Режа Elektron qurilmaning passiv komponentlari turlari


Download 293.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana08.02.2023
Hajmi293.3 Kb.
#1177171
  1   2
Bog'liq
2-maruza Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, transformatorlar va drosselllar



2- MA’RUZA
MAVZU: Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, 
transformatorlar va drosselllar. 
 
Режа 
1. Elektron qurilmaning passiv komponentlari turlari. 
2. Induktiv g’altaklar. 
3. Transformatorlar va drosselllar. 
 
Sanoat elektronikasi qurilmalari asosan ma`lum radioelementlardan
iboratdir. Biroq elementlarga bo`lgan talablar hamda ularning turli 
sxemalarda bajaradigan vazifasi bir xil emas. Bunday asosiy 
elementlarga rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g`altaklari,
transformatorlar, elektrovakuumli , ionli hamda yarim o`tkazgichli
asboblar, integral mikrosxemalar va boshqalar kiradi.
Elektron texnikasi mutaxasislari elektron qurilmalarni o`rganishdan
oldin yuqorida ko`rsatilgan elementlarning tuzilishi, asosiy
xususiyatlari va turlari bilan tanishib chiqishlari lozim.
Kondensatorlar 
Elektr energiyasini g`amlash xususiyatida ega bo`lgan elektron 
sxema elementi (радиодетал) kondensator deyiladi. 
Sanoatda ishlab chiqarilgan kondensatorlar o`zgarmas, o`zgaruvchan
va sozlanuvchan sig`imli bo`ladilar (13-rasm).
1-rasm. O`zgarmas, o`zgaruvchan va sozlanuvchan sig`imli 
kondensatorlarning shartli belgilari 
O’zgarmas sig`imli kondensatorning sig`im miqdori o’zgarmas 
bo`lsa, o’zgaruvchan sig`imli kondensator sig`imining miqdorini 
o`zgartirish mumkindir. Sig`im miqdorini kichik qiymatlari
oralig`ida katta aniqlik bilan o`zgartirishga mo`ljallangan
kondensator sozlanuvchan hisoblanadi. 





Barcha turdagi kondensatorlarning izohlovchi asosiy parametrlar
quyidagilar hisoblanadi, ya`ni sig`imning : 
a) nominal miqdori (sig`im miqdorini o`lchov birligi – farada);
b) nominal miqdordan chetga chiqishi; 
v) ish kuchlanishi. 
Kondensator sig`imining  nominal miqdori uning sirtiga yozilgan
bo`ladi. Uning nominal miqdori raqam va M, П, Н harflari bilan
belgilanadi. Bu holda M harfi mikrofaradani (mkF), П harfi 
pikofaradani (pF), Н harfi nanofaradani (nF) bildiradi. Masalan, 91
П yozilgan bo`lsa, kondensator sig`imi 91 pF deb tushunish kerak.
U holda: 20 M – 20 mkF, 22 P – 22пF, 10 Н - 0,01 mkF va
hokazo. (1П =1000 pF = 0,001 mkF).
Bu yerda harf va raqamlarning yozilish tartiblari ham ahamiyatga 
egadir; ya`ni: Н 15-150 пF ; 9П1 - 9,1 пF; 1Н8 - 1800 пF va
hokazo.
Odatda kondensator sig`imi miqdori unnig plastinkalari
o’lchamiga, ular orasidagi masofaga, dielektrikning xususiyatiga
bog`liqdir. 
Kondensator sig`imi nominal miqdoridan chetga chiqishi qiymati
xuddi rezistor qarshiligining miqdoridan chetga chiqishi qiymatiga
o`xshab belgilanadi. 
Kondensator ish kuchlanishi uning uzoq vaqt mu`tadil ishlashini
ta`minlovchi kuchlanish miqdorini ko`rsatadi. Ish kuchlanish miqdori
volt bilan kondensator sirtida ko`rsatilgan bo`ladi. Kondensator 
sirtida, ko`pincha, dielektrikning teshilishi (materiyalning ishdan 
chiqishi), ya`ni teshib o`tish kuchlanishi (пробивное напряжение) 
miqdori ko`rsatiladi. 
O`zgarmas sig`imli kondensatorlarning asosiy turlari quyidagilar:
Qog`ozli kondensatorlar (KБ, KБГ, БM ) past chastotalarda 
filtirlash, blokirovkalash va o`tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. 
Bu kondensatorlardagi dielektrik – maxsus modda shimdirilgan
qog`ozdir.
Slyudali kondensatorlar (KСO , KБГ, СГM ) – yuqori
ko`rsatkichlarga ega. Ular kichik o`lchamli va arzonligi bilan
ajralib turadi . Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida slyuda
ishlatiladi.

Download 293.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling