Reja: 1 Avtonom (xususiy) elektr ta’minoti tizimi


Download 66.27 Kb.
Sana11.06.2022
Hajmi66.27 Kb.
#750379
Bog'liq
1-маруза
Algebra darslarida umumlashgan Viyet teoremas

1-maruza
Kirish. Yo’lovchi vagonlarni elektr bilan ta’minlashni avtonom tizimi
Reja:


1.1 Avtonom (xususiy) elektr ta’minoti tizimi
1.2. Markazlashgan elektr ta’minoti tizimi

Yo’lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va yo'lda komfort sharoitlarini yaratish vagonlarni zamonaviy elektr ta’minoti tizimi va puxta ishlovchi elektr jihozlari bilan jihozlashni takozo etadi. Tez buziluvchi oziq-ovqat va boshqa mahsulotlami tashish ham sovutgich tizimlarni butun yo‘l davomida puxta ishlashini talab etadi. Vagonlarni ta’mirlovchi korxonalarga uzatiladigan elektr energiyasi ham uzluksiz va puxta ishlashi zarur.


Vagon qurilish sanoatining rivoji va an’analari tavsiflari shuni ko’rsatadiki, hozirgi zamon vagonlarida elektr energiya iste’molchilarining ko‘payishi va ularga beriladigan quvvat miqdori ortishi kerak ekan. Shuningdek, elektr tarmog‘ini soddalashtirish va yengillatish maqsadida energiya ta’minotini o‘zgarmas tok tizimidan o'zgaruvchan tok tizimiga o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar ekan.
Umuman olganda, yo'lovchilar tashuvchi vagonlar elektr ta’minoti bir necha tizimlarda amalga oshirilishi mumkin, quyida ularni ko'rib o‘tamiz.


1.1 Avtonom (xususiy) elektr ta’minoti tizimi

Avtonom elektr ta’minoti tizimi asosiy – elektr ta’minlagich sifatida vagon g‘ildiraklari juftligi o‘qidan harakatlanuvchi o'zgarmas va o‘zgaruvchan tok generatorlaridan foydalanadi. Vagon to‘xtab turganda, yuritma sifatida o‘zgaruvchan tok motoridan foydalaniladi (ularni motor-generatorlar deb yuritiladi).


0‘zgarmas tok asosida yaratilgan elektr ta’minoti tizimlari, asosan, 24, 32, 50, 64, 72, 110 V kuchlanishlarga ega. Hamdo‘stlik mamlakatlarida qo‘llanilayotgan vagonlar konditsionersiz ishlatil- ganda, eneigiya ta’minoti kuchlanishi 50 V ga, konditsioner qo‘llanilganda esa 110 V kuchlanishga ega. Ma’lumki, kuchlanish qiymati ortishi bilan elektr jihozlari vaznlari kamayadi.
a-rasmda keltirilgan elektr ta’minoti tizimi juft g‘ildiraklar o‘qidan harakatlanuvchi o£zgarmas tok generatoriga ega. Ularning ishchi kuchlanishlari 50-65 V ga teng. Tizim kuchlanish regulatori (ko‘mir yoki yarim o'tkazgichga) ga ega bo‘Iib, konditsionersiz ishlaydigan vagonlarda qo'llaniladi. Ular Germaniya va Rossiya zavodlarida ishlab chiqarilgan.




1.l-rasm. Yo’lovchi tashuvchi vagonlarni avtonom elektr ta’minlagichining soddalashtirilgan sxemalari: PR - uzatma; SM - markazdan qochuvchi mufta; PP - qutbli ulab-uzgich; ODP — qo‘zg‘otish o'lchamining qo‘shimcha qutbi;


QOV - qo‘zg‘otish cho‘lg‘ami; RNS - yoritish tarmog‘ining kuchlanish regulatori; RNG - generatorning kuchlanish regulatori; OTG - generator tok cheklagichl; ROT - teskari tok relesi; G - generator; M - elektrmotori;


EN - elektr isitgich.

Tizim vagon juftligi o‘qidan harakatlanuvchi va to‘xtab turganda esa o‘zgaruvchan tok motoridan harakatlanuvchi o'zgarmas tok generatori (U110 V) ga ega.
1958-yildan boshlab yo'lovchi tashuvchi vagonlar o‘zgaruvchan tok generatoriga ega avtonom elektr tizimi bilan jihozlanadigan bo‘ldi. Bunda tizim bo'laklari sxemalarini soddalashtirish maqsadida induktor turidagi o‘zgaruvchan tok generatoriga ega avtonom elektr ta’minoti tizimi sxemasi keltirilgan. EV-1, EV-7, EV-10, EV-13 turidagi tizimlar, asosan Rossiyada va 47K SK ko‘rinishida Germaniyada yaratilgan (1.2-rasm).
Keltirilgan sxemalardagi generatorlar ikki qiymatdagi kuchlanish 50 (110) V ga ega bo‘lib, generator asosiy choig‘ami Yal ni va qo£shimcha chulg‘amni (16-24 V kuchlanish bilan) ta’minlashga va ular yig‘indisi bo‘yicha esa akkumulator batareyasini zaryadlashga xizmat qiladi.




1.2-rasm. O'zgaruvchan tok generatoriga ega avtonom elektr ta’minoti sxemalari: a - konditsionersiz vagon; b - konditsionerli vagon B1 - uch fazali to‘g‘rilagich; V2 - qo‘shimcha to'g'rilagich; OV1 - parallel, cho‘lg‘amli qo‘zg‘otgich; OV2 - ketma-ket cho‘lg‘amli qo‘zgotgich; PU - ulab-uzgich qurilma; SM - ulanuvchi mufta; RNG - generatoming kuchlanish regulatori; RNS - yoritgich tizimi kuclilanish regulatori; Yal i Ya2 - generatoming asosiy va qo‘shimcha cho£lg‘amlari ; EN - elektr isitgich; Ml - elektr motori.



Hozirgi zamon generatorlarida kuchlanishni rostlash maqsadida generatorli kuchlanish regulatorlardan foydalaniladi. Bu regulatorlar yuqori aniqlik bilan ishlash xususiyatiga ega.


Avtonom elektr ta’minoti tizimlarida zaxiraviy elektr energiya ta’minlagichi sifatida kislotali va ishqorli akkumulator batareyalari qo‘llaniladi.

Avtonom elektr ta’minoti tizimi afzalliklari:


a) tashqi manbalariga bog‘iiq emasligi;
b) vagonlar manevrliligining yuqoriligi, ya’ni tizimni har bir yo‘nalishda va turli tortuv lokomotivlarida qo‘llash mumkinligi.
Kamchiliklar sifatida quyidagilami aytib o‘tamiz:
a) elektr jihozlari vaznlarining kattaligi;
b) lokomotiv tortuv kuchining keragidan ortiqroq qiymat talab etishi (10% gacha). Bunga vagon osti generatorlari yuritmalari sababchi bo‘ladi;
v) elektr energiya qiymatining yuqoriligi.




Nazorat savollari


1. Vagonlarning elektr jihozlash .
2. Chiniqtirish diski.
3. Tayanch uchliklari.
Download 66.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling