Reja: Erkin yurish muftasi
Download 1.19 Mb.
|
MAVZU
MAVZU: Erkin yurish muftasining vazifasi, tuzilishi va ishlash prinsipi. REJA: 1.Erkin yurish muftasi 2. Plunjer-rolikli erkin yurish muftasi. 3. Xrapovikli erkin yurish muftasi Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilayotgan startyorlarning aksariyatida shesternya maxovikning tishli gardishi bilan elektromexanik usulda majburiy ilashtirish prinsipiga asoslangan yuritma mexanizmlar qo‘llaniladi. Bu yuritma mexanizmlarida asosiy element erkin yurish muftasi (bendeks) bo‘lib, u dvigatel ishga tushayotganda aylantiruvchi momentni startyor validan dvigatelning maxovigi orqali tirsakli valga uzatilishini va dvigatel ishga tushgandan keyin, startyor yakorini dvigatelning maxovigidan avtomatik ravishda ajratilishni ta’minlash vazifasini bajaradi. Bu harakatni teskari tomonga uzatilishini istisno qilib, startyor yakorini sochilib ketishini oldini oladi. Erkin yurish muftalarining rolikli, friksion va xrapovikli turlari mavjud. Quvvati 4...5 kVt gacha bo‘lgan startyorlarda rolikli erkin yurish muftasiga ega bo‘lgan yuritma mexanizmlar eng keng tarqalgan. Bu muftalarning ishlashi, roliklar tutash sirtlar orasidagi ishqalanish kuchi ta’sirida qisilib qolishiga asoslangan. Roliklarni ishchi yuzga zarur darajada bosib turuvchi moslamalarning tuzilishiga ko‘ra plunjerli va plunjersiz erkin yurish muftalari mavjud. Plunjer-rolikli muftalarda shlisali vtulka 1 ga yetakchi halqa 4 qotirib mahkamlangan. yetakchi halqada to‘rta ponasimon ariqchalar bo‘lib, ularga roliklar 3 o‘rnatilgan. Prujina 10 va plunjer 9 roliklarni ariqchalarning tor qismiga siqib turadi. Shesternya 8 yetaklanuvchi halqa 7 bilan butun qilib yasalgan. Prujinalar surilib ketmasligi va bosim kuchlanishining barqarorligini ta’minlash uchun ular maxsus tirgaklar 11 ga o‘rnatilgan. Tirkalish shaybalari 5 Plunjer-rolikli erkin yurish muftasi. va 6 roliklarning o‘q bo‘ylab siljishini cheklaydi. Mufta yupqa metall qobiq 2 bilan qoplangan. Mexanik mustahkamligini va yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida yuritma shesternyasi va mufta halqalari kuchli legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Tortish relesining yakori bilan bog‘langan pishang yordamida yuritma shesternyasi maxovikning tishli gardishiga to‘la ilashganda va startyor chulg‘amlariga tok ulanib, u ishga tushganda aylantiruvchi moment yetakchi halqa 4 va yetaklanuvchi halqa 7 orasidagi ponasimon ariqchaning tor joyiga plunjer 9 va prujina 10 ta’sirida siqilgan rolik orqali yuritma shesternyasiga uzatiladi. Dvigatel ishga tushgandan keyin, maxovikning tishli gardishi yuritma shesternyasini startyorga nisbatan tezroq aylantiradi. Natijada, yetaklanuvchi halqa 7 yetakchi halqa 4 dan o‘zib ketadi va roliklar ponasimon ariqchaning keng joyiga chiqib ikkita halqani bir-biridan, va demak, startyorning yakor valini shesternya-maxovik tishli juftdan ajratib yuboradi. Shu tarzda harakatni teskari tomonga, ya’ni dvigateldan startyor valiga uzatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va markazdan qochma kuch ta’sirida yakor chulg‘amlari va kollektor sochilib ketishdan saqlab qolinadi. Plunjersiz rolikli muftalarda yetakchi halqa 10 shlisali vtulka bilan yaxlit ishlangan bo‘lib, ularda ham roliklar 1 joylashtirilgan to‘rtta ponasimon ariqcha mavjud. Roliklar ariqchaning tor joyiga Г-simon turtkich 2 orqali prujina 3 yordamida bosib turiladi. Shesternya 5 yetaklanuvchi halqa bilan bir butun yasalgan. Tiralish shaybasi 8, roliklar va shesternyaning o‘q bo‘ylab siljishini cheklaydi. Namatdan tayyorlangan zichlagich 7 muftani ifloslanishdan saqlaydi. yetaklanuvchi halqaning shlisali vtulkasiga ikkita yarim muftadan iborat yetaklash muftasi 14 o‘rnatilgan. Startyor ishga tushish jarayonida yarim muftalarning biri bufer prujinasi 13 ga ta’sir qilsa, startyorning tok zanjiri uzilib, yuritma shesternya ilashishdan chiqish jarayonida yarim muftalarning ikkinchisi prujina 16 ga ta’sir qiladi. Qulflovchi halqa 15 ikkita yarim muftani dastlabki holatda ushlab turadi. Plunjersiz rolikli mufta, plunjerli mufta kabi ishlaydi. Xrapovikli erkin yurish muftasi quyidagi qismlardan iborat: qobiq 11, yetaklovchi 8 va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar, yuritma shesternyasi 2,prujina 10, shlisli yo‘naltiruvchi vtulka 12, yetakchi va yetaklanuvchi xrapoviklarni bir-biridan ajratib, ushlab turish uchun xizmat qiladigan konusli vtulka 7, tekstolit segmentlar 3 va yo‘naltiruvchi shtiftlar 4 dan tashkil topgan markazdan qochma mexanizm. Tortish relesi chulg‘amlari tok manbaiga ulanganda, uning yakori yuritma pishangi va mufta qobig‘i 11 orqali xrapoviklar 6 va 8 o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi mufta 12 ni valdagi shlisa bo‘ylab harakatlantirib, shesternya 2 ni maxovikning tishli gardishi bilan ilashtiradi. Yuritma shesternyasi harakatining oxirida tortish relesining kontaktlari ulanadi va yakor vali aylana boshlaydi. Bunda aylantiruvchi moment shlisali vtulka 12, yetakchi 8 va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar orqali shesternya 2 ga va undan maxovikning tishli gardishiga uzatiladi. Aylantiruvchi momentni uzatish jarayonida vtulka 12 ning tashqi va yetakchi xrapovikning ichki ko‘p kirimli tasmasimon rezbasining o‘qi bo‘ylab hosil bo‘ladigan kuchlanishni prujina 10 orqali rezinali yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi. Agar ilashish jarayonida shesternya tishi maxovik gardishi tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri kelmasdan qadalib qolsa, yuritma pishangining ta’sirida prujina 10 siqiladi va yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 ning ko‘p kirimli tasmasimon tashqi rezbasi bo‘ylab harakatni davom ettirib, tishlari bilan yetaklanuvchi xrapovikni va u bilan birga ishlangan shesternyani ilashish uchun zarur bo‘lgan burchakka (300 gacha) buradi. Dvigatel ishga tushgandan so‘ng shesternya va yetaklanuvchi xrapovikning aylanish chastotasi yakor vali va yo‘naltiruvchi vtulkanikidan ancha yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, yetakchi xrapovik 8 vtulka 12 ning ko‘p kirimli rezbasi bo‘ylab harakatlanib, yetaklanuvchi xrapovikdan ajraladi va yuritma shesternyasi salt holda aylana boshlaydi. Konusli vtulka 7 yetakchi xrapovik bilan birgalikda surilib, shtiftlar 4 vositasida tez aylanayotgan yetaklanuvchi xrapovik bilan bog‘langan tekstolit segmentlar 3 ni bo‘shatadi. Natijada, markazdan qochma kuch ta’sirida segmentlar shtiftlar bo‘ylab radial yo‘nalishda harakatlanib ikkala yarim muftani ajralgan holda qotirib qo‘yadi va xrapovik tishlarini shikastlanishdan va yeyilishdan saqlaydi. Startyor tor-tish relesining zanjiri uzilgandan keyingina yuritma shesternyasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashuvdan chiqadi. Bunda yetakchi xrapovik 8 prujina 10 ning ta’sirida yetaklanuvchi xrapovik 6 ga taqaladi va konusli vtulka 7 segmentlar 3 ni dastlabki holatiga qaytaradi. Yuqori darajadagi mustahkamligi, ta’mirlashga yaroqliligi va o‘lchamlari kichik bo‘lgan holda, katta aylantiruvchi momentlarni uzatish imkoniyati borligi, xrapovikli muftalarning rolik-li muftalarga nisbatan asosiy afzalliklari hisoblanadi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling