Reja: Fizik –kimyoviy analiz. Optik analiz usuli. Elektrokimyoviy analiz usuli. Xromotografiya analiz usuli Fizikaviy analiz usullari. Xajmiy analiz


Download 50.5 Kb.
bet1/4
Sana16.11.2022
Hajmi50.5 Kb.
#903522
  1   2   3   4
Bog'liq
qatlnomadan chizgilar, NAJOT-ADABIYOTDADIR, Feruza opaniki, permanganatometriya usuli, 3, 2, 8, 10, 8, 100 adet yazma konuları, turk hikayeleri B1-B2 (2), mesneviden hikayeler, turk mutfag¦-, Yabanci Dilim Turkce 4

Miqdoriy analizning mohiyati va uning usullari
Reja:


  1. Fizik –kimyoviy analiz.

  2. Optik analiz usuli.

  3. Elektrokimyoviy analiz usuli.

  4. Xromotografiya analiz usuli

  5. Fizikaviy analiz usullari.


Xajmiy analiz. Klassik usullardan biri xisoblanadi. Reaktsiyaga kirishayotgan eritmalar hajmini o’lchashga asoslangan. Ulardan birini kontsentratsiyasi ma‘lum bo’lib, ikkinchi eritmanining kontsentratsiyasi titrlash natijasida hisoblab topiladi.
Gaz analizi. Bu usulning asl mohiyati shundan iboratki, gazlar aralashmasi maxsus reaktiv eritmasi orqali o’tkazilganda ayrim komponentlarning eritmaga yutilishi tufayli gazlar aralashmasining hajmi kamayadi. Ana shunga asoslanib aralashmadagi ba‘zi gazlarning protsent miqdori aniqlanadi. Masalan, gazlar aralashmasi tarkibidagi karbonat angidrid miqdori ma‘lum hajmdagi gazlar aralashmasini uyuvchi natriy eritmasi bilan aralashtirib chayqatish yo’li bilan aniqlanadi. Bunda ishqor eritmasi SO2 gazini to’liq yutadi.
Fizik- kimyoviy analiz usullari.
Fizik-kimyoviy usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo’jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob‘ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi. Kalorimetrik analiz usulida aniqlanishi zarur bo’lgan komponent rangli birikmaga o’tkaziladi. Hosil bo’lgan rangning intensivligidan foydalanib aniqlanayotgan komponentning miqdori to’g’risida xulosa qilinadi. Masalan, biologik ob‘ekt tarkibidagi Fe3+ kationi miqdorini aniqlash uchun temir (III) ioni eritmaga o’tkaziladi va unga NH4CNS eritmasidan qo’shiladi.
Fe3+ + CNS- = [Fe (CNS)]2+
Hosil bo’lgan kompleks ionlar eritmani qizil –qon ranga boyaydi. (Bu reaktsiyaga temir (II) ionlari xalal bermaydi). Kalorimetrik analizda tekshirilayotgan va standart eritmalarga reaktivlar bir xil miqdorda, birin ketin solinadi. Eritmalar rangini solishtirishda bir xil tipdagi idishlardan va bir xil tabiatli nurdan foydalaniladi. Standart eritma bilan tekshirilayotgan eritma ranglarini solishtirishni bir qancha usullari mavjud. Vizual usulda eritmalar rangi solishtiriladi. Eitmalarning rangini solishtirishda fotoelementdan ham foydalanish mumkin., bu usul fotokolorimetrik usul deb ataladi.
Spektrofotometriya, fotometriya, alanga fotometriyasi, atom absorbtsion analiz va lyuminestsent analiz kabi usullar ham kiradi.

Download 50.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling