Reja: G’arb falsafasining kelib chiqish tarixi


Download 19.02 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi19.02 Kb.
#1167065
Bog'liq
Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid qarashlari.


Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid qarashlari.
REJA:
1. G’arb falsafasining kelib chiqish tarixi.
2. Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid nazariy bilmlari va qarashlari.
3. Yevropa mutafakkirlarining falsafaga oid umumiy qarashlari.

O‘rta asrlar g‘arb falsafasi


Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hyech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi.
Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi. Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat — adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi. Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi. Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i. ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Platonning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi, nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan.
Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan. Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida), «Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar», «Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi

Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid'atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma'naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqyealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya'ni o‘zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o‘zini yaxshi ko‘radigan, ochko‘z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo‘ysunish xizmat qiladi.


O‘rta asrlardagi falsafiy tizimlarining ko‘pchiligi idealistik yo‘nalishga ega ediki, uni xristianlikning asosiy diniy aqidalari taqozo qilar edi. Bunday diniy aqidalar orasidayagona Xoliq - Xudoning shaxsiy shakli haqidagi atomizmning qat'iy ravishda rad etuvchi aqida, hamda Xudo tomonidan dunyoni «hyech narsadan» (kreatsionizm) yaratilganligi to‘g‘risidagi aqida eng muhim ahamiyat kasb etgan edi. Bu aqida nafaqat Xoliq -Xudoning g‘oyaviy dunyosi bilan yerdagi hayotning moddiy dunyosi, hamda dunyoning mutlaq oti shaxs irodasiga tobeligi o‘rtasida o‘tib bo‘lmas chegara barpo qilar, balki dunyoni zamonda (dunyoning ibtidosi va intihosi) chegaralab qo‘yar edi.
Petr Domianining o‘tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e'lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o‘zining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab yoki olim) nomini oldi. Taxmin qilinar ediki, haqiqat apriori (avvaldanoq) injil matnlarida berilgan va uning asoslash uchun barcha mantiqiy natijalarni to‘laligicha keltirib, qiyosiy tizimdan foydalanish zarur. Bu vazifani hal qilish uchun sxolastika qadimgi merosga, ayniqsa Arastuning mantiqiy ta'limotiga tayandi.
Sxolastikani tizimga solishda dominikanlar Ordenining vakili Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Arastu shunday asosni yaratgan ediki, unga tayangan Foma xristianlik tushunchasi bo‘lgan g‘oyaviylik va moddiylik nisbatini avvaldan berilgan shakl qoidasi (tartib qoidasi) bilan beqaror va to‘la barqaror bo‘lmagan modda qoidasi (borliqning eng zaif ko‘rinishi) o‘rtasidagi nisbatni qoidaga aylantirdi. Yakka ko‘rinishdagi hodisalar dunyosi, Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qo‘shilishidan tug‘iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida bo‘lib, o‘zining yakka tarzda namoyon bo‘lishini faqat badan bilan qo‘shilgan holatdagina qo‘lga kiritadi.
Ushbu xulosaviy qoida xristianlik sxolastikasining eng keskin masalalaridan birini murosasizlik jihatdan yakunladi. Shakllanayotgan xristianlik, sxolastika kabi, idealistik tizim bo‘lib, o‘zining moddaga bo‘lgan munosabatini talqin qilishda chuqur tashvishda edi, negaki Xudoning uchinchi ko‘rinishi bo‘lgan Iso Masih, inson siymosida namoyon bo‘lgan edi, ya'ni o‘zida ham ilohiy (g‘oyaviy), va ham insoniy (moddiy-jismiy) tabiatni birlashtirgan edi. Ilohiylik va insoniylikning qo‘shilishi yolg‘on borliq sifatida moddani to‘la inkor etishga, uni «hyech nima» (uni «hyech nimadan» yaratilganligini aqida talab qilar edi) deb e'lon qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Akvinalik Foma tomonidan moddani «borliqning eng zaif ko‘rinishi» sifatida talqin qilinishi cherkov tomonidan vujudga kelgan uslubiy va mantiqiy boshi berk ko‘chadan chiqish sifatida qabul qilindi. Natijada modda sxolastikada tobelik holatida bo‘lsa ham, qisman mavjud bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.
G‘oyaviylik va moddiylik haqidagi eng keskin bahs realistlar (lot. realis–haqiqiy, ashyoviy) va nominalistlar (lot. nomen–ism, nom) o‘rtasidagi mashhur munozarada namoyon bo‘ldi. Gap universaliy (lot. - umumiy) umumiy yoki tur deb atalgan tushunchalarining tabiati haqida borar edi. Realistlar (Ioann Skott Eriguna, Kenterberiylik Anselm, Akvinalik Foma) Arastuning umumiylik yagonalik bilan bog‘liq ravishda mavjud bo‘lib, uning shaklidir degan qoidasiga asoslanadilar. Akvinalik Fomada universaliylar uch xil ko‘rinishda mavjud edilar: «ashyolargacha» ilohiy aqlda; «ashyolarning o‘zida» ularning mohiyati sifatida; va «ashyolardan so‘ng» abstrakt fikrlash natijasi sifatida inson aqlida. Bunday Hukm yuritish falsafa tarixida «umumiy» faqat ashyolardan tashqarida mavjud bo‘ladi degan «o‘ta keskin realizm» dan farqli o‘laroq, «mo‘tadil realizm» nomini oldi. O‘ta keskin realizm o‘zining ildizlari bilan Aflotun ta'limotiga borib taqalar edi va o‘zining idealistik sxolastikaga yaqin bo‘lib ko‘rinishga qaramasdan cherkov tomonidan aynan shuning uchun qabul qilina olmas ediki, modda xristianlik tomonidan Iso Masihning ikki tabiatidan biri sifatida oqlangan edi.
Nominalistlar esa (Rosselin, Per Abelyar) «umumiy» ning ob'ektiv mavjudligini rad etib, universaliylar faqat tafakkurdagina mavjud deb hisoblar edilar. Ular umumiyning borligini faqat muayyan yakka ashyolardagina emas, balki uni «ashyolargacha» ham mavjudligini rad etar edilar va bu esa moddaning oldin kelishligi haqidagi shiorni qabul qilish bilan barobar edi. Rosselin fikricha, universaliylar faqat ashyolarning ismlaridir. Faqat yakka olingan narsalar mavjuddir. Rosselin va boshqalarning nominalistik qarashlari cherkov tomonidan mahkum etildi
Uyg‘onish davri falsafasi
Uyg‘onish davri ilk burjuaziya inqiloblarining g‘oyaviy va madaniy taraqqiyotining tarixiy jarayoni sifatida ifodalanadi. yevropa mamlakatlarida XII-XIII asrlardayoq sanoat, savdo-sotiq, dengizda yurish rivoji va harbiy ishning o‘sishi kuzatiladi. O‘rta asrlarning ilohiyotchiligi bilan kurashda birinchi o‘ringa insonparvarlik va inson maqomini ulug‘lash (antropotsentrizm) qo‘yildi. yerdagi dunyoviy ishlarga nafrat bilan qarash o‘rniga insonning ijodiy qobiliyati, aqli, baxt-saodatga intilishini tan olish qo‘yiladi. Insonparvarlik g‘oyalarini amalga oshirish o‘tmishdagi yutuqlarni o‘zlashtirishni taqozo etar edi, shuning uchun qadimgi davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi. Uyg‘onish bu eng avvalo qadimgi davrda yaratilgan asarlarni ozodona anglash bo‘lib, tayyor va o‘zgarmaydigan haqiqatlardan yuz o‘girishdir. Qadimgi davr faylasuflari gap tekizib bo‘lmaydigan obrumand odamlardan ko‘ra, ko‘proq ittifoqdosh shaxslar sifatida qabul qilina boshladilar. Olimlar va faylasuflar endi yopiq maktablarning vakillari sifatida emas, balki alohida olingan tadqiqotchilar sifatida namoyon bo‘la boshladilar. Voqyeylik ko‘proq hisobga olinadigan bo‘lib, diqqat-e'tibor amaliy ahamiyat va foyda keltiradigan masalalarga qaratiladigan bo‘ldi. Aqlni sxolastikadan qutiltirish boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan ko‘ra dunyo va insonni tabiiy - ilmiy tushunishga o‘girilindi
Agar F.Bekon Yangi zamonning xususiyati sifatida tabiatni o‘rganishining tajribaga asoslangan tajribaviy usulini ishlab chiqishni boshlab berganligi bilan, Gobbs esa tajribaga asoslanganlikni chuqurlashtirganligi bilan belgilab bergan bo‘lsa, fransuz olimi va faylasufi Rene Dekart (1596-1650) aksincha, tajribaga aql bergan ma'lumotlarning oddiy amaliy tekshirish o‘rnini ajratib, afzallikni aqlga qaratdi.
Yangi zamon ratsionalizmining asoschisi bo‘lgan Dekart barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan usulni ishlab chiqish vazifasini qo‘ydiki, u ko‘p hollarda bilimlar natijasini belgilab beruvchi inson aqlida borligi taxmin qilingan «tug‘ma g‘oyalar» yoki aksiomalar deb atalgan narsalarni taqozo etar edi. Tug‘ma aksiomalar qatoriga u matematika va mantiqning ko‘pchilik qoidalarini qo‘ydi, masalan, «to‘g‘ri to‘rt burchak to‘rtdan ko‘proq tomonlarga ega emas». Dekartning tabiatga qarashlari mexanistik xususiyatga ega. Xudo dunyoning mavjud bo‘lishlik va taraqqiyotiga birinchi turtkini beradi, ammo keyinchalik uning rivoji moddaning mustaqil ijodiy energiyasi orqali rag‘batlantiriladi. Dekart evolyusiya g‘oyasini ishlab chiqqanlarning birinchilaridan biridir (garchi mexanistik asosda bo‘lsa ham). U bu g‘oyani tabiat haqidagi barcha soha ta'limotlariga – yulduzlar va sayyoralarning tashkil topishidan tortib o‘simliklar, hayvonlar va insonlarning paydo bo‘lishlarigacha tatbiq etdi. Dekart fikricha, yulduz va sayyoralarning tizimlari moddaning quyunsimon harakati natijasida tashkil topadilar. Dunyoviy modda cheksiz, bir xil bo‘lib, bo‘shliqqa ega emas va cheksiz ravishda bo‘linishi mumkin. U mexanik qonunlar tomonidan belgilangan to‘xtovsiz ravishda miqdoriy va sifatiy jihatdan o‘zgarib turadigan holatdadir. Tirik mavjudotlar dunyosi ham ushbu qonunlarga bo‘ysunadi: hayvonlar – bular murakkab mashinalardir. Inson esa, hayvonlardan farqli o‘laroq, aqlga ega, shuning uchun u mexanika qonunlari doirasidan tashqariga chiqadi. Dekart moddiy javhar bilan bir qatorda (uning tomonidan uzunlik sifatida tushuniladigan) Xudoning va uning tomonidan yaratilgan ruhiy, fikrlovchi javhar jonning mavjudiligini tan olishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib, Dekart falsafasining alohida xususiyati dualizm edi.
Dekart uchun muhim muammo haqiqat bilimlarni hosil qilish va usul muammosi ediki, uning vositasida ana shunday bilim olish imkoniyati vujudga kelsin. Bilim mohiyati shunda ediki, har qanday bilimga yoyiladigan keskin shubhaning taqozosi haqiqiy bilim olish imkoniyatini tasdiqlashga olib kelishi mumkin. Men barcha narsaga shubha qilishga boshlayman, - deb mulohaza yuritadi Dekart, negaki, shuni tushunamanki, meni yovuz va xiylagar shayton yoki qandaydir boshqa bir aldamchi aldayapti. Ammo shu bilan birga men shunga shubha qilmaymanki, mening shubham mavjuddir, ya'ni fikr bordir. Shu yerdan Dekartning mashhur xulosasi sarchashma oladi: «Men fikrlayapman, demak, men mavjudman!». Fikr haqiqiyligi va fikrlovchi mohiyati borligidan, u ashyolar borlig‘ining haqiqiyligiga yetib boradi.
Dekartning bilish usulini tahliliy yoki aqliy sifatida ta'riflash mumkin. Aqliy (ratsionalizm) - aql yoki fikrni bilish manbai va uning haqiqiyligi me'yori deb tan oluvchi falsafiy qarashdir. Ratsionalizm usuli fikrning aniqligi va uning o‘zining amallarining bir-biriga qarama-qarshi emasligini, fikr ob'ektini oddiy qismlarga bo‘lib va ularning har birini alohida o‘rganishni, keyin esa fikr harakatini soddadan murakkabga tomon borishini taqozo etadi. Dekart fikricha, hyech qanday uzoq narsa yo‘qki, uni kashf etishga erishib bo‘lmasin.
Dekart ratsionalizmi juda ko‘plab o‘z davomchilariga ega bo‘ldiki, ular ichida eng yirigi Niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1667) edi. Alohida olingan maxsus javhar (substansiya) sifatidagi fikr haqidagi tasavvurni rad etib, Spinoza Xudoni yagona cheksiz javharga qo‘shdi, ya'ni g‘oyaviylik va moddiylikni birlashtirdi. Ushbu javhar o‘z o‘zining sababi bo‘lib, hyech qanday boshqa sabablarga muhtoj emas. Shaxs sifatida mutlaq mahrum bo‘lgan Spinoza talqinidagi Xudo tabiatga ayniyatdadir. Yagona javhar bo‘lgan Xudo -tabiat ikki sifatga - uzunlik (masofa) va ongga ega. Garchi turli darajada bo‘lsa ham, fikrlash qoibiliyati eng oddiy ashyolardan tortib inson miyasigacha tarqalgandinr. Fikr Spinoza tomonidan tabiatni o‘z-o‘zini idrok etishi sifatida talqin qilinadi. Bundan muhim xulosa kelib chiqadi: g‘oyalarning tartib va aloqasi, ashyolarning tartib va aloqasi kabidir. Fikrning yetukligi uning tabiat qonunlari bilan muvofiqligi me'yori bilan ifodalanadi va aynan shunga o‘xshash bilib olingan bilimlarning shakllari va dunyoning qonunlari fikrning haqiqiy qoidalaridir. Narsani bilish uning yakkaligi vositasida umumiylik unsurini ko‘ra bilish, ayrimlik ko‘rinish - modusdan javhar (substansiya) tomon borish demakdir.
Spinozaning diqqat markazida ozodlik masalasi turadi. Uning tushunishicha, javharda zaruriyat va ozodlik qo‘shilib ketadi. Xudo (javhar) ozoddir, negaki, u nimaiki qilsa, o‘zining zaruriyatidan kelib chiqadi. Tabiatda, unga esa Spinoza insonni ham kiritadi, sababiy bog‘langanlik (determinizm), ya'ni zaruriyat hukmronlik qiladi. Birok, inson alohida ko‘rinishga ega bo‘lgan modusdir. Unga fikr yuritish xosdir. Insoniy iroda chegaralangandir. Inson ozodligi aql bilan irodaning birligidan tashkil topadi, shuning uchun ozodlik darajasi ham aqliy bilim darajasi orqali ifodalanadi. Ozodlik va zaruriyat bir-birini taqozo etadi. Spinoza fikricha, zaruriyatning qarama-qarshisi ozodlik emas, balki o‘zboshimchalikdir.
Insonning hatti - harakati o‘zini saqlash (instinkt) g‘arizasi ta'siri ostida va undan kelib chiqadigan (affektlar) jazavalar doirasida yotadiki, ularning asosiylari shodlik, g‘am-alam va istakdir. Hamonamki, inson ularga bo‘ysunar ekan, u ozod emas. Insonning ozodlik muammosi ular ta'siridan kutilishdan iboratdir. Bu esa ochiq va aniq bilishni mo‘ljallaydi. Shunday tarzda Spinoza «ozodlik idrok etilgan zaruriyat» ekanligini tushunishga yetib keladi.
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi David Yum (1711-1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, Yum ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg‘ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. Yumning nuqtai nazaricha, to‘g‘ri bilim faqat mantiqiy bo‘lishi mumkin, ammo o‘rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va mantiqiy isbot qilish mumkin bo‘lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani o‘zini Yum «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma'lum emasligi va bilib bo‘lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo‘lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo‘la olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqyea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega bo‘lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib bo‘lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo‘lishi mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo‘la oladi. Ushbu dalildan kelib chiqib Yum sababiyatning ob'ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi haqida xulosa chiqaradi. Shu bilan birgalikda Yum ob'ektiv sababiyatni tug‘ilgan g‘oyalar yoki hissiy taassurotlar qiyofasini eslash ko‘rinishida mavjudligiga yo‘l qo‘yadi. Barcha hissiy taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: ularning ba'zilari yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo‘lib, dunyoda amaliy ravishda ma'lum bir narsani ko‘zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, Yum bizning ishonchimiz uchun manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini ta'kidlashga majbur bo‘ldi. Masalan, biz yil fasllarining davriy o‘zgarishiga, har kuni quyosh chiqib, keyin botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani takrorlanishini ko‘rish odatiga asoslangan. Yum cherkovni tanqid ostiga oladi. Ammo u dinning kelib chiqishi va ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning ahamiyatini, jumladan, axloqiy me'yorlarni barqaror qilish va uning ta'sirchanligining garovi ekanligini ta'kidlaydi
Download 19.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling