Reja: I kirish


Download 1.69 Mb.
Sana23.04.2020
Hajmi1.69 Mb.
#100975
Bog'liq
TTB


Andijon Mashinasozlik Instituti

“Avtomobilsozlik” fakulteti “AT”

Yo’nalishi 4-kurs 208\16 Guruh

Talabasi Xoshimov Qudratbekning

‘’Texnik Tizimlarni Boshqarish”

Fanidan tayyorlagan PREZENTATSIYASI


Mavzu: ABTni Analizi va Sinteziga Zamonaviy Yondashuv Masalalari

  • Kirish
  • Avtomatlashtirish - ilmiy texnika taraqqiyotining asosiy omillaridan biridir. Xozirgi kunda qishloq xo‘jaligida, xususan, qishloq xo‘jalik mashinalari (QXM) va traktorlarda xaydovchini ayrim texnologik jarayonlarni boshqarishdan qisman yoki butunlay ozod ‑qiladigan turli xildagi, eng oddiydan tortib o‘ta murakkab, maxsus avtomatik qurilmalar qo‘llanilmoqdaki, bu qurilmalar ish unumdorligini keskin oshirish, tannarxni kamaytirish imkoniyatini va mos ravishda katta iqtisodiy va sotsial samara beradi.
  • SHu sababli bo‘lgusi yosh mutaxassis, bakalavr-mexaniqlar QXM va traktorlarni avtomatlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks muxandislik va tashkiliy masalalarni xal qila olishi, ulardagi avtomatik sistemalarni loyixalash va xisoblash asoslarini puxta bilishlari kerak.

Avtomatik o‘lchash sistemasi

  • Avtomatik o‘lchash sistemasi
  • O‘lchashni- vazifasi avtomatik o‘lchash sistemasi (AO‘S)da amalga oshiriladi. Bunda o‘lchash ob’ekti (O‘O)ning (1-rasm) holati yoki ma’lum bir xossasi birlamchi o‘zgartkich (BO‘) yordamida o‘lchanib, kuchaytiruvchi - o‘zgartiruvchi qurilma (KO‘Q) orqali qayt qiluvchi (yozib oluvchi) qurilma(QQ)ga (ossillograf, magnitograf, perforator, BHM va b.) uzatiladi.

Avtomatik o‘lchash sistemasi

  • Avtomatik o‘lchash sistemasi
  • Avtomatik o‘lchash sistemalari mashinalarda yurish tezligi, IYOD vali yoki ishchi organlarning aylanish chastotasi va burovchi momentlarini, siljishlari, balandligi yoki yurish chuqurliklarini ish jarayonida o‘lchab boradi olingan ma’lumotni operatorga uzluksiz yoki uning talabiga ko‘ra etkazib beradi. Masalan, «Don-1500» g‘alla yig‘ish kombaynida 4 parametr (kombaynning yurish tezligi, dvigatel vali, yanchish barabani va tozalagich ventilyatori vallarining aylanish tezliklari) avtomatik ravishda o‘lchab boriladi. CASE IH kompaniyasining 8900 seriyasidagi «Magnum» traktorining boshqaruv va nazorat pulti «Informatsion markaz-II» bilan jixozlangan bo‘lib, u dvigatelning va traktor agregatining qator ekspluatatsion va texnologik parametrlarini avtomatik o‘lchash, sanash va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.

Avtomatik sanash sistema

Avtomatik sanash sistema

  • Hisobga olish (sanash) vazifasi avtomatik sanash sistema (ASS)larida amalga oshiriladi. Bunda mashinada borayotgan ma’lum bir jarayon, parametr, yoki ish natijasi (ishlash vaqti, bosib o‘tilgan yo‘l, ishlov berilgan maydon, sarf qilingan yoqilg‘i miqdori va x.k.) BO‘, KO‘Q orqali hisoblagich S(sanagich)ga yuboriladi (2-rasm). Odatda hisoblagich (sanagich) olingan natijani raqamlar ko‘rinishida (masalan, o‘nli elektrom exaniq sanagich, yorug‘lik diodli yoki suyuq kristalli raqamli indikator yoki displeyda, magnit lentasida va b.) qayt kiladi.

Avtomatik sanash sistema

  • ASS- QXM ishini meyorlashda va x.k.larda qo‘llaniladi. Rivojlangan chet davlatlar etakchi kompaniyalarining seriyalab ishlab chiqarilayotgan zamonaviy o‘ziyurar QXMlari va traktorlarida esa o‘lchash, sanash, ximoyalash, nazorat qilish, rostlash va boshqarish vazifalarini amalga oshirish uchun bort mikroprotsessorini qo‘llash yo‘lga qo‘yilmoqda.

Avtomatik nazorat sistemalari

  • Avtomatik nazorat sistemalari
  • Nazorat (kontrol) qilish vazifasi avtomatik nazorat sistemalarida (ANS) amalga oshiriladi. Bu sistemada nazorat ob’ektida, ya’ni mashina yoki qurilmada sodir bo‘layotgan ma’lum bir jarayon, voqea, ishchi organ yoki mashinaning holati, uning biror yoki birnecha parametrlari yoki xossalarini BO‘ va KO‘Q yordamida analog indikator (I) yoki diskret signal beruvchi (signalizator)ga uzatiladi (5.3-rasm). Nazorat qilinayotgan parametrning xaqiqiy qiymati shu parametrning ruxsat etilgan(«norma»dagi) qiymati bilan ANSni tashkil qiluvchi elementlarning birida taqqoslanadi va agar bu natijasida farq aniqlansa u ovoz beruvchi yoki signal lampochkalar, ayrim hollarda ko‘rsatuvchi asboblar orqali operator(mexanizator)ga xabar qilinadi. Misollar: QXMlarida erga ishlov berish chuqurligi, ekish jarayoni, miqdori, ishchi organlarning tezligi, holati, traktorlar va o‘ziyurar QXMlar IYOD temperaturasi, moy bosimi, yonilg‘i miqdori va boshqalarni ANSlari.

Avtomatik nazorat sistemalari

Avtomatik nazorat sistemalari

  • Himoya qilish vazifasi turli mashinalarda avtomatlashtirishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir va u avtomatik ximoya sistemasi (AHS)da ruyobga chiqarildi. Bu sistemada himoya ob’ekti(HO)ning chiqish kattaligini BO‘ va KO‘Q yordamida o‘zgartirilib va kuchaytirilib x2 signal ko‘rinishida ijro qurilmasi(IQ)ga uzatiladi. Agar HO chiqish kattaligining qiymati uning ruxsat etilgan chegara qiymatidan farqli bo‘lsa sistema, aniqrog‘i IQ ob’ektga energiya berishni to‘xtatib qo‘yadi va shu bilan uni buzilishdan saqlaydi.

.

  • XULOSA
  • Men bu Mustaqil ishni tayyorlaganda shunga amin bo’ldimki hozirgi kunda barcha ishlab chiqarish soxalarida, avtomobilsozlik, avtomatika va yana ko’p soxalarda ABT ning o’rni katta ekanligini bildim.
  • Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish ish unumdorligini oshirish,ish sharoitini va maxsulot sifatini yaxshilash bilan birga maxsulot tannarxini kamayishini ta’minlaydi. Avtomatlashtirish jismoniy mexnat bilan aqliy mexnat o‘rtasidagi tafovutni kamaytira borib, uni yo‘qolishiga olib keladi.

.

  • Foydalanilgan adabiyotlar
  •  
  • Melnikov A.A. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya texnicheskimi ob’ektami avtomobiley i traktorov.- M.: Izd.sentr «Akademiya»,2003.-280 s.
  • Abduazimov A.D., O‘ljaev E., Omonov N.N. "Texnik tizimlarni boshqarish" fanlaridan laboratoriya ishlari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent, ToshDTU, 2009, 72 b.
  • SHipilevskiy G. B. Traktornaya avtomatika. Konspekt leksiy po dissipline "Avtomaticheskie sistemы kolesnыx i gusenichnыx transportno-tyagovыx mashin. -M.: MGTU "MAMI", 2005. - 66 s.
  • Mashinostroenie-ensiklopediya. Tom IV-16. «Selskoxozyaystvennыe mashinы i oborudovaniya». Ksenevich M.P., Varlamov G.P., Kolchin N.N. i dr. M.:Mashinostroenie, 2002.- 720s.
  • Petrakov YU.V., Drachev O.I. Teoriya avtomaticheskogo upravleniya texnologicheskimi sistemami. Uchebnoe posobiya. Starыy Oskol “TNT”, 2013. -325 s.

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling