Reja: Bosib olish uchun tayyorgarlik va O`rta Osiyoga qarshi istilochilik yurishi bosqichlari


Download 77.5 Kb.
bet1/2
Sana07.01.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1082137
  1   2
Bog'liq
2-Mavzu.Podsho Rossiyasining O’rta Osiyoga ekspensiyasi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.


2-Mavzu. Podsho Rossiyasining O’rta Osiyoga ekspensiyasi va Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.

Reja:
1.Bosib olish uchun tayyorgarlik va O`rta Osiyoga qarshi istilochilik yurishi bosqichlari.


2.O`rta Osiyoga qarshi harbiy-istilochilik yurishlarining boshlanishi.
3. Turkiston o`lkasida mustamlaka boshqaruvining o`rnatilishi
4.Yangi ma`muriy hududlarning tashkil qilinishi.

Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o‘z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari bilan har tomonlama aloqalar o‘matishga harakat qildi. Bunda, eng avvalo, xonliklar to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot- lar to‘plash maqsadida o‘z elchilarini bu yerlarga jo‘natdi. Pyotr I hukmronligi davri- dayoq Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi harbiy ekspeditsiya jo‘na- tilgan edi. Ammo bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng podsho hukumati harbiy istehkomlar qurishga kirishdi. 1718-yilda Irtish daryosi sohilida shunday istehkomlardan yettitasi qurib bitkazildi.


Sayyoh, savdogar, elchilar sifatida yuborilgan ayg‘oqchilar tomonidan 0‘rta Osiyoning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy ahvoli, suv va quruqlikdagi yo‘llari to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ib borildi. XIX asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun qo‘shimcha iste’mol bozorlarining zarurligi, to‘qimachilik sanoati uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan hududga ega bo‘lish muammolari 0‘rta Osiyoni bosib olinishini yanada tezlashtirdi. Shuning uchun XIX asming o‘rtalarida bu hududni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi.
0‘rta Osiyoga 1825-yilda M.Murkroft Angliya bilan aloqalami yo‘lga qo‘yish uchun yuboriladi. U Buxoroga kelib, qaytib ketayotganda ikki hamrohi bilan halok bo‘ladi. 1832-yilda Buxoroga A.Byoms, 1844-yilda mayor I.Volf, 1843-yilda Xiva va Buxoroga kapitan J.Abbot yuborilgan.
0‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to‘rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich - 1847-1865-yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining shimoliy-g‘arbiy viloyatlari va Toshkent shahri istilo qilindi. Istilo etilgan hududlarda Oren­burg general-gubematorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich - 1865-1868-yillami qamrab olgan bo‘lib, bunda Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik harakatlari amalga oshirildi. Uchinchi bos­qich - 1873-1879-yillar davomida Xiva va Qo‘qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‘ldi. To‘rtinchi bosqich - 1880-1885-yillarda turkmanlaming bo‘ysundirilishi edi.
0‘rta Osiyoni o‘z mustamlakasiga aylantirish maqsadida podsho hukumatining olib borgan harbiy istilochilik yurish- lari natijasida uning katta hududlari bosib olindi. Olib borilgan harbiy harakatlarda yo‘qotishlar va talafotlarga qaramay, imperator Aleksandr II ning buyrug‘i bilan nav- batdagi harbiy rejalami amalga oshirish davom ettirildi. 1867- yilda bosib olingan hududlami o‘z ichiga oluvchi Turkiston general- gubematorligi tashkil qilindi. Shu bilan birga, Turkiston harbiy okrugi ham tuzildi. 1847-yildan boshlab harbiy istilochilik yurishlarida ishtirok etgan barcha harbiy qismlar uning tarkibiga kiritildi. Bu davrda Turkiston harbiy okrugidagi harbiylar soni 40 ming kishidan iborat bo‘lgan.Toshkent shahri general-gubematorlikning markazi qilib belgilandi. U qulay geografik makonda joylashgan bo‘lib, harbiy, siyosiy, strategik maqsadlami amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlargaegaedi.
Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling