Reja: Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi 2


Download 206.45 Kb.
bet1/25
Sana12.05.2022
Hajmi206.45 Kb.
#667617
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Онтология
Mustaqil ish, 2 5330091857860889415, 2 5330091857860889415, 2 5348381628198554841, 2 5341285509001907400, 6. How to create a Harvard bibliography or reference list (2), 7-sinf adabiyoti-fanidan-testlar, faxriy yorliq1212, 374 xat, Ахроров Азизжон Комил ўғли УКРАЧ МФЙ Обьективка, 2-amaliy (1), 1-amaliy, o\'zgalarning nutqi, TapScanner 01-04-2022-19꞉05 (1), @iBooks Bot matyematik masalalar

MAVZU: Borliq – falsafa kategoriyasi


REJA:
1. Borliq tushunchasining tahlili. Falsafa tarixida borliq muammosi
2. Borliq shakllarining tasnifi: tabiat borlig‘i va ma’naviy borliq, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i. Virtual borliq tushunchasi
3. Substansiya va substrat tushunchasilari. Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar
4. Harakat - materiyaning yashash sharti. Falsafa tarixida makon va vaqtga substansional va relyasion yondashuvlar

Tayanch tushunchalar


Olam, monizm, dualizm, plyuralizm, substansiya, substrat, individual olam, ijtimoiy olam, real olam, virtual olam; Borliq, yo‘qlik, mavjudlik, reallik, materiya, harakat, fazo, vaqt; tabiat, muhit, biosfera, noosfera, hayot, ekologiya, naturfilosofiya, ekologik ong.


ONTOLOGIYA TUSHUNCHASI. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o‘rganiladi, Shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi.
Ontologiya” atamasi yunoncha so’zdan olingan bo’lib (ontosborliq, logosso‘z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi.
Falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. «Borliq» kategoriyasi har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
“Borliq” va “yo‘qlik” kategoriyalarining o‘ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki, ularning falsafiy ma’nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe’ldan, aniqroq aytganda, «bo‘lmoq» fe’lidan (yoki uning inkoridan) hosil bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o‘zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo‘qligini ko‘rsatadi. Masalan, stol bor, yomg‘ir yo‘q, miya bor, g‘oyalar yo‘q va h.k.

Download 206.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling