Reja: Biogeografiyani asosiy tushunchalari: flora, fauna, areal, populyasiya va hakazo. Biogeografiyadagi iqlimiy mintaqaviylik qavatlilik, vertikal mintaqaviylik qonuniyatlari. Tiriklikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.58 Mb.
Sana13.11.2021
Hajmi1.58 Mb.
#446305
Bog'liq
2- MAVZU
00186705-89cc39db, Фарду, AUTODESK INVENTOR, Abduvali, Abduvali, Мир исскуства, 1-ma'ruza, lab1, Mamayusupova mustaqil ish, Biz baxorga oshiq boldik, Kurs ishi mavzulari, 2-hafta topshirig'i essey, ON, 1-amaliy mashgulot mavzusi, 8-amaliy
  • Reja:
  • 1. Biogeografiyani asosiy tushunchalari: flora, fauna, areal, populyasiya va hakazo.
  • 2. Biogeografiyadagi iqlimiy mintaqaviylik qavatlilik, vertikal
  • mintaqaviylik qonuniyatlari.
  • 3. Tiriklikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar.
  • 4. Tirik organizmlarni tabiatda tarqalish moslamalari.
  • 5. O‘simlik va hayvon turlarini tarqalish areallarini hamda areal to‘siqlari.
  • Tayanch iboralar:
  • Litosfera, gidrosfera, atmosfera, mikroorganizm, biomassa, yorug‘lik va issiqlik energiyasi, hayvonot dunyosi, xlorofil, mikroorganizmlar, sianobakteriyalar, fotosintetik jarayon, fitomassa, areal, Kosmopolit areallar, Sirkum-kontinental va sirkum-okeanik areallar, Endemik areallar, o‘rin almashinuvchi areallar, dizpyunktiv (uzilgan) areallar.
  • Yer sharini qoplovchi mineral qobig‘lar litosfera, gidrosfera va atmosferadan iborat. Litosfera – Yer po‘stlog‘ining qattiq qismi, tosh qalqom qatlamidir. Gidrosfera - dunyo okeani va quruqlikning ichki suvlarini o‘ziga birlashtiruvchi suyuq qatlami - qobig‘idir. Atmosfera gazsimon qobiq bo‘lib, yuqoridagi ikkala qobiqni o‘rab turadi.
  • Sayyoramizning har bir qobig‘ida o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar tarqalgan bo‘lib, mazkur tiriklik tarqalgan muhit biosfera deb ataladi. Tirik organizmlar litosfera, gidrosfera va atmosferada har xil zichlikda tarqalib, Yer shari ning biomassasini hosil qiladi.
  • Biogeografiya ilk bor garchan Yer shari ning alohida qobig‘i sifatida XIX asrning oxirida tan olingan bo‘lsa ham, u faqat rus akademigi V.I.Vernadskiyning biogeografiya haqidagi ta’limotni yaratishi bilan XX asrda ilmiy jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi. Bu olimning tadqiqotlariga ko‘ra biogeografiya Erning maxsus qobig‘i bo‘lib, uning asosini tashkil qilgan o‘simliklar kosmik energiyani tashishda va to‘plashda ulkan ahamiyatga ega.
  • Tirik organizmlar biogeografiyada notekis tarqalgan. Ularning biomassasi har bir qatlamda va har bir ekologik muhitda o‘ziga xos miqdorga ega; bu ayni sharoitda tirik organizmlarning miqdor zichligi, tur tarkibi, tabiiy energiya maanbasi bilan taominlanishi hamda uni o‘zlashtirilishi bilan bog‘liqdir.
  • Biogeografiyada tirik organizmlar ichida nisbatan cheklanib tarqalganlari yashil o‘simliklardir. Ularning o‘sishi uchun Quyosh energiyasi zarur bo‘lganligi uchun o‘simliklar litosferaning eng yuza qismida hamda gidrosferaning yorug‘lik tushadigan yuza (200-400 m.lik) qatlamlarida uchraydi.
  • Hayvonlar tirik mavjudotlardan tashqari, o‘simlik va hayvon qoldiqlari, o‘limtiklar bilan oziqlanganligi tufayli o‘simliklarga nisbatan kengroq tarqaladi. Ularni Er yuzasining deyarli hamma qismida, dunyo okeanining eng chuqur qatlamlarida ham uchratish mumkin. Hayvonot dunyosi vakillarining ayrim joylarda miqdor zichligi yuqori bo‘ladi; cho‘l, sahro, alppik qorliklar hamda muzliklarda ular siyrakroq tarqalgan.
  • Shunga qaramasdan, sayyoramizda hayvonlar tarqalmagan joylar ham bor. Masalan, Antarktida, Grelandiyaning ichki muzliklarida, qator Shimoliy kichik orollarda, sho‘rlanish darajasi yuqori bo‘lgan ko‘llarda, Jumladan,, Palastindagi O‘lik dengizda sho‘rlanish darajasi 23 foiz bo‘lgani tufayli hayvonlar yashayolmaydi. Bundan tashqari, harakatdagi vulqonlarda, lavalarda, qaynoq suvli (harorati 550S dan yuqori) maanbalarda tiriklik uchun xavfli gazlar bilan to‘yingan suvlarda (vodorod sulpfidli, vodorod ftoridli suvlarda) ham hayvonlar yashayolmaydi. Bunday suv qatlamlarida faqat oltingugurt va anaerob bakteriyalar uchraydi, xolos.
  • Litosfera tirik organizmlar uchun avvalo yashash makonidir; o‘simliklar uchun u tayanch manbai bo‘lib xizmat qiladi. Litosferaning yuza tuproq qatlamlarida tirik organizmlar ko‘proq, ostki qatlamlarda kamroq tarqaladi. Hasharotlarning 9/10 qismi lichinkalik davrini tuproqda o‘tkazadi. Ayrim hayvonlar umr bo‘yi davomida tuproq ostida yashaydi (sug‘ur, ko‘r kalamush, yomg‘ir chuvalchanglari va hokazo).
  • Ular ichida tuproqning eng chuqur qatlamlarigacha yomg‘ir chuvalchangi (8 m chuqurgacha) kira oladi. Sug‘ur 5-6 m chuqurlikkacha in kovlaydi (inning uzunligi bir necha o‘n metrga etishi mumkin). O‘n metrdan ortiq chuqurlikka o‘simlik ildizlari kira oladi (yantoq ildizi 20 m chuqurlikka etib boradi). yer osti suv havzalarining 100 m chuqurliklari (g‘or ko‘llarida) ham ko‘r baliqlar, qisqichbaqasimonlar topilgan.
  • Masalan, Sahroi Kabirda artezan qudug‘i kavlanganda 100 m da, Qrimda 128 m chuqurlikdagi artezan suvida kolyushka balig‘i topilgan. Litosferada tiriklikning tarqalish chegarasi 2,5-3 km chuqurlikda bo‘lib, unda neft-gaz sintezlovchi bakteriyalar uchraydi. Litosferaning 3,5 km chuqurlikdagi 1000S haroratlarda tiriklik uchramaydi.
  • Atmosferada organizmlarning tarqalishi o‘ziga xos hususiyatlariga ega. Uning eng quyi litosfera bilan chegaradosh qismlarida tirik organizmlar ko‘proq tarqalgan. Masalan, mo‘htadil iqlimli o‘rmonlarda o‘suvchi tuproqlarda nabototlar 15-20m (30m gacha), tropik o‘rmonlardagi o‘simliklar 40-45m (ayrim daraxtlar - 50m gacha) bo‘yga etib borsa, Avstraliya va Tasmaniyaning ulkan evkaliptlari hamda Shimoliy Amerika sekvoyasi 100m balandlikka etadi. Mazkur daraxtlarning tanasi, shoxlari, barglari va boshqa qismlarida o‘rgimchaklar, hasharotlar, xilma-xil turdagi jonivorlar yashaydi.
  • Har qaysi tirik organizm atmosfera qatlamida butun umrini o‘tkazmaydi; uning ko‘payishi va yashashi uchun boshpana sifatida muayyan substrat zarur. Hayvon turlarining 60 foizi, quruqlikda tarqalgan hayvonlarning 75 foizi, ucha olish qobiliyatiga ega. Qaldirg‘och, alpbatros, fregat havoda eng ko‘p vaqt o‘tkazadigan qushlardir. Qushlar dengiz sathidan 1000m. gacha balandliklarda, hasharotlar 20-5000m orasidagi balandliklarda uchraydi.
  • Hasharotlar 20m dan yuqori bo‘lgan balandlikda havo planktoni sifatida kuzatiladi. Atmosferaning 600m balandligida tengsiz ipakchi kapalagining lichinkalari; 1800m balandligida terixo‘rning lichinkalari, qandala g‘umbaklari, 2000m balandlikda o‘simlik shiralar; 4000m da barg burgalari va o‘rgimchaklar havo planktoni sifatida topilgan; dengiz sathidan 22000m balandlikda turli spora va zamburug‘lar uchratilgan. Dengiz sathidan 50 ming metr balandda tiriklik vakillari tarqalmagan. Dengiz sathidan 5-6km yuqori bo‘lgan balandliklarda uchuvchi tog‘ burgutlarining samolyotlarga hujumlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
  • Gidrosferada organizmlarning tarqalishi. Mazkur qatlam litosferaga nisbatan bir necha marta ko‘p biomassasi bilan tavsiflanadi. Buning sababi - dunyo okeani quruqlik yuzasiga nisbatan katta (sayyoramizni 79 foizi suv bilan qoplangan). Uning chuqurligi o‘rtacha 3,8km ni tashkil qiladi (10,5km. gacha etadigan chuqurliklar ham mavjud).Gidrosferada tiriklik notekis tarqalgan.
  • Dunyo okeanining yuza (0-100m gacha) va okean tubi qatlamlarida tiriklik katta biomassa va yuqori miqdoriy zichliklarni hosil qiladi. Dunyo okeanining yuza qatlami quyosh bilan yaxshi yoritilganligi uchun unda asosiy produtsentlarning muhim tarkibiy qismi-bir hujayrali suv o‘tlarining ko‘payish imkoniyatlari katta. Ular-bir hujayrali hayvonlar, mayda qisqichbaqasimonlar, nina tanlilarning shuningdek, baliqlarning tuxumlari va chavoqlari bilan birgalikda mazkur qatlamining asosiy biomassasini tashkil qiladi.
  • Bu qatlamda quyosh energiyasining to‘plovchilari, o‘zlashtiruvchilari va bir hujayrali suv o‘tlaridir. Ulardan tashqari, dunyo okeanining ayrim joylarida (Sargass dengizi va boshqa akvatoriyalarning qirg‘oq bo‘yi qismlarda) tallomli suv o‘tlari ham quyosh energiyasini ko‘p o‘zlashtiradi.
  • Suv o‘tlarida organik moddalar shaklida to‘plangan quyosh energiyasi ozuqa zanjiri bo‘ylab qolgan tirik organizmlarga taqsimlanadi.
  • Dengiz tubining tiriklikka boy qismi 10-15m ni tashkil qilib, u organik qoldiqlarga boy, suv loyqa, gilli qatlamdan iborat. Unda turli yumshoq tanlilar, nina tanlilar, kavak ichaklilar, chuvalchanglar va baliqlar ko‘p. Biomassani asosan hayvonlar tashkil qiladi. Qayd etilgan ikkala qatlam oralig‘idagi suvlarning biomassasi quruqlikdagi cho‘l-sahrolarning biomassasiga teng.
  • ORGANIZMLARNING TARQALISH AREALLARI VA AREAL TIPLARI, UNING CHEGARALARI VA TO‘SIQLARI.
  • Areal iborasi lotinga «area»-«maydon», «oblastp» maonosini anglatadi. Areal deganda - "muayyan sistematik guruhning egallagan maydoni" tushuniladi. Bunda tur, urug‘, oila yoki boshqa sistematik taksonlarning areallari nazarda tutiladi. Areallar katta-kichikligi, shakli, yaxlit yoki uzilganligiga qarab bir necha tipga ajratiladi. Areal tiplarni va hususiyatlarini xorologiya fani o‘rganadi.
  • Areallar hususiyatlariga ko‘ra quyidagi tiplarga ajratiladi:
  • 1. Kosmopolit areallar.
  • 2.Sirkum-kontinentalg‘ va sirkum-okeanik areallar.
  • 3.Endemik areallar.
  • 4.O‘rin almashinuvchi areallar.
  • 5.Dizpyunktiv (uzilgan) areallar.
  • 1. Kosmopolit areallarga Yer shari ning katta qismini egallagan o‘simlik va hayvon vakillarining areallari kiradi. (Masalan, sho‘ra, jag‘-jag‘, ajiriq, semiz o‘t, it uzum, qamish kabi o‘simlik, uy pashshasi, kul rang kalamush, kolovratka kabi hayvonlarning areallari).
  • A. De-Kandolpning ma’lumotlariga ko‘ra, Yer shari ning 1/4 qismida o‘simliklarning 117 turi tarqalgan.
  • Kosmopolit areallar yirik taksonomik guruhlarda ham uchratilishi mumkin. Masalan, kosmopolit turkumlarga ayiqtovonlar; oilalarga-xiloldoshlar, boshoqdoshlar, krestguldoshlar, murakkabguldoshlar kiradi.
  • Reja:
  • 1. Biogeografiyani asosiy tushunchalari: flora, fauna, ekotizim, biota, biom, areal, populyasiya va hakazo.
  • 2. Biogeografiyadagi iqlimiy mintaqaviylik qavatlilik, vertikal
  • mintaqaviylik qonuniyatlari.
  • 3. Tiriklikni tarqalishiga ta’sir etuvchi omillar.
  • 4. Tirik organizmlarni tabiatda tarqalish moslamalari.
  • 5. O‘simlik va hayvon turlarini tarqalish areallarini hamda areal to‘siqlari.
  • 2. Sirkum-kontinentalg‘ va sirkum-okeanik areallar - quruqlik yoki okean bilan chegaralanuvchi areallardir. Qaysi mintaqalar bilan chegaralanishiga ko‘ra ular bir necha xillarga ajratiladi:
  • a) Sirkumpolyar - qutubiy kengliklar bilan chegaralanuvchi areallar. (Masalan, Shimoliy qutub doirasi atrofidagi areallar: tyulen, oq ayiq yoki Janubiy qutubdagi pingvinlarning areallari).
  • b) Boreal areallar - dengiz yoki okean iqlimi ta’siridagi areallar. (Masalan, Evropaning g‘arbiy qismida Atlantika ta’sirida bo‘lgan ninabargli o‘rmonlar areallari, Galapagos orollaridagi pashshalarning areallari
  • v) Sirkum-kontinentalg‘ areallarga Shimoliy Amerika va Evrosiyoda tarqalgan smorodinaning areali kiradi . Hayvonlardan Janubiy Tropiklardagi birlamchi traxeyalarning (oligaforalar), tekis oyoqli qisqichbaqasimonlarning areallari shu xildagi areallarga misol bo‘ladi.
  • g) Pantropik areallarga Yer shari parlmanlarining barcha tropik mintaqalaridagi areallari kiradi (5-rasm). Ayrim turlarning inson faoliyati bilan keng tarqalish oqibatida shu xildagi arealga ega bo‘lishini Mimoza (tegsa so‘lar) o‘simligi misolida ko‘rish mumkin.
  • 3. Endemik areallarning chegaralari kosmopolit areallardan farqli o‘laroq tor maydon bilan cheklangan bo‘ladi. Endemik areallar Yer shari ning faqat muayyan qismida bo‘lib, ulardan tashqarida mazkur sistematik guruh uchramaydi. Bunday areallarga misol qilib bir teshiklilar yoki kloakali sut emizuvchi hayvonlarning areallarini, Markaziy Farg‘onada uchrovchi Seversov qo‘sh oyog‘ining arealini, o‘simliklardan Oloy tog‘ tizmasida tarqalgan Oloy xiyoli, Targ‘il lola (Farg‘ona lolasi) areallarini, hasharotlardan shu tizmada uchrovchi Ferganarhis urug‘iga mansub F.alaica shirasi arealini keltirish mumkin.
  • Endemik areallar ichida nisbatan katta maydonlarni egallovchilari mavjud. Avstraliya, Tasmaniya, Yangi Gvineyadagi kloakalilar yoki tuxum qo‘yib ko‘payuvchi sut emizuvchilar qayd etilgan keng maydonlarda tarqalgan. Gruziyada uchrovchi Eldor qarag‘ayi faqat 50 ga maydonda o‘sadi. O‘ng‘ir o‘rgimchagi (Menor oroli) faqat bir o‘ng‘irdan topilgan xolos. Kamchatkadagina pixtasi faqat Kamchatka sharoitida o‘sadi.
  • Endemik areallarni turli sistematik guruhlar hosil qilishi mumkin. Masalan, endemik tartibli areallarga Shimoliy Amerika sekvoyasining (Mamont daraxtining), Avstraliya evkaliptlarining, G‘arbiy Afrika cho‘llarida uchrovchi Velpvichiya, aloe areallarini; endemik oilalarga Avstraliyadagi sefalotadoshlar, Amerikaning kaktusdoshlarini, Avstraliyaning kazuorinadoshlarini misol qilib keltirsa bo‘ladi.
  • Evolyusiya nuqtai-nazaridan qaraganda endemik areallarining 2 xilini ajratish mumkin.
  • a) Paleoendemik areallar.
  • b) Neoendemik areallar.
  • a) Paleoendemik areallar qadimiy bo‘lganligi uchun ularni relikt yoki konservativ areallar ham deb aytiladi. Bunday areallar o‘tmishda keng maydonlarga ega bo‘lgan. Keyinchalik ular iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, turlararo raqobatning kuchayishi tufayli areallarning maydonlari qisqarib borgan va oqibatda ular faqat kichik maydonlarda saqlanib qolgan. Bunday areallarga ega bo‘lgan organizmlar tabiatdagi ayrim o‘zgarishlar yoki inson ta’siri tufayli qirilib ketishi ehtimoldan xoli emas.
  • b) Neoendemik yoki progressiv endemik areallar. Bunday endemizm geologik jihatdan yosh bo‘lib hali ona formadan ayrim belgilariga ko‘ra farqlanadi xolos. Bunday endemizmni kenja tur yoki mikroendemik deb belgilash mumkin. Neoendemik elementlar alohidalanishning kuchayishi tabiiy sharoit belgilarining rivoji uchun qulayligiga qarab rivojlanib evolyusiyalanib boradi. Masalan, Britaniya olmaxonlari va er qazarlari Evropa olmaxoni va er qazarlaridan yunglarining yarqiroqligi, ochiq rangligi bilan farq qiladi.
  • 3. O‘rin almashinuvchi (vikariruyushie) areal. Bunday areallar bir-biriga yaqin bo‘lgan sistematik guruhlar (turlar)ning o‘rin almashinuvi tufayli hosil bo‘ladi. Ayni areallarni 2 ta ko‘rinishi bor:
  • Xorologik yoki geografik almashinuvchi.
  • B. Ekologik almashinuvchi areallar.
  • A. Xorologik - almashinuvchi areallarga O‘rta Er dengizi havzasida yovvoyi holda o‘suvchi zaytunning Olea suropaea turi o‘rniga Saxaraning tog‘li mintaqalarida olea laperripei turi areallarni egallaydi. Rossiyaning o‘rmon mintaqasida qora va oq qarag‘aylar areallarni almashtiradi.
  • B. Emologik almashinuvchi areallarga alppik rododendronning bir turi ohakli substratlarda o‘ssa boshqa turi bunday tuproqda o‘sa olmaydi. Tuproq sharoitining o‘zgarishi bilan turlarning tarqalishi ham almashinadi. Ularning tur, avlod, oila yoki boshqa birlikdagi almashinuvchi formalari tabiatda ko‘llar, okeanlar, tog‘lik va boshqa sharoitlarda ko‘plab kuzatiladi.
  • 4. Uzilgan (dizpyunktiv) areallar.
  • Turli organizmlarning tarqalish arealini xaritada belgilanganda katta uzluksiz maydonlarni egallashi yoki bu chegaradan tashqarida ham tog‘lar, orollar ko‘rinishida ayni sistematik guruhiy tarqalish areali uchraydi. Bu holat shu turning uzilgan arealga ega ekanligini ko‘rsatadi.
  • Areallarning cheklanishi va undagi to‘siqlar.
  • Tabiatda areallarning cheklanib qolishining ko‘pgina sabablari bor. Masalan:
  • Geografik to‘siqlar.
  • Iqlimiy sharoit.
  • Noqulay substratlar yoki edafik cheklov.
  • Biotik cheklovchi omillar.
  • Nazorat savollari:
  • 1. Areal deb nimaga aytiladi?
  • 2. Tirik organizmlarda tarqalish areallarining qanday tiplari bor?
  • 3. Kosmopolit areal tipi nima va bunday areal tipi qanday hayvonlarda mavjud?
  • 4. Sirkum-koptepital va sirkum okeanik areal tiplari hayvonlarning qanday sistematik guruhlarida uchraydi?
  • 5. O‘zbekiston va Farg‘ona vodiysidan epdemik areal tipga misollar keltiring.
  • 6. Epdem areal tiplari qanday vaziyatlarda paydo bo‘ladi?
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling