Reja: I. Kirish. Adabiyotshunoslik fan sifatida


Download 326 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2020
Hajmi326 Kb.
#140935
  1   2
Bog'liq
Kurs ishim


Termiz davlat universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich 405-guruh talabasi Boysoatov Muzaffarning tayyorlagan kurs ishi

Mavzu: Modernizm haqidagi bahslar

Reja:

I. Kirish. Adabiyotshunoslik fan sifatida.

II. Asosiy qism:

1. Modernizm haqida tushunchalar.

2. Modernizmning adabiyotdagi roli.

III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

ADABIYOTSHUNOSLIK FAN SIFATIDA

Adabiyot (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi. Adabiyot avval ogʻzaki boʻlgan, yozuv paydo boʻlgandan soʻng yozma shaklga oʻtgan. Adabiyot soʻz orqali insonning his-tuygʻularini keng va chuqur aks ettirish imkoniyatiga ega, shuning uchun ham u sanʼatning eng ommaviy turi hisoblanadi. Badiiy adabiyotning yetakchi 3 turi — epos, lirika, drama mavjud. Epos voqelikning oʻzini inʼikos etadi, lirikada esa insonning voqelikdan olgan taassurotlari qoʻshib tasvirlanadi. Sharq qadimdan she’riyat tuygʻulari oʻlkasi boʻlgan. Shu boisdan Sharq badiiy adabiyotida ayniqsa lirika keng rivojlangan. Drama hayotni harakatda ifodalab, muallif nutqisiz aks ettiradi. Adabiyotda qorishiq turlar ham mavjud. Mas, lirika va epos xususiyatlari birlashib liro-epik turni tashkil etadi. Liro-epik turga poema, ballada, doston, masal kabilar kiradi. Epos, odatda, 3 ga boʻlinadi: kichik epik shakl (latifa, ocherk, ertak, hikoya), oʻrta epik shakl (qissa) va katta epik shakl (roman). Lirika mazmun va shaklga koʻra, gʻazal, muhammas, marsiya, ruboiy, qasida, sonet, qoʻshiq va boshqalarga boʻlinadi. Dramatik adabiyotning ham mazmu-nan 3 xili bor: drama, komediya va tragediya (fojia). Adabiyot sanʼatning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotda voqelikni aks ettirish tamoyiliga koʻra, adibning ijodiy usuli paydo boʻladi. Voqelikdagi tipik hodisalar umumlashtirilgan holda haqqoniy aks ettirilsa, realistik adabiyot deyiladi. Yozuvchi ayni voqelikni emas, balki u haqidagi oʻz orzu-umidlarini ham ifoda etsa, romantik adabiyot boʻladi. Adabiyotning badiiylik mezoni uning gʻoyaviy-badiiy jihatdan mukammal boʻlishini taqozo qiladi. Bu hol asar mavzuining dolzarbligi, ifoda etadigan gʻoyasining toʻgʻriligi, tasvir haqiqatining chuqurligi, badiiy shakl tarkibiy qismlarining mukammalligidan yuzaga keladi. Har bir adabiyot milliydir, shunga koʻra har bir xalqning tarixiy hayotidagi va ruhiyatidagi xususiyatlar adabiyotning milliyligi mazmunini tashkil etadi va oʻziga xos milliy shaklni yuzaga keltiradi. Milliy shaklning yuzaga kelishida adabiyot tomonidan uzoq davr mobaynida yigʻilgan tajriba va anʼananing ham ahamiyati kattadabiyot Xalq hayotidagi yangi davr esa adabiyotni yangi, yuqoriroq bosqichga koʻtaradi, uning mazmuni va shaklini ham yangilaydi, ham boyitadi. Yangilangan adabiyot oʻz navbatida yangi jamiyatning mustahkamlanishida qudratli qurol vazifasini oʻtaydi. Hozirgi zamon oʻzbek adabiyotda adabiyotning tasvir ob’ekti umuman ijtimoiy voqelik boʻlsa, bosh tasvir ob’ekti esa insondir. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Shuning uchun ham adabiyotning maqsadi maʼlum bir ijtimoiysiyosiy kuchning mohiyatini toʻla ifodalash va ayni vaqtda keskin individuallashgan badiiy obraz yaratmoqdir. Yaratilgan bunday obrazlarning eng mukammali „tip“ deb ataladi. Navoiy asarlaridagi Farhod, Shirin, Majnun, Layli, Iskandar obrazlari; Shekspir asarlaridagi Otello va Hamlet; Abdulla Qodiriy asarlaridagi Otabek va Kumush tip darajasiga koʻtarilgan obrazlardir. Adabiyot voqelikni aks ettirar ekan, unga goʻzallik qoidalari nuqtai nazaridan yondashadi. Binobarin, asar predmetini tanlash ham gʻoyat muhim ijodiy nuqtadir. Chunonchi, asarning taʼsirli chiqishi, boshqa koʻp mezonlar qatori, shunga asos qilib olingan fikrning emotsionalligi, koʻtarinkiligiga ham bogʻliq boʻladi. Milliy mustaqillikka erishgan oʻzbek xalqi hayotning barcha jabhalarida oʻzligini namoyon etmoqdadabiyot Jumladan, istiqlol davri adabiyoti tub sifat oʻzgarishlariga erishmoqdadabiyot Bu davrda ijodkor olam va odam haqida avvalgidan farqli fikrlash mumkinligini chuqur anglab, faoliyat koʻrsatmoqdadabiyot Natijada olamni, odamni, ularning tuygʻularini turlicha ifodalaydigan badiiy asarlar yaratish boshlandi. Bu davr adabiyotida tasvirlanayotgan inson oʻzining bashariyat, Vatan, el-yurt oldidagi mas’uliyatini chuqur his etgan holda namoyon boʻlmoqdadabiyot Istiqlol adabiyoti mavzu nuqtai nazaridan ham, badiiy tasvir tamoyillari jihatidan ham ilgarigi qoliplarga sigʻmaydigan, tabiiy ravishda rivojlanayotgan yangi estetik hodisadir. U odamlarga yoʻl koʻrsatishni zimmasiga olmaydi, oʻquvchiga aql oʻrgatmaydi, hayotiy muallimlikni daʼvo qilmaydi, balki tasvirning nozikligi, ifodalarning favquloddaligi, obrazlarning kutilmaganligi bilan oʻquvchida munosabat uygʻotadi.Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyotni, uning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, paydo bo‘lish va rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy funksiyasi, ijodiy jarayon qonuniyatlarini o‘rganadigan fan. U bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan Z bo‘limni: adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi va adabiy tanqidni o‘z ichiga oladi. A.ning ildizi maqol, qo‘shiq, doston singari xalq og‘zaki ijodi namunalari yuzasidan bildirilgan ilk mulohazalarga borib boglanadi. Mas, Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asaridan joy olgan matallarga, badiiy so‘z unsurlariga ilmiy-tekstologik munosabat, o‘sha davr adabiy janrlari haqidagi fikrlar A.ning olis tarixidagi ko‘rinishidir.A. ilmiga oid teran qarashlar Foro-biining "She’r san’ati..." kitobida mu-fassal bayon qilingan (10-asr). Unda she’riy asarning yaralish tabiati, ijodkor shaxsi va mahorat muammolari, so‘z qadri xususida fikr yuritiladi. 11-asrda yashagan adabiyotshunos olim Abdulqodir Jur-joniyning "Asror ul-balog‘a fi-ilmi bayon" ("Bayon ilmida balog‘at sirlari") asarida so‘z san’atidagi shakl va mazmun masalasiga alohida urg‘u berilsa, 13-asrda yashagan qomusiy olim Kays Roziyning "Kitob ul-mo‘’jam fi-maoyiri ash’or il-ajam" ("Ajam she’riyati me’yorlari qomusi") kitobida nazariy masalalar – aruz tizimi, poetik san’atlar, she’riy janrlar tahlil etilgan. Kaykovusning "Qobusnoma"sidan (11-asr) esa, she’r jamiyatning turli qatlamlari estetik talablaridan kelib chiqib yaratilishi, badiiy asar, albatta, ta’sirchan bo‘lishi lozimligi haqidagi mulohazalar o‘rin olgan.Adabiyot tarixi yo‘nalishida muay-yan xalq (xalqlar, mintaqa, jahon) badiiy adabiyotining tarixiy taraqqiyoti hamda yozuvchi-shoirlarning hayot va ijod yo‘li chuqur o‘rganiladi. Jumladan, o‘zbek milliy adabiyoti bosib o‘tgan uzoq tari-xiy yo‘l, zamon, siyosat va adabiy jarayon munosabatlarining o‘ziga xosliklari, u yoxud bu ijodkorning ushbu jarayon-ga ko‘rsatgan ta’siri yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan.A. tarixida 12-asrda yashagan shoir va adabiyotshunos Nizomiy Aruziy ibn Umar Samarqandiy, 15-asrda adabiyotshu-nos olim Atoulloh Husayniy, Zamax-shariy, Xondamir, Vosifiy asarlari muhim ahamiyatga egadir.O‘zbek A.ning takomili Navoiy (qarang Alisher Navoiy) ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbek tilidagi tazkira janriga asos solgan "Majolis un-nafois" ("Go‘zal majlislar") ilk o‘zbek adabiy qomusi hisoblanadi. Ushbu asarda Navoiy deyarli yarim asr mobaynida o‘ziga zamondosh bo‘lgan 469 shoir, olim, bastakor, hattot, she’riyat homiylari haqida ma’lumot beradi, badiiy mahorat, san’atkorning ijtimoiy burchi, poetik janr masalalarini yoritadi. Navoiyning "Holoti Pahlavon Muhammad", "Holoti Sayyid Hasan Ardasher", Jomiyga bag‘ishlangan "Hamsat ul-mutahayyirin" ("Besh hayrat") singari asarlari adabiy portretning dastlabki namunalaridir. Uning "Mezon ul-avzon" ("Vaznlar o‘lchovi") asarlarida aruzning nazariy, amaliy masalalari tadqiq etil-gan. Husayn Boyqaro esa, o‘z navbatida, Navoiyning betakror mahorati, u yaratgan adabiy muhit, davr adabiy jarayoni haqida ma’lumot beruvchi risola yarat-gan. Zahiriddin Muhammad Bobur "Mux-tasar" kitobi bilan Navoiydan so‘ng aruz ilmi tadqiqini yangi bosqichga ko‘tardi. Bu kitobda aruzning 20 dan ortiq bahri, 530 dan ortiq vazni haqida ma’lumot be-riladi.O‘zbek adabiyotshunosligining key-ingi davrlardagi yo‘nalishini, asosan, tazkiralar belgilaydi. Jumladan, 19-asr boshlarida Fazliy rahbarligida she’riy shaklda yaratilgan "Majmuai sho-iron" ("Shoirlar guruhi") tazkirasi Qo‘qon xoni saroyiga to‘plangan ijod-korlar haqida nisbatan to‘liq ma’lu-mot beradi. Ahmad Tabibiyning she’riy shakldagi "Majmuat ash-shuaroi Feruzshohiy" ("Shoh Feruz shoirlari guruhi") hamda "Muhammasoti majmuat ush-shuaroi Feruzshohiy" ("Shog‘ Feruz shoirlari guruhining muhammaslari") tazkiralarida ijodkorlarning asarlari janrlarga bo‘lib o‘rganiladi (20-asr boshi). Birinchisida g‘azallar, ikkinchisida muhammas va musaddaslar tahlil etiladi.Matbuot va noshirlik ishlarining rivoji 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida o‘zbek tanqidchiligi, adabiyotshunosligi uchun yangi imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, adabiy tanqidda uyg‘onish ro‘y berdi – harakatdagi ada-biy jarayonni, yozuvchi ijodini, ada-biy muammolarni davrning ma’naviy va estetik talablari, ommaning ruhiy ehtiyojlaridan kelib chiqib o‘rganish, adabiyot taraqqiyotidagi, ijodkor mahoratidagi yangiliklarni kashf etish, kamchiliklarni baholi qudrat ko‘rsatish boshlandi. Hoji Muin, Mirmuhsin Shermuhamedov, Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Ashura-li Zohiriy, Vadud Mahmudlarning maqolalarida so‘z san’ati oldida turgan muhim ijtimoiy vazifalarga urg‘u be-rildi, adabiyot rivojini millat, Vatan, istiqpol, mustaqil yurt uchun kurashuvchi yangi insonni tarbiyalash masalalari bilan bog‘lashga harakat qilindi. Cho‘lponning "Adabiyot nadur?" (1914) maqolasida o‘rtaga tashlangan "Adabiyot yashasa – millat yashar" degan g‘oya milliy uyg‘onish uchun ham da’vat bo‘ldi.20-yillar o‘rtalarigacha A., asosan, ada-biy tanqid doirasida faoliyat ko‘rsatdi. Shu paytlardan e’tiboran sho‘ro hukumati uni o‘z yo‘rig‘iga sola boshladi. Ijod mahsulini baholashda mafko‘ra, o‘tkinchi siyosat bosh mezonga aylandi. Adabiyot va A.dan bir yoqpama (markscha) dunyoqarash bilan qurollanish, voqelik va uning badiiy in’ikosi bo‘lmish san’atga faqat sinfiy kurash, sho‘rolar mafkurasi nuqtai nazaridan turib yondashish talab qilindi. Bularga qo‘shimcha, mumtoz ada-biy merosdan voz kechish tamoyili hukm surdi. Yassaviy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Hofiz, Rumiy, Huvaydo singari shoirlar yaratgan ma’naviy mulk o‘quvchiga ke-raksiz, hatto, ziyonli deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitrat, Otajon Hoshim kabi adabiyotshunoslar bunday qarashlarga qarshi chiqib, madaniy merosni himoya qilishga urindilar.Shu yillari, muayyan kamchiliklardan holi bo‘lmasada, dastlabki nazariy qo‘llanma – adabiyotshunos Abdurahmon Sa’diyning "Amaliy, ham nazariy ada-178biyot darslari" (1924) yaratildi. Fitratning "Adabiyot qoidalari" (1926) darsligida esa o‘z davri Sharq va G‘arb adabiyoti nazariyasi muammolari yoritildi. Shu muallifning "O‘zbek adabiyoti namunalari" kitobida O‘rxun-Yenisey bitiklari, "Alpomish", "Kitobi dadam Qo‘rqut", "Devonu lug‘otit turk"dan par-chalar berildi, Yassaviy, Boqirg‘oniy, Lutfiy, Atoiy, Navoiy, Bobur asarlaridan misollar keltirildi.20-yillar oxiri – 30-yillar boshlarida sho‘ro adabiy siyosatida partiyaviy tazyiq ostida sinfiy dushman axtarish ruhi kuchaydi, ijod erkinligi bo‘g‘ildi, vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari avj oldi. Abdulla Qodiriyning "O‘tgan kunlar", "Mehrobdan chayon" romanlari zararli asar deb, muallifning o‘zi esa burjua adibi deb qoralandi.30-yillar o‘rtasidan markaz Yozuvchilar uyushmasi qurultoyining qarori bilan rasmiy kuchga kirgan sotsialistik rea-lizm metodi haqidagi aqidaning keng joriy etilishi oqibatida o‘zbek A.ga partiyaviylik, sinfiylik, g‘oyaviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik degan tushunchalar chuqur singib bordi. Mumtoz adabiyotga munosabatda uni sa-roy adabiyoti, diniy-klerikal adabi-yot, reaksion yoxud progressiv deya bir xalq adabiyotini ikkiga ajratib talqin etish, ijodkorlar va ularning merosini sinfiy qarshilantirish tamoyili urfga kirdi. O‘ziga xos yondashuv va tahlilni talab etadigan Yassaviy, Boqirg‘oniy, Boyqaro, Mashrab, Huvaydo, Amiriy, Feruz (Muhammad Rahimxon) kabi sho-irlar merosi batamom qoralandi, ular ijodini o‘rganish deyarli man qilindi. Sho‘ro mafkurasining zug‘umi, tanqid va A.ning jiddiy xatolari tufayli Abdul-la Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, So‘fizoda, Elbek, Botu, Usmon Nosir singari shoir va yozuvchilar, Otajon Hoshim, Vadud Mahmud kabi adabiyotshunoslar jisman yoxud ma’nan mahv etildilar.O‘sha yillardagi nisbatan ijobiy faktlar sifatida So‘fizoda, Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon haqida adabiy portretlar yozilganini, Izzat Sultonning "Adabiyot nazariyasi" darsligi va boshqa monografiyalar nashr etilganini qayd etish mumkin. Biroq 40-yillar oxiri – 50-yillar boshlarida A. fani kosmopolitizmga qarshi kurash, yagona oqim, konfliktsizlik nazariyasi deb nomlangan xato yo‘llarni bosib o‘tishiga ham to‘gri keddi. Ayni shu yillari Oy-bek, Maqsud Shayxzoda va boshqa mualliflarning tarixiy yo‘nalishdagi, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Said Ahmad singari adiblarning zamonaviy mavzudagi asarlari, o‘sha "nazariyalar" dan kelib chiqib, nohaq qoralandi.50-yillar o‘rtalaridan avval qatli om qilingan ayrim yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodini qayta o‘rganishga harakatlar bo‘ldi. Matyoqub Ho‘shjonov, Ozod Shara-fiddinov, Ibrohim G‘afurov, Umarali Normatov, Salohiddin Mamajonov, So-bir Mirvaliyev singari adabiyotshunos olimlarning adabiy jarayon, alohida ijodkor va asar haqidagi kitob va maqolalari adabiyotning nisbatan erkin nafas olishiga zamin yaratdi.60–70-yillarda o‘zbek adabiyoti tarixi yuzasidan qator asarlar yaratildi. Jumladan, ilk adabiy yodgorliklardan tortib 20-asr boshlarigacha bo‘lgan dav-rlar merosini qamrab oluvchi 5 jild-li "O‘zbek adabiyoti tarixi" kitobi nashr qilindi. Unda o‘ta mafkuraviy talqin, adabiyot ilmidan chekinish, bir yoqlamalik qusurlari mavjud esada, ming yillik adabiyotimizning tari-xiy taraqqiyoti, yetakchi tamoyillari, so‘z san’atkorlarining hayoti va ijodi, asarlaridagi o‘ziga xosliklar, mahorat belgilari to‘g‘risida zamona yutuqpari darajasida muxtasar ma’lumot berildi.Dunyodagi eng qadim madaniyat o‘choklaridan biri bo‘lmish yurtimizda yaratilgan jamiki adabiy-estetik boyliklarga xolis nuqtai na-zar bilan qarash va baho berish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada, adabiyotshunos olimlar so‘z san’atimiz tarixida e’tibor-179ga loyiq neki asar bo‘lsa, barchasini chuqur o‘rganishdek mas’uliyatli yumushga kirishdilar. "Avesto"dek teran va mu-rakkab diniy-ma’rifiy yodgorlik, xalq og‘zaki ijodining gultoji bo‘lmish "Al-pomish" dostoni va boshqa o‘nlab epik asarlar atroflicha tadqiq etildi.Tasavvuf ta’limotining badiiy ijodga ko‘rsatgan ta’siri xususida Na-jmiddin Komilov ("Tasavvuf", 1– 2-kitoblar), Ibrohim Haqqulov ("Tasav-vuf va she’riyat") va boshqa mutaxassislarning kitoblari chop etildi. Navoiyning 20 jildli "Mukammal asarlar to‘plami" nashr qilinishi barobarida, mutafakkir ijodini tamomila yangi mezonlar asosida o‘rganish boshlandi va o‘nlab risolalar yaratildi. 20-asr boshlarida yozilgan, ma’rifatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan badiiyat namunalari tadqiq etildi, nohaq qurbon bo‘lgan Abdulla Qodiriy (U. Normatov, "Qodiriy bog‘i"; mual-liflar jamoasi "Abdulla Qodiriyning badiiy olami"), Cho‘lpon (O. Sharafiddinov, "Cho‘lpon", "Cho‘lponni anglash", D. Quronov, "Cho‘lpon, hayoti va ijodiy merosi"), Fitrat, M. Behbudiy, A. Avloniy, Hamza, Usmon Nosir hayoti va ijodiga doir yirik asarlar dunyoga keldi.A.ning nazariy muammolarini o‘z ichiga qamragan 3 jildli "Adabiy turlar va janrlar" kitobi, A. Hojiahmedovning "She’riy san’atlar va mumtoz qofiya", "O‘zbek aruzi lug‘ati" risolalari chop etildi. S. Mirvaliyev yaratgan "O‘zbek adiblari" to‘plami esa 20-asr o‘zbek adabi-yotining yirik vakillari hayoti va ijodi xususida eng zarur ma’lumotlarni beradi.A. nafaqat o‘zbek, balki jahon este-tik ilmi yutuqlarini ham ijodiy o‘zlashtirish, bu borada o‘z so‘zini ay-tish yo‘lida izlanmoqda. Najmiddin Komilovning "Tafakkur karvonlari", Ibrohim G‘afurovning "Dil erkinligi" singari kitoblari keyingi davr o‘zbek A.ning jiddiy yutuqlari hisoblanadi. Bugungi kunda adabiyotshunosligimiz saflarini Shuhrat Rizayev, Dilmurod Quronov, Bahodir Karimov, Ulug‘bek Abduvahob singari yosh, iste’dodli olimlar to‘ldirmoqda.Baxtiyor Nazarov, Rahmon Ko‘chqorov.

MODERNIZM HAQIDA TUSHUNCHALAR

Modernizm (italyancha modernismo - «zamonaviy oqim»; lotinchadan kelib chiqqan modernus — «zamonaviy, yangi») XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning 50—60-yillarida Yevropa, AQSH adabiyoti va sanʼatida rivoj topgan oqim va yoʻnalishlarning umumiy nomi. Dastlab, Fransiyada tashkil topgan simvolizm, akmeizm, impressionizm (masalan, 1863 - yilda Parijda ochilgan "Xoʻrlanganlar saloni") vakillari, musiqada K.Debyussi, M.Ravel kabi kompozitorlar ijodiga nisbatan qoʻllangan. Modernizm dekadentlik termini bilan ham yuritilgan. Badiiy ijodning mumtoz anʼanalaridan voz kechish, ijodkor oʻz shaxsiy kechinma, taassurot va tasavvurlarini ustun qoʻyishi, badiiy shakllarni yangilash jarayoniga alohida ahamiyat berish ular ijodiga xos boʻlgan xususiyatlardir. Modernizm vakillari realizmga qarshi kurashdi, klassitsizm (akademizm)ga xos boʻlgan ijodiy tamoyillarni inkor etishga intildi. Modernizm nafaqat mazkur davr sanʼati, balki ilm (Z. Freydning psixoanaliz nazariyasi, F. De Sossyurning struktural lingvistikasi, A.Eynshteynning nisbiylik nazariyasi, N. Vinerning kibernetikasi) va falsafa (F. Nitsshe, A. Bergson, M. Xaydegger va boshqalarning gʻoyalari) bilan ham bogʻliq boʻlgan.

XX asrning boshida rivoj topgan avangardizm yoʻnalishlarida XIX asr modernizm prinsiplari oʻz rivojini topdi. Modernizmning yangi bosqich xususiyatlari tasviriy sanʼatda anʼanaviy tasvirlash usullaridan butunlay voz kechish, real obrazlar shaklini oʻzgartirish yoki umuman yoʻqotish (kubizm, ekspressionizm, syurrealizm, dadaizm) kabi koʻrinishlarda namoyon boʻlgan. Musiqada modernizm kuy va lab tamoyillarini inkor etish (dodekafoniya, aleatorika, sonoristika), adabiyotda — bayonning mantiqsizligiga asoslanish (dadaizm, ong oqimi, futurizm) yetakchi omilga aylangan. Modernizmning eng yirik nazariyotchisi Ortega-i-Gas-set sanʼatning xalqchilligiga qarshi chiqdi: "Modernistik sanʼat... xalqqa begonadir, buning ustiga u xalqqa... zid ekan. Haqiqiy sanʼat sanʼatkorlar uchun, omma uchun emas...". Bu ijodiy qarashlar XX asrning 2 - yarmida tashkil topgan abstrakt sanʼat, minimalizm, absurd drama kabi postmodernizm yoʻnalishlarida ham oʻz aksini topdi. 1960—70 - yillar sanʼatida paydo boʻlgan modernizmning asosiy tamoyillariga qarshi boʻlgan pop-art, kinetik sanʼat, giperrealizm kabi yoʻnalishlarni baʼzi tadqiqotchilar modernizm tizimi nuqtai nazaridan baholashgan.

Modernizm Oʻzbekistonga 20-asr boshlaridayoq kirib kelgan (A. Nyurenberg, V. Ufimsev, A. Volkov, A. Nikolayev, Oʻ. Tansiqboyev va boshqalar). 1970-yillar oxiridan modernizmning koʻrinishlari ayrim oʻzbekistonlik rassomlar ijodida koʻzga tashlanadi (masalan, abstrakt sanʼat — V. Oxunov, N. Shin; giperrealizm — A. Ikromjonov, S. Raxmetov kabi). Oʻzbek adabiyotshunoslari esa modernizmga xos ayrim unsurlar 1920—30 yillar adabiyotida koʻzga tashlanganini, bu jarayon 1990-yillarda nisbatan kuchayganini taʼkidlaydilar; 2) salbiy maʼnoda — ijodda modaning ustunligi, yaʼni ijodiy uslublar mohiyati, badiiy asarlar mazmunining tez-tez oʻzgarib turuvchi badiiy ehtiyoj va didlarga boʻysunishi. Shu maʼnoda (modaga boʻysunadigan) modernizm haqiqiy novatorlik, yangilanish jarayoniga qarama-qarshidir

Soʻnggi yillar oʻzbek adabiy tanqidchiligida modernizm va modern adabiyoti haqida koʻp yozishayapti, bahs-munozaralar bildirilmoqda. Aslida, oʻtgan asr Gʻarbiy Yevropa va Amerika adabiyoti va sanʼatida yetakchi oqim sanalgan modernizm tanqidiy realizm, xususan sotsialistik realizm aqidalariga qarama-qarshi pozitsiyada turgan adabiy oqim boʻlib, asrning oltmishinchi yillarida oʻz umrini yashab boʻldi va oʻrnini postmodernizm deb ataluvchi yangi oqimga boʻshatib berdi. XX asrning oxiriga kelib postmodernizm ham inqirozga yuz tutdi. Endilikda jahon adabiyotidagi avangard doiralar yana yangicha uslublarni kashf etishga urinmoqdalar.

Modernizm XX asr gʻarb adabiyoti va sanʼatining umumiy tavsifi tarzida bir necha oʻlchovlarda mavjud boʻlib, bizningcha ularni quyidagi mazmunda xulosalash mumkin.

Birinchidan, modernizm – bu zamonlar oraligʻidagi tafovutni, “eskilik” va “yangilik” oʻrtasidagi ixtiloflarni oʻz gʻoyaviy qarashlari bosh mezoni qilib olgan yuz yillikning maʼnaviy qiyofasidir. Uning ortida F. Nitsshening “xudolar oʻlimi” falsafasi, Yevropa xaritasini qayta tuzgan siyosiy inqiloblar va ilmiy kashfiyotlar, totalitar tuzumga asoslangan diktaturalar, xunrezlik urushlari, informatsion portlashlar, sivilizatsiyaning koinotga chiqishi kabi global oʻzgarishlar yotibdi. Yanada aniqroq qilib aytadigan boʻlsak, uning ortida “markazsiz dunyo” (U. B. Yeyts)-ning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan obʼyektiv borliq qonuniyatlarining insoniyat tarixida chuqur ildiz otolmaganligi, mustahkam oʻrnashib ololmagani, epis-temologik dudmolligi hamda muayyan shaklga keltirilgan utopik (ilmga asoslanmagan, amalga oshmaydigan, xomxayol) orzu-umidlar bilan shaklsiz, noaniq antiutopik voqelik oʻrtasidagi hal qilib boʻlmaydigan ziddiyatlarning mavjud ekanligida edi.

Dastavval bashariyatni ocharchilik va qashshoqlikni yengishga daʼvat qilgan yigirmanchi asr vaqt oʻtib oʻzining insonparvarlik, yuksalishga intilish, jamoatchilikka tayanish, ilmiy-texnika taraqqiyotining cheksiz rivojlanishiga xayrixoh boʻlish kabi tamoyillariga qarshi turdi, amalda “eskirgan” boʻlib chiqdi. Ayni paytda, umuminsoniy tamoyillarning gʻayriinsoniy tuzum qonunlari oldida erksizligi, voqelikning hardamxayolligi, siyosiy yolgʻon safsatalar, jamiyatning haddan tashqari himoyasizligi va hattoki beʼmaniligi roʻparasida tizilgan odamlarning fojeaviy yolgʻizligi zamoni boʻlib qoldi.

XX asrning halokatga yuz tutishi muallifning “metafizikaga ishtiyoqini” kuchaytirgan, yakka tartibda ijod qilishga undagan boʻlsa, ushbu idealizmning dardu gʻamini ham shu alfozda belgilab berdi. Bunday muhitda “sheʼriyatga oʻrin yoʻqligi”(G. Adamovich)ni jahon urushlarida halok boʻlgan, totalitar tuzum tarafidan otib yuborilgan yoki surgun etilgan, aqldan ozib oʻz hayotiga suiqasd qilgan, alamzada holatda ijoddan voz kechgan qator qalamkashlarning fojiali qismatidan, deb tushunmoq lozim boʻladi. Asrning shu kabi ruhini nemis faylasufi T. Adorno quyidagicha taʼriflangandi: “Osvensimdan keyin sheʼr yozish – bu badaviylik (varvarlik) hisoblanadi…” (Minima Moralia. Majruh hayot haqida oʻylar, 1951).

Ikkinchidan, oʻtgan yigirmanchi yuz yillikda kechgan adabiy jarayon koʻpgina raddiyalarga qaramasdan modernizmni inkor etib, bir chetga surib tashlagani yoʻq, aksincha, uni inkor qilish orqali yanada davom etishiga yordam berdi va oʻz doirasiga “modernizmdan tashqaridagi modernistlar” deya hisoblagan mualliflar. S. Kyerkegor, H. Ibsen, G. Melvill, Sh. Bodler, A. Rembo, S. Mallarme, F. Nitsshe, F. Dostoyevskiy, G. Jeyms, A. Strindberg, J. Konrad va boshqalarning asarlarini ogʻdirib oldi. Aksincha, ayrim buyuk nomlar (V. Skott, V. Gyugo, A. de Vini, Ch. Dikkens, A. Tennison, G. Longfello)ning badiiy ijoddagi qadr-qimmati pasaytirildi, boshqalari (G. Flober, E. Zolya, J. Elliot, U. Uitmen, P. Verlen) esa asos-isbotsiz jahon adabiyoti peshsahnasiga chiqarib qoʻyildi. Eng muhimi, modernizm XX asrning asosiy ijodiy kashfiyoti – subʼyektivlikni tadqiq qilishda davom etdi va tezis-antitezis, “modernizm”-”kontrmodernizm” vositasida individual uslubning stilistik imkoniyatlarini amalga tadbiq qildi. Postmodernizm davriga kelib u uslubdan koʻra koʻproq sifat koʻrinishiga ega boʻldi.

Uchinchidan, modernizm – aslida bu bir-biri bilan kurash olib borgan, oʻzicha mustaqil harakat qilgan alohida modernistik uyushmalar, manifestlar, dasturlar (masalan Lotin Amerikasida simvolizm oʻzicha modernizm nomini olgandi) majmuasidir. Modernizmning bir jabhasi avangardizmga, yaʼni lingvistika nuqtai nazaridan ilmiy tajribalar oʻtkazishga, sanʼatlar va diskurslar sinteziga, polistilistika (futurizm, dadaizm, syurrealizm, imajinizm, vortitsizm, fransuz “antiromani”, Lotin Amerikasi “sehrli realizm”)ga moyillik bildirgan boʻlsa, boshqa bir koʻrinishi ekspressionizm tarafdorlarini barokko va romantizm anʼanalari bilan, ingliz-amerika modernizmini (J. Joys, V. Vulf, E. Paund, T. S. Elliot, U. Stivens) simvolizm bilan, J-P. Satr va A. Kamyu prozasini ekzistensializm falsafasi bilan yaqinlashtirishga intildi. Bizningcha, faqat modernizm va uning taraqqiyoti kontekstida u inkor etgan “realizm”, “sotsialistik realizm” (A. Barbyus, L. Aragon, I. R. Bexer, M. Andersen-Neksyo, A. Zegers) va postmodernizm fenomenlari adekvat baholanishi mumkin, xalos. Ayni paytda shuni ham taʼkidlash joizki, modernizm adabiyoti matni oʻzining stilistikasi jihatdan ham koʻp qiyofalidir. Bir jihatdan, u XIX asr adabiy oqimlari (romantizm, naturalizm, simvolizm va hokazo) dan uzoqlashgan boʻlsa, ikkinchidan ularga yangi urgʻu va ohanglar (J. Romen, J. Dyuamel) olib kirdi, naturalistik, yaʼni voqelikni tasvirlashda maishiy tafsilotlar, ikir-chikirlar bilan cheklanib, umumlashmalardan qochadigan tasviriy uslub (J.-P. Sartr)ni singdirdi, zarurat tugʻilganda esa, biroz toʻgʻrilab naturalizmni (R. Marten dyu Gar, J. Steynbek) yanada sayqallashtirdi. Shu taxlit traditsionalizm (anʼanaviylik)ning turli koʻrinishlari modernizm bilan olib borgan bahsida modernizmga zarardan koʻra koʻproq foyda keltirdi, shuningdek undagi strukturaviy oʻlchovlar: “klassika” va “romantika”, “realizm” va “abstraksiya”, “milliy” va “baynalmilal”, “shimoliy” va “janubiy” kabi tamoyillarning mavjudligiga diqqat-eʼtiborni qaratdi.

Toʻrtinchidan, modernizm – bu J. Joys va G. Stayn, F. Kafka va G. Kayzer, L. Pirandello va Yu. O’Nil, T. Mann va U. Folkner, A. Dyoblin va J. Dos Posos, B. Brext va E. Ionesko, X. L. Borxes va G. G. Markes, A. Myordok va G. Grasslarning modernizm ruhidagi matnlaridan iboratdir. Ularning barchasi modernizm nuqtai nazaridan oʻziga xos, boshqalarga oʻxshamaydigan, ularning har biri alohida yondashishni, modernizmning butun tipologiyasiga, terminologik va stilistik tavsiflariga aniqlik kiritishni taqozo etadi. J. Joys qalamiga mansub “Uliss” romani ham simvolizm, ham avangard, ham “yuksak modern”, ham “postmodern” qolipidagi asardek oʻqilishi mumkin. Shunga yarasha mazkur romanning adabiy jarayondagi mavqei va tutgan oʻrni unga hamohang oʻzgarib borishi ham muqarrardir.

Alhosil, beshinchidan, modernizm – bu parallel ravishda mavjud boʻlgan matnlarning polifoniyasi (koʻpovozliligi)dir. Ushbu inkor etishlar va tasdiqlarning oʻta murakkabli maydoni noklassik boʻlgan masofani hosil qiladi, oʻz makoniga oid chegaralarini doim aniqlab turuvchi qandaydir bir oʻziga xos adabiy jarayonga oʻxshaydi. Uni shartli ravishda subʼyektivlikdan uzil-kesil ozod etuvchi, markazdan qochiradigan kuch, yaʼni girdibod bilan qiyoslash mumkin. Jamiyatning barqaror muvozanatdan chiqqanligi, undagi subʼyekt va obʼyektning bir-biriga mos kelmasligi, his-tuygʻular taʼsirida yashayotgan shunday ramziy faollikning dastlabki koʻtarilib tushishi fransuz adabiyotining XIX asr oxiriga toʻgʻri keladi. Aslida milliy adabiyotlar nazdida mavjud boʻla turib, maʼlum maʼnoda ularning hal qiluvchi, muhim voqea va hodisalarini oʻzaro qorishtirib yuboradigan ushbu “toʻlqin” oʻzini goh XX asr boshlaridagi nemis ekspressionizmi, goh 20-yillar ingliz-amerika modernizmi, goh 1930–1940-yillar fransuz ekzistensializmi andozasidagi proza, goh 1950-yillar “absurd teatri” orqali namoyish qilib, 1960-yillarda Lotin Amerikasigacha yetib bordi-da, oʻsha yerda inqirozga yuz tutib, oʻz kuchini yoʻqotdi. Modernizm yoʻriqlarining “koʻtarilishi” va “pasayishi” kabi holatlarni oʻzida jamlagan bu kabi inqilobiy harakatning davrlarga boʻlinishi oʻta darajada shartlidir. Qolaversa, modernizm taxminan uch ijodiy muhit bilan vobasta kechdi. Bular: postsimvolizm va avangardizm (1910–1940 y.); ekzistensializm (1940–1960 y.) va postmodernizm (1980–2000 y.)dir. Ularning har birida oʻz tipologik belgilarining oʻzaro uygʻun birikmasini, oʻz faollari va mushohada qiluvchilarini, oshkor va nooshkor “modernist”larini, “modernizm” zamondoshlari va “kontrmodernist”larini alohida ajratib koʻrsatish mumkin.

XX asr adabiyotida modernizmdan ustun turuvchi yana biror ijodiy oqim mavjudmidi, degan savolning boʻlishi tabiiy. Bu savolga ijobiy yoki salbiy maʼnoda javob topish osondek tuyulsa-da, fikrimizcha, modernizm adabiyotni oʻrganish doirasidan chiqib ketdi. Aslida modernizmning oʻzi va uning qonun-qoidalari aniq kashf qilinmagan bir holatda XX asr qalamkashlarining qariyb barchasi u yoki bu taqlidda “modern kasali”ga mubtalo boʻldilar.

Nafsilamr, badiiy adabiyot 1930-yillarda inson intellektual hayotidagi boʻsh vaqt ustidan yuz yillab davom qilgan oʻz hukmronligini kinematografiyaga boʻshatib bera boshladi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng kitob egallab kelgan ijtimoiy oʻringa texnik sanʼat turlari: televideniye, mass-medialarning turli shakllari daʼvogar boʻlib chiqdi. Asr oxiriga kelib esa bunga kompyuter ham qoʻshildi. Endilikda gap jiddiy mafkuraviy davlat tangligi haqida emas, oʻz manfaatlari yoʻlida badiiy qadriyatlar bilan hiyla va nayrang qilayotgan mafkuralar tangligi haqida emas, borgan sari eklektizmga asoslanayotgan, mutaxassislarga, universitet professor-oʻqituvchilariga, gumanitar fakultet talabalariga moʻljallangan jiddiy mazmunli adabiyot haqida emas, balki adresat tangligi, kitob bilan shaxsiy munosabat tajribasini yoʻqotayotgan kitobxon inqirozi xususida bormoqda. Shuningdek, adabiy jarayonda chinakam informatsion bosim, yaʼni majburiy plyuralizm va relyativizm (lot.relativus – nisbiylik) oʻtaketgan zamonaviylik oqibatida paydo boʻlayotgan xiraxondon hissiyotlar ostida qolib borayotgan kitobxon tanqisligi yuzaga kelmoqda.

Axborot kommunikatsiyalarining qudratli kuchi xususida 1960-yillardayoq amerikalik tanqidchilar qayd qilganidek, endilikda eng topqir yozuvchining ham gazetada bosilgan, televideniyeda berilgan, internet orqali uzatilgan axborot bilan bellashishga qurbi yetmaydi, bu uning koʻlidan ham kelmaydi. Gazeta, televideniye va internet xabarlari istalgan toʻqima va uydirmadan iborat boʻlsa-da “shubhasiz toʻgʻri”, “mohirona ishlangan”, odamlarda “kuchli taassurot qoldiradigan” yangilik boʻlib bormoqda.

Darvoqe, XX asr oxirlashib qolgan bir paytda uning yana oʻz boshiga qaytganidan darak beruvchi alomatlar sezila boshlagandi. Yaʼni yuz yil burun aytilgan “Gʻarb sivilizatsiyasining poyoniga yetganligi” mavzusiga yana qaytildi. Fransuz shoiri Sharl Bodlerning “Biz hammamiz goʻyoki abadiy dafn marosimida qatnashayotgandekmiz” mazmunidagi hikmatli soʻzlarini anglab olishga, magʻzini chaqishga qaytganligimiz bilinib qoldi. Ayrimlari, J. Papini qalamiga mansub “Oxirgi odam”, O. Shpenglerning “Yevropa zavoli”, A. Blokning “Gumanizm halokati”, P. Valerining “Ruh tangligi”, E. Gusserlning “Yevropa odami va falsafasining tangligi” boshqa nomlar, yaʼni Romano Gvardini qalamiga mansub “Yangi zamon oxiri”, Daniel Bellning “Mafkura intihosi”, Rolan Bartning “Muallif oʻlimi”, Ixab Xasanning “Orfey halokati”, F. Fukuyamaning “Tarix xotimasi va oxirgi odam”, Semyuel Xantingtonning “Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi” bilan almashdi. Baribir ham, Zigmund Freyd aytganidek, shartli ravishda “madaniyat qanoatlanganligi” deb nom olgan tamoyil oʻzgarmasdan eskicha holida qolaverdi. Gap shundaki, ilgʻor gʻarb madaniyati oʻzining liberalizm ruhidagi ideallariga sodiq qolib, kelajak loyihalarini tuzishni, tarixning u yoki bu “xato”larini tuzatishni davom ettirgani bilan, ayni vaqtning oʻzida, inson erkinligi muammosi bilan bogʻliq ziddiyatlar hal qilinmaganligi tufayli, baribir orqaga qaytishga majbur boʻldi.

Shunday qilib, XX asr modernizm adabiyoti ham xuddi XIX asr romantizm adabiyoti singari madaniy maʼno doirasiga aylandi, uning ichida gʻarb dunyosi qadriyatlari tanqidiy jihatdan tekshiruvdan oʻtkazildi. Ular jahon adabiyoti tarixida yashab qolishga, XX asr adabiyotida yalovbardor boʻlishga loyiqmi yoki yoʻqmi – buni kelajak koʻrsatadi.



Download 326 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling