Reja: Bobur siymosiga bir nazar. " Boburnoma" yirik memuar asar sifatida


Download 14.42 Kb.
Sana04.10.2022
Hajmi14.42 Kb.
#830862
Bog'liq
1-seminar. Mavz-WPS Office
2 5289517701247535969, chizma geometriya fani va uning vazifalari (1), chizma geometriya fani va uning vazifalari (1), ortiqov-8097---20186-1-2-20201204, oquvchilarning aqliy tarbiyasi, 1656161245, E10n8yOiwWZDVD2d82ISnzDyik6K1nRwHBvCjYtF, 1660118485, BTU 3 kurs ishchi o\'quv dasturi, shodiya, Kon lahimlarini barрo

1-seminar. Mavzu: Boburnomada muallifning adabiy-estetik qarashlari.
Reja:
1. Bobur siymosiga bir nazar.
2." Boburnoma" yirik memuar asar sifatida.
3. "Boburnoma"da geografik joylar tasviri.
Tayanch so‘z va iboralar: Bobur, Umarshayx, Nigorxonim,Xonzodabegim, Samarqand, Hindiston, Voqeanoma, Tabaqoti Boburiy, Buyuk mog‘ullar Boburiynoma, Shayboniyxon, Kobul, Sekri, Agra, Ibrohim Lo‘diy, Mirxond, Xondamir, qasaba, tarnov va h. k.
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilning 14 fevralida Andijonda, Fargʻona ulusining hokimi Umar Shayx Mirzo oilasida dunyoga keldi. Bu davrda Markaziy Osiyo va Xurosonda turli hokimlar, aka-ukalar, togʻa-jiyanlar, amakivachchalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik kilish uchun kurash nihoyat keskinlashgan edi.
Adabiyot, nafis sanʼat, tabiat goʻzalligiga yoshligidan mehr qoʻygan Zahiriddin, barcha Temuriy shahzodalar kabi bu ilmlarning asosini otasi saroyida yetuk ustozlar rahbarligida egalladi. Biroq uning betashvish yoshligi uzoqqa choʻzilmadi. 1494 yili otadan yetim qoldi. 12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun ukasi Jahongir Mirzo, amakisi Sulton Ahmad Mirzo, togʻasi Sulton Mahmudxon va boshqa raqiblarga qarshi kurashishga majbur boʻldi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan murosaga kelish uchun unga yon berishga Fargʻona ulusini ikkiga taqsimlab, yarmini ukasiga topshirishga qaror qildi va oʻzi Samarqand uchun olib borilayotgan kurashga kirishib ketdi. Bir necha yil davom etgan bu kurash qirgʻinbarotdan boshqa biror natija bermadi: unda katta harbiy kuch bilan aralashgan Shayboniyxonning qoʻli baland keldi va Bobur Samarqandni tashlab ketishga majbur boʻldi. 1504 yili Shayboniyxon Andijonni ham qoʻlga kiritgandan soʻng Bobur janubga qarab yoʻl oldi va Kobul ulusida oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. 1505–1515 yillarda u Markaziy Osiyoga qaytishga bir necha bor urinib koʻrdi. Ammo bu urinishlardan hech qanday natija chiqmadi. Soʻng oʻz mavqeini yanada mustahkamlash maqsadida, 1519–1525 yillar davomida Hindistonni qoʻlga kiritish uchun bir necha bor janglar olib bordi. 1526 yil aprel oyida Panipatda Hindiston Sultoni Ibrohim Loʻdi bilan va 1527 yili mart oyida Chitora hokimi Rano Sango bilan boʻlgan janglarda Boburning qoʻli baland keldi. Tarixiy maʼlumotlarning bayon qilishicha, Boburning Hindistonga yurishida Dehli hukmdori Ibrohim Sulton siyosatidan norozi boʻlgan Panjob hokimlari ham Boburni qoʻllaganlar va Sikri jangidagi bu gʻalaba Boburga Hindistonda oʻz hukmronligini uzil kesil oʻrnatish va Boburiylar sulolasini barpo etish imkoniyatini berdi. Ovroʻpo tarixchiligida “Buyuk moʻgʻullar” nomi bilan “gʻalati mashhur” boʻlgan, aslida “Boburiylar sulolasi” Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qildi.
Bobur bu gʻalabadan keyin uzoq yashamadi – 1530 yil dekabr oyida Agra shahrida vafot etdi va keyinroq uning vasiyatiga koʻra farzandlari uning xokini Kobulga olib kelib dafn etdilar.
Boburnoma — jahon adabiyoti va manbashunosligidagi muhim va noyob yodgorlik; oʻzbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar. Muallifi Zahiriddin Muhammad Bobur. Eski oʻzbek (chigʻatoy) tilida yozilgan (taxminan 1518/19—1530). "Boburiya", "Voqeoti Bobur", "Voqeanoma", "Tuzuki Boburiy", "Tabaqoti Boburiy", "Tavorixi Boburiy" kabi nomlar bilan ham maʼlum. Boburning oʻzi esa "Vaqoye" va "Tarix" degan nomlarni ishlatgan. Bobuburnomada 1494—1529 yillarda Markaziy Osiyo, Afgʻoniston va Hindistonda sodir boʻlgan tarixiysiyosiy voqealar yilmayil oʻta aniqlik bilan bayon qilingan boʻlib, ular muallif hayoti va siyosiy faoliyati bilan bevosita bogʻlikdir.
"Boburnoma" oʻzida bayon qilingan voqealar jarayoniga koʻra 3 qismga: Boburning Movarounnahr (1494—1504), Afgʻoniston (1504—24) va Hindiston (1524— 30)dagi hukmdorlik davriga boʻlinadi. Birinchi qismda Boburning otasi — temuriylarning Fargʻona ulusi hokimi Umarshayx Mirzo (1461—94) xususida hamda Boburning Fargʻona taxtiga oʻtirishi (1494 yil iyun), ammo Temuriylar davlatida avj olgan taxt uchun kurash oqibatida oʻz ulusidan mahrum boʻlishi (15-asr 90- yillari), Samarqand uchun Shayboniyxonga qarshi olib borgan jangu jadallari (1497— 1501)ning behuda ketishi, va nihoyat, toju taxtdan butunlay ajrab, Hisor togʻlari orqali taxminan 250 navkar bilan Afgʻonistonga yuz tutishi (1504) haqidagi voqealar batafsil zikr qilingan. Ikkinchi qismda Boburning Kobulni zabt etgani, soʻng u yerda mustaqil davlat tuzgani (1508), Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana ishgʻol qilgani (1511), lekin shayboniylar (Ubaydulla Sulton, Muhammad Temur Sulton va Jonibek Sulton)dan yengilib (1512), Kobulga qaytgani, keyin esa Hindistonni zabt etishga hozirlik koʻra boshlagani xususidagi voqealar bayon etilgan. Uchinchi qism esa Boburning Dehli sultoni Ibrohim Loʻdiyni magʻlub etib (qarang Panipat janglari), Shim. Hindistonni bosib olgani (1526) va Boburiylar davlatini barpo qilgani haqidagi maʼlumotlardan iborat.

"B."da keltirilgan barcha maʼlumotlar, xususan Fargʻona, Toshkent, Samarqand, Hisor, Chagʻoniyon va Shim. Afgʻonistonning 15-asr 80—90- yillari va 16-asr 1choragidagi siyosiy ahvoliga doyr xabarlar oʻzining batafsilligi bilan shu xususdagi boshqa adabiyotlardan tubdan farq qiladi. Shuningdek, asar muallifning muayyan tarixiy voqea haqida hamda oʻzaro dushmanlik qilgan temuriylar — Umarshayx, Sulton Ahmad, Sulton Mahmud, Boysungʻur Mirzo, Sulton Husayn va boshqalarning xulqatvori, tabiati xususida bildirgan fikrmulohazalari bilan ham ahamiyatlidir. Asarda, ijtimoiytabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, maʼdanshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hanuzgacha oʻz tarixiy va ilmiy ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan. Asarda bevosita Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan bir necha kattakichik jang manzaralari mahorat bilan berilgan. Oʻsha davrdagi qoʻshin tuzilishi, urush olib borish, jang usullari, qamal holatlari, qurolyarogʻ turlari, qurgʻonbuzar qurilmalar bilan bir qatorda asarda koʻplab harbiymaʼmuriy istiloxlar (tuman, ulus, koʻkaltosh, eshikogʻa, axtachi, tarxon, shigʻovul, sharbatchi (sharbatdor), mubashshir, tugʻchi, miroxur, rikobdor, dorugʻa, murchil, manjaniq, oʻron va boshqalar) ham uchraydi. Shuningdek, "B."da temuriylar qoʻshinining tuzilishi, harbiy sanʼati va boshqa haqida ham noyob maʼlumotlar bor. Bundan tashqari, Movarounnahr, Afgʻoniston, Xuroson va Hindiston oʻtmishi va zamonaviy holati, xalqlari, qabilalari, ularning tili, madaniyati, kasbhunari, urfodatlari, rasmrusumlari, anʼanaviy tadbirmarosimlari, shuningdek oʻsha davr jamiyatiga xos ijtimoiy tabaqalarga tegishli maʼlumotlar bayon etiladi. Ayniqsa Fargʻona, Andijon, Samarqand, Kobul, Hirot, Agra kabi yirik shaharviloyatlarning jugʻrofiymaʼmuriy tuzilishi, madaniy hayoti, tumanlari, aholisi, qishloq xoʻjaligi, daryo va suv havzalari, choʻladirlari, togʻsahrolari, bogʻu rogʻlari, tabiati, iqlimi, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi, tabiiy boyliklari haqida mufassal maʼlumotlar beriladi. Xususan 15—16-asrlarda Turkiston viloyatida yashagan qora qoʻyluk (qoʻyunluk) qabilasining hamda Movarounnahrdagi turkmoʻgʻul qabilalarining urfodatlari, harbiy mahoratlari haqidagi maʼlumotlar, ayniqsa ilmiy jihatdan gʻoyatda qimmatli boʻlib, ular oʻzbek, qozoq, qirgʻiz va boshqa turkiyzabon xalqlar etnik tarixini oʻrganuvchilar uchun muhim ahamiyatga egadir. "B." da Fargʻona, Samarqand shaharlari va shu nomdagi viloyatlar, Ohangaron vodiysi, Oʻratepa va uning atrofi, Mascho, Hisor, Chagʻoniyon, Badaxshon, Kobul viloyati va boshqa joylar geografik jihatdan gʻoyatda qiziqarli tavsif qilingan boʻlib, muallif oʻzi yurgan yoʻllar, oʻzi boʻlgan shahar va qishloqlarni gʻoyat darajada aniq tasvirlagan.


"B."da Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Shayxim Suhayliy, Husayn Ali Tufayliy, Osafiy, Binoiy, Sayfiy Buxoriy, Ohiy, Muhammad Solih kabi oʻnlab ijodkorlar, Xoja Abdullo Marvariy, Qul Muhammad Udiy, Shayx Noyiy, Yusuf Ali, Mullo Yorak, Shohquli Gʻijjakiy, Husayn Udiy, Behzod, Shoh Muzaffar kabi koʻplab sanʼatkorlar tavsif etilib, ularning ijodiy faoliyatlariga xolis baho beriladi. Jumladan, Alisher Navoiy haqida shunday deyiladi: "Alisherbek naziri yoʻq kishi edi. Turkiy til bila to sheʼr aytibturlar,— hech kim oncha koʻp va xoʻb aytqon emas".
"Boburnoma"da joy nomlari toponimikasi haqida so'z yuritar ekanmiz, asarda uchraydigan toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linishini ta'kidlab o'tamiz. Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari -oykonimlar tashkil etadi. Oykonimlar:
1) mamlakatlar nomlari — Afg'oniston, Hindiston, Arabiston, Mo'g'uliston, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson;
2) shaharlar nomlari — Dehli, G'azna, Qobul, Mashhad, Banoras, Urganch, Toshkand, Andijon, Kesh, Sayram, Xo'jand, Qarshi, Buxoro;
3) qishloq va kentlar nomlari — Muhammad og'a kenti, Ho'dak kenti, Beshkent, Qulba kenti, Archakent, Yorkand, Navkand, Dehi G'ulomon, Yettikent, Dehi Afg'on;
4) qal'a va qo'rg'onlar nomlari: Qal'ai Dabusi, Qal'ai Zafar, Olaqo'rg'on, Toshqo'rg'on, Asfidak qo'rg'oni;
5) rabotlar nomlari — Raboti Sarhang, Raboti Zavraq, Surhrabot, Raboti Ro'zak kabilarni o'z tarkibiga birlashtiradi. "Boburnoma"da qayd etilgan toponimlar tizimida yer sathidan balandda turuvchi obyektlarni atoqli otlar-oronimlar alohida o'rinni egallaydi.
Oronimlarni qanday obyekt nomini bildirib kelishiga ko'ra bir necha guruhga tasnif etib o'rganish mumkin. Tog' nomlari: Olatog', Capetog', Olg'tog'i, Mehtar Sulaymon tog'i, Murg'on tog'i, Shovdor tog'i, Shunqorxona tog'i, Kirmosh tog'i, Xoja Ismoil tog'i singarilar. Ba'zan bu xil nomlar tarkibida "tog'" ma'nosini ifodalovchi tojikcha "kux" .suzi katnashgan Anbarkuh Barokux Domankuh Kuxi Jud, Kuxi Safid, Kuxisof, Kuxpor kabilar. Kutal nomlari — Anbaxor kutali, Bodi kutali, Gunbazak kutali, Kutali Zarrin, Oqqutag. Sangdoki kutali, Karokuba kutali. Dara nomlari: Darai Boy, Darai Bot,. Darai Gaz, Darai Zang, Darai Zindon, Darai Hyp, Darai Suf, Darai Xush, Kamrud darasi, Pashgroi darasi, Puromin darasi, Tutumdara, Obdara. Dovon nomlari — Itmak dovoni, Kandislik dovoni, Muxammad pix dovoni.
Bobur "Boburnoma"da oronimlar xaqida to'xtalganda o'sha tog', dara, kutallarning joylashgan o'rni, foydali qazilmalari, o'simliklar va hayvonot olami, yo'llari, iqlimi, gidrografiyasiga oid muhim ma'lumotlarni keltirib o'tadi. Chunonchi, Xo'jand yaqinida joylashgan tog' xususida shunday deb yozadi:, "...daryoning shimol tarafida bir tog' tushubtur, Munugip otliq, derlarkim, bu tog'da firuza koni va ba'zi konlar topilur. Bu tog'da bisyor yilon bor" "Boburnoma"ni o'qir ekanmiz, unda ko'plab geografik nomlarning etimologiyasiga doir asosli ilmiy fikrlar bayon qilinganligini ko'ramiz. Darhaqiqat, Bobur joy nomlarini tilga olganda, ba'zan ularning qanday ma'no anglatishiga, nima uchun shunday nom olganligiga e'tibor beradi, bu haqda o'z mulohazalarini kitobxon bilan o'rtoqlashadi. Chunonchi, Boburning Kandibodom shahri nomining ma'nosi to'g'risidagi fikri diqqatga loyiqdir. Konibodom xozirda Tojikiston Respublikasi hududiga qarashli bo'lib, Konibodom shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Mahalliy aholining fikriga ko'ra, Konibodom toponimi ikki qismdan: kon va bodom so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, "bodom koni" ma'nosini bildiradi. Aslida mazkur oykonimik nomning birinchi qismidagi kon so'zining "ko'p, mo'l, serob ma'nosiga hech qanday aloqasi yo'qligini, u aslida «kand" so'zi bo'lib, "shahar"
ma'nosida qo'llanganligi, binobarin, Kandibodom "bodom shahri", "bodomli shahar" ma'nosini anglatishini biz "Boburnoma" mutolaasi orqali bilib olamiz.
Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon...

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,


Yuzung xur, soching anbar, soʻzung mul, menging meynon.
Meynon menging, soʻzing mul, anbar soching, yuzung xur,
Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.

Tafohur koʻzum, koʻnglum qilurlar magar bordur,


Koʻzunga koʻngul vola, yuzunga koʻzum hayron.
Hayron koʻzum yuzunga, vola koʻngul koʻzunga,
Bordur magar, qilurlar koʻnglum, koʻzum tafohur.

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,


Pariydek seni koʻrdum emassen magan inson.
Inson magar emassen, koʻrdum seni pariydek,
Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,


Itobing manga ofat, hadising manga darmon.
Darmon manga hadising, ofat manga itobing,
Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

Chu Bobur sanga quldur nazar qil anga zinhor,


Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.
Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,
Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur
Mavzuga oid savollar.
1. Bobur necha yoshida taxtga chiqqan?
2. Boburning opasining ismi?
3. Bobur qaysi shaharda vafot etadi?
4. Boburning qanday asarlari bor?
5. Boburning aruz vavniga bag‘ishlangan asari nomini ayting.
6. " Tabaqoti Boburiy" qaysi asarning nomi?
7. Boburnomada qaysi davlat nomlari keltirilgan?
8. Boburnomada qaysi rabotlar nomlari kqltirilgan?
9. Boburnoma asaeida qaysi qishloq va kentlar nomi keltirilgan?
10. Boburnomada keltirilgan qo‘rg‘on nomlarini sanang?

B.B.B metod


B- Bilardim ( bunda siz nimalarni bilardingiz shularni yozasiz).
B- Bilib oldim ( bunda nimalarni bilib olganligingizni yozasiz)
B- Bilishni xohlayman ( bunda siz nimalarni Bilishni xohlaysiz, nimalarga tushunmadingiz shularni yozasiz).
Bu metod orqali sizni nimalarni bilishingiz, nimalar sizni qiziqtirishi va nimalarni bilib olganligingiz tekshiriladi. Bu orqali talabaning bilim darajasi bilib olamiz. Bularni barchasi yozma tarzda qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan adabiyotlar:


O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari / Majmua. (1-2-jildlar) Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallifi: N.Rahmonov. – T.: Fan, 2005, 2007.
Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O’quv qo’llanma. – T.: O‘zYU Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006. Орзибеков Р. Ўзбек адабиёти тарихи. Ўқув қўлланма. - Самарқанд: 2005.Миллий уйғониш даври ўзбек адабиёти. Дарслик –Т.: Маънавият, 2004.Сирожиддинов Ш. Ўзбек мумтоз адабиётининг фалсафий сарчашмалари. – Т.: Янги аср авлоди, 2011.
Download 14.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling