Reja: I kirish. Ionlar haqida ma’lumot. II asosiy qism


Download 1.2 Mb.
bet1/3
Sana28.11.2019
Hajmi1.2 Mb.
  1   2   3

Reja:

I Kirish. Ionlar haqida ma’lumot.

II Asosiy qism.

1.Cobalt ning tabiatda uchrashi va manbaalari.
2.Cobaltning biologik funkisiyasi.
3.Organizmda cobalt yetishmovchiligi.


III Xulosa.

I.1 Ionlar (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) — zaryadlangan zarralar; atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron (yoki b. zaryadlangan zarra) qabul qilganda yo yo`qotganda hosil bo`ladi. Ionlar "I." tushunchasi va terminini 1834 y. da ingliz olimi M. Faradey birinchi bo`lib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr o`tkazuvchanligi IONLAR harakatiga bog`liq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli IONLAR kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli IONLAR anionlar deyiladi. IONLAR zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir:

Hujayra tarkibiga jonsiz tabiatda uchraydigan kimyoviy elementlardan 70 taga yaqini kiradi. Ular ko'pincha biogen elementlar deb ataladi. Bu tirik va jonsiz tabiatni umumiyligini ta'kidlovchi dalillardan biridir. Biroq tirik va jonsiz tabiatdagi kimyoviy elementlarning o'zaro nisbati turlicha bo'ladi. Tirik organizm tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar miqdoriga qarab bir necha guruhga bo'linadi. Bular: makroelementlar (C, O, H. N. P. S. K, Na, Ca, Mg, CI, Fe) va mikroelementlar (Zn, Си, J, F. Co. Mo. Cr, Mn, B)dir.

Hujayra massasining 98% ni to'rtta element: vodorod, kislorod. uglerod va azot tashkil qiladi. Ular makroelementlar deb ataladi.

Bulardan tashqari biologik polimerlar (yunonchada: "poli" — ko'p, "meros" — qism) hisoblangan oqsil va nuklein kislotalar tarkibida yana fosfor va oltingugurt ham uchraydi.

Hujayra tarkibida birmuncha kam miqdorda oltita element: kaliy, natriy. kalsiy, magniy, temir va xlor ham mavjud. Ularning har biri hujayrada muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, Na, К va CI hujayra membranalari orqali turli xil moddalarni o'tkazishni ta'minlaydi. Nerv hujayralarida hosil bo'ladigan qo'zg'alishlarini o'tishi ham shu elementlar yordamida amalga oshiriladi. Ca va P suyak to'qimalarini hosil qilishda ularning mustahkamligini ta'minlashda ishtirok etadi

Barcha qolgan elementlar (rux, mis, yod, ftor, kobalt, marganes, molibden, bor va boshqalar) hujayrada juda kam miqdorda uchraydi ya'ni hujayra massasining 0,02 %ga yaqin qismini tashkil etadi. Shuning uchun ular mikro-elementlar deb ataladi. Biroq ular ham hayotiy muhim ahamiyatga ega. Mikro-elementlar biologik faolligi yuqori bo'lgan moddalar-gormonlar, fermentlar. vitaminlar tarkibiga kiradi. Masalan, qolqonsimon bez tomonidan ishlab chiqariladigan tiroksin gormoni tarkibiga yod elementi kiradi. Uning yetishmasligi tiroksinni hosil bo'lishini kamaytiradi, natijada bez gipofunksiyaga uchraydi va buqoq kasalligi rivojlanadi. Zn bir qator fermentlarning tarkibiga kiradi. Jinsiy gormonlarning faolligini oshiradi. Kobalt B12 vitaminining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu vitamin qon hosil bo'lishida muhim ahamiyat kasb etadi.



II.1 Elementlar davriy sistemasining VII guruh,4-qator yonaki d-element II va III valentliklarni namoyon qiladi

Kobalt odatda mishyak bilan birikkan holda arsenid CoAsS va kobalt yaltirog’i-CoAsS tarzda tabiatda uchraydi.Kobalt rudalardan oksid holda ajratib,so’ngra vodorod ,ko’mir yordamida qaytarib ajratib olinadi.

Co3O4+4H2=3Co+4H2O

Co3O4+2C=3Co+2CO2

Kobalt quyidagi mahsulotlar tarkibida uchraydi.

Sabzavotlar: Qizilcha, bodring, kartoshka, rediska, kapusta, sabzi, joxori, piyoz, sarimsoq piyoz,petrushka.

Ozuqa mahsulotlari:Mannaya kasha ,tuxum garox,qora non.

Hayvon mahsulotlari:mol jigari,buyragi,yuragi, quyon, tovuq go’shti, kalmar, krivetka, baliq mahsulotlari.

Sut maxsulotlari: qaymoq, pishloq, kefir.

Mevalar: Nok, o’rik, smorodina, uzum.

Kobalt organizmda B12 vitamini tarkibiga kirgan holda uchraydi. B12 vitamin to`q qizil kristall modda bo`lib, kimyoviy tuzilishining eng xarakterli belgisi tarkibida cobaltning 4.5% miqdorda mavjud bo`lishidir. B12 vitamini ichak florasida ham ishlab chiqariladi. B12 vitaminida bo‘lgan sutkalik ehtiyoj — 20-50 mg.ni tashkil qiladi. Buning organlardagi taqsimoti quyidagicha:

jigarda 0.11 mg

skelet muskullarida 0.20 mg

suyakda 0.28 mg

sochda 0.31 mg

yog` to`qimalarida 0.36 mg ni tashkil etadi.

B-12 vitaminini keragidan ortiq qabul qilishning zarari yo'q, jigar o'ziga 1 yillik zahirani yig'ib oladi va kerakli paytda sarflaydi.

2. Kobaltning biologik funksiyalari.



Vitamin B12-suvda eriydigan tarkibida yagona metall atomini tutuvchi biologik faol modda. Uning tarkibida kobaltning miqdori 4.5 %.Sutkalik miqdori 15-20 mg


Vitamin B12 kimyoviy tuzilishi:

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling