Reja: Asalning ozuqaviy va energetik tarkibi. Asal sifatini ta’minlash usullari. Asal sifatiga ta’sir etuvchi omillar. Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi
Download 27.82 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsal sifatini ta'minlash 2
Mavzu: Asal sifatini ta’minlash Reja: 1). Asalning ozuqaviy va energetik tarkibi. 2). Asal sifatini ta’minlash usullari. 3). Asal sifatiga ta’sir etuvchi omillar. 4). Mahsulot sifatini nazorat qilish tizimi. 1. Asalning ozuqaviy va energetik tarkibi. Asal o‘zining xushta’mligi bilan bir necha tovarbop navlarga bo‘linadi. Masalan: tog‘ asali, gul asali, paxta asali, beda asali, yantoq asali, kungaboqar asali va boshqalar. Lekin ok kuray, tamaki, kavrak, kanob va o‘tkir asallarni yaxshi navli asallar guruppasiga kiritib bo‘lmaydi. Bu asallar o‘zining tarkibida suv miqdori ko‘pligi hamda yokimsiz hid va taxirrok ta’mi bilan haridorligi ancha past. Grechixa Karobugdoy asali yuqori navli asal guruppasiga kirsada, lekin ko‘pchilik xususiyatlari bilan asal tovarshunosligiga unchalik ahamiyatga ega emas. Asalning savdosidagi asosiy tovar sifati, bu uning botanik kelib chiqishi, yetilishi va tarkibidagi suv miqdoriga bogik bo‘ladi. Yuqori navli har bir botanik navli asal yaxshi qovushqoqligi, bir xil kristall donachalaridan va har xil iflos aralashmalardan xoli bo‘lishi, hamda juda ham suyuq bo‘lmasligi lozim. Asal tarkibida suv miqdori belgilangan normadan ko‘p bo‘lsa, bunday asalni sifatli va yuqori navli yetilgan asal deb bo‘lmaydi. Sobiq ittifoqning asal sifati to‘g‘risidagi (standart) lariga asal tarkibidagi suv miqdori 21 % gacha ko‘rsatilgan. Bu ko‘rsatgich O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi, chunki Respublikamizning issik havosi har qanday asal tarkibidagi ortiqcha suv miqdorini tabiiy ravishda pasaytirib boradi. Buxoro viloyatida (O. Turaev 1996) tekshirilgan 44 xil paxta asali tarkibida o‘rtacha 18 ± 0,21 %, chul asallarini 21 xilida 17 ± 0,13 % va 32 xil aralash asallar tarkibida esa suv miqdori 16 ± 0,17 ni tashkil etgan. M. Usmonovning (1988) ma’lumotiga kura 50 xil paxta asalida suv miqdori 115,6 dan 19,4 % gacha, o‘rtacha 16,9 % ni yoki V. Kashtanovning (1969) ma’lumotiga kura tog‘ asallarida 16,2 % miqdorda suv bo‘lgan. Kurinib turibdiki GOST normativlariga ko‘rsatilgan 21 % li suv ko‘rsatgichi O‘zbekiston asallariga aslo to‘g‘ri kelmaydi. AKSh da birinchi navli asal tarkibida suv miqdori 18,5 % ni va ikkinchi navda 18,6 % va uchinchi navda esa 20 % ni va Yangi Zellandiyada esa ana shu suv miqdori 17,6 % dan oshmasligi belgilab kuyilgan. Asal tarkibida suv miqdori 20 % dan oshgan sari u shuncha tez achiydi va o‘zoq muddatga saqlashga yaramaydi. Shuning uchun bunday asallarni yuqori sifatli asal qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Xuddi shunday akatsiya asali, tog‘ asali, yo‘l asali, korabugdoy asali, jupa asali, kungaboqar asali va boshqa ba’zi bir asallar tarkibida har xil asralashmalar ko‘p bo‘lsa, yoki u juda suyuq hamda asal ustida ko‘piklar va asal tarkibidagi kristall donachalari har xil xajmlarda bo‘lsa ham bunday asallarni yuqori Navli asallar qatoriga kiritib bo‘lmaydi. Asal navlarini va sifatini yaxshilash maksadida ba’zi bir past navli asallarni oliy navli asallarga kushib xoxlagan sifatdagi va yaxshi navli asallarni ham tayyorlash mumkin. Masalan, Buda asali juda rangsiz, uni rangini yaxshi tovarbop qilish maksadida unga olma asalidan yoki yantoq asalidan kushish mumkin. Okkuray asali rang jixatdan juda chiroyli bo‘lsada, lekin mazasi va ta’mi bir oz totib kurilganda tomokni kuydirib taxirligini bildiradi. Bunday asallarni mazali qilish maksadida paxta asalidan kushish maksadlidir. Odatda asallarni bir – biriga aralashtirishda ularni suv miqdorini tenglashtirish maksadida ham utkaziladi. Bunday maksadda qaysi asalda suv miqdori ko‘p bo‘lsa, bunday asaldan suv miqdori kam asalga tezlikda utib, ularning suv miqdori tenglashadi. Ba’zi bir paytda asalning asosiy ko‘rsatgichi bo‘lgan dastoza sonini tenglashtirish maksadida ham bu ishlar amalga oshiriladi. Asallarni bir – biriga aralashtirish juda murakkab jarayondir. Bu vazifaga kirish oldidan asal tarkibidagi suv miqdorini diastaza soni va shunga o‘xshab asosiy ko‘rsatgichlarni labaratoriyada tekshirib chikish zarur. Ana shundagina asal tarkibidagi qaysi ko‘rsatgich kam bo‘lsa, ko‘rsatgichi ko‘p bo‘lgan asallarni topib, ularni past asallarga kushib tarkibini tenglashtirish mumkin bo‘ladi. Qovushqoqligi juda baland bo‘lgan va quyuqlashgan asallarni bir-biriga kushishi ham juda murakkabdir. Bunday asallarni aralashtirish maksadida ularni maxsus mexanik aralashtirgich asbobi yordamidan foydalaniladi. Download 27.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling