Reja: • Farzandlarni ma’naviy kamol topishida oila mahalla va


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana23.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1047309
  1   2
Bog'liq
Yo\'ldosheva S Oila mahalla va maktab(1) (1)



Mavzu: Oila maktab mahalla hamkorligi
Reja:

Farzandlarni ma’naviy kamol topishida oila mahalla va
maktab hamkorligi

Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.

Shaxsni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim
muassasasi hamkorligini amalga oshirish tamoyillari
va bosqichlari.


Dunyoda necha millat, necha xalq bo`lsa, hammasining o`ziga xos turmush tarzi, o`tmish hayoti va
kelajagi bilan chambarchas bog`liq an’analari mavjuddir. O`zbek xalqining ham o`z urf-odatlari, turmush
tarzi, oilaviy marosimlari, ta’lim-tarbiya, madaniyat an’analari tarixi moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib
taqaladi. Barg ildizdan quvvat oladi deganlaridek, hozirgi va kelajak avlod kishilarining, ularni chuqur
bilimlari ma’naviyatining mag`zi to`qligi omilidir. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e’tirof etilgan
haqiqatdir. Kaykovusning “Qobusnoma”sidan tortib, Al-Xorazmiy, Abunasr al Farobiy, Abu Rayhon
Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u-bilig,
Ahmad Yugnakiyning “Xibatul-Haqoyiq” kabi jahonga mashhur asarlarida, navoiyning o`lmas
she`riyatida, Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim”, Qori Niyoziyning “Hayot maktabi”, Abdulla
Avloniyning “ TurkiyGuliston yoki axloq” asarlarida sharq xalqlari, xususan o`zbek xalqiga xos bo`lgan
ibratli tomonlari ochib berilganki, ular qalam orqali, xalqimizga xos xalqimizga xos bo`lgan ota-onaning
hurmati, insoniylik, oqibat, mehr-shafqat, mehmondo`stlik, ma’rifatga chanqoqlik, onani ulug`lay olish,
farzandga mehrli va fidoiy bo`lishlik kabi fazilatlar dunyoga tanilgan bo`lsa, ajab emas.




Qadim zamonlardan, hatto o`zbek xalqining yozuvi bo`lmagan paytlardanoq yosh avlodni tarbiyalash
asosan oilada amalga oshirilgan. Bunda tabiiy va ijtimoiy omillar hal qiluvchi o`rin tutganligi shubhasiz.
Xalq pedagogikasi hamisha yaxshi samara bergan. Shuning uchun ham xalqning tarbiyaga oid bilimlarini
chuqur o`rganish, tarbiya natijalariga asoslanib, ularning asliy manbalariga, tarbiya sirlariga nazar tashlash
bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Har bir xalq o`zining milliy an’analariga asoslangan
tarixiy madaniyati va turmush tarziga egadir. An’analar xalqimizning asrlar osha to`plagan milliy boyligi
bilan, shuningdek uning yangi sharoitda yangi mazmun bilan boyitilgan, yangidan-yangi an’analarning
vujudga kelishi bilan qimmatli va hayotbaxshdir. Masalaga shunday yondoshilgandagina an’analar
insonlarning turmushi va madaniyati asosi sifatida hozirgi zamon kishilari axloqiga ta’sir etishi mumkin.
An’analarning vujudga kelishi va shakllanishi murakkab ijtimoiy jarayondir. Unda xalqning dono fikrlari,
axloq mezonlari o`z ifodasini topgan. Shuning uchun ham yosh avlod-ajdodlarimiz tomonidan tarixiy
sharoitda vujudga kelgan ilg`or an’analarni o`zlashtirish, unga rioya etish, boyitish nihoyatda zarurdir.
Nihoyatda mazmuniga ko`ra ilg`or umuminsoniy, shakliga ko`ra milliy an’analar qaror topmoqda. Eski va
yangi an’analar qarama-qarshiliklar jarayonida yaratildi va sayqal topdi.



Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar
bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar bilan
ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari
o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari
bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga
o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar
o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini
beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish.



Yosh avlodni yaxshi xulqli, davlat ramzlariga sadoqatli qilib tarbiyalashda ularning yosh jihatlariga, xarakteriga alohida ahamiyat
berish lozim, chunki bularsiz tarbiyada ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligida
quyidagi tamoyillarga va bosqichlarga amal qilinganda samaradorlik yanada yuqori bo’ladi:
ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni
berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’li xotin - qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, "Yosh onalar va otalar o’quv
muassasasilari" faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling