Reja: Hayot yo`li Ijo


Download 70 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi70 Kb.
#328430
18 Aziz aka O`zbek tili
Bog'liq
2 O’qish darslarida og’zaki nutqni o’stirish yo’li va vositalari-fayllar.org, 2 O’qish darslarida og’zaki nutqni o’stirish yo’li va vositalari-fayllar.org, Teacher Effecti, jadval dars, tarbiya, Мустақил таълим ва мустақил ишлар, 2-маьруза, Screenshot 2020-11-27-21-04-19-990 com.android, Screenshot 2020-11-27-21-04-19-990 com.android, Йил талабаси, 15460059177, 1-Mustaqil ish mavzusi, Mustaqil ish mavzulari, 1-mustaqil ish Turdiev Sardorbek, Mustaqil ish mavzulari

Reja:

1. Hayot yo`li

2. Ijodi

3. Merosi



Hayoti

Erkin Vohidovich Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida tugʻilgan. Oʻqituvchi boʻlib ishlagan otasi Choʻyanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, qaytib kelganidan keyin, vafot etgan. Vohidov oʻsha paytda toʻqqiz yoshda boʻlgan. Vohidov oʻsha davr qiyinchiliklarini shunday eslaydi:






Otam frontda ekanida onam qishloq kengashida kotiba boʻlib ishlar, qiyinchilik bilan kun kechirar edik. Joʻxori poyasini shimib tilimni qonatganim, bolalarga qoʻshilib kunjara yeganim uchun onam yuzimga shapaloq urgani va oʻzi kechgacha yigʻlaganini unutmayman




Vohidov 1960-yil Toshkent davlat universitetining (hozirgi Oʻzbekiston milliy universitetifilologiya fakultetini tamomlagan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-jurnallarda ishlagan. Shoir 2016-yilning 30-mayida 79 yoshda vafot etdi.

Erkin Vohidov (28-dekabr 1936 – 30-may 2016) — taniqli oʻzbek shoiri, dramaturgi, adabiy tarjimoni va davlat arbobi. Vohidov oʻz sheʼrlarini yozish bilan bir qatorda taniqli xorij ijodkorlari, jumladan, Aleksandr TvardovskiyJohann Wolfgang von GoetheMuhammad IqbolRasul Hamzatov hamda Sergey Yesenin asarlarini yuksak mahorat bilan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ayniqsa, shoirning Yesenen asarlaridan hamda Goethening „Faust“ asarini qilgan tarjimalari eʼtiborga loyiqdir.

Vohidov 1983-yil Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. 1987-yil Oʻzbekiston xalq shoiri unvonini olgan. 1999-yilda esa oliy darajadagi Oʻzbekiston Qahramoni mukofotiga sazovor boʻlgan.

Vohidovning sheʼrlari oʻzbeklar orasida yaxshi tanilgan va tez-tez toʻplamlarda chop etiladi. Shoirning bir necha sheʼriga kuy bastalangan, jumladan, Sherali Joʻrayev tomonidan. 2020-yilning oktabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzilganligining 75 yilligi munosabati bilan Vohidovning „Inson“ sheʼri asosida yozilgan „Human“ (Inson) ashulasi arabinglizitalyanqozoqrustojikturk va oʻzbek tillarida taqdim etildi.[3]

Ijodi

Vohidov 1960-yildan 1963-yilgacha „Yosh gvardiya“ jurnali muharriri oʻlaroq ishlagan. 1975–1982-yillarda jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlagan. 1963–1970-yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti bosh muharriri, 1985–1987-yillarda esa direktori boʻlib ishlagan. 1982–1985-yillarda „Yoshlik“ oylik jurnali bosh muharriri lavozimida ishlagan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Oʻzbekiston Oliy Majlisi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi (1995–2005) hamda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (2005–2009) lavozimlarida ishlagan.

Vohidov oʻquvchilik yillarida sheʼr yoza boshlagan. Ilk sheʼri 14 yoshida „Mushtum“ jurnalida chop etilgan. Shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Tong nafasi“ kitobi boʻlib, u 1961-yil bosilib chiqqan. 1987-yil „Shoiru, sheʼru shuur“ nomli asari nashr qilingan. Vohidov uch pyesa ham yozgan. Bular „Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“ hamda „Ikkinchi tumor“ pyesalaridir. „Oltin devor“ komediyasi Pokistonning Lohur shahri teatrida qoʻyilgan.

Merosi


Vohidov oʻzbeklarning eng sevimli shoirlaridan biri. Oʻzbekistonda koʻplab muassasa va joylarga shoir nomi berilgan. 2018-yilda Margʻilon shahrida Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi. 2019-yilda esa shaharda Erkin Vohidov memorial muzeyi ochildi.

Vohidov hayoti va ijodi haqida koʻplab kitob yozilgan, shu jumladan, „Erkin Vohidov saboqlari“ (2016), „To quyosh sochgayki nur“ (2016), „Soʻz sehri“„Oʻzbegimning Erkin oʻzbegi“ kitoblari.



Foydalanilgan adabiyotlar

 Moʻminova, Munojat (23.10.2020). "„Inson“ qasidasini 8 tilda qoʻshiq qilish gʻoyasi qanday paydo boʻldi?"Yuz. Qaraldi: 24.10.2020.

 Oʻzbek adiblari. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016.. 

Gʻulomova, Nazira Ona tili va adabiyot. Toshkent: „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2014.. 

Oʻzbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov vafot etdiBBC Oʻzbek xizmati (30.05.2016). 12.04.2018.

 Erkin VohidovZiyouz. 11.02.2012.

 "Руководство страны соболезнует в связи с кончиной Эркина Вахидова" (ruscha). Gazeta. 31.05.2016. Qaraldi: 13.04.2018.

Rahmatulla Inogʻomov; Ibrohim Gʻafurov (2000–2005). "Vohidov, Erkin". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasiToshkentOʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.



Modern Literary Uzbek. LINCOM Publishers, 2003.. ISBN 978-3895866951

 "Erkin Vohidov nomidagi maktab-internat ochildi"Gazeta. 5.9.2018. Qaraldi: 26.12.2020.



Fargʻona vodiysi – oʻzbek sheʼriyati beshigiOʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (4.9.2019). 26.12.2020.
Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling