Reja: 11 Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida oila tomonidan bajariladigan vazifalar


Download 84.5 Kb.
Sana25.06.2020
Hajmi84.5 Kb.
#121709
Bog'liq
11-maruza matni-3


11-Mavzu: TA’LIM MUASSASASI, O’QITUVCHILAR, SINF(GURUH) RAHBARINING O’QUVCHILARNING OTA-ONALARI BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI SHAKL VA METODLARI.

REJA:

11.1. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida oila tomonidan bajariladigan vazifalar.

11.2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar.

11.3. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida ta’lim muassasasi tomonidan bajariladigan vazifalar.

11.4. Sinf (guruh) ota-onalar majlisi. Pedagogik maslahat.

Tayanch tushunchalar: oila, mahalla, ta’lim muassasasi, hamkorlik shakllari, maktab ota-onalar majlisi, sinf ota-onalar majlisi.
11.1. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida oila tomonidan bajariladigan vazifalar:

  • oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’r bo’lishni ta’minlash;

  • oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;

  • farzandlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;

  • bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;

  • bolalarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;

  • bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;

  • bolalarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;

  • farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

  • o’z farzandlarining maktab, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;

  • ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;

  • bolalarda tejamkorlik va ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish;

  • oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishdagi mas’ulligini ta’minlash;

  • bolalarda sanitariya-gigienik, ekologik ko’nikmalarni shakllantirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi immunitetni hosil qilish;

  • sog’ligida va aqliy nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasbu-kor o’rgatish.

11.2. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida mahalla tomonidan bajariladigan vazifalar:



  • mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo’lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashish va oqilona yechimlarini topishda faollik ko’rsatilish;

  • mahalla o’z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo’llab-quvvatlash va farzandlarining bilim hamda tarbiya olishlariga bosh-qosh bo’lish;

  • ma’nan nosog’lom oilalarni mahalla yig’inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko’rish;

  • mahalla hududidagi o’quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko’rsatilishini qo’llab-quvvatlash;

  • ota-onalar orqali bolalarda tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g’urur, vatanparvarlik, milliy odob, baynalmilallik kabi xislatlarini tarbiyalash;

  • yoshlarning diniy mazhablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to’g’ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko’rsatish, ajdodlarning tarbiyaviy o’gitlarini singdirib borish;

  • mahalla yig’inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g’oyalarini, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda respublikada erishilayotgan yutuqlar targ’ibotini tashkil etuvchi tadbirlarni uyushtirish;

  • Respublika “Ma’naviyat targ’ibot” markazi, “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla”, “Ekosan”, “Nuroniy”, “Kamolot” jamg’armalari, xotin-qizlar qo’mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlodni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash ishiga, muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish;

  • mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o’quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga yo’naltirish;

  • mahalla hududida o’quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko’rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish;

  • turli yo’nalishda iqtidorli o’quvchilarni maktablar tavsiyasiga ko’ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

  • ilg’or pedagogik xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko’rsatish;

  • farzandlariga ta’lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida “Oila saboqlari” mashg’ulotlarini tashkil qilish;

  • mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san’atkorlar, ziyolilar va barcha ijodkorlarning imkoniyatlaridan foydalanib, bilim, kasb sirlarini o’rgatishga asoslangan turli to’garak va “Ustoz-shogird” rusumida faoliyatini yo’lga qo’yish;

  • mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish;

  • yoshlarda O’zbekistonga, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhini shakllantirish.

11.3. Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi negizida ta’lim muassasasi tomonidan bajariladigan vazifalar:



  • maktabda bolaga biron-bir kasb-korni egallashi uchun mustahkam poydevor yaratish;

  • o’quvchi-yoshlarning sport turlari bilan shug’ullanishlariga yordam berish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishni tashkil qilish;

  • bolalarga ta’lim berishni ilg’or pedagogik texnologiyalar, zamonaviy o’quv-uslubiy dasturlar asosida tashkil etish, o’quv-tarbiya jarayonlarini jahon andozalariga mos ravishda ta’minlash;

  • o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlari tahlilidan, iqtisodiy va ijtimoiy muhitdan kelib chiqib, ularni turli soha bo’yicha kasb asoslariga yo’naltirish va ta’limda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish;

  • yosh oilalar bilan ishlash, tibbiy tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy tushunchalar berish uchun maxsus tadbirlarni amalga oshirish;

  • o’z hududidagi mahalla jamoalarining faoliyatini tarbiyaviy maqsad yo’lida muvofiqlashtirish;

  • tarbiyasi “og’ir”, qarovsiz qolgan bolalarning ota-onalari bilan ishlash, oilalarga pedagogik yordam berish;

  • bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilgan oilalarni tegishli idoralar hamkorligida o’rganib, tajribalarini ommalashtirish;

  • o’qish va ishlashni xohlamaydigan, bezorilik yo’liga kirib ketgan o’smirlarni hisobga olib, ularga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko’rib, ota-onalar yig’inlarida muhokama qilish;

  • tarbiya sub’ektlari bo’lmish huquqiy, tibbiy, ijodiy uyushmalar, yoshlar, tabiatni muhofaza qilish va “Ekosan”, “Qizil yarim oy”, barcha jamg’arma va jamoatchilik markazlari, ommaviy axborot vositalari, inson huquqlari bo’yicha milliy markazlar, kasaba uyushmalari, nodavlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, mahalliy boshqaruv idoralarining bola tarbiyasiga bo’lgan mas’uliyat va javobgarligini muvofiqlashtirish;

  • turar joyda va mahallada olib borilayotgan barcha tarbiyaviy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy-ommaviy va sport tadbirlari markazi – maktab bo’lishiga erishish;

  • o’quvchi-yoshlar, ota-onalar, jamoatchilik bilan huquqiy tarbiyani amalga oshirish, tarbiya jarayonining barcha ishtirokchilari orasida milliy mafkurani targ’ib qilish, aqidaparastlik va milliy taraqqiyotimizga zararli g’oyalarning kirib kelishiga qarshi murosasiz kurashishni tashkil etish;

  • ta’lim muassasalari nizomlari asosida o’quvchilarning maktabda joriy qilingan tartibga amal qilishlarini va nizomda belgilangan o’quvchilar libosida ta’lim va tarbiya jarayoniga qatnashishlarini ta’minlash;

  • mahallada, xotin-qizlar orasida zamonaviy bilimlarni targ’ib qilish, o’smir yoshlarning dunyoviy bilimlarga bo’lgan intilishlarini rag’batlantirish;

maktab negizida pedagogik, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy bilimlar beruvchi “Ota-onalar universitetlari” faoliyatini tashkil qilish.
11.4. Sinf (guruh) ota-onalar majlisi. Pedagogik maslahat.

Odobli, bilimdon va mehnatsevar, farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Bolani jamiyatda qabul qilingan qonunlarga, tartib-qoidalarga va axloqiy normalarga rioya qilishga o’rgatish avvalo oiladan boshlanadi. Farzandning axloq-odobi, xulq atvori dastavval oilada shakllanadi, undagi insoniylikning ilk xislatlari ota-ona bergan tarbiya orqali vujudga keladi. Oilada ota-ona, mahallada qo’ni-qo’shni va maktabda pedagog-tarbiyachilarning doimiy nazorati ostida bo’lgan bolada axloqiy rivojlanish jarayoni ravon kechadi. Bolaning oilada olgan tarbiyasini rivojlantirishda ayniqsa maktab ta’limi alohida o’rin tutadi. Maktab bolaning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish va unga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berishda ota-onalar bilan faol hamkorlik qilishi zarur. Maktab va ota-onalarning tarbiyaviy maqsadlardagi hamkorligini mustahkamlash, farzand tarbiyasi bo’yicha ota-onalarga pedagogik-uslubiy yordam ko’rsatish borasida «Ota-onalar majlisi»ning o’rni muhim hisoblanadi.

Ta’lim muassasalarida mazkur tadbirni samarali tashkil etish maqsadida uni quyidagi tartibda tashkil etish tavsiya etiladi.


  1. Ta’lim muassasalarida «Ota-onalar majlisi» alohida sinflar va umummaktab miqyosida tashkil etiladi.

A) Sinf ota-onalar majlisi – o’quv yili davomida besh marta (o’quv yili boshlanishi oldidan, I, II, III va IV choraklar yakunida) o’tkaziladi. O’quv yili boshlanishidan oldin o’tkaziladigan majlisda ota-onalar maktabning ichki-tartib qoidalari bilan tanishtirilib, o’quvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta’lim-tarbiya berish jarayonida maktab jamoasi bilan amaliy hamkorligi borasidagi majburiyatlari (shartnoma asosida) belgilab beriladi. O’quv yili choraklari yakuni bo’yicha o’tkaziladigan majlislarda o’quvchilarning o’zlashtirishi, ular tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etish holatlari, tarbiya jarayonida yuzaga kelgan ziddiyatlar muhokama qilinib, ularni hal etish choralari ko’riladi.

B) Umumiy ota-onalar majlisi – o’quv yili boshi va oxirida o’tkazilib, unda ota-onalar maktab hayoti, o’quv yili davomida olib boriladigan hamda amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari bilan tanishtiriladi. o’quv yili boshida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarga zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlarni (hamkorlikda)yaratishga qaratilishi lozim. o’quv yili oxirida o’tkaziladigan maktab ota-onalar majlisi esa hisobot shaklida tashkil etilib, unda rahbariyat tomonidan ota-onalarga o’quv yili davomida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlar va ularning natijalari to’g’risida axborot beriladi va maktab «Vasiylik kengashi»ning hisoboti eshitiladi.



  1. Sinf ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

1) sinf rahbari tomonidan maktab ma’muriyati bilan kelishgan holda sinf ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanadi (bunda ota-onalar majlisining umumiy mavzusi o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasi borasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilishi lozim);

2) sinfdagi barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish o’tkaziladigan kun, vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi.



3) ota-onalar majlisiga kelgan soha mutaxassislari va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi (yig’ilish boshlanishidan oldin o’quvchilar tomonidan tayyorlangan qisqa muddatli badiiy dastur tashkil etilishi, ota-onalarga ta’lim sohasidagi islohotlar bo’yicha (slayd yordamida) ma’lumotlar berilishi mumkin). yig’ilish kun tartibidan o’rin olgan mavzular hayotiy misollar, tarbiyaviy ahamiyatga ega rivoyat va hadislar orqali qiziqarli tarzda ochib beriladi hamda ota-onalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob beriladi. sinf rahbari tomonidan har bir o’quvchining o’zlashtirishi va xulqi bo’yicha ota-onalarga umumiy ma’lumot berilib, yuzaga kelgan munozarali vaziyatlar tahlili asosida oilada tarbiyaviy ishlarni tashkil etish yuzasidan pedagogik, uslubiy yordam ko’rsatiladi. shuningdek, har oy yakunlari bo’yicha e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, sinf yoki maktab miqyosida g’olib bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga tashakkurnoma topshiriladi. Qolgan ota-onalarga kelgusida farzandlari ham ushbu mavqeni egallashlariga amaliy yordam ko’rsatishlari bo’yicha tavsiyalar beriladi. yig’ilish kun tartibiga rejadan tashqari kiritilgan turli masalalar o’rnatilgan tartibda muhokama qilinadi (bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinishaga yo’l qo’yilmaydi). yig’ilishning samaradorligini baholash va kelgusi yig’ilishlarda qamrab olinishi lozim bo’lgan dolzarb mavzularni aniqlash maqsadida ota-onalarning fikrlari yozma ravishda olinadi. yig’ilish yakunlanganligi e’lon qilinib, farzandining ta’lim-tarbiyasi yuzasidan alohida axborot olishni xohlagan ota-onalarga yig’ilishdan so’ng suhbatlashish uchun qolishlari mumkinligi eslatiladi.

  1. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan ilk suhbat chog’ida ota-onalarning farzandlarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash borasidagi faollik darajasini aniqlashga yordam beruvchi anketa so’rovlarini o’tkazish mumkin. So’rovnomalar farzandining ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va o’quvchilik madaniyatini shakllantirishga nisbatan ota-onalarning shaxsiy munosabatlarini aniqlashga qaratilishi lozim. Shu o’rinda «Siz qanday ota-onasiz?» deb nomlangan namunaviy test savollari ilova qilinadi.

  2. Umumiy ota-onalar majlisi quyidagi tartibda tashkil etiladi: maktab rahbariyati tomonidan «Ota-onalar qo’mitasi» va «Vasiylik kengashi» bilan kelishgan holda umummaktab ota-onalar majlisining kun tartibi va o’tkazish kuni belgilanib, barcha o’quvchilarning ota-onalariga yig’ilish vaqti va uning kun tartibi to’g’risida oldindan yozma xabar (taklifnoma) yuboriladi. Maktabda bir oiladan ikki yoki undan ortiq bola ta’lim olayotgan bo’lsa, ular uchun bir nafar ota yoki ona ishtirok etishi etarli hisoblanadi. umumiy ota-onalar majlisi ta’lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqib, barcha ota-onalar uchun bir vaqtda yoki 1-4-sinf va 5-9-sinf o’quvchilarining ota-onalari uchun alohida vaqtlarda tashkil etilishi mumkin. umumiy ota-onalar majlisiga maktab hududidagi mahalla raislari, ularning diniy-ma’rifat va axloqiy tarbiya ishlari bo’yicha maslahatchilari, voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha profilaktika inspektorlari taklif etiladi. majlisga taklif etilgan mutaxassislar va ishtirokchilar yo’qlama qilinib, yig’ilish boshlanadi. Unda ota-onalarga yurtimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, uzluksiz ta’lim sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, bitiruvchilar uchun yaratilgan shart sharoitlar to’g’risida ko’rgazmali ma’lumotlar beriladi. kun tartibidan o’rin olgan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzular bilan birga el-yurt hurmatiga sazavor bo’lgan, farzandlarini munosib tarbiyalab kamolga etkazgan kishilarning bu boradagi tajribalari haqida yig’ilganlarga tavsiyalar berishi maqsadga muvofiq. yil yakuni bo’yicha o’tkazilayotgan umumiy ota-onalar majlisida namunali xulqi va a’lo o’qishlari bilan tengdoshlariga o’rnak bo’lgan o’quvchilarning ota-onalariga maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari va nominatsiyalar («Eng namunali ota-ona», «Eng faol ota-ona», «Eng fidoiy ota-ona» va hakozo) bo’yicha faxriy yorliqlari topshiriladi. shuningdek, o’quv yili davomida e’lon qilingan «Eng faol o’quvchi» hamda «Eng faol sinf»lar to’g’risida ota-onalarga ma’lumot berilib, maktab miqyosida g’olib bo’lgan barcha o’quvchilarning ota-onalariga hamda sinflarning ota-onalar qo’mitasi raislariga tashakkurnoma topshiriladi.

  3. Ota-onalar bilan o’tkaziladigan har bir yig’ilishda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga oid quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratilishi lozim: A) Har bir o’quvchiga shaxs sifatida yondoshish, ulardagi qobiliyatlarni erta aniqlash, erkin fikrlashlarini shakllantirish va kasbga yo’naltirib borish. B) O’quvchi tarbiyasiga individual yondoshish, tarbiyaviy bo’shliqlarini aniqlash, uning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi monitoringini olib borish, bu jarayonga (kundalik va tashxis daftariga qayd etish orqali) ota-onalar e’tiborini qaratilishini tashkil etish. V) O’z navbatida ota-onalar tomonidan farzandi bilan yakka tartibda shug’ullanish (bolaning kun davomidagi xatti-haraktlarini muhokama qilish, kundalik daftaridagi bilimi va hulqiga qo’yilgan baholar bo’yicha munosabat bildirish, uy vazifalarini bajarganligini nazorat qilish)ga etarli miqdorda vaqt ajratish.

  4. Ota-onalar majlisi maktab va sinf hayotidagi favqulodda holatlar va zaruriyatlarga qarab navbatdan tashqari tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, yuqori sinf qizlarining onalari (yoki ularni o’rnining bosuvchi shaxslar), o’g’il bolalarning otalari (yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) uchun alohida majlis qilish ham tarbiyaviy ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  5. Sinf ota-onalar yig’ilishlarida foydalanish uchun bir qancha metodika ishlab chiqilgan bo’lib, quyidagi shulardan bitta namunasi keltirilgan. Siz o’z faoliyatingizda ushbu metodikadan foydalanishingiz mumkin.

Siz qanday ota-onasiz?”.

1. Bola tarbiyasiga oid kitob, gazeta, jurnallar o’qib turasizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

2. Farzandingiz nojo’ya ish qilib qo’ysa, bu siz tomondan berilayotgan tarbiyaning kamchiligidan deb o’ylaysizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

3. Farzandingiz sizga yordamlashmoqchi bo’lsa, ishingizning cho’zilishi yoki umuman to’xtab qolishi mumkinligini bilsangiz ham rozi bo’lasizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

4. Taqiq va buyruqni bolangiz xoxishi yoki iltimosi bilan o’zgartirasizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

5. Maktabda ota-onalar yig’ilishiga ishtirok etish, farzand tarbiyasida muhim o’rin tutadi deb o’ylaysizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

6. Farzand tarbiyasiga atrof-muhit, mahallaning ta’siri kuchli bo’lishi mumkin deb hisoblaysizmi? A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

7. Kompyuter va internet xabarlaridan doimiy xabardor bo’lib borish bola tarbiyasining salbiy tomonga o’zgarishida etakchi o’rin egallaydi deb o’ylaysizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

8. Bolangizdan biror narsani buyruq bermasdan, iltimos qilib so’ray olasizmi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

9. «Ishimni qilib bo’lguncha to’xtab tur» yoki «Ota-onalar yig’ilishingga borolmayman» deganingizda bolangiz oldida vijdoningiz qiynaladimi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball

10. O’qituvchilarning talabi, tarbiya uslubi sizga ma’qul keladimi?

A) ha 3 ball B) ba’zida 1 ball V) yo’q 0 ball



Javoblar yig’indisi:

15-30 ball: Sizni yaxshi ota-ona deyish mumkin. Siz ota-onalik burchingizni kerakli darajada bajarayapsiz. Bunga farzandingizga berayotgan ta’lim-tarbiyadan bilsa ham bo’ladi. Ammo farzandingizning qiziqishlari va qobiliyatlariga ko’proq e’tibor berishingiz kerak.



7-14 ball: Farzand tarbiyasida deyarli kamchiliklarga yo’l qo’ymaysiz, lekin ko’pincha boshqa yumushlar tufayli farzandingizga kerakli darajada e’tibor berolmaysiz. Bu kamchilikni to’g’rilash uchun kelayotgan dam olish kuningizni farzandingizga bag’ishlang.U bilan biror joyga boring. Natijasi ijobiy bo’lishiga shubha qilmasangiz ham bo’ladi.

0-6 ball: Farzand tarbiyasi haqidagi tushunchaga umuman ega emassiz. Hechdan ko’ra kech, deganlaridek bu boradagi bilim va malakangizni oshirishga harakat qiling.
Download 84.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling