Refleks yoyi. Refleks turkumlari


Download 38.97 Kb.
bet1/8
Sana18.02.2023
Hajmi38.97 Kb.
#1209342
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 MARUZA


3-MAVZU: REFLEKSLAR VA ULARNING TURKUMLARI.
REJA:

  1. Reflektor nazariyasining asosiy printsiplari.

  2. Monosinaptik va polisinaptik reflekslar.

  3. Refleks yoyi.

  4. Refleks turkumlari.

Tayanch so`z va iboralar: Refleks, reflektor faoliyat, determinizm, impuls, refleksogen zona, afferent impulslar, monosinaptik reflekslar, polisinaptik reflekslar, efferent neyron, ekstro- intero- va proprioretseptiv reflekslar, reyleks yoyi.
Refleks deb retseptorlarni tashqi va ichki muhitdan ta`sirlanishiga organizmning MNS ishtirokida amalga oshirgan javobiga aytiladi. Refleks retseptorlar ta`sirlanganida to`qimalar, a`zolar yoki butun organizm faoliyatida reaktsiyalar sodir bo`lishi, o`zgarishi yoki to`xtashi bilan ifodalanadi. Refleks ma`lum retseptor zonasiga organizmning tashqi yoki ichki muhitlarida ro`y bergan o`zgarishlariga ta`siridan boshlanadi.
I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, A.A.Uxtomskiy va ularning shogirtlari, izdoshlari tomonidan yaratilgan nazariyaga binoan refleks tushunchasiga nerv tizimi faoliyatini barcha ko`rinishlari, xattoki, avvallari ruhiy hodisalar deb atalgan, ruhiy faoliyat ham kiritiladi.
Reflektor faoliyat uchta printsipga - sabab va oqibat (determinizm), tahlil va sintez, hamda tuzilishga (harakatning nerv tizimi tuzilishiga bog`liqligi) asos-langan. Determinizm printsipiga muvofiq reflektor faoliyat organizmning barcha xatti - harakati sabablari asosida sodir bo`ladi. Xatto murakkab ruhiy faoliyat ham tashqi sabablar bo`lganidagina kelib chiqadi. Organizmdagi barcha xatti – harakati sababiyatga asoslanganligi haqidagi tasavvur Dekart va Sechenovning g`oyalarini rivojlantirishdan iborat bo`ladi. Sechenovning "Bosh miya reflekslari" asarida ko`rsatilishicha, "Ongli va ongsiz xayotdagi barcha jarayonlar o`zining kelib chiqishiga ko`ra reflekslardir". Determinizm printsipi o`z - o`zidan tashqi sababsiz paydo bo`ladigan xatti - harakatlar haqidagi tasavvurlarni bartaraf qiladi. Bu printsip asosida shartli reflekslar haqidagi ta`limot yaratildi. Uning yaratilishi va har tamonlama rivojlantirilishi uchun MNS da sodir bo`ladigan analiz va sintez qilinishi muhim rol o`ynaydi. MNS va uning yuqori bo`limi - miya po`stlog`i o`z faoliyati jarayonida muntazam ravishda retseptorlardan keladigan impulslarni to`xtovsiz ravishda ajratadi, saralaydi, ya`ni tahlil oqibatida ajratib olingan impulslarni sintezlab, ularni to`playdi, birlashtiradi va umumlashti-radi.
Bosh miya po`stlog`ining analitik va sintetik faoliyati ana shunday namoyon bo`ladi. Refleks haqidagi ta`limotning tuzulishi printsipiga muvofiq barcha nerv jarayonlari moddiy asosga ega.
Nerv tizimi tuzulishi va uning vazifasi bir butun, ularni ayrim xolda tasavvur qilib bo`lmaydi, chunki ular bir - birlari bilan o`zviy bog`liq, bir - birlarini to`l-diradi va nerv tizimini rivojlanishiga sabab bo`ladi.
Refleksni amalga oshuvini ta`minlaydigan tuzilmalar birlashmasi refleks yoyini tashkil qiladi. Refleks yoyi afferent va efferent neyronlar, retseptorlar, nerv markazlari va effektorlarni o`z ichiga oladi. U besh zvenodan tashkil topgan: periferik retseptor - afferent yo`l - bir yoki bir qancha markaziy neyron - efferent neyron - efferent yo`l - effektor (ishchi a`zo). Refleks yoyining markaziy neyroni ko`p bo`ladi (monosinaptik refleks yoyi bundan mustasno). Efferent yo`l yoki harakat aksonidan yoki VATdagi postganglionar toladan iborat. Effektorlarga tana, silliq tolali mushaklar va ichki a`zolarni ko`rsatish mumkin.
Afferent impulslar retseptorlarda paydo bo`ladi. Ma`lum refleksni hosil qiladigan retseptorlar majmuasi (papulyatsiya) refleksning retseptor maydoni yoki refleksogen zonasi deb ataladi. Bir xil retseptorni ta`sir-lashdan hosil bo`layotgan impulslar afferent neyron orqali MNS ning qaysi strukturasiga borayotganiga qarab, har xil refleks hosil qilish mumkin. Bir retseptor may-donida boshqa retseptorlar ham bo`lishi mumkin. SHu sababli tegishli sezish – taktil retseptorini yoki mushakning retseptorini ta`sirlasak, qo`l-oyoqni bukish refleksi paydo bo`ladi. Afferent impulslarning bir qismi MNS dan ko`tariluvchi yo`llar orqali MNS ni yuqori bo`limlariga o`tkaziladi va natijada uni inson anglaydi. Ko`pincha reflekslar ongning ishtirokisiz, po`stlog`osti zonalar orqali ham sodir bo`ladi. SHu sababli ba`zi reflekslar bosh miya shikastlanganda, yoki ajratib olingandan so`ng ham orqa miyaning ishtiroki bilan hosil bo`laveradi.
Ta`sirlash boshlanganidan toki effektorning javobigacha o`tgan davr refleks vaqti yoki latent davri deb ata-ladi. Bu vaqt retseptorlarda nerv impulsini hosil bo`lishi va ularni afferent va efferent nervlar orqali tarqalishi, MNS da sinapslardan o`tkazilishi (sinaptik kechikish) va effektorga uzatilishi, hamda javobni ro`yobga chiqish vaqti yig`indilaridan tashkil topgan.

Download 38.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling