10- Ma‘ruza. Psixogramma haqida umumiy tushuncha
Reja:
10. 1. Professiografiya va professiоgramma tushunchasi, ularning tavsifi
10. 2. Psixogramma - Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi sifatida.
10. 3. Shaxsning kasbiy rivojlanishning bosqichlari.
10. 4. O’qituvchi professiogrammasi va psixogrammasi
10.5. Pedagogik munosabat usullari, pedagogning nutqsiz munosabati.
Adabiyоtlar. 7, 10, 16, 19, 21, 25, 32
Tayanch iboralar: pedagogik faoliyat, pedagogik ixlos,
pedagogik
mahorat, o’qish, o’rganish, izlanish; pedagogik qobiliyat,
tashkilotchilik,
kuzatuvchanlik, pedagog munosabati.
10. 1. Professiografiya va professiоgramma tushunchasi, ularning tavsifi
Professiografiya deganda kasblar va ularning bir — biridan farqlanuvchi
ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo`yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi
tushuniladi.
Professiografiyada ma’lum mehnat jarayonini tashkil etuvchi ob’ektlar
belgilari o’rnatiladi, mehnat sub’ekti, mehnat predmeti vazifalari, vositalari va
sharoitlari. Professiografiyaning asosiy printsiplaridan
biri kasbiy faoliyatni
o’rganishda differentsial yondashuv printsipi xisoblanadi. Bu printsipning
mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini yechishga bo’y sunishi.
Masalan kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim
belgilarni ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko’ra
farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun
mehnat vazifalari kasbiy
bilm malaka, ko’nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni
o’rganish uchun shunday belgilar aniqlanadiki, ular
kasbiy toliqishni keltirib
chiqaradigan omillarni aniqlashadi.
Shunday qilib profesiografiyaning differentsial printsipi kasbning
o’rganish usullarini uning tavsif mazmuni shuningdek qo’llash soxasi ya’ni
professiografiya o’tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi,
u mehnat sharoitlari
tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek
sog’liqqa qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi.
Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi – psixogramma bo’lib, u
mutaxassisning motivatsion, iroda va emotsional sohasining tavsifi xisoblanadi.