jarayonida bemorga o‘t pufagining bo‘shash xususiyatini o‘rganish uchun 2—3 tuxum sarig‘i beriladi.
O‘t pufagini venaga konstrast modda yuborib o‘rganish uchun maxsus tayyorlash talab qilinmaydi. 30—40 ml 20 % li bilignost venaga asta-sekin yuboriladi (4—5 minut davomida), aksincha, tez yuborilganda ko‘ngil aynishi, qusish, darmonsizlik yuz berishi mumkin. Kontrast modda yuborilgandan 15 minut o‘tgach, o‘t yo‘llarini to‘ldiradi. Oradan 1/2 soat o‘tgach, o‘t pufagi bir xilda yaxshi ifodalangan soyadan iborat bo‘lib ko‘rinadi.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi a ’zolarini tekshirishda kontrast modda siydik yo‘li kateteri orqali buyrak jomiga bevosita yuboriladi. Buni retrograd piyelografiya deyiladi. Bundan tashqari, kontrast moddalarni venaga, peroral to‘g‘ri ichakka yuborish, ajratish piyelografiyasi deb ataladi. Bu usul kontrast moddalarning buyrak orqali ajralishiga asoslangan. Ko‘pincha vena orqali piyelografiya qilish yoki urografiya deb ataluvchi tekshirish usuli qo‘llaniladi. Ba’zi retograd piyelografiyada kontrast suyuqlik o‘rniga kislorod yoki havo yuboriladi. Tekshirishning bu usuli pnevmopiyelografiya deb ataladi.
Hozirgi vaqtda urologiyada kontrast moddalar sifatida, asosan, yod preparatlari qo‘llaniladi (sergozin, kardiotrast, triyotrast). Retrograd piyelografiyada sergozinning 10—40 % li eritmasi, venaga yuborishda esa 40 % li eritmasi qo‘llaniladi. Kardiotrast va triyotrast 35—70 % li eritma holida 20 ml.dan venaga yuboriladi. Piyelografiya ovqatdan oldin o‘tkaziladi. Tekshirishdan bir kun oldin kechqurun va tekshirish o‘tkaziladigan kuni ertalab bemorga tozalovchi huqna qilinib, 2—3 tabletka karbolen ichiriladi. So‘ng kateter sistoskop yordamida siydik yo‘liga kiritiladi va buyrak jomigacha yetkaziladi, shundan so‘ng sistoskop olinib, kateter esa bemor rentgen xonasiga o‘tkazilayotgan vaqtda tushib ketmasligi uchun leykoplastir yordamida sonning chap tomoniga yopishtirilib qo‘yiladi. Rentgen kabinetida tana haroratigacha isitilgan 7—10 ml kontrast modda shpris yordamida kateter orqali yuboriladi va tasviri olinadi.
Vena orqali piyelografiya o‘tkazilganda yangi tayyorlangan sergozinning 40 % li eritmasi tana haroratigacha isitilib, bemorning tirsak venasiga asta-sekin yuborila boshlaydi. Birinchi surat kontrast modda yuborilgandan 7—8 minut o‘tgach, keyingilari esa buyraklarning ajratish xususiyatiga qarab, 15—20 yoki 25—45 minut o‘tgach olinadi.
II.YADRO TIBBIYOTI

Reja:


1.Yadro tibbiyoti usullari tibbiyotda aniq tashxis qo'yish va samarali davolashda juda muhim.

2.Yadroviy tibbiyot.Atom qay tarzda sarotonni davolashga yordam beradi.

1.Yadro tibbiyoti usullari tibbiyotda aniq tashxis qoʼyish va samarali davolashda juda muhim

Bugungi kundagi zamonaviy tibbiyotning asosiy yutuqlaridan biri yadro fizikasi yutuqlarining tibbiyotga tadbiq etilishidir. OʼzR FА Yadro fizikasi instituti yadro tibbiyot uchun radioizotoplar ishlab chiqaradi.

Yadro tibbiyoti usullari tibbiyotda aniq tashxis qoʼyish va samarali davolashda juda muhim. Аyniqsa, saraton kasalliklarini davolashda bu yoʼnalish katta rolь oʼynaydi. Bundan tashqari, bu selektiv terapiya, yaʼni yadro tibbiyoti usullari kasallik oʼchogʼini davolashda qoʼllaniladi.

Onkologik jarayonlarning erta diagnostikasi tibbiyotning dolzarb masalasi va ulkan yutuqlaridan biri hisoblanadi. Erta tashxis organizmning kasalliklardan erta va toʼliq xalos boʼlishi uchun zamin yaratadi. Kimyo terapiyasi va bu turdagi dori vositalarini qabul qilishda ular butun organizmga singadi, bu esa nojoʼya taʼsirlarga sabab boʼladi. Radioterapiyada esa preparat manzilli tarzda faqat kasallikdan zararlangan maydonlarga yoʼllanadi. Onkologiya nuqtai nazaridan preparat faqat oʼsma hujayralariga taʼsir qiladi va sogʼlom hujayralarga zarar yetkazmaydi. Shu tarzda sogʼlom hujayralar va, umuman, organizm bu preparatlarning umumiy taʼsiridan zarar koʼrmaydi.

Ikkinchidan, yadro tibbiyotining samarasi juda yuqori. Masalan, hozirgi kunda lyutetsiy-177 asosidagi shunday preparat paydo boʼldiki, ilmiy tadqiqotlar asosidagi maqolalarga tayanadigan boʼlsak, bu preparat taʼsirida baʼzi turdagi oʼsmalardan sogʼayish koʼrsatkichi 99 foizgacha yetishi mumkin. Boshqa uslublar bilan hozircha bunday natijalarga erishib boʼlmayapti.

Soʼnggi 8-10 yil davomida samariy-153 oksabifor preparati keng qoʼllanila boshlandi. Bu preparat suyaklardagi kuchli ogʼriqlar qoʼzgʼatuvchi oʼsmalar metastaz berganda va boshqa suyak kasalliklarida ogʼriqsizlantirish va davolash maqsadida ishlatiladi.

1978-yilda bizda ilk bor texnetsiy-99m radionuklid generatori olingandi. Bu eng universal radionuklid boʼlib, har xil xastaliklarning diagnostikasida ishlatiladi. Bugungi kunda dunyo boʼyicha radionuklidlar ishtirokida oʼtkaziladigan barcha tashxis muolajalarining 85 foizdan ortigʼi aynan texnetsiy-99m yordamida amalga oshiriladi. Texnetsiy-99m radionuklidini olishda ishlatiladigan molibden−99 radionuklidini Yaponiyaga katta miqdorda yetkazib berish boʼyicha “Sumitomo Corporation” va “Chiyoda Technol Corporation” kompaniyalari bilan muzokaralar oʼtkazilmoqda. Bu biz uchun yana bir yangi, yirik eksport bozorini ochish imkonini beradi.

2.Yadroviy tibbiyot .Atam qay tarzda sarotonni davolashga yordam beradi.

Yadroviy tibbiyot – bu zamonaviy tibbiyotning eng innovatsion va tez rivojlanayotgan yo‘nalishlaridan biri. Yadroviy tibbiyot usullari shifokorlarga kasallik rivojlanishining boshlang‘ich bosqichida xavfli saraton hujayralarini aniqlashda yordam beradi, bu esa deyarli 100% ishonch bilan davolanish imkoniyatini beradi.

Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi, - deb izoh beradi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida faoliyat yurituvchi “Radiopreparat” korxonasi direktori, texnika fanlari nomzodi Ayubxon Abduqayumov.

Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.

“Eng so‘nggi jihozlar va yuqori malakali xodimlar bilan birgalikda minimal miqdordagi preparatlardan foydalanish qulay, tezkor va aniq tekshirishni ta’minlaydi. Yadrokimyoviy usullarning noyobligi kasallikning dastlabki bosqichlarida, ya’ni inson kasallik alomatlarini sezmaydigan davrda, organlarning hayotiy funksiyalarining anomaliyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu turli kasalliklarni tezda aniqlash va davolash imkonini beradi hamda davolanish uchun sarflanuvchi xarajatlarni ham tejashda qo‘l keladi. Masalan AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan solishtirilganda, yadro tibbiyotiga sarflangan 1 AQSh dollari boshqa sog‘liqni saqlash harajatlarini, ya’ni jarrohlik amaliyotlari, shifoxonada davolanish va h.k., 1,5 AQSh dollaridan 2,5 AQSh dollarigacha tejash imkonini beradi”,— deb ta’kidladi, Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi Damir Zaredinov.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.

Atalishi qiyinroq bo‘lgan samariy-153 oksabifor preparati suyak metastazasidagi og‘riqni qoldirish va davolash uchun foydalaniladi. V. Voxidov nomidagi RIJMda texnetsiy-99 (saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya, buyrak, jigar va boshqa kasalliklar tashxisida qo‘llaniladigan radiofarmpreparat) yordamida yiliga 2000 tagacha tashxis tadqiqotlari va samariy-153 oksabifor dori vositasini qo‘llagan holda 300 tagacha suyak metastazasining radioterapiyasi o‘tkaziladi. Samariy-153 preparati qon tomirlari ichiga yuboriladi, dori suyak to‘qimasida va asosan saraton metaztazalarida to‘planadi. Preparatning bir dozasi 6 oy mobaynida og‘riqsizlantiradi va saraton o‘smalarini remissiyada (saraton rivojlanishini to‘xtadi) ushlab turadi va kunlik qabul qilinadigan kuchli og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini, misol uchun – morfiy, o‘rnini bosadi. Shuningdek, dorilardagi radiatsiya miqdori butun organizmni nurlantirish uchun kam hisoblanadi, ammo ma’lum bir joydagi saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun yetarli, deydi Ayubxon Abduqayumov.Agar bugungi kunda mamlakatdagi ikkita tibbiyot markazida yadro tibbiyoti usullarini qo‘llagan holda tashxis va terapiya qilish mumkin bo‘lsa, ideal holatda, har bir viloyatning aholisi innovatsion usuldan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bu masala bo‘yicha O‘zbekistonda AESni qurish bo‘yicha qaror qabul qilingandan so‘ng haqiqiy o‘zgarishlarga bo‘lgan qadamlar kuzatilmoqda. Zero, mamlakatda AESni qurish nafaqat yadro texnologiyalarini, jumladan, yadroviy tibbiyot rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi.

“Kelgusida ‘Rosatom’ davlat korporayatsiyasi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti negizida ‘Yadroviy tibbiyot markazi’ qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu markazda nafaqat radiofarmpreparatlari yordamida tashxis qo‘yish va davolash, proton va neytron terapiyasi ham amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Oldimizga qo‘ygan rejalarimiz bisyor va katta investitsiyalarni, shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashni ham talab qiladi. AES uchun bo‘lajak kadrlarni tayyorlash maqsadida hozirgi kunda Moskva muxandislik – fizika instituti (MMFI) filialini ochish uchun tayyorgarliklar amalga oshirilmoqda va bu loyiha amalga oshsa, umid qilamizki mazkur institutdan yadroviy tibbiyot sohasi uchun ham malakali kadrlar yetishib chiqadi”, —deb ta’kidladi Ayubxon Abduqayumov.
III.RADIATSIYON TERAPIYA VA JARROHLIK.

Reja:


1.Radiatsion terapiya.

2.Xabis o'simtalarini radiatsiya bilan davolash

3.Radiatsiya terapiyasi qanday amalga oshiriladi.

4.Radiatsiyon terapiya -yon tasir

1. Radiatsion terapiya

Odam organizmida malign neoplazmalarni davolash patologik faol saraton hujayralarini yo'q qilishga qaratilgan. Radiatsiya terapiyasi ularni tezda bartaraf etishga va o'smaning o'sishiga to'sqinlik qilishga imkon beradi, ammo bu jarayon asoratlarni keltirib chiqaradi, chunki bu jarayon davomida sog'lom to'qimalarga zarar yetkazilmaydi.

2.Xabis o'simalarni radiatsiya bilan davolash

Ionlashtiruvchi nurlanish radiatsion patologik hujayralarni ikki shaklda ta'sir qiladi. Birinchidan, radiatsiya terapiyasi har qanday organik tarkibli sitoplazmaning asosi bo'lgan, suv molekulalarining modifikatsiyasini, peroksidlar va radikallarga aylanishini ta'minlaydi va shu bilan hujayra tarkibini yo'q qilishga sabab bo'ladi. Ikkinchidan, radiatsiya barcha atomlarini ionlash orqali o'simtaning DNKga zarar etkazadi.Ko'rib turganimizdek, saratonni davolashda radiatsiya terapiyasi neoplazmni to'xtatishning eng samarali usullaridan biri, shuningdek, metastazning oldini olishdir. Ta'riflangan davolash usuli yordamida faol hujayra bo'linishi to'xtatiladi va ularning organizmga zarar etkazuvchi ta'siri to'xtaydi.

3.Radiatsiya terapiyasi qanday amalga oshiriladi?

Bugungi kunda amaliyotning uch turi mavjud:

●uzoqdan;

●radionuklid;

●aloqa.

Birinchi holda, shish va radiator o'rtasida sog'lom to'qimalar mavjud. Yuqori aniqlik va radioterapiya uchun zamonaviy asbob-uskunalarga e'tibor qaratish qobiliyatiga qaramay, atrofdagi hujayralarga zarar yetkaziladi. Bu juda ko'p salbiy nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqaradi, biroq ayni paytda uning mavjudligi va ko'p qirraliligi, shuningdek, tezkor davolanish natijalari juda keng tarqalgan.



Radionuklid terapiyasi faqat patologik hujayralarda to'planadigan dorivor dorining qoniga bevosita kiritishni o'z ichiga oladi, u shishani yo'q qiladi. Ba'zida razvedka orqali o'simta to'qimasiga in'ektsiya yo'li bilan AOK qilinadi.

Marhumning ikkinchi shakli jarrohlik paytida yoki terining yuzasiga yaqin o'smalari bilan ishlatiladi. Kontakt terapiyasi qo'shni sog'lom hujayralarga zarar etkazmasdan eng aniq va markazlashtirilgan nurlanishni bajarishga imkon beradi.

4.Radiatsion terapiya - yon ta'sir

Radiatsiya terapiyasining mahalliy va tizimli ta'sirini ajrating. Mahalliy nojo'ya ta'sirlar kuyish, qon ketish, tomirlar va arteriyalarning ta'sir qilish joylari, ionlashtiruvchi nurlanish ta'siriga uchragan yuzalar yaralanishi ko'rinishida namoyon bo'ladi.

Tizimli oqibatlar tananing zararlangan hujayraning parchalanishiga javob berishiga bog'liq:

qusish va ko'ngil aynish;

qon rasmidagi o'zgarish, gemotopoez jarayonining zulm qilinishi;

charchoq, zaiflik;

mo'rt tirnoqlar, sochlarning yo'qolishi .

Yuqorida keltirilgan holatlarni kamaytirish uchun bir qator qo'llab-quvvatlash choralari zarur, ulardan biri alohida dieta hisoblanadi.

Radiatsiya terapiyasi uchun oziqlantirish

Eng muhimi, muvozanatli dietani va etarli miqdordagi barcha vitaminlar va iz elementlarni iste'mol qiladigan sog'lom tabiiy mahsulotlarga e'tibor qaratishimiz kerak. Bundan tashqari, to'yingan yog'lar, shakar, laktoza dietadan, shuningdek o'tkir, qizarib pishgan, qovurilgan, qandolat mahsulotlari, gazlangan ichimliklar va qahvalarda chiqarib tashlash kerak.

Afzal mahsulotlar:

o'simlik moylari;

mushak, organ go'shti, dengiz baliqlari;

sabzavot va yangi o'tlar, mevalar, quritilgan mevalar, rezavorlar;

yong'oq, urug'lar;

fermentlar qilingan sut mahsulotlari;

tuxum;

xamirturushsiz non ;



yangi sharbatlar, mineral suv.

Radiatsiya terapiyasidan keyin tiklash

Radiatsiya ta'sirining salbiy ta'siri odatda 2-3 oy ichida yo'qoladi. To'liq tiklash uchun ta'riflangan parhezga rioya qilish va davolash bo'yicha onkologning tavsiyalariga amal qilish muhimdir.

Radiatsiya terapiyasi , umumiy saraton kasalligining yon ta'siri insondan odamga o'zgarib turadi va davolanishning qanchalik tez-tez berilishiga va boshqa bir qator muhim omillarga bog'liq. Eng ko'p ko'rilgan yon ta'sirlar haqida ko'proq bilib oling.


Radiatsion terapiyaning eng keng tarqalgan yon ta'siri
Radiatsiya terapiyasining eng ko'p uchraydigan yon ta'siriga quyidagilar kiradi:

Charchoq: Radiatsiya terapiya qiladigan barcha insonlar davolanish vaqtida charchoqqa duch keladilar. Charchash - juda charchagan umumiy tuyg'u. Bu sizning yordamingiz tizimiga ishlarni bajarish, ishlarni bajarish, bolalarni parvarish qilish va boshqa vazifalar uchun yordam berish vaqti. Buni haddan oshib ketishga urinmang - imkon qadar ko'proq dam oling. Kun bo'yi qisqa muddatlarda o'tishi va kechayu kunduz uzluksiz uxlashi sizning energetik darajangizda farq qilishi mumkin.

Teri muammolari : Terapiya qilinadigan teriga qizil, quyosh yonishi, tan yoki tirnash xususiyati keltirib chiqarishi mumkin. Teri sezgir va shunga o'xshash tarzda davolash kerak. Sizning shifokoringiz yoki onkologiya hamshirasidan maxsus krem ​​yoki jel so'rashingiz mumkin (masalan, Radiagel deb ataladi). Bemorlar parfyumeriya, hidli tana losonlari yoki tirnashni kamaytirish uchun mahkamlangan kiyimlarni taqib qo'yishdan ehtiyot bo'lishlari kerak. Bundan tashqari, maydonni quyoshga (bu saraton davrida ham, keyin kamida bir yil davomida) ta'sir qilishdan saqlaning. Har qanday teri muammolari, saraton kasalligining tugashi bilan yakunlanadi.

Ishtahaning yo'qolishi: tuyadi yo'qolishi charchash va ovqatlanish etishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Har qanday saraton kasalligida kuchingizni saqlab qolish va yaxshi ovqat uchun oziq-ovqat quyish muhim ahamiyatga ega. Kuniga uchta kattaroq taom o'rniga kichikroq ovqatlar yordam beradi. Meva va sabzavot kabi vitaminlarga boy ovqatni iste'mol qilish juda muhimdir. Sizning ishtahangiz davolanish muddati tugashi bilan ortadi. Bosh yoki bo'yin saratoni (va ba'zan o'pka saratoni) uchun davolanayotgan bemorlarda tupurik yo'qligi yon ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Ushbu muammoni hal qilish uchun maxsus muolajalar mavjud, shuning uchun doktoringizga murojaat qiling.

Boshqa mumkin radiatsiya yon ta'siri

Qo'shimcha yon ta'sirlarni boshdan kechirish ehtimoli bo'ladimi, asosan sizda qanday saraton turiga va tanangizdagi saraton kasalligini davolashga bog'liq. Boshqa yon ta'sirlar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin.

Soch yo'qotish: Soch to'kilishi faqatgina davolanadigan joyda paydo bo'ladi. Agar siz toseptsiyani yo'naltiradigan radiatsiya terapiyasi qilmoqchi bo'lsangiz, masalan, boshingizdagi sochni yo'qotmaysiz. Ammo, agar siz bosh va bo'yin saratoni uchun davolayotgan bo'lsangiz, masalan, sochlarning yo'qotilishiga duch kelasiz. Yaxshi xabar, aksariyat hollarda, saraton kasalligidan keyin sochlar o'sib chiqadi.

Qon miqdorida pasayish : radiatsiya oq qon hujayralari va trombotsitlar sonining kamayishiga olib kelishi mumkin. Bu viruslar va bakteriyalarga qarshi immunitetni past darajaga olib kelishi mumkin, chunki oq qon hujayralari bu tajovuzkorlarga qarshi kurashadi. Testlar muntazam ravishda qon ro'yxatini tekshirish uchun amalga oshiriladi va saraton kasalligining tekshiruvi ushbu testlarning natijalariga qarab o'zgartirilishi mumkin.

Turli: Preparatni qabul qiladigan tananing o'ziga xos tomoni aniq bo'lishi mumkin. Masalan, tosda yo'naltirilgan radiatsiya terapiyasi tug'ilish muammolariga olib kelishi mumkin va bosh va bo'yin hududida radiatsiya terapiyasi bo'shliqlar kabi tish muammolarini keltirib chiqarishi mumkin.

Ko'rib turganingizdek, radiatsiya terapiyasining ayrim yon ta'siri juda keng tarqalgan bo'lib, boshqalari esa davolanadigan badanga xosdir. Sizning onkologingizga saraton kasalligini davolashda qanday yon oqibatlarga olib kelishi va qanday qilib ularni oldini olish yoki boshqarish mumkinligini so'rashingiz kerak


IV.XULOSA VA FIKRLARIM.
Xulosa:Xulosa o'rnida shuni aytish mumkunki bugungi rivojlangan texnika asrida biotibbiyot yainki tibbiyot sohasida bemorlarni diagnostika qilishda fizik maydonlardan foydalangan holda tekshirish ,tashxislash,davolashda rengen tekshiruvi, yadro tibbiyoti , radiatsiyon terapiya yutuqlari uzining samaradorligi bilan yetakchi axamiyatni egallaydi.

Fikrlarimga to'xtaladigan bo'lsak toboro rivojlanayotgan bu sohada ilmiy salohiyotga ega kadrlarni tayyorlab bu soha buyicha yangidan yangi kashfiyotlarni yutuqlarni texnalogiyalarni jonojon yurtimizga olip kirib bemorlarni og'irini yengil qilsak maqsadga muofiq bular edi.



Tayyorladi:Dilshod Xidirov 017-51 guruh talabasi .
Download 75.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling