Reja: Asalning ozuqaviy va energetik tarkibi. Asal sifatini ta’minlash usullari. Asal sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi
). Asal sifatiga kuyilgan me’yoriy talablar
Download 27.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsal sifatini ta'minlash 2
2). Asal sifatiga kuyilgan me’yoriy talablar.
Sobiq ittifoq Respublikalarida asal sifatini aniqlashda maxsus tasdiklangan asalning me’yoriy talablari mavjud. Jumladan GOST 19792 – 87 rakamli «Tabiiy asal» deb yuritiluvchi davlat me’yoriy xujjatidir. Bu xujjat faqatgina tabiiy asalga yoki o‘tkir asalga aylantirishdagi faol ishtiroki hamda shirin suyuqlik yoki quyuq kristall donachali maxsulot hosil bo‘lishi uning o‘ziga xos rangi va hidi bo‘lishi, hamda oziq – ovqat sanoatida ishlatilishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Ma’lumki, tabiiy asal bir necha xillarga tabiiy gul asaliga, o‘tkir (pad) asaliga, sun’iy qand asaliga va aralash asallarga bo‘linadi. Davlat me’yorlari bo‘yicha aosan asalga kuyidagi talablar kuyilgan. (jadval – 1). Tabiiy asalni ekspertiza qilishda oziq – ovqat va sut maxsulotlarini nazorat qilishda veterinariya – sanitariya koidalari kullanmasiga asosan, asalga nisbatan tulik nazorat urnatish, uni bo‘zilishiga yo‘l kuymaslik, tabiiylik xolatini saqlab kolish kabi Ko‘pgina ma’lumotlar berilgan. Jumladan asal sotish davrida asal idishlariga alohida e’tibor berish, asal idishlari zanglamaydigan metall yoki alyumin idishlarga saklanishi, idish ichi sirlangan bo‘lishi, hamda shisha yogoch idishlarda (sosna va dubdan tashqari) saklanishi maksadga muvofikligi uktirilgan. Bundan tashqari asal sotuvchi asalning asalning tozaligi uchun veterinarlik ma’lumotnomaga ega bo‘lishi kerak. Bu ma’lumotnomaga aasal olingan joy, asalari soglom va hech qanday yukumli kasalliklarga chalinmaganligi bo‘lishi kerak. Juningdek, asalni isitishda yuqori haroratda (65 – 70) kuydirilgan bo‘lsa, asal tarkibida zaharli ximikatlar va yukumli kasallik ko‘zgutuvchi bakteriyalar bo‘lmasligi, hamda asal qalbaki lashtirilmagan bo‘lishi lozim. Asal sifati, uning ximiyaviy tarkibidagi ko‘rsatgichlar bilan ya’ni suv miqdori, diastaza soni, oksil metill furfural miqdori, kislotalik darajasi va shunga o‘xshab barcha ko‘rsatgichlarni aniqlash asosida belgilanadi. Asalni eksport qilishda unga alohida me’yorlar kabul kilingan. Yevropada iktisodiy hamkorlik davlatlari 1984 yilda tasdiklangan. «Tabiiy asal» 4907 – 84 rakamli me’yoriy xujjat kabul kilingan. Bu me’yoriy talablarga aosan asal manoflar bo‘lishi, asal asosan rangi, hidi, ta’mi, qovushqoqligi va tashki kurinishi bilan tabiiy asalga xos bo‘lishi ko‘rsatilgan. (jadval 2). Bundan tashqari, eksport kilinadigan aralash asal va o‘tkir (pad) asali to‘g‘risida ham alohida me’yoriy xujjatlar kabul kilingan. Shuningdek, kushimcha ravishda asal tarkibidagi gulchang miqdorini analiz qilish ham ko‘rsatilgan. Shular bilan birgalikda, iktisodiy hamdustlik davlatlari talablariga asosan asalni veterinarlik – sanitarilk ekspertiza qilish kabi kullanmalar yozilgan. 1 – Jadval. Tabiiy asalga bo‘lgan davlat me’yoriy talablari (GOSt 19792 - 87) .
Asalni eksport qilish uchun talab kilinadigan ko‘rsatgichlar (tabiiy asal 4907 – 84). 1 – Jadval.
3. Asalning ishlatilishi va ahamiyati. Tabiiy asal o‘zining xushta’mligi va shifobaxshlik xususiyati bilan yuqori baxolanadi. U qand maxsulotlariga nisbatan konga tez singadigan glyukoza va fruktoza borligidan va odamda moddalar almashinuvini tartibga soladigan fermentlar, vitaminlar, Mineral moddalar borligi bilan keskin farq qiladi. Asal bakterionidlik xususiyatiga ega, ya’ni u Ko‘pgina patog‘en mikroorganizmlar jumladan, difteriya, paratifoz tayokchalari, strepta kokk, stofilokokk va boshqalarning rivojlanishiga tuskinlik qiladi yoki ularni uldirib yuboradi. Yiringli jaroxatlar furunkul va yukumli kasalliklarni davolashda surtma dori sifatida muvaffakiyatli kullanilishi, uning shu xususiyatlariga asoslangandir. Asal yuqori kalloriyali oziq – ovqatdir, 1 kg asal 3150 kalloriya beradi. Asal yengil hazm bo‘lish jixatidan bolalar, keksalar va ogir kasaldan turgan kishilar uchun tengi yuk ovqatdir. Asal inson kuchini tez tiklaydi. Qand urnida asal ishlatgan sportsmenlar chidamlilikda boshqalardan ancha ustun turadi. Asalning yuqori kalloriyaligi va tez hazm bo‘lishi kishi organizmini ancha kizishtiradi. Agar qattiq sovqotgan kishi asal yesa, shamollab kolishdan saqlab qoladi. Asal turli oziq – ovqatlarni chirish va mogorlashdan saklovchi – antibiotik dori hamdir. Asalga bulgab olingan gusht o‘zoq vaqtgacha bo‘zilmay turadi. Asalning shifobaxsh xususiyatlaridan xalk tabobatida keng foydalaniladi. Issik choy yoki sutga kushib ichilgan asal ter chiqarib yutalni kamaytiradi, xikildokdagi ogrikni kamaytiradi, me’da achishini yuqotadi. Bir osh qoshiq asalni yotishdan oldin kabul kilinsa, kishi tinch va qattiq uxlaydi. Xozirgi zamon tabobatida asal juda ko‘p kullaniladi. Yara-jaroxatlari tez davolashda balik moyi kushilgan asal yaxshi foyda beradi. Sof holda gi va sut, limon yoki xren sharbati, dalachab kabilarga kushilgan asal shamollash, upka kasalligi, shu jumladan sil kasalligi uchun ham yaxshi davodir. Asal bilan ko‘z va teri kasalliklarini yurak, buyrak, jigar va ba’zi asab kasalliklarini ham davolaydilar. Insonlarga radioaktiv nurlanish kalsalligiga duchor bo‘lmasligining oldini olish uchun ham asal ishlatiladi. Shuningdek, asal sanoatimizning Ko‘pgina tarmoklarida ajoyib xom-ashyo sifatida keng ishlatiladi. Konditer sanoatida qandolatpozlikda har xil pechenie va tortlar pishirishda keng kullaniladi. Kosmetikada esa har xil kremlar yuz nikoblari tayyorlashda foydalaniladi. Bunday kremlar terini yumshatishi bilan birga unga ajoyib chiroy ham bag‘ishlaydi. Vinochilik sanoatida esa ko‘p xil ichimliklarni xushbuy va xushta’m qilishda ishlatiladi. Yuqoridagi tayanch tushunchalarni mohiyatini anglab oling. Generativ, bakteriologik, infeksiya, ferment, uglevod, glyukoza, fruktoza, poliflyor, Monoflyor, enzemlar, saharoza, ksiloza, galaktoza, mannoza, maltoza, tregaloza, melibioza, raffinoza, stimulyator, zol, gigroskopik, osmofil, refraktometr, melizitoza, oligosaharidlar, arabinoza, turnoza, erloza, aminokislota, vitamin, piknometr, areometr, konsentratsiya kristall, katalizator, apin, amid, peptid neorganik, seksiyali asal, invertaza, diastaza, katalaza, amilaza, orgonoleptik, pasterizatsiya, monosaharid, trisaharidlar, melinitoza, polisaharidlar, kamed, dekstrinlar, kristallizatsiya, dekstroza, levuloza, karamellashuv, buferlik xususiyati, vodorod ionlari, yantar, dubil kislotasi, glyukoza oksidoza, peroksidoza, glyukatraneferoza, biogen stimulyator, tonus, mikroelementlar, asalning zollgi, makroelementlar, radioaktivlik, disaharid, ksentofil, xlorafil, epidermis, dekstrin, fitonitsid, antibiotik, mikroflora, nazematoz, eksprementlar, rektal bez, epiteliya, mikroorganizm, invertaza, katalaza, optik faollik, andromedotoksin, alkoloid, probirka, distilangan suv, kraxmal, essensiya, reaktiv, indikator, rezarsin, ekspertiza, plomba, partiya, eksport kaloriya. Download 27.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling