Referati reja: Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi Saylov huquqi prinsiplari


Download 23.92 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi23.92 Kb.
TuriReferat

BI 219 guruh kursanti Urinov Aslombekning “Saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyati sharti” mavzusida tayyorlagan


REFERATI

Reja:


1.Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi

2. Saylov huquqi prinsiplari

3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari

1.Saylov huquqi: tushunchasi, manbalari, tizimi

Saylov kishilik jamiyatidagi eng qadimiy tadbirlardan hisoblanadi. Albatta


saylovlarni hozirgi darajadagi mazmunga ega bo’lishi uchun ko’p vaqt o’tdi. Saylov
har bir ijtimoiy tizimda (davrda) o’ziga xos ko’rinishda, mazmunda namoyon
bo’lgan. Masalan: quldorlik, feodal tuzum davridagi saylovlar kapitalizm, sosializm
davrlaridagi saylovlardan tubdan farq qilgan. Har bir tuzum saylov mazmun
mohiyatiga ta’sir qilgan bo’lsa, saylov ham o’z navbatida ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir qilgan.
Saylov biror narsani yaratish, tashkil qilish vositasi bo’lib, u kishilarni, jamiyat
a’zolarini xohish irodasini ro’yobga chiqarish vositasidir. Saylovda xohish-iroda ovoz berish orqali namoyon bo’ladi. Ovoz berishni esa turlari har xil bo’lib, ular orasida eng ahamiyatlisi, ommaviy xarakterga ega bo’lgani bu – hokimiyat organlarini, tuzulmalarni tuzishda qo’llaniladigan ovoz berish, ya’ni saylovdir. Bu ovoz berish qonunlarda fuqarolarning saylov huquqi sifatida mustahkamlanib, siyosiy huquq tarzida e’tirof etiladi. Saylov – saylov huquqi orqali namoyon bo’ladi. Saylovlar XX asrda ayniqsa rivojlandi va ahamiyati oshdi. Xalqaro miqyosdagi munosabatlarga aylandi.Hozirgi paytda har qanday demokratik mamlakatlarda saylov huquqi mavjud ekan, u ma’lum xalqaro-huquqiy standartlarga mos kelishi zarur. Bunday standartlar, talablar ikkinchi jahon urushidan so’ng ishlab chiqilib, xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. Fuqarolarning saylov huquqiga egaligi BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi” da belgilab qo’yilgan. Uning 21 -moddasi “a” bandida “Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatlarini boshqarishda qatnashish huquqiga ega”1 ekanligi yozib qo’yilgan. Хuddi shu mazmundagi qoida “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro Pakt”da ham mustahkamlangan

Hozirgi kunda saylov huquqi fuqarolarning davlat tomonidan kafolatlangan


saylovlardaqatnashishhuquqidir. Saylov huquqini aniq tushunish, bilish uchun, “saylov huquqi” atamasini bilish zarur. Chunki bu atama bir necha mazmunda yoki boshqacha qilib aytganda, bir necha tushunchalarga nisbatan ishlatiladi Ko’pchilik manbalarda saylov huquqiga ta’rif berishda u ikki ma’noda ishlatilishi hisobga olinadi va tushuncha shunga mos ravishda beriladi.

Saylov huquqi fuqarolarning asosiy, siyosiy huquqlaridan hisoblanadi. Bu


huquq normalari avvalo Konstitusiyada mustahkamlangan. O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasida alohida XXIII bob, saylov tizimiga bag’ishlanib,
unda saylov huquqining asosiy qoidalari, prinsiplari belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida saylov uchun alohida bob ajratilgani saylovning ahamiyati yuqori ekanligidan kelib chiqadi va bu mazkur huquqiy institutning konstitusiyaviylik hususiyatini aniq ko’rsatadi. Konstitusiyaning 117-moddasi normalari saylov o’tkazishni aniq kunini o’rnatish bilan birga saylovning asosiy prinsiplarini, hamda saylash huquqi yoshini belgilab qo’yadi. Konstitusiyaviy norma saylovlardagi asosiy cheklashni belgilaydi, unga ko’ra natijasida sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, shuningdek sud xukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda qatnashmaydi. Konstitusiya normasida boshqa har qanday holatda fuqarolarning saylov huquqlarini cheklashga yo’l qo’yilmasligi ham belgilab qo’yilgan. Saylov huquqiga taalluqli konstitusiyaviy normalar faqat konstitusiyaning XXIII bobidagi (117-modda) normalar bilan cheklanmaydi. Ular konstitusiyaning boshqa bob va moddalaridagi normalarda ham uchraydi.

Saylov huquqining konstitusiyaviy asosini, bevosita konstitusiyaviy


normalardan tashqari, konstitusiyaviy qonunlardagi saylovga taalluqli normalar ham tashkil etadi.

O’zbekiston Respublikasi saylov huquqining manbalari quydagilar hisoblanadi:


1. Saylov ahamiyati jihatidan konstitusiyaviy institut, shuning uchun uning
asosiy bosh manbasi konstitusiyadir. Konstitusiya saylovning asosiy prinsiplarini,
saylov fuqarolarning asosiy huquqi ekanligini, saylov o’tkazish muddatlari va vaqtini, saylov o’tkazishga boshchilik qiladigan organ, Markaziy saylov komissiyasining maqomi, vazifasini belgilab beradi va saylov o’tkazish qonunlar bilan belgilanishini qayd qilishi bilan, boshqa qonunlarni vujudga kelishiga asos yaratadi.

2. Saylov huquqi prinsiplari

Prinsip atamasi o’zbek tilida ko’pincha tamoyil deb yuritiladi. Bularning


ma’nosi deyarli bir xil. Lekin shunday atamalar borki, ular barcha tillarda aslicha
qo’llaniladi. Bu atama O’zbekiston Konstitusiyasida ham qo’llanilgan, masalan, 14-
moddada. Prinsip ijtimoiy kategoriya bo’lib, eng muhim g’oyalarni qoida sifatida
namoyon bo’lishidir. Davlat va huquqning turli sohalarida prinsip tushunchasi
qo’llaniladi. Masalan, qonuniylik prinsipi, tashqi siyosat prinsipi. Saylov huquqida ham prinsip atamasi qo’llanilib, u eng avvalo saylovlarning adolatliligini, qonuniyligini ko’rsatuvchi asosiy mezon sifatida namoyon bo’ladi.
Saylovlar eng qadimiy hodisalardan ekanligini aytib o’tgan edik. Ular kishilik
jamiyatining hamma bosqichlarida qo’llanilib kelingan bo’lib, jamiyat rivojiga mos
ravishda takomillashib bordi. Uning takomillashuvida ma’lum qoidalarni vujudga
kelishi, ularni bajarilishi, qo’llanilishi shart etib belgilanishi muhim rol o’ynaydi.

Saylov huquqining asosiy prinsiplari muhim ahamiyatga ega “Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi”da xalqaro miqyosda o’z ifodasini topdi. Uning 21 - moddasida: “har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillari orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. Xalq irodasi davriy va


soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan yashirin ovoz berish yo’li bilan, ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi zarur” – deb belgilab qo’yildi

O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida va saylov qonunlarida


umumiy, teng, to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi prinsiplari, saylovlarning yashirin
o’tishi, oshkora o’tishi, xohish-irodani erkin bildirish saylov huquqining asosiy
prinsiplari sifatida belgilab qo’yildi. Bu prinsiplar asosiy prinsiplar bo’lishi bilan
birga umum e’tirof etilgan prinsiplardir. Ayrim adabiyotlarda saylov huquqining muhim, umum e’tirof etilgan prinsiplari deb faqat umumiy, teng, to’g’ri va yashirin ovoz berish ko’rsatilgan. Ayrimlarida esa saylovda ishtirok etish erkinligi, oshkoralik ham saylov huquqining asosiy prinsiplaridan deb baholangan. O’zbekiston Konstitusiyasining 117-moddasida: “saylovlar umumiy, teng,
to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkaziladi” degan qoida kiritilib, umumiy, teng, to’g’ri, yashirin ovoz berish konstitusiyaviy prinsip darajasida mustahkamlangan. Fuqarolarning o’z xohish-irodasini bildirishda tengligi va erkinligi ham Konstitusiyaning shu moddasida mustahkamlab qo’yildi. Saylov to’g’risidagi qonunlarda ham bular saylov huquqining asosiy prinsiplari sifatida qayd qilingan.
Teng saylov prinsipi

Bu huquq Konstitusiyamizda va Prezident saylovi to’g’risidagi, vakillik


organlariga saylovi to’g’risidagi qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitusiyaning 117-moddasi saylovchilarning o’z xohish-irodasini bildirish tengligi kafolatlanishi, saylovlar teng saylov huquqi asosida o’tkazilishi belgilangan. “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasida saylov teng saylov huquqi asosida o’tishi, 3-moddasida har bir fuqaro bittadan ovozga ega ekanligi belgilangan bo’lsa, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi qonunlarning tegishlicha 3-moddasi “Teng saylov huquqi” – deb nomlanib, unda:
“Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega. Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqеi, ma’lumoti, mashg’ulotining turi va xususiyatidan qat’iy nazar, teng saylov huquqiga ega” – deb belgilangan. Bu qoidalar asosan fuqarolar saylov huquqining tengligiga tegishli bo’lib, bu tenglik har bir saylovchining bitta ovozga egaligini ta’minlashdir.

3. Saylov tizimi: tushunchasi, turlari

“Saylov tizimi – jamiyatda davlatning vakillik organlarini saylash yo’li bilan


yuzaga keluvchi davlat-siyosiy munosabatlari tizimidir”1 – degan tushuncha saylov
tizimining ba’zi tomonlarini chetda qoldirgan. Bu tushuncha faqat davlat vakillik
organlariga saylov bilan bog’liq munosabatlarnigina e’tiborga olib, fuqarolarning
o’zini o’zi boshqarish organlariga saylov munosabatlarini yoki umuman saylov
tizimining muhim elementi (qismi) saylov munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarini chetda qoldirgan. Saylov tizimi – bu saylov o’tkazilishi tartibi va shu tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy normalar yig’indisidir. Saylov o’tkazish tartiblari huquqiy normalar bilan belgilanadi va ular birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.

Saylov tizimining prinsiplari



Saylov tizimi demokratik bo’lishi va rivojlanishi uchun u ma’lum prinsiplar
asosida tashkil bo’lishi kerak. Saylov tizimining prinsiplari ham saylov huquqining
prinsiplariga o’xshab Konstitusiyaga asoslanadi. Saylov tizimi prinsiplari quyidagilar hisoblanadi.

Birinchi – saylov tizimining Konstitusiyaga to’la mos kelishi.
Ikkinchi – davlatchilik va hokimiyatning legitimligi (qonuniyligi).
Uchinchi – saylov tizimi tartibotlari va vazifalarining qonuniylik va huquqiy
jihatdan ta’minlanganligi.
To’rtinchi – saylov tizimining demokratiyaviyligi, fuqarolarning, siyosiy
partiyalarning teng huquqliligi.
Beshinchi – saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquqiy
tartibot, inson huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi.
Oltinchi – saylov tizimining xalqchilligi, barcha fuqarolar uchun tushunarli,
qulay bo’lishi.
Yettinchi – saylov tizimining uyushganligi Konstitusiyaviy, huquqiy, sud
nazorati ostida bo’lishi va qonuniy boshqarilishi.
Sakkizinchi –saylov tizimining tejamli bo’lishi.
To’qqizinchi – ovoz berish va saylanishni ziddiyatsiz bo’lishi, uning uchun
еtarli bo’lgan natijalarni olishga kafolat yaratilishi

Bu prinsiplarning maqsadi va qo’llanilishini ko’rib chiqamiz.
1. Saylov tizimini Konstitusiyaga to’la mos kelishi prinsipi.
Avvalo Konstitusiyada saylov tizimi haqida maxsus bobni borligi, saylov
munosabatlarining konstitusiyaviy-huquqiy normalari bilan tartibga solinishi, saylov qonunlarining asosini konstitusiyaviy normalar tashkil etishi – bu prinsipni namoyon qiluvchi belgilardir. Saylov tizimining elementlari – tarkibiy qismi hisoblanuvchi fuqarolarning saylov huquqlari, saylov huquqining prinsiplari, saylov o’tkazish tartiblari Konstitusiyada belgilangan.
2. Davlatchilik va hokimiyatni legitimligi (qonuniyligi) prinsipi – bu davlat
hokimiyati tuzilmalari konstitusiya asosida tashkil qilishda va konstitusiya hamda
qonunlarda belgilangan vakolatlarni, qonunlarda belgilangan shakl va usullarda
amalga oshirilishida ifodalanadi. Hokimiyatning yagona manbai xalq ekanligi saylov tizimi orqali xalqni hokimiyatni tuzishda faol va bevosita ishtiroki ta’minlanishini ko’rsatadi. Davlat hokimiyatini xalq manfaatlarini ko’zlab Konstitusiya va uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalgaoshirilishi davlat hokimiyatining lеgitimligini bildiradi va u saylov tizimini belgilashga ta’sir qiladi.
3. Saylov tizimining tartibotlari va vazifalarning qonuniyligi va huquqiy
jihatdan ta’minlanganligi. Saylov o’tkazish tartiblari Konstitusiya va saylov to’g’isidagi maxsus qonunlarda va boshqa qonunlarda, shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar bilan belgilab qo’yilgan. Qonunlarda saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilishdan tortib, saylov yakunlari e’lon qilinguncha bo’lgan davrda amalga oshiriladigan tadbirlarning aniq muddatlari, tartibi aniq belgilab qo’yilgan. Saylovning (saylov tizimining) vazifasi fuqarolarni davlat jamiyat ishlariga jalb qilish hamda demokratik hokimiyat tuzilmalarini tashkil etish vazifasi qonunlarda u yoki bu ko’rinishda belgilangan.
4. Saylov tizimining demokratligi, fuqarolarning, siyosiy partiyalarning teng
huquqliligi. Bu saylovlar umumiy ekanligida, qonunda belgilangan hollardan tashqari hеch kim saylov huquqidan mahrum qilinmaslikda, saylovlar umume’tirof etilgan prinsiplarda o’tkazilishida namoyon bo’ladi. Saylov tizimining demokratligi yana saylovlarda fuqarolar o’z xohish-irodasini erkin, ixtiyoriy bildirishida aks etadi. Saylov tizimining muhim shartlaridan biri unda barcha fuqarolarning, siyosiy
partiyalarning teng huquqligidir. Bular qonun bilan ta’minlangan. Bu prinsip faqat
fuqarolar va siyosiy partiyalar teng huquqligi bilangina xarakterlanmay, umuman
saylovlardagi barcha saylov ishtirokchilarini teng huquqligi bilan xarakterlanadi.
5. Saylov tizimining barqarorlik, taraqqiyot, qonuniylik, huquq-tartibot, inson
huquqlarini himoya qilishga yo’naltirilganligi. Saylov huquqi orqali davlat hokimiyati tuzilmalari tashkil qilinadi. Ularning natijasi, qabul qilgan qarorlari mamlakat taraqqiyotiga ta’sir qiladi. Saylovlarning adolatli o’tishi fuqarolar, jamiyatning turli a’zolari o’rtasida totuvlik bo’lishini, bu esa barqarorlik bo’lishini ta’minlaydi. Saylov tizimi natijasida vujudga kelgan hokimiyat organlari legitim bo’lib, mamlakatda qonuniylikni ta’minlash, huquqiytartibotni o’rnatilishida muhim rol o’ynaydi. Saylov tizimi fuqarolar tengligini ta’minlash bilan birga, uning natijasida vujudga kelgan hokimiyat tuzilmalari fuqarolarning birinchi navbatda saylov huquqlarini, qolaversa, boshqa barcha huquqlarini himoya qilinishini ta’minlaydi.

6. Saylov tizimini xalqchilligi, uni barcha uchun tushunarli bo’lishi.


Saylov-huquqiy normalari oddiy fuqarolar tushunadigan tilda vujudga keladi.
Bu sohadagi munosabatlarda barcha bir xil ishtirok etadi. Huquqiy normalar orasida saylov huquqlari eng ko’p tashviqot ob’ekti bo’ladi. Uning mazmun-mohiyati har bir fuqaroga еtkazilishi uchun katta ishlar olib boriladi. Uning normalarida hamma bir xil naf ko’rishi choralari belgilangan.
7. Saylov tizimi konstitusiyaviy, huquqiy va sud nazoratida bo’lishi, u qonuniy
boshqarilishi prinsipi, avvalo, saylov tizimini himoyalashni, uning buzilishlari oldini
olishning, ma’lum sabablar bilan unga zarar еtkaziladigan bo’lsa, unga qarshi еtarli
choralar ko’rish mexanizmi mavjudligini bildiradi. Eng muhim yuridik faktlar,
munosabatlar singari saylov tizimi ham Konstitusiya bilan, turli maxsus va boshqa
qonunlar bilan, shuningdek, maxsus normativ hujjatlar bilan belgilanib nazoratqilinadi. Saylov tizimi sud tomonidan alohida himoya qilinadi. Konstitusiyaviy sud saylov qonunlarini, boshqa qonuniy hujjatlarni Konstitusiyaga mosligini nazorat qiladi, zarur deb topsa qonun va boshqa qonuniy hujjatlarni bekor qilishi mumkin. Odil sudlov organlari fuqarolarning, nomzodlarning, siyosiy partiyalarning shikoyatlarini ko’rib chiqib adolatni tiklaydi. Saylov tizimi doirasidagi barcha tadbirlar qonun asosida boshqariladi.
Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling