Referati Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari. Reja


Download 55.5 Kb.
bet1/6
Sana05.01.2022
Hajmi55.5 Kb.
#206930
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot- Nurillobek Mamadaliyev
isboti, fayl Botanika haqida referat, Allohning eng ulug‘ nemati, Haziniy, Atom yadrosining tarkibi va tuzilishi, DIQQAT, Pedagogika fakulteti .120-guruh .Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi.Temirova Muyassar., русс яз, русс яз, 8 mavzuJavobgarlik sug‘urtasi va uni o‘tkazish tartibi MARUZALAR, Payvand birikma turlari, 2 5229230503739001580, 1 практическое зан применение биомед тех, Arabian nights Nurenova, Adobe Photoshop - Vikipediya

Fargʻona davlat universiteti ishtimoiy-iqtisodiyot fakulteti K19_151-Guruh talabasi Mamadaliyev Nurillobekning Iqtisodiyot nazariyasi fanidan tayyorlagan

Referati


Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o’lchamlari.


REJA:

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.

2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.

3. Yalpi milliy mahsulot (YaIM)ni hisoblash usullari.


Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va

uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlariMilliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy tizimlar birikmasidan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni vujudga keltirdi.

Milliy iqtisodiyot- barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy iqtisodiyot bu turli shakldagi xo’jaliklarning tarkib topgan tuzilishi bo’lib, uning asosida mehnat taqsimoti va uning rivojlanishi yotadi. Turli shakldagi xo’jalik shakllari milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.

Makroiqtisodiyot– bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirish natijasida hosil bo’lgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgan makroiqtisodiy tahlilyordamida aniqlanadi.

Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi– takror ishlab chiqarish jarayonini ob‘ektiv ravishda aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida vujudga kelgan holatlarni ochib berishdan iboratdir. Bu maqsadga erishishning muhim shartlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:1. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning holati va harakatini ob‘ektiv aks ettiruvchi statistik (holat, vaziyat) ma‘lumotlarning mavjudligi;

2. Mamlakat iqtisodiyotini tahlil qilishda keng miqyosda va tarixiy jihatdan yondashuv;

3. Iqtisodiy tizim salohiyatini haqqoniy ravishda baholamasdan hamda iqtisodiy qonunlarning ob‘ektiv amal qilishini bilmasdan turib mamlakat iqtisodiyotiga aralashuv salbiy holatlarni keltirib chiqarishini anglash;

4. Makroiqtisodiy nazariya muayyan mamlakatlarning iqtisoiyotini ob‘ektiv ravishda tadqiq etish asosida yaratilishini hamda undan boshqa mamlakatlar amaliyotida o’ta ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkinligini tushunish;

5. Ishlab chiqarishni mamlakat barcha aholisining daromalari va iste‘mol darajasini o’stirishga yo’naltirish;

6. Aholi daromadlari, siyosiy va ijtimoiy barqarorlik o’sishining yagona manbai bo’lib mamlkatning barcha aholisining ish joylari hamda aromadlarning oshishi bilan ta‘minlovchi milliy ishlab chiqarishning barqarorva samarali o’sishi ekanligini tushunish.

Bu ko’rsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat ko’rsatish sohalaridagi barcha xo’jaliklar iqtisodiy faoliyatlarining umumiy va pirovard natijalarini qarab oladi. Ko’pgina maroiqtisodiy ko’rsatkichlar yordamida korxonalar faoliyatiga baho beriladi va ular faoliyatining rivojlanish tamoyillari aniqlansa, makroiqtisodiy ko’rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati, uning o’sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi, ular yordamida davlat o’z iqtisodiy siyosatini belgilaydi.

Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va

harakat shakllariJamiyat a‘zolarining ehtiyojlari muntazam ravishda yangilanib, miqdoran ko’payib va sifat jihatdan takomillashib borgani sababli, bu ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ishlab chiqarish jarayoni ham to’xtovsiz yangilanib, takroran amalga oshib boradi. Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran amalga oshirilib turilishi ijtimoiy takror ishlab chiqarishdeyiladi.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko’rinishida amalga oshirilishi mumkin:

1. Oddiy takror ishlab chiqarish;

2. Kengaytirilgantakror ishlab chiqarish.

Oddiy takror ishlab chiqarish– bu ishlab chiqarish miqyoslarining o’zgarmagan holda takrorlanishini ifodalaydi. Bu o’zini ichki ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo’lib, an‘anaviy iqtisodiyot sharoitidagi xo’jalik yurituvchi sub‘ektlar uchun xos bo’lgan.

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish– bu ishlab chiqarish miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi takrorlanishidir.

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish natijasida mamlakat miqyosida milliy mahsulot yaratiladi. Milliy mahsulot barcha moddiy va nomoddiy ne‘matlar hamda xizmatlarni o’z ichiga olib, milliy hisobchilikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb yuritiladi.

Yalpi milliy mahsulot (YaMM)– bu o’z mamlakati yoki xorijda joylashuvidan qat‘iy nazar, milliy korxonalar tomonidan yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy hajmining jami qiymatidir.Mamlakat ichkarisida yaratilgan iqtisodiyt bu yalpi ichki mahsulotni tashkil etadi. Yalpi ichki mahsulot (YaIM)– bu ma‘lum vaqt mobaynida (davomida), masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste‘molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko’rsatilgan xizmatlarning bozor narxidagi qiymatidir.



YaIM




Mamlakat ichidagi ishlab chiqarish




Xorijiy korxonalar mahsuloti M1(2 trln)




Milliy korxonalar mahsuloti

M2(10 trln)






CHet ellardagi milliy korxonalar mahsuloti

M3(3 trln)






YaMM

Hozirgi vaqtda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi hisobga olinmoqda. 2007 yilda yalpi ichki mahsulot 9,5 foizga o’sdi, 2008 yilda 9,0 foiz, 2009 yilda – 8,21 foiz o’sish ta‘minlandi.

Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini to’g’ri hisoblab chiqish uchun mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaIM hajmini topishda sotilgan va qayt sotilgan mahsulotlarni ko’p marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan qo’shilgan qiymatlar yig’indisi olinadi.

Qo’shilgan qiymat– bu korxona yalpi mahsuloti bozor narxidan (amortizatsiya ajratmasidan tashqari) joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.

T =c + v + m(1) lar yig’indisi va xizmatlar hajmi YaIMni tashkil qiladi, undan Aa (amortizatsiya ajratmasi) chiqariladi va sof milliy mahsulot (SMM) qoladi.

YaIM – Aa = SMM(2)

Tovar qiymatidagi (c + v) moddiy xarajatlarni mahsulotni bozor narxidan ajratib tashlansa qolgan miqdor qo’shilgan qiymatni hosil qiladi.

Yalpi milliy mahsulotga baho berishda nominal va real milliy mahsulot hisobga olinadi. Joriy bozor narxlarida hisoblangan milliy mahsulot nominal milliy mahsulot, o’zgarmas qiyosiy narxlarda hisoblangan milliy mahsulot esa real milliy mahsulot deb yuritiladi. Narx darajasi indeks shaklida ifodalanadi. Narx indeksi joriy yildagi ma‘lum guruh tovarlar va xizmatlar to’plami narxlari summasini, xuddi shunay tovarlar va xizmatlar miqdorining bazis davridagi narxlari summasiga taqqoslash orqali hisoblanadi. Taqqoslashning boshlang’ich davri “bazis yili” deyiladi. Agar aytilganlarni formula shakliga keltirsak, u quyidagi ko’rinishni oladi:

joriy yildagi iste‘mol tovarlari narxi

Narx indeksi =

bazis yildagi iste‘mol tovarlari narxi

Joriy tsikldagi nominal YaIMni real YaIMga aylantirishning ancha oddiy va to’g’ridan-to’g’ri usuli nominal YaIMni narx indeksi (Ni) ga bo’lishdir, ya‘ni:


Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling