Reja: Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etishning zarurligi va ahamiyati


Download 24.46 Kb.
Sana03.11.2020
Hajmi24.46 Kb.
#140031
Bog'liq
2 mavzu fer


2-mavzu. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan shaklda tashkil etish

Reja:


2.1. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etishning zarurligi va ahamiyati

2.2. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etish

2.1. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etishning zarurligi va ahamiyati

Fermer xo'jaliklari faoliyatini rivojlantirishga hukumatimiz tomonidan katta e'tibor berib kelinmoqda. Bunga misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2015 yil 15 dekabrda chiqarilgan «Fermer xo'jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarorini keltirish mumkin. Ushbu qaror fermer xo'jaliklari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, shuningdek yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash, fermer xo'jaliklarining moliyaviy va iqtisodiy holatini mustahkamlashga qaratilgan.

Mamlakatimizda yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining salmoqli qismi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarining tashkil etilishi, fermer xo'jaliklari yer uchastkasi maydonlarining maqbullashtirilishi, yetishtirilayotgan mahsulotlarning hisobini to'g'ri olib borilishi, tannarxni aniq hisoblash va boshqa shu kabi masalalar fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish masalalariga ham jiddiy e'tibor qilish lozimligini taqozo etadi.

2.2. Fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etish

Kichik hajmdagi, asosan bir yoki ikki turdagi mahsulotlar yetishtirish uchun ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida buxgalteriya hisobining oddiy soddalashtirilgan shaklini joriy etish lozim. Xo'jalik muomalalari kam miqdorda sodir bo'ladigan hamda ishlab chiqarish jarayonida material va boshqa resurslarni kam sarflaydigan fermer xo'jaliklari uchun buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklda tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, sodir bo'lgan xo'jalik muomalalarining hisobi asosan “Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari” da ro'yxatga olish yo'li bilan amalga oshiriladi (2.1-jadval).

Ushbu daftar uyg'unlashtirilgan hisob registri bo'lib, u fermer xo'jaligida qo'llaniladigan barcha buxgalteriya schyotlarini o'z ichiga oladi va ularning har biri bo'yicha sodir bo'lgan xo'jalik muomalalarini hisobga olish imkoniga ega bo'ladi. Shu bilan birga u balansning tegishli moddalari mazmunini asoslash uchun ham yetarli darajada batafsil tuzilgan. Fermer xo'jaligi buxgalteri bu daftarni qaydnoma ko'rinishida bir oyga ochishi yoki muomalalarni yil davomida hisobga oladigan qilib daftar shaklida yuritishi ham mumkin. Yil davomida yuritiladigan daftar tikilgan va betlari raqamlangan bo'lishi kerak. Uning oxirgi betida varaqlar soni raqam va so'z bilan yozilib, fermer xo'jaligining rahbari va buxgalter imzosi bilan tasdiqlanadi hamda muhr bosiladi.

Fermer xo'jaligida hisobni soddalashtirish o'z hisobini o'zi yuritish asosida hisob jarayonining kam xarajatligini ta'minlaydi, ya'ni hisobni fermer xo'jaligi boshlig'i yoki xo'jalik a'zolaridan hisob yuritishni biladigan birortasi olib boradi. Natijada xo'jalik jarayonlarini va moliyaviy resurslarni bir odam boshqarishiga, shuningdek, hisob yuritish uchun qilinadigan sarflarni tejashga erishiladi.

2.1-jadval

«Azizjon» fermer xo'jaligining

«Xo'jalik muomalalarini ro'yxatga olish daftari»

Muomalalar ro'yxati Korxona mablag'lari mavjudligi va harakati

Hujjat Muomala Summa 0100-schet «Asosiy vositalar» 1000-schet «Materiallar» 2010-schet «Asosiy ishlab chiqarish»

№ sana D-t K-t D-t K-t D-t K-t

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

01.01.2015 ga qoldiq 25604000 2560000 660000

1 10.01 Em-xashak sarflash vedomosti 420000 420000 420000

2 12.01. Ish haqi hisoblandi 924000 924000

3 12.01. Daromad solig'i ushlandi 150000

4 15.01 Naqd pul olindi 710000

davomi


Korxona mablag'lari mavjudligi va harakati

5010-schet «Kassadagi milliy valyutadagi pul mablag'lari» 5110-schet «Hisob-kitob schyoti» 6410-schet «Byudjetga to'lovlar bo'yicha qarzdorlik» 6710-schet «Mehnat haqi bo'yicha hisob-kitob» va h.k.

D-t K-t D-t K-t D-t K-t D-t K-t D-t K-t

11 12 13 14 15 16 17 18 19 20

14260000

924000


150000 150000

710000 710000

Hisob registrlarini komplektlashda bir xillikka erishish uchun ularni daftar ko'rinishida tikish zarur. Daftarlar hajmi bir yil davomida foydalanish uchun mo'ljallanishi maqsadga muvofiq. Bunday ixchamlik hisob registrlarini to'ldirish, hisobot tuzish va zarur ma'lumotlarni izlab topishga qulaylik yaratadi.

Fermer xo'jaliklarida hisob tizimi ham xalq xo'jaligida buxgalteriya hisobi tizimidagi kabi hisob metodi, hisob yozuvlari texnologiyasi va hisob ishlarini tashkil etishning yagonaligiga asoslangan bo'lishi lozim. Hisob metodi bu hisobni amalga oshirishda qo'llaniladigan usullarning ilmiy asoslangan tizimidir. Kichik fermer xo'jaliklarida dastlabki hujjatlar qo'llashda, ichki hujjatlar soni kam bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. Tashqi munosabatlar uchun qo'llaniladigan hujjatlar esa yirik qishloq xo'jalik korxonalari amaliyotidagi kabi bo'lgani maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xo'jaliklarning ixtisoslashganligi va ishlab chiqarishning tashkiliy shakllari hisob tizimiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham har bir fermer xo'jaligining sharoitini o'rganib, sodda va tushunarli qilib yo'lga qo'yish zarur. Masalan, asosan bitta yo'nalishga ixtisooslashgan fermer xo'jaliklarida ichki xo'jalik ahamiyatiga ega dastlabki hujjatlarni to'lg'azish shart emas, asosiy hisob registri “Xo'jalik muomalalarini hisobga olish daftari” qo'llaniladi. Bunga qo'shimcha oddiy “kirim-chiqim” tamoyili asosida hisobga olinadigan daftarlardan foydalaniladi. Hisob-kitob muomalalari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, sug'urta, byudjet va davlatning maqsadli jamg'armalariga to'lovlar, turli debitor va kreditorlar, mehnat haqi bo'yicha hisob-kitoblar) uchun alohida “qaydnoma” yuritiladi. Bank bilan bo'ladigan muomalalar esa bank qoidalariga muvofiq rasmiylashtirib boriladi.

Kichik, asosan bitta yo'nalishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklarida hisobning oddiy usuli soddalashtirilgan shakli bo'yicha buxgalteriya hisobini yuritish tizimini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin (2.1-chizma).

2.1-chizma

Fermer xo'jaligida buxgalteriya hisobini soddalashtirilgan holda tashkil etish sxemasi

BALANS

va hisobotning boshqa shakllari



3-mavzu. Fermer xo'jaliklarida materiallar, o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olishning xususiyatlari.

Reja:


3.1. Fermer xo'jaliklarida tovar-moddiy zaxiralarning tarkibi va qishloq xo'jaligiga xos xususiyatlari

3.2. Fermer xo'jaliklarida materiallar va ularning harakati bo'yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish

3.3. Fermer xo'jaliklarida o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari hamda ular uchun qilingan harajatlar hisobi

3.1. Fermer xo'jaliklarida tovar-moddiy zaxiralarning tarkibi va qishloq xo'jaligiga xos xususiyatlari

Qishloq xo'jalik korxonalarida mablag'larni, xususan joriy aktivlarni hisobga olish va nazorat qilish hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish raqobatbardoshlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Joriy aktivlarning katta qismini esa tovar-moddiy zaxiralar tashkil etib, ularni turkumlash, hisobga olish va nazorat jarayonining sermehnatligiga va murakkabligiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralar nisbatan yuqori likvidli aktiv hisoblanib, ular ustidan aniq, tezkor hisob va samarali nazorat o'rnatish hamda boshqaruvni hisob axborotlari bilan ta'minlash masalalari ahamiyatlidir.

Tovar-moddiy zaxiralar mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birgalikda qishloq xo'jalik korxonasining ishlab chiqarish jarayonini ta'minlaydi. Tovar–moddiy zaxiralar joriy aktivlarning tarkibida katta ulushni egallab, ularga ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari kiradi.

Tovar-moddiy zaxiralar iqtisodiy kategoriya sifatida manbalarda turlicha ta'riflangan. Jumladan, 4-sonli «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSga muvofiq: «Tovar-moddiy zaxiralar – keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar».

Qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun korxona urug'lik, ozuqa, neft' mahsulotlari, mineral o'g'itlar va boshqalarning zarur miqdordagi zaxiralariga ega bo'lishi kerak. Ular ishlab chiqarishga sarflanganda xarajatlar o'sib boradi. Ishlab chiqarish jarayoni natijasidan esa tayyor mahsulotlar olinadi. Shu tarzda aylanma mablag'lar ishlab chiqarish xarajatlari shaklidan tayyor mahsulotlar shakliga o'tadi.

Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

 moddiy boyliklarning harakatini o'z vaqtida va to'g'ri hujjatlashtirish;

 moddiy boyliklar saqlanishini, ularning saqlanish joylari va moddiy javobgar shaxslar bo'yicha hisobga olishni muntazam nazorat qilish;

 mablag'lardan qat'iy maqsadga ko'ra va belgilangan me'yorlarga muvofiq foydalanishni doimiy nazorat qilish;

 tasdiqlangan normativlarga muvofiq tovar-moddiy zaxiralarining mavjudligini nazorat qilish;

 tugallanmagan ishlab chiqarish, ish va xizmatlar uchun sarflarni joriy hisobda to'g'ri hisobga olishni hamda hisobot (balans)da holisona aks ettirishni ta'minlash;

 buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini va zaxiralarning saqlanish joylaridagi haqiqiy qoldiqlarini inventarizatsiya qilish orqali vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish.

3.2. Fermer xo'jaliklarida materiallar va ularning harakati bo'yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish

Ishlab chiqarish zaxiralari – bu hali ishlab chiqarish jarayoniga berilmagan va o'zlarining natural-moddiy shaklini to'la saqlab turgan mehnat predmetlari, xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliya-xo'jalik faoliyatida foydalanish va sotish uchun mo'ljallangan materiallar, tayyor mahsulotlar hamda tovarlardir.

Moddiy aylanma ishlab chiqarish zaxiralari guruhi turli ko'rinishdagi tovar-moddiy qiymatliklarning anchagina katta miqdorini o'z ichiga oladi.

Qishloq xo'jalik korxonalarida tovar-moddiy zaxiralarga tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish zaxiralarining quyidagi turlari kiradi:

 o'simlikchilik, chorvachilik, sanoat va yordamchi ishlab chiqarishning tayyor mahsulotlari;

 urug' va ko'chat, yem-xashak va to'shama; sanoat korxonalari uchun noqishloq xo'jalik xom-ashyosi;

 mineral o'g'itlar, qattiq yoqilg'i, biopreparatlar, dori-darmonlar va ximikatlar;

 idish va idishlik materiallar; boshqa materiallar; neft' mahsulotlari; qurilish materiallari;

inventar va jihozlar; ehtiyot qismlar va h.k.

Materiallar - tovar-moddiy zaxiralarining bir qismi bo'lib, quyidagilar uchun mo'ljallangan: keyinchalik sotilishi mo'ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish, tayyorlash uchun ishlatish; sotish uchun mo'ljallangan ishlarni bajarish va xizmat ko'rsatish; boshqaruv ehtiyojlari uchun korxonaning ichida ishlatilishi; korxonaning oddiy tijorat faoliyatida sotish kabilar.

Korxonada ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni yengillashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadida ularni turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ishlab chiqarish zahiralari ulardan foydalanishning iqtisodiy mazmuniga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:

¨1000 -Materiallar - xom-ashyoga ta'sir etish uchun qo'llaniladigan va mahsulotga ma'lum iste'mol xususiyatini berishda foydalaniladigan vositalardir. Ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini tashkil etadi, ya'ni gazlama, charm, metall va hokazolar;

¨1010 - Xom-ashyo - mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat ashyolaridir. Masalan, paxta, ruda va boshqalar;

¨1020 - Sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar - ma'lum darajada ishlov bosqichidan o'tgan, lekin hali pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar;

¨1030 -Yoqilg'i - ko'mir, benzin, torf, gaz hamda neft' mahsulotlari;

¨1040 - Ehtiyot qismlar - mashina va jihozlarni tuzatishda, ishdan chiqqan qismlarni almashtirishda qo'llaniladigan mashina va mexanizmlarning detal', agregat va qismlari;

¨1050 - Qurilish materiallari - bevosita qurilish va montaj ishlari jarayonida, qurilish qismlarini tayyorlashda, bino va inshootlarning alohida konstruktsiya va qurilmalarini ko'tarishda va qurib tugatishda foydalaniladi. Ularga qurilish uchun zarur bo'ladigan yog'och-taxta, shifer, mix va boshqalar kiradi;

¨1060 - Idish va idish materiallari - turli material va mahsulotlarni o'rash, joylashtirish, tashish hamda saqlashda ishlatiladigan buyumlardir. Ularga yog'och, karton, metalldan yasalgan, shisha va boshqa idishlar kiradi;

¨1070 - Inventar' va xo'jalik anjomlari - ushbu guruhga korxona xo'jalik faoliyatida ishlatiladigan inventar' buyumlar hamda arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiradi;

¨1080-Boshqa tomonga qayta ishlashga berilgan materiallar - korxona balansida turgan, qayta ishlash uchun boshqa korxonaga berilgan materiallar. Ularga, asosan, qayta ishlash uchun o'zga korxonaga berilgan o'simlikchilik, chorvachilik hamda o'rmon xo'jaligi mahsulotlari kiradi;

¨1090 - Boshqa materiallar - yuqoridagi satrlarda ko'rsatib o'tilmagan boshqa materiallar kiradi. Ularga chiqitlar, tuzatilmaydigan braklar, metallom va boshqalar misol bo'ladi.

Materiallarni buxgalteriya hisobida to'g'ri baholash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini baholash «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asoslangan bo'lishi lozim. Ushbu standartga muvofiq materiallar eng kam bahoda, ya'ni tannarxi bo'yicha yoki sof sotish qiymatida hisobga olinishi lozim. Сhunki buxgalteriya hisobining ehtiyotkorlik tamoyilini aks ettirishning biri bo'lib past baholash qoidasi hisoblanadi: tannarx bo'yicha yoki sotishning sof qiymati.

«Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMAga asosan tovar moddiy zahiralarning tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va tovar-moddiy zahiralarni manzilga yetkazib berish hamda tegishli holatga keltirish bilan bog'liq bo'lgan transport-tayyorlov xarajatlarini o'z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqariladigan materiallarning haqiqiy tannarxini aniqlash, ularni baholashning quyidagi usullarini qo'llash bilan amalga oshirish mumkin:

1. O'rtacha tannarx bo'yicha yoki AVECO usuli;

2. O'rtacha chamalangan baholar bo'yicha, birinchi tushum-birinchi xarajat, FIFO usuli;

3. O'rtacha chamalangan baholar bo'yicha, oxirgi tushum-oxirgi xarajat, LIFO usuli.



AVECO usuli materiallarning o'rtacha narxlariga asoslangan. Bu usul bo'yicha har bir birlikning qiymati davr boshlarida o'xshash birliklarning o'rtacha o'lchanadigan qiymatidan va davr mobaynida sotib olingan va ishlab chiqarilgan o'xshash birliklar qiymatidan belgilanadi. O'rtacha qiymat davriy asosda yoki xo'jalik yurituvchi sub'ektda mavjud bo'lgan vaziyatga ko'ra, har bir qo'shimcha yetkazib berish davomida hisoblanishi mumkin.

FIFO usulida ishlab chiqarishga birinchi sotib olingan materiallar partiyasi bo'yicha baholanadi, so'ngra ikkinchi partiya bahosi bo'yicha va hokazo. FIFO usulida xom-ashyo, materiallar va tovarlar kelib tushish tartibi bo'yicha baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, materiallar tannarxining qismi sifatida nisbati oldingi bahoda haqiqatda ushbu materiallar yuqori yoki past narxda sotib olinganligidan qat'iy nazar, sarflanadi. Materiallarning bahosi ularning joriy bahosini aks ettiradi. Inflyatsiya davrida FIFO usulidan qo'llanilsa, sof foydaning eng yuqori darajasiga erishiladi.
Download 24.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling