Reja: Himoya vositalarining turlari


Download 186.33 Kb.
bet2/2
Sana21.03.2020
Hajmi186.33 Kb.
1   2

Nafas olish organlarini yakka tartibda himoyalash vositalaridan ish mintaqasidagi havoda zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan chekli miqdordan (RE-1M ) ko'p bo'lgan hollarda foydalanish kerak. Nafas olish a’zolarini him oyalash uchun filtrlovchi yoki o'tkazm aydigan (izolyasiyalovchi) vositalardan foydalaniladi.Filtrlovchi vositalar nafas olinadigan havoni zararli aralashm alardan tozalaydi. U lar sanoat filtrlovchi gazniqoblari va filtrlovchi respiratorlarga bo'linadi.Sanoat filtrlovchi gazniqoblari nafas olish organlarini, shuningdek ko'zlar va yuz terisini gazlar, burlar hamda changdan him oyalaydi. Ular filtrlovchi qutichadan, egiluvchan shlangning yuzga kiyiladigan qismidan tashkil topgan. Sanoat gazniqoblarining qutichalari muayyan zararli moddalardan himoyalash uchun yutkichlar bilan to'ldiriladi va vazifasiga qarab har xil ranglarga bo'linadi hamda muayyan xizmat muddatiga ega bo'ladi.Filtrlovchi respiratorlar vazifasiga ko'ra changga qarshi, gazga qarshi va universal xillarga bo'linadi. Respiratorlar yarim yuzniqob va filtrdan tuzilgan. Ular bir necha markalarda ishlab chiqariladi. Og'ir ishni bajarishda va chang miqdori ko'p bo'lganda changga qarshi F-62 Sh respiratoridan, og 'ir va o'rtacha og'irlikdagi ishlarda ham da chang miqdori k o 'p bo'lganda U-2h respiratoridan, chang miqdori kam bo'lganda esa "Lepestok" respiratoridan foydalaniladi. Universal RU-60M respiratori nafas olish organlarini zararli moddalar-gaz, bug' va changdan himoyalash uchun ishlatiladi. O 'tkazm aydigan vositalar nafas olish organlarini atrof-muhitdan butunlay ajratib qo'yadi. Bunday vositalarga shlangli gazniqoblar, kislorodli va havoli nafas olish apparatlari kiradi.

Shlangli gazniqoblarning shlangining uzunligi 9-10 m bo‘lgan o‘ziso'rar va shlangining uzunligi 20 m gacha bo’lgan. havo majburiy haydaladigan xillari mavjuddir (5- rasm).



Kislorodni o'tkazm aydigan gazniqoblar nafas olish organlarini atrof-muhitdan botamom ajratib qo'yadi. Quloqlarni shovqin ta’siridan himoyalash uchun quloq taqmalar (vkladishlar), quloqqopqoq (naushnik) va shlemlardan foydalaniladi.



Quloqtaqmalar g ‘ovakdor yoki quyma rezinadan, plastmassa, qayishqoq plastiklar, har xil tolali matolardan tayyorlanadi. Q uloqqopqoqlar quloqning tashqi qismiga kiyiladi va boshda yugan yeki shlem yordam ida mahkamlab qo'yiladi. Shovqindan himoyalovchi shlemlar faqat shovqin va sovuqdan emas, balki lat yeyish va boshqa shikastlanishlardan ham saqlaydi. Shovqinga qarshi temir qalpoq (kaska) dan boshni mexanik shikastlanish va yuqori chastotali tok ta’siridan himoyalash uchun foydalaniladi.

Qo’1, yuz va bo'yin terisini himoyalash uchun mahsus himoya mazlari, pastalari va kremlari ishlatiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Mehnatni muhofaza qilish. O’lmasov A. Qudratov., A T:. “Mehnat” nashriyoti 2001 y.

  2. “Mehnatni m uhofaza qilish" H. Rahimov, A. Azamov, T.Tursunov., T:.“O 'zbekiston” nashriyoti 2003 y.

  3. “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” O.Qudratov, T.G 'aniyev., 111 “Mehnat” - 2004 у

  4. “Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi” О.Qudratov, T.G 'aniyev., “Yangi asr avlodi” - 2005 у

  5. “Hayot xavfsizligi asoslari” Z.F.Ilyosova Т.: “Moliya” -2001 y



Download 186.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling