Reja: Benzol xaqida tushuncha


Download 0.57 Mb.
bet1/4
Sana09.09.2022
Hajmi0.57 Mb.
#802978
  1   2   3   4
Bog'liq
titul farg\'ona tibbiyot instituti2 benzol birikmalari
rus tili milliy 11 imtihon 2021, 1-Предмет и задачи ист.Узн, english, direktor-ish-reja, интернетке, Прайс Лист Акбар ака (2), Til kishilarnin, Kurs loyhasi nomogrammalar, ABLOSHKA, Ona tilim aslo o, 754b3e1ccae48584db9b495dada3999f(1), LAB-21, 1-misol, 1-seminar topshiriq, 2 5201709019026165456



Mavzu: Benzolning geterofunktsional birikmalari . Salitsil, sulfanil va aminobenzoy kislota xosilalari dori vositalari sifatida


Reja:


  1. Benzol xaqida tushuncha



  1. Salitsil, sulfanil kislotalari



  1. Aminobenzoy kislota xosilalari

Benzol kislota (benzolkarbon kislota), S6N5SOON — aromatik kislotalarning dastlabki vakili. Matom massasi 122,05; oqtusli kristall modda. Zichligi 1316 kg/m3. Suyuqlanish temperaturasi 122,4°, qaynash temperaturasi 249,2°. Suvda yomon, etanol, efir va ben zol da yaxshi eriydi. Benzoy kislota qadimdan maʼlum organik kislotalardan biri, dastlab 17-asr boshida benzoy smolani quruq haydash yoʻli bilan olingan. Benzoy kislota toluan va peru balzami tarkibida erkin holda uchraydi. Yuqori tragacha qizdirilsa, benzol va karbonat angidrid hosil qiladi. Benzoy kislota va tuzlarida bakteritsid xossa bor. Sanoatda toluolni suyuq fazada 130—160° da va 308—790 kPa bosim ostida (katalizator — So va Mp benzoatlari) havo bilan oksidlab olinadi. Benzoy kislota fenol, kaprolaktam, benzil xlorid ishlab chiqarishda, alkid loklarga yaltirokdik, mustahkamlik va kimyovny barqarorlikni oshiruvchi qoʻshimcha sifatida ishlatiladi. Natriy benzoat oziq-ovqatni konservalashda, Benzoy kislota ning boshqa baʼzi Tuzlari esa farmatsevtik preparatlar olnshda, baʼzi efirlari xushboʻyligi tufayli parfyumeriyada ishlatiladi. Benzoy kislota ning turli hosilalari buyoq sanoatida keng qoʻllaniladi.

Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o karboksifenol, C₇H₆O₃ — oddiy aromatik oksikislota, rangsiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyuqlanish temperaturasi 159°, qaynash temperaturasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) bilan qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi. Anilin bilan reaksiyaga kirishganda salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega boʻlganligi uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab ishlatiladi. Analitik kimyoda ham qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil, izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va sirka kislotaning murakkab efiri — aspirin.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling