Reja: I. Kirish II. Asosiy qism: i-bob. Mehnat bozori muvozanati


Download 107.25 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2020
Hajmi107.25 Kb.
#148886
  1   2   3
Bog'liq
Kurs ishi.Mehnat bozori muvozanati va eng kam ish haqi


Reja:

I. Kirish……………………………………………………………………………2

II. Asosiy qism:

I-BOB. MEHNAT BOZORI MUVOZANATI

  1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi…………………………….4

  2. Mehnat omili va mehnat bozoridagi munosabatlar…………………….10

  3. Talab va taklif qonuni. Mehnat bozori muvozanatining vujudga kelishi………………………………………………………………………14

  4. Mehnat bozorida ishchi kuchi kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati…………………………………………...……………………….16

II-BOB. ISH HAQI

  1. Ish haqi tushunchasi……………………………………………………...26

2. Ish haqi oshirib borishining ijobiy va salbiy samarasi………...………..27

3. Ish haqidagi farqlar va ularni belgilovchi omillar…………………..…..30

4. Ish haqini tartibga solish va eng kam ish haqi… ………………………31

III. Xulosa……………………………………………………………………..…33

IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………….34.

KIRISH.

Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taq- simlanishiga mos ravishda mehnat resurslari taqsimlanganligi sababli jahon mehnat bozori tez rivojlanadi. Mehnat bozorida kelgindilar taklifi tez o'sadi, narx arzonligidan unga taklif ham ortadi. Ma’lumotlarga ko'ra, 2000-yilda Yer yuzida o'zi tug'ilgan yurtda ishlamaydiganlar soni 80 ming nafardan ziyod bo'lgan. Xalqaro mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda o'zga millat diasporasi o'sishiga olib keladi. Masalan, 2002 yilda AQSHdagi xitoyliklar 15 ming bo'lgan. Hozirgi vaqtda o'tish davri iqtisodiyotining oldida turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini samarali shakllantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining obyektiv qonunlaridan savodli foydalanish zarur. Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog'langan. Haqiqatdan ham talabga ega bo'lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo'lishi kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o'z iste’mol sifatlarini yo'qotmasligi uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o'zini qayta ishlab chiqarish, balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko'rsatkichlarini ham yaxshilanishini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo'q qilish mumkin. Ishchi kuchiga jami talab — investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.

Jamiyatda yoki alohida olingan mamlakatda yaratilgan mahsulotning taqsimlanish tamoyillari, shakllari, usullari muhim muammo bo'lib, iqtisodchilar e'tiborini jalb etib hamda ular o'rtasida turli tortishuvlarga sabab bo'lib keladi. Shunga ko'ra, kishilarning hayot kechirishi va turmush darajasini aniqlab beruvchi daromadlarning asosiy turi bo'lgan ish haqini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda siz ish haqining iqtisodiy tabiati bilan bog'liq muammolar va uning shakllari hamda bozor munosabatlari sharoitida ish haqi darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ko'rib chiqiladi. Tahlil ish haqi stavkasini nimaligi va uni aniqlashni tushuntirish bilan davom ettiriladi. Mavzuda mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va ularni shakllantirishda turli shartnomalarning hamda kasaba uyushmalarining roliga alohida o'rin beriladi.

Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.



Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.1

I.BOB

  1. Mehnat bozorining mohiyati va shakllanishi

Mehnat bozori — bu mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo'lm agan qismlari va ish beruvchilar o'rtasidagi munosabatlami hamda ulaming shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko'p aspektli, o'suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.

Shuni ta’kidlash joizki, «mehnat bozori» tushunchasining ijtimoiy- iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining tizimli tadqiqoti mazkur bozorni o'tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:

- ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;

- bozor uslubida xo'jalik yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

- mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko'rsatish;

- ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi va raqobat qobiliyatini oshirishga ko'maklashish;

- ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini o'zgartirish.

Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – mehnat bozori shakllanishining asosiy sharoiti yoxud shartidir.

Shu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir ko'rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtim oiy, dem ografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko'rib chiqamiz.

Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo'lib, yollanma xodimlami o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish beruvchilaming ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur subyektlami o'zaro almashuv munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida shaxsiy iste’molchilik yotadi. U lar ham o'z navbatida qayta qator ishlab chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyojining ifodalanishi bo'ladi.

MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatga erishish uchun o'zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo'lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan o'zaro bog'langan hamda bir-birlariga qaram bo'lsalar ham bir-birlariga qarshi turadilar.

Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining shakllanishiga hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan bir hisoblanadi. Ammo bunday muvozanatni keltirish juda murakkab va albatta sun’iy usullar bilan. Bozor qonunlari asosida esa umuman mumkin emas. Buning asosiy sababi — taklif qilingan mehnatga layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi.

Mehnat bozori konyukturasi shakllanishining ijtim oiy shart-sharoitlari ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilam ing sifat ko'rsatkichlari oshishi yetakchi o ‘rin egallaydi.

Ish beruvchi va yollanma xodim o'rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchining sotish, sotib olishning hal qiluvchi huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi.

Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy iqlim sharoitlari muhim rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Yuqori unumdor qishloq xo'jaligi yerlarida va yetarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi ko'proq jam lanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko'rsatadi. Yangi ish joylarini yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo'li bilan ishchi kuchiga talab va taklif o'rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar vujudga keltiriladi. Bu esa mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi.

Shu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy aham iyat kasb etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: noqishloq xo'jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat qo'llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modemizatsiyalash, qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi yerlarni o'zlashtirish, qayta ishlash sanoati, xizm atlar ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko'lam ini kengaytirish, kichik va o'rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshqalar. Shu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni pasaytiruvchi omillar vujudga keladi. Ular: shaxsiy yordamchi xo'jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o'z-o'zini band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va noandoza shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning bozor usullarini tatbiq etish, inflatsiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar.

Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarga esa bir qator omillar ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan,bu ijara va xususiy mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo'lmagan yoki ekologik zararli korxonalarni yopish, yangi yerlami o'zlashtirish ko'lamini qisqartirish, moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: kadrlarning malakasi, m a’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, qishloq xo'jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko'payishi, mehnatni qo'llash mintaqallarining yetishmasligi va boshqalar.

Shu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi kuchi taklifining shakllanishi holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish beruvchilaming tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo'lgan mablag'lar jamg'armasi; yollangan xodimlaming pul daromadlari; nafaqaxo'rlar va bolalik ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo'lgan shaxslarni mablag'lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo'jaligida va yollanmasdan «uy mehnati»da band boiganlar soni; Qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlami takomillashtirish va hokazo.

Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o'zgarishi bilan aniqlanadi:

Mehnat bozorining samarali amal qilishi uchun, birinchidan, ishlab chiqarish vosita-lariga ega bo‘lib, uning yordamida ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki uni kengaytirish, ikkinchidan, ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lmagan va ish bilan band bo‘lmagan kishilarning mavjudligi zarur. Ana shular mehnat bozorining asosiy sub’ektlari, mehnat bozori ishtirokchilari hisoblanadi2. Mehnat bozori jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotining muhim sohasidir. Hozirgi paytda mehnat bozori xo‘jalik yuritishning tarkibiy qismlaridan biriga aylangan. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mehnat bozori ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni ifodalovchi mexanizm sifatida ko‘rilsa, boshqa iqtisodchilar guruhi mehnat bozori faqatgina ishchi kuchiga bo‘lgan talabni qondirishga sharoit yaratadi, deb hisoblaydilar. Uchinchi xildagi toifa ham mavjud bo‘lib, ularning fikriga ko‘ra, mehnat bozori - o‘z shaxsiy qobiliyati ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarish hamda ularni ijtimoiy mehnat taqsimoti tizimida tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash qonunlari asosida hayotiy kundalik vositalarga almashtirishi munosabatlarining murakkab tizimini ifodalaydi.



Mehnat bozorining iqtisodiy tushuncha sifatidagi mohiyati uning turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi xususiyatlari, ishchi kuchini takror ishlab chiqarish, taqsimoti, o‘zlashtirish va foydalanish mexanizmi, u yoki bu jamiyat iqtisodiy munosabatlari tizimida ushbu tushunchaning roli va ahamiyati klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyandalari, hamda xorijiy mamlakatlar mashhur iqtisodchi olim-larining tadqiqot predmeti bo‘lgan. A.Smit va d.rikardolardan to j.Keyns, M.Fridman, YA.Kornai va ko‘p sonli boshqa iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilgan.Mehnat bozori tushunchasiga rossiyalik va ko‘pgina o‘zbek olimlarining ham ta’riflari mavjud.S.YU.Roshshin, T.o.razumovalarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori-mehnatga talab va mehnat taklifini o‘zaro harakatlantiruvchi, bozor mexanizmi va belgilari asosida mehnat resurslarini taqsimlashdi3. P.E.Shlender va professor Y.P.Kokinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining tarkibiy qismi bo‘lib,yollanma ishchi kuchi va ish beruvchilar manfaatlari kelishilgan jamiyat aloqalari ijtimoiy tizimini bildiradi. Mehnat bozori-bu birinchidan, ishchi kuchi talabi va taklifi orasida iqtisodiy aloqalar yig‘indisi, ikkinchidan, turli xil iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar va funksiyalar to‘qnashadigan joy, uchinchidan korxonalar nuqtai nazaridan, alohida korxona va uni ishchilarini o‘zaro aloqa maydoni, firma miqyosida yangi ish joyiga o‘tishni o‘ylovchi haqiqatdagi va mavjud bo‘lgan ishchilar”4B.M.Genkinning ta’rifiga ko‘ra:”mehnat bozori, eng avvalo, ish beruvchi va ishga yollanganlar manfaatlarining kelishuvi mexanizmi hisoblanadi. Undan tashqari mehnat bozorida ijtimoiy aloqalar boshqarish zarurati hosil bo‘lib, davlat manfaatlari belgilanadi”5. L.Maksakova “Mehnat bozori” tushunchasining o‘rniga “ishchi kuchi bozori” tushunchasini qo‘llashni zarur, deb hisoblaydi. “Mehnat resurslari bozori” tushunchasi qo‘llansa, yanada to‘g‘riroq bo‘ladi, deydi6.Tadqiqotchi v.A.pavlenkov ta’kidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini ham yollanma mehnat bilan band bo‘lganlar ham band bo‘lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi:”Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o‘rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaat-lar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy muno-sabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan”7.i.S.Maslovaning ta’rifi bo‘yicha mehnat bozori-bu o‘suvchi tizim, unda mulkchilik sub’ektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va “yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o‘zaro ta’sir etadi”. Mehnat bozori mavjud, ammo “kesik, shakli o‘zgartirilgan ko‘rinishda, buning ustiga har narsani o‘z ichiga oladigan xarakterga ega bo‘lmay, balki mehnat munosabatlarining faqat bir qismini qamrab oladi”8. Q.Abdurahmonov va F.Mamaraximovning ta’rifiga ko‘ra, “Mehnat bozori deyilganda ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasi tushuniladi”9. SH.R.Xolmo‘minov ta’rifiga ko‘ra mehnat bozori-mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida, “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish-sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir10. d.rahimova, O.Abdurahmonovlarning ta’rifiga ko‘ra, “mehnat bozori ishchi kuchini sotuvchi va xaridori, uning qiymatini belgilaydigan va taklif etiluvchi mehnat xizmat-larini taqsimlaydigan muhitni tavsiflash imkonini beradigan kategoriya, analitik konstruksiya, deb tushunilishi ham mumkin”11. “Mehnat bozori” tushunchasi ishchi kuchi xaridi va ishlatilishini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ishchi kuchi va ishchi o‘rinlari bozoridan iborat bo‘ladi. Mehnat munosabatlari ishchi kuchi bozori bilan bir vaqtda ishchi o‘rinlari bozorining ham mavjud bo‘lishini taqozo etadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har ikkala bozor shakli mavjud bo‘lgandagina mehnat jarayonini amalga oshirish mumkin. Mehnat bozorining o‘ziga xosligi shundaki, ishchi kuchini pulga ayirboshlash oldi-sotdi bitimi tuzilgandan keyin, ma’lum ishlab chiqarish jarayoni amalga oshadi. demak, ishchi kuchi avval iste’mol etilib, so‘ngra uning haqi to‘lanadi. Mehnat bozori ishchi kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. ishchi kuchi bozori mehnatga layoqatli aholining mehnat qilishga bo‘lgan layoqatlarini taklif qilish sohasini topish xohish-istaklari yig‘indisi sifatida shakllansa, ishchi o‘rinlari bozori korxona va tashkilotlarning ishchi kuchiga bo‘lgan jami ehtiyojlari sifatida tashkil etiladi. Biroq ishchi kuchi bozori o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy tabiatiga ko‘ra, eng avvalo, aholining ishchi o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyojlarini ifodalaydi. Bu ehtiyojlarning qondirilishi esa, uning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish hamda samarali bandlikni shakllantirili-shining asosi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni va uni tarkibiy qismlarining sistematik tadqiqoti mazkur bozorni o‘tish davrida bajariladigan asosiy vazifalarni ham aniqlashga imkon beradi:

-ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirish;

-bozor uslubida xo‘jalik yuritishning iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;

-mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir ko‘rsatish;

-ishsizlarni ish topishga va ularning malakasi va raqobat qobiliyatlarini oshirishga undash va raxbarlantirish;

-ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga undash va mehnat taqsimotini takomillashtirish.

Ular, sanoat, xizmat ko‘rsatish va boshqa konkret mehnatni qo‘llovchi sohalarga qishloq xo‘jaligi soxasidan ozod bo‘lgan xodimlarni raqobat asosida jalb qilishni rag‘batlantiradi hamda shuning bilan muomala sohasida ishchi kuchi revervini shakllantirib, band bo‘lmasdan qolishga imkon beradi. Bu nuqtai nazardan eng aniq xulosa I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan:”Mehnat bozori mehnat resurslarining ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifini shakllantirish asosida, xo‘jalik yuritish sohalari va tarmoqlari, mashg‘ulot turlari va shakllari bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab taqsimlash va qayta taqsimlash vositasi vazifasini bajarishi lozim”. Shundan kelib chiqib, mehnat bozoriga quyidagicha ta’rif berish mumkin: mehnat bozorida ishchi kuchi shakllanadi, tartibga solinadi hamda korxonalar, tarmoqlar va mintaqalar bo‘yicha taqsimlanadi.


  1. MEHNAT OMILI VA MEHNAT BOZORIDAGI MUNOSABATLAR

Mehnat — iste’molni qondirish va daromad olishga qaratilgan kishilarning maqsadga muvofiq xo'jalik faoliyatidir.

Shuni ta’kidlash kerakki, bozor iqtisodiyotida daromad olish asosiy maqsad bo'lib yuzaga keladi, kishilarning talablarini qondirish — birinchi maqsaddan kelib chiqadigan pirovard natijadir.

Mehnat jarayonida inson o'zining aqliy va jismoniy energiyasini sarf etadi. Turli xil ishlarda aqliy (intelektual) yoki jismoniy mehnat yuqori darajada bo'lishi mumkin. Mehnat oddiy yoki murakkab, malakali, malaka talab etmaydigan bo‘lishi mumkin. Mehnat mahsuli ham keskin farq qiladi: moddiy yoki nomoddiy m ahsulotlar (masalan, axborotlar), xizmatlar.

Hozirgi zamon nazariyotchilari ham yaratilgan mahsulot resursga aylanib, boylik hosil etishini e’tirof etadilar.

Ishlab chiqaruvchilar mehnati boylikni ko'paytiradi.

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratilgan va jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat in’omlaridan iboratdir.

Milliy boylik miqdori va sifati jamiyatning kuch-qudratini, iqtisodiy potensialini ko'rsatadi. Uning asosiy ko‘rsatgichi Yalpi milliy mahsulot miqdoridir. Iqtisodchilarga shu narsa m a’lumki, mehnat resurslari, kapital, yer kabi ishlab chiqarish omillari bir xil bo‘lgan korxonalar va hattoki butun m am lakatlar ham har xil iqtisodiy natijalarga erishadilar. Hattoki, turli xil resurslarga boy bo‘lganlar kambag‘allashib, kamroq resurslarga ega bo‘lganlari esa boyib bormoqdalar.

Ishlab chiqarish omillaridan foydalanish yaxshi bo‘lishi uchun eng muhim omillardan biri bo’lgan — «tadbirkorlik qobiliyati» ham zarur ekan. Gap shundaki, bozor iqtisodiyotida «mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» ga alohida o‘rin beriladi. Tadbirkor o‘ziga xos qobiliyatga, harakterga, bilimga ega bo‘lgan tinimsiz izlanuvchi, yangilikka intiluvchi, ixtiro qiluvchi, tashabbuskor kishidir. Ishlab chiqarish omillarini birlashishi tadbirkorsiz amalga oshmaydi. Tadbirkor resurslarni yangicha kombinatsiyalarini topib, alohida korxonalar va butun iqtisodiyotning rivojini ta’minlaydi.

Avvalgi tuzum davrida «tadbirkorlik qobiliyati» tushunchasi ham tadbirkorlarning o‘zlari ham tan olinmagan. Tadbirkorlik qobiliyati o'ziga xos aql, idrok, tavakkalchilik, bilim, shijoat talab etadi.

Bunday hislatlar, qobiliyat hammada ham bo‘lavermaydi. Demak, mehnatga layoqatli kishilarning hatti-harakatlari resurslar cheklangan sharoitda maksimal darajadagi natijalarga qaratilishi lozim.

Juda qadimdan inson mehnati har qanday xo‘jalik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Uni ishlab chiqarishning universal omili deb hisoblasa ham to ‘g‘ri bo‘ladi. XVII asrning klassik iqtisodiy siyosatining asoschilaridan bo‘lgan ingliz olimi V .Petti 1664-yili shunday deb ko'rsatgan edi:

«Mehnat — boylikning otasi va uni faol yaratuvchi omili, yer esa — uning onasi». Haqiqatdan ham har qanday tovarni yaratish va xizmat ishlarini bajarish uchun moddiy resurslar va ularga ta’sir etuvchi inson mehnati zarurdir12.

Ijtimoiy mehnat taqsim oti jarayonida, ayirboshlash va bozor munosabatlarini rivojlanishi mehnatni o‘ziga xos tovarga aylantirdi. Mehnat sotiladigan va sotib olinadigan bo‘ldi, bunday resursga talab va taklif shakllandi. Bu mehnat bozorini yaratilganini ko'rsatadi. Bunday bozorda boshqa resurslar bozoriga o'xshash xaridor sifatida korxonalar, firmalar yuzaga keldi. Mehnat bozorining eng asosiy xususiyati shundaki, mehnat omilining egasi va sotuvchisi bo'lib (mehnatga loyiq bo'lmaganlardan tashqari) butun aholi hisoblanadi.

Mehnat bozoridagi munosabatlar - ko'pchilik fuqarolar hayotining eng muhim munosabatlari bo'lib hisoblanadi va shuning uchun ham bu sohani o'rganishga ilmiy izlanuvchilarning ko'pchiligi o'z fikrlarini qaratmoqdalar. Shuning uchun mehnat bozori muammolarini chuqur bilish jamiyatning boshqa barcha iqtisodiy, ijtimoiy muammolarini tushunish va hal etishda muhim ahamiyatga ega.

Mashhur iqtisodchi olimlar (R.Barr va boshqalar) fikricha mehnatni tahlil qilishda ular uch guruhga bo'lib o'rganiladi:

I. Mehnatni demografik ko'rinishi (aspekti);

II. Mehnatni iqtisodiy ko'rinishi;

III. Mehnatni huquqiy va ijtimoiy shart-sharoitlari.

Mehnatni demografik holatini o'rganish shuning uchun kerakki, bunda butun mamlakat aholisi iste’molchi hisoblanadi, lekin ularning hammasi ham ishlab chiqaruvchi emas.

Milliy mahsulotni yaratishda aholining faqat iqtisodiy jihatdan faol qismi ishtirok etadi.

Aholining iqtisodiyotdagi faol qismi ularning yoshiga qarab ajratiladi. Aholi yoshi bo'yicha quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1. 0 dan 19 yoshgacha;

2. 20 yoshdan 64 yoshgacha;

3. 65 yosh va undan yuqori.

Aholining 20 yoshdan 64 yoshgacha bo'lganlari mehnatga layoqatli hisoblanadi. Undan iqtisodiyotda faol ishtirok etadigan aholi kategoriyasi ajratiladi. Ular o'z kasblari bo'yicha mehnat qiluvchilardir. Ular ish sohalari bo'yicha tarkibi quyidagi jadvaldan ko'rinadi. Iqtisodiyotda faol ishtirok etuvchilar darajasini har 1000 aholiga hisoblab bilish mumkin. Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 40-42% ni tashkil etadi.

Mehnatning iqtisodiy aspekti.

Iqtisodiy faoliyat sifatida mehnat foydali (unumdor) yoki foydasiz (unumsiz) mehnatlarning nisbatini ifodalaydi.



Mehnatning foydaliligi nima?

Mehnatning foydaliligi — bu uning mahsuldorligi,- iste ’molni qondiraolish darajasi. Mehnat — bu kishining ongli mehnat faoliyati bo‘lib, uning yordamida u ne’matlarni yetishmovchiligiga, kamyobligiga qarshi kurashadi va ularning miqdorini ko‘paytirishga harakat qiladi.

Mehnatni foydaliligini mehnat unumdorligi (vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori birligi) bilan bir xil deb qarash to ‘g‘ri bo'lmaydi.

A.Smit moddiy ne’matlar miqdorini oshirgan mehnatni unumdor, mahsuldor deb bilgan. Nomoddiy xizmatlami ishlab chiqarish uchun sarfiangan mehnatni — mahsuldor deb hisoblamagan.

Jan Batist Sey: foyda keltiruvchi har qanday yaratuvchilik qobiliyati bo‘lgan mehnatni unumdor hisoblagan. Bunda faqat fermerning yoki ishchining m ehnati emas, balki xizm atchilar mehnati, sartarosh, artist va shunga o'xshashlar mehnatini ham unum dor hisoblagan. Balerinaning mehnati ham uning fikricha unumdor, chunki u foyda keltirmoqda, uning bahosi bor, qadrlanadi, kishilar bunday xizmat uchun haq to'lashga rozidirlar.

Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi J.B.Seyning qarashlariga asoslanmoqda: o'z tabiatidan va subyektidan qat’iy nazar har qanday mehnat unumdordir, chunki u kishilar uchun foyda keltirmoqda. Shu bilan bir vaqtda m ehnat faqat yaratish jarayoni emas, u og'ir mashaqqatli faoliyat, mehnat qiluvchi xarajatlar ham qiladi, u hordiq chiqarish, dam olish imkoniyatlaridan, o'yin-kulgidan va h.k.dan voz kechadi.

Mehnatni huquqiy va ijtimoiy sharoitlari kishilik jamiyatining rivojlana borishi bilan mehnat rejimining huquqlarida erkinlik sari evolutsion o'zgarishlar sodir bo'lib bordi.Quldorlik davrida ishchi gapiruvchi qurol edi, to'laligicha o'z egasiga tegishli edi.

O'rta asrdagi krepostnoylik davri kishilami yerga bog'liq qilib qo'ydi va o'z egasiga ishlashga majbur qildi.

Yevro'pada XVIII asrdan boshlab mehnat erkinligi g'alaba qildi. Mehnat erkinligining farq qiluvchi tomonlari: ish kuchni, uni taklif etuvchiga tegishliligi; ish kuchiga bo'lgan talab va taklifni bozorda shakllanishi; ish kuchi tovar hisoblanadi, va uning bahosi bor.

Biz fikrimizni davom etdirib, insonning mehnat bozoridagi hara- katini nima belgilaydi, bu bozorning xususiyati nimada, ish kuchiga bo'lgan talab va taklif nimalarga bog'liq, mehnatning bahosi qanday shakllanadi? - degan savollarga javob berishga harakat qilamiz.Mehnat bozoridagi talab takomillashgan raqobat bozorida tadbirkorlar yollaydigan ishchi va xizm atchilar soni — ish haqining miqdori (W) va mehnatning (qiymat birligidagi) pirovard mahsuli yoki unumdorligi ko'rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Yollangan ishchilar sonini oshirib borishim iz bilan pirovard mehnat mahsuli kamayib boradi (Bu yerda daromadni kamayib borish qonunini eslab ko'rishimiz mumkin).

Quyidagi chizma mehnatga bo’Lgan talabni nisbiy xarakterda ekanligini ko'rsatadi, chunki m ehnatning pirovard unum dorligi kamayib borishi qonunini ko'rsatmoqda.



Uning ma’nosi shundaki, firma yollangan ishchilar sonini ko‘paytirib, ulardan zarar ko'rgan, shuning uchun ular mehnatiga kam haq to'lagan.

Mehnatga bo’lgan talab egri chizig’i.

Bu chizma belgilangan ish haqi miqyosida (masalan WA) firmada ish bilan band bo'lgan xodimlar soni (LA) shunday bo'ladiki, bunda ish haqi miqdori mehnat unumdorligining pirovard miqdoriga teng bo'lib qolganligini ko‘rsatadi.


  1. Download 107.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling