Reja: Davlat tuzumi


Download 45.38 Kb.
bet1/3
Sana31.05.2020
Hajmi45.38 Kb.
  1   2   3

FRANSIYA

Reja:


1.Davlat tuzumi

2.Tabiati

3.Tarixi

4.Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyishmalari

5.Xojaligi

6.Sanoati

7.Transporti

8.Tashqi savdosi

9.Tibbiy xizmati

10..Adabiyoti

11.Me’morligi

12.Tasviriy san’ati

13.Musiqasi

14.Teatri

15.Kinosi

16.O’zbekiston-Fransiya munosabatlari

Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 547,03 ming km2. Aholisi 60,424 mln. kishi (2004). Poytaxti — Parij sh. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. F. tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna o.lari va b.), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi

F. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1958 y. referendum da qabul qilintan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridantoʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5 y. muddatga saylanadi va yana 1 marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi xrkimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Tabiati


F.ning sharq va jan.da togʻ tizmalari, markazining jan. qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. F.dagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shim,sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, F.Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda bal. 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. F. va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi F. tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. F.da foydali qazilmalardan kumir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xom ashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam mikdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz ikdimi. f. iqlimi q.x. uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shim.da Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻʼtadil iklimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz soxdllari, Yura, Rona pasttekmsliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shim.sharkdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvarfev.da oʻrtacha t-ra 13°, gʻarb va jan.

gʻarbda 5—7°, mamlakat jan.da 8—10°. Iyul va avg .da tekisliklarda 16—18°, shim.da 20—22°, jan. gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng kupi (1500—2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna, mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. F.da koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya xududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang , chimli kulrang , qoʻngʻir rendzin, kulrang xamda "terra rossa" deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20% ni tashkil etadi. Shim.da keng bargli urmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay usadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxurak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, jan. da qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliklar bor. Mamlakat hududining 10% himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va b.), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Aholisining 90% dan koʻproga fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring , katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va b.) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73%. Aholining 80% xristian (katolik), 5% ga yaqini musulmon, 2% protestant, 1% yaxudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg , Bordo, Monpelye, Lill.

Tarixi

F. hududida odam juda kddim zamondan, taxm. 1 mln. yildan buyen yashab keladi. Mil. av. 6—5-a.larda F. hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Mil. av. 2-a. oxiri — 1-a. Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Mil. 2—4-a.larda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-a.larda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi ("Fransiya" franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan F. mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-a.dan mamlakat "F." deb atala boshladi. 1302 y. dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. F. bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (1337—1453) natijasida i.ch. va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-a. 2yarmida F. iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-a.lardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. F. qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (q. Oʻttiz yillik urush). 17-a.



ga kelib F. mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-a.ning 2yarmida F.Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 14) va nihoyat Yetti yillik urush (1756—63) natijasida F.ning Shim. Amerika (Kanada va b.) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-a.

larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 y. 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—95) va Direktoriya rejimi (1795—99) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—15 va 1815—30 y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 y. 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, F. 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830 y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.



1848 y. fevral inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851 y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852 y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—71 y.lardagi F. — Prussiya urushida F. yengilib turgan sharoitda (1870) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F. respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 y. 18 martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871 y. Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, F. Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Germaniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, F. mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-a. boshlarida F. sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. F. bilan Germaniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—93 y.larda F. — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi F.— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. F. 1jaqon urushi (1914—18)da qatnashdi. Germaniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F. Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-y.lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939 y. 3 sent.da F. Germaniyaning F. ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940 y. may oyida Germaniya qoʻshinlari F. hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda F.ga Italiya urush eʼlon qildi. 14 iyunda esa Germaniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda F. hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Germaniya qoʻshinlari F. hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi sh.da A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 y. 11 noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940 y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 y.dan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va b.)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941 y. 24 sent.

da de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi F. hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943 y. 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 y. 2 iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 y. oxmriga kelib, F. hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.

2-jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, F. mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946 y. 24 dek.da demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (1946—58) boshlandi. 1949 y. Shim. Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958 y. mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida "milliy najot" hukumatini tuzishni talab qildi. 1 iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu yildan F. Beshinchi respublika nomini oldi. 60-y.

larda F. Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hoz. Benin), Niger, Yuqori Volta (hoz. Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hoz. Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966 y. martda F. NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965 y. 19 dek.da Sh. de Goll qaytadan 7 y.ga prezident etib saylandi. 1968 y.gi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik F.ni larzaga keltirdi. 1968 y. kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. F. oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969 y. de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969 y. "Respublika uchun demokratlar ittifoqi" partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974 y. Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981 y. soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88 y.lar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988 y. F. Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995 y. prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000 y. 25 sent.

dagi referendumga asosan prezidentlik davri 7 y.dan 5 y.ga oʻzgartirildi. 2002 y. J. Shirak qayta prezident etib saylandi. F. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR mustaqilligini 1992 y. 3 yanvarda tan olgan va 1992 y. 1 martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14 iyul — Bastiliya ishgol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

F. sotsialistik partiyasi, 1971 y. tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962 y. tuzilgan, 1976 y.gacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978 y. asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965 y. tashkil etilgan, 1995 y.dan hozirgi nomda; F. kommunistik partiyasi, 1920 y.tuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972 y. asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi F.dagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895 y. tuzilgan; F. demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; F. xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919 y. asos solingan; "Fors uvriyer", kasaba uyushma markazi, 1947 y. tuzilgan.

Xoʻjaligi

F. — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24,9%, q.x., oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7%., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 72,4% ni tashkil etadi (2002).

Sanoati

F. sanoat i.ch. boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy i.ch. tarmoqyaari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. F.da temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va b. konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va jan.da kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. F.ning jan.gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya k-tlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va b. eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun F. hududida qazib olinadi. "Reno" va "Pejo" kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, q.x. mashinalari va b. ishlab chiqariladi. F. kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va b. tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va b. mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.



Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6% ni tashkil qiladi, shundan 40% yaylov va pichanzor. Chorvachilik q.x.ning yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55%). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy q.x. ekini boʻlgan bugʻdoy Shim. Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy F. massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Transporti

T.y. uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va F.ning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uz. 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uz. 8,6 ming km. Neft va b. suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi

F. chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va h.k.larni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg , Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. F.da xalqaro turizm rivojlangan: yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

Tibbiy xizmati

Sogʻliqni saklash sohasi kasalxonalardan va "shahar tibbiyoti" deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saklash tizimi rivojlangan. F.da profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va h.k.) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va h.k.lardir. Shu tufayli F.da bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va b.; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-a. boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-a. oxirlarida qabul qilingan. 1905 y.dan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959 y.dan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99%. 2—3 y. maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.

Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika inti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va b.

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya in-ti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If o.dagi muzey va b. Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan. I.t.larning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat i.t. muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saklash milliy inti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy inti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik i.t. markazlari: "Noraviasion", "Elektrisite de Frans", "Sharbonaj de Frans", "Gaz de Frans", "SenGoben", "FransAtom", "MerlenJeren", "Krezo" va "Shneyder" kompaniyalari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. F.da matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. F.da nashr etiladigan yirik gaz. va jur.lar: "Figaro" (kundalik gaz., 1826 y.dan), "Le Pariziyen" ("Parijlik", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Mond" ("Tinchlik", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Frans Suar" ("Fransiya oqshomi", kundalik kechki gaz., 1941 y.dan), "Oror" (kundalik gaz., 1944 y.dan), "Krua" ("Xoch", kundalik kechki katolik gaz., 1880 y.dan), "Yumanite" ("Insoniyat", kundalik gaz., 1904 y.dan), "Uest—Frans" ("Gʻarbiy Fransiya", kundalik gaz., 1944 y.dan), "Syud—Uest" ("JanubiGʻarb", kundalik gaz., 1944 y.dan), "L ekspress" (haftalik ijtimoiysiyosiy jur., 1953 y.dan), "Pari match" ("Parij matchi", haftalik bezakli jur., 1949 y.dan), "MariKler" (oylik jur., 1954 y.dan) va b.

Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944 y.da tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835 y. tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: "Radio Frans", 1975 y. tuzilgan, Televizion fransez— 1, "Antenn—2", "Frans rejone" davlat televideniye kompaniyalari, 1975 y. tashkil etilgan.


Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling