Reja: Dilshodi Barnoning hayoti


Download 57.01 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi57.01 Kb.
#1051666
Bog'liq
1 dilshodi barno


Mavzu: Dilshodi Barno. Hayoti va ijodiyoti
Reja:
1. Dilshodi Barnoning hayoti
2. Dilshodi Barnoning ijod yo’li
3. Dilshodi Barno g’azallaridan
Dilshod Otin, Barno, Dilshodi Barno (taxalluslari; asl ism-sharifi Dilshod Rahimqul so‘fi qizi), (1800, O‘ratepa — 1905/06, Qo‘qon) — shoira, ma’rifatparvar. Otasidan savod o‘rgangan. Maktabdorlik qilgan — xotin-qizlarga xat-savod o‘rgatgan. Anbar Otin Dilshod Otinning iqtidorli talabalaridan bo‘lgan.
Dilshod Otin g‘azal, muxammas, masaddas, chiston va boshqa bilan birga xotiranomalar ham yaratgan. Uning 91 ta o‘zbekcha va 51 ta tojikcha she’ri, «Tarixi muhojiron» («Muhojirlar tarixi») badiiy-tarixiy asarining o‘zbekcha va tojikcha 3 qo‘lyozma nusxasi («Tazkirai Barno», «Sabot ul-bashar maa tarixi muhojiron» — «Inson matonati va muhojirlar tarixi», «Muntaxab al-ash’ori Barno» — «Barnoning tanlangan she’rlari») bizgacha yetib kelgan.
Bularda o‘zaro urushlar, xalqning turmush sharoiti va boshqa ijtimoiy-siyosiy voqealar o‘z ifodasini topgan. Turkistonni chor Rossiyasi bosib olishiga bo‘lgan munosabatda shoira zamondoshlaridan ilgarilab, bu hodisaning barcha oqibatlarini to‘g‘ri tushungan. Shu jihatdan Dilshod Otin she’riyati xalq taqdirining badiiy yilnomasi darajasiga ko‘tarildi. Shu bilan birga shoira baxtiyor zamon, yaxshi kunlar kelishiga ishondi («Bu jabru zulmat albat muvaqqat…», «Farg‘ona» va boshqa), turkistonliklarni do‘st-inoq yashashga undadi («Xaloyiq, borsangiz…», «Tarixi muxosara» va b.).
Dilshod Otin lirikasida muhabbat va sadoqat mavzui, vatan va inson ozodligi masalasi uyg‘unlashib ketgan («Sochim sunbul deyurlar…», «Falakda suzuvchi oy…» va b.).
Dilshod Otinning «Tarixi muhojiron» asarida 19-asr Qo‘qon xonligidagi tarixiy, ijtimoiy-siyosiy voqealar aks etgan. Ayollarni ma’rifatli, erkin, jamiyatning teng huquqli a’zolari bo‘lishga chorlagan. Shuningdek, asarda O‘ratepa va Qo‘qonda yashagan 30 dan ortiq shoir va shoiralar ijodi haqida ma’lumot keltirilgan.
Dilshod Otin asarlari qo‘lyozmasi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (inv. № 1207). Asarlari o‘zbek va tojik tillarida nashr qilingan.
G'AZALLAR
Bu muhabbat jomidur, deb dahrdin chiqdi nido,
“Yor aksin mayday ko’r”, deb jomdin chiqdi sado.
Xonaqoh ahlig’a aytdim: “Alvido, ey so’filar”,
Dayra kirdim, rindliqni emdi qilg’um ibtido.
Man ichib ishq bodasini, boy berdim mazhabim,
Har na bo’lsa ko’rsa ko’zim, jon anga bo’lsin fido.
Bu qadah ichra ko’rundi orazi ul yorning,
Zanjiri ishqini soldi bo’ynuma, ermish rido.
Oshiqini g’ul urub band aylasa ma’shuq agar,
Shukr qilg’ay, bo’lmasam deb, bandidin hargiz judo.
Jannatu do’zax barobar oshiqi zor oldida,
Ishq imomig’a hamisha aylamishdur iqtido.
Garchi Barno zordur bir orazi yor oldida,
Ishq imomig’a hamisha aylamishdur iqtido.
***
Odam aytibdur avval ulug’ nurg’a qarab,
Bir marta kulgil, ey nur, qaro yerg’a qarab.
Xovar boqibdur ul dam anvor mehr ila,
Zulfin etib parishon, soyu qirg’a qarab.
Yer aylanib turibdur, parvona xovar uzra,
Hayo teri oqibdur Amuyu Sirg’a qarab.
Chiqganda dona-dona buloq ko’zidin ul ter,
Hayratda xovar o’lmish ul on dirg’a qarab.
Siru Amu oqibdur, kishvari kokilidek,
Nazar solmabdur also adirg’a qarab.
Odam qo’lida oxir o’libdur rom jayhun,
Ta’zim etibdur ul dam ul Sirg’a qarab.
Inson payravi bo’l, Dilshod o’lg’aysan,
Ta’zim etma hargiz begu mirg’a qarab.
Download 57.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling