Reja: 1-Antik davr tilshunosligi


Download 11.71 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi11.71 Kb.
#1769707
Bog'liq
Mavzu 3 Antik



Mavzu: 3§ Antik davr tilshunosligi, O'rta asrlarda Arab va O'rta Osiyo tilshunosligi, Orta asrlarda Xitoy tilshunosligi.
Reja:
1-Antik davr tilshunosligi,
2-O'rta asrlarda Arab va O'rta Osiyo tilshunosligi,
3-Orta asrlarda Xitoy tilshunosligi.

Guruh a'zolari tilshunoslik fanining paydo bo'lish tarixiga qiziqqanligi sababli o'zaro kelishib ushbu mavzu tanlandi.

Ushbu mavzuni yoritish uchun foydalanilgan manbaalar
Tilshunoslik fanidan darslik
Shu mavzuga oid ko'rgazma va slayd
Internet tarmoqlari: Wikipedia.com, Hozir.org, ziyo.net, saytlari

Guruh a'zolari mavzuning o'zi uchun qiziq bo'lgan qismini tanlab oldilar.


Bunda:
Kenjaeva Gulasal: 1-reja ya'ni Antik davr tilshunosligi Yunon tilshunosligi haqida ma'lumotlarni yoritib beradi.
Safoxanova Nuronaxon: 2-reja ya'ni O'rta asrlarda Arab va O'rta Osiyo tilshunosligi haqida ma'lumotlarni yoritib beradi.
Rahimov Jaxongir: 3-reja ya'ni O'rta asrlarda Xitoy tilshunosligi haqida ma'lumotlarni yoritib beradi.

Antik davr tilshunosligi haqida Kenjaeva Gulasal:


Yunon tilshunosligi taraqqiyotining asosiy davrlari 2 ga bo'linadi bular:
*Falsafiy davr (mil. avv. V-III asr)
*Gramatik davr (Aleksandriya davri) (mil. avv. III asr va eramizning IV asrigacha)
Falsafiy davrdagi oqimlar
-Stoisizm – tilni kishilarning ruhida tabiat talabiga ko’ra paydo bo’ladi va so’z predmetning tabiiy xususiyatini ifoda qiladi
-Epikyurchilar – predmet bilan uning nomi orasidagi aloqa tasodifiy, bu aloqani dastlab o’zaro kelishuvchilik asosida ijod qilgan kishilar yaratgan
-Analogistlar – tilning grammatik qurilishi va lug’at tarkibi bilan bog’liq orasida moslik, muvofiqlik – o’xshashlik mavjud
-Anomalistlar - tilning tarkibi va grammatik qurilishi bilan borliq orasida to’la moslik, o’xshashlik yo’q.
Yuliy Sezar (eramizdan ilgarigi 100-44y.). Qadimgi Rimning taniqli davlat arbobi, lashkarboshisi va notig’I Yuliy Sezar “Analogiya haqida” nomli grammatik asarini yozdi. U so’z va predmet munosabati masalasida analogiya tarafdori sifatida tanildi. Yuliy Sezar lotin tiliga yunon tilida mavjud bo’lmagan аblativ (ajratish) kelishigini kiritdi va kelishiklar sonini oltitaga yetkazdi.
Safoxanova Nuronaxon Arab tilshunosligi haqida:
Arab xalifaligida tilshunoslikning paydo boʻlishi va rivojlanishi Hindistondagi kabi amaliy ehtiyojlar bilan bogʻlanadi. Ya’ni, bu davrda eski yodgorliklar va Qur’on tili bilan jonli arab tili (shevalari) orasida katta farqlanish yuzaga keladi.
Musulmon dunyosining muqaddas diniy kitobi bo‘lgan «Qur’on»ni tushunarli qilish, undagi so‘zlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish.
2. Klassik arab tilini shevalar ta’siridan saqlash.
Basra grammatika maktabining vakili Xalil al - Farohidiy (taxminan 718-791) birinchi arab tili lug‘atini yaratdi. «Kitobul ayn» («Ayn harfi kitobi»). Unda grammatikaga oid muhim fikrlarni bayon etdi.
Amir bin Usmon Sibavayxiy (733 yilda vafot etgan) «Al – kitob» deb nomlangan ilk arab grammatikasini yaratdi. Muallif ushbu asarda o‘zigacha bo‘lgan barcha tadqiqotchilarning ta’limotlarini, fikrlarini, qarashlarini umumlashtiradi. U arab tili grammatikasining tugal va mukammal ko‘rinishini taqdim etadi.
Arab tilshunoslari leksikografiya sohasida juda katta yutuqlarga erishganlar. Lug‘atlar mazmuniga ko‘ra olti guruhga bo‘linadi:
1. To‘liq izohli lug‘atlar.
2.Predmet lug‘atlari
(masalan, hayvonlar bilan bog‘liq
lug‘atlar va b).
3. Sinonimlar lug‘ati.
4. Noyob so‘zlar lug`ati
5. O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati.
6. Tarjima lug‘atlari.
O'rta asrlarda Xitoy tilshunosligi haqida Rahimov Jaxongir:
Eramizdan avvalgi VI asrlarda Xitoyda mashhur faylasuf Konfutsiy tomonidan yozilgan solnomalarda qadimgi xitoy yozma yodgorliklari haqida ma’lumotlar berilgan. Konfutsiy miloddan avvalgi 551- yida tugilib, mil.avv. 479-yilda vafot etgan.Uning 3mingga yaqin shogirdlari va 72izdoshlari mavjud bolgan.Uning 5ta risolasi mavjud bo`lib, ulardan biri Bahor va Yoz” deb ataladi. Ushbu asarda eramizdan oldingi 722-481 yillar orasidagi davrlar aks ettirilgan. Konfutsiyning asarlari Xitoy tilshunosligining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
Xan sulolasi davrining eng buyuk tilshunosi SYUY SHEN bolib, uning eng mashhur asari “Elementlar va murakkab belgilar haqida” asaridir. Unda yozuv nazariyasining asoslarini yaratilgan bo‘lib, bu manba Xitoy tilshunosligida shu kunlarda ham oz ahamiyatini yo`qotmagan.
Xitoy ieroglifi muayyan soz sifatida, sozni anglatuvchi, ifodalovchi sifatida xizmat qilgan, ya`ni Xitoy ieroglifi logogramma hisoblangan. Xitoy ieroglifi tarixi piktogrammalarga borib taqaladi.

4.O'rganilgan saboqlar:


Biz o'ylaymizki kelajakda albatta bu mavzuni farzandlarimizga va o'quvchilarimizga tilshunoslik tarixi xaqida o'ylanmay qiyinchiliklarsiz tushuntirib bera olamiz. Bu albatta bizning yana bir yutuqlarimizdan biri.
Biz guruhimiz a'zolari bajargan ishimizdan albatta qoniqdik va buni uddaladik deb o'ylaymiz!
Guruhimiz bilan bajargan Vidio taqdimot uchun qanday baho bergan bo'lar edik? Biz tayyorlagan vidio taqdimotimiz uchun 1 dan 10 gacha bo'lgan mezonda 9 bergan bo'lar edik!



Download 11.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling