Reja: Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi, mohiyati haqida materialistik ta’limot


Download 62 Kb.
Sana19.01.2020
Hajmi62 Kb.

Markaziy Osiyoda tarbiyaning paydo bo’lishi haqidagi qarashlar va uning mohiyati, xalq pedagogikasi

Reja:

1. Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi, mohiyati haqida materialistik ta’limot.

2. Insonning yaratilishi, tarbiyaning maqsadi haqida ilohiy ta’limot.

3. O’zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, ilg’or g’oyalari

1. Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi, mohiyati haqida materialistik ta’limot

Faylasuflar- olamni turlicha izohladilar xolos lekin o’zgartira olmadilar.

Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi muhim printsipial ahamiyatga ega.

Inson va tarbiyaning paydo bo’lishini yoritishda tabiat, inson va jamiyat falsafasiga e’tiborni qaratmoq kerak.

Inson va tarbiyaning paydo bo’lishi masalasini tahlil etishda farmottsion tsevilizatsion yondashmoq kerak.

Mirzo Abdulqodir Bedil hayvonlarda ham sezish, g’azablanish ham lazzatlanish va hokozo xilma-xil xislatlar bor. Bu kuchlar normal darajada birikmalardan keyin inson odam paydo bo’lgan deb biladi. Inson o’simliklar va hayvonot dunyosi tufayli kelib chiqqan odam umumiy qobilitga ega bo’lgan mukammalroq zot. Inson hayvonot dunyosining uzoq davrlar mobaynida yuz bergan o’zgarishi va rivojlanishining mahsulidir deb tushintiriladi. «Irofon» risolasida insondan oldin ayiq va maymunlar, ulardan keyin odam paydo bo’lgan deb yoziladi.

Er, suv, olovning qo’shilishidan jamod-g’ayri organik, anorganik taiat osil bo’lib,undan nabodot o’simliklar kelib chiqdi. O’simlikning rivoji bilan ayvon vujudga keldi va so’zlashishni o’rganib inson paydo bo’ldi.

Xulosa shuki noorganik tabiatdan o’simlik va hayvonot dunyosi kelib chiqqan, bundan odam paydo bo’lgan, o’simlik, hayvonot bashariyatni bir-biri bilan chambarchas aloqadadir.

Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asos bo’ldi. Insoning tarkib topishidagi biologik shart- sharoitlar uning mehnat tufayligina hayvon holatidan inson holatiga o’tishi uchun asos bo’la olgan.

Inson mehnat qo’rollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi.

Ibtidoiy kishilarning omon qolish va ko’payishidan iborat o’z tabiiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan mehnat faoliyati hayvonni boa-bora insonga aylantirdi, kishilik jamiyatini yaratdi, bu jamiyatda kishining tarkib topishi sotsial qonuniyatlar bilan belgilanadigan bo’ldi. Eng oddiy mehnat qo’rollrini qo’llanish va ularni ongli ravishda tayyorlashning kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarni berish zaruriyatini tug’dirdi.

Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot qo’ynida ro’y bergan. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi.


2. Insonning yaratilishi, tarbiyaning maqsadi haqida ilohiy ta’limot.

Insonning Insonning paydo bo’lishi haqida islomiy ilmda insonni Olloh tuproqdan yaratgan (balchiqdan) deyiladi.

Olloh o’n sakkiz ming olamni yaratgandan so’ng unga sarvar qilib Insonni - hazrati Odam Atoni yaratgan ekan. Odam Ato qovurg’asidan, Momo havoni yaratib, zaminda odam urug’ini ko’paytirgan, urchitgan ekan. Aytishlaricha, odamning ko’ngliga uch narsa urmas, ya’ni inson uch narsadan bezor bo’lmas, doimo ardoqlar ekan.

1. Er uchun ayol, ayol uchun er. Chunki ayol Odam Atoning qovurg’asidan, biri vujuddan yaralgan. Vujudda esa oshiqcha a’zo yo’q.

2. Rizq-ro’zi, yashash omili Non. Non o’rnini hech shirinlik bosmaydi.

3. Bashariyat farzandi uchun ulug’ narsa bu - Kitob.

O’zbek xalqinig ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo’lib, ular o’ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda mashaqqatli yo’lni bosib o’tishgan.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So’g’diyona, Marg’iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parken kabi o’lkalarda turli qabila va elatlar yashagan. Bular hozirgi o’zbeklarning «ildizi» sanalgan sakmassagetlar, so’g’diyonalar, xorazmiylar, baxtadlar, parkanaliklar kabi qabila va elatlar edi.bular hozirgi Markaziy Osiyo hududidagi xalqlarning ajdodlaridir.

Bu elatlar yashagan hududlarda o’ziga xos madaniy an’analar tarkib topgan.

Ajdodlarimizning qadimiy madaniyatiga ta’lib-tarbiyaga oid merosi ham kiradi. Hozirgi turkiy va forsiy zabon xalqlarining bizgacha etib kelgan arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyondalarining merosi va namunalari buning dalilidir. Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha etib kelmagan.

Turkiy va forsiy zabon xalqlarning turmush tarzi ifodalangan ma’naviy madaniyat yodgorliklari grek tarixchisi Gerodotning «Tarix», Strabonning «Geografiya», M. Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk» kabi manbalarida saqlangan. Bu yodgorliklar insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada rol o’ynaganligidan dalolat beradi.

Tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo’lsa, insonning shakllana borishi ham, insoniyat jamiyatning tarkib topishiga yordam bergan. Insonning o’z-o’zini anglashi va jamiyat taraqqiyoti bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan.

Kishilar va kishilik jamiyati vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham inson sifatida takomillashib borgan.

Qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu umidlari, fazilatlari va qadimgi eposlarda o’z ifodasini topgan.

Qadimgi madaniy boyliklarimizni o’rganishda uch manbaga tayaniladi:

1. Xalq og’zaki ijodi materiallari.

2. Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

3. Arxeologik qazilma ashyolar.

Tarixchilar va pedagoglarning xabar berishicha, kishilarning mehnat faoliyati yosh jihatdan uch guruhga bo’lingan.

1. Bolalar va o’smirlar.

2. Hayot va mehnatda to’la qatnashuvchilar.

3. Keksalar.

Ibtidoiy jamiyatda bolalar o’zlari uddalay oladigan faoliyatga qo’shilib, u hayot kechirish va mehnat qilishga o’rgangan. O’g’il bolalar ov qilish, qurol yasash bilan shug’ullanganlar, qizlar esa ayollar mehnati bilan tanishganlar.

Urug’chilik jamoasida kasb-hunarga intilish kuchaydi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga yozuvga ham o’rgana boshlaganlar. Jamiyat taraqqiyoti bilan birga bolalarga dalalarni o’lchash, suv toshqinlarini oldini olish, kishilarni davolash usullariga oid bilimlarga intilish avj oldi. Natijada maktablarga va yozuvga ehtiyoj sezildi. Dastlab sur’atkashlar rivojlanib «Piktografik xat» paydo bo’lgan, keyinchalik yozuvlar takomillashgan. Oromiy, Yunon, Xorazm, Sug’d, Kushan, Run, Uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’lgan. Bu esa ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim rol o’ynagan.

Yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» kitobida qadimgi forslar, saklar va massagetlarning ta’lim-tarbiyaviy qarashlariga oid ma’lumotlar berilgan.

Forslarning ulug’laydigan narsalaridan jasurlikdir, -deydi olim, shunga ko’ra ular ko’proq o’g’illariga ega bo’lishdan faxrlanishgan. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, har doim sovg’a salom yuborib turgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshgacha otda yurishga, kamondan otish, to’g’rilikka o’rgatilgan. Bola besh yoshgacha otasiga ko’rsatilmagan, ayollar tarbiyasiga bo’lmagan.

O’g’il hech qachon ota-onasini behurmat qilmagan. Ular ota-onasiga hurmatsizlikni nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin deb bilganlar.

Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan deydi. Yana ular daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar: bu ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, bizning ajdodlarimiz farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir qilib tarbiyalashga e’tibor berganlar. Ayollar ham jasorat ko’rsatganlar. Plutarxning xabar berishicha, Podshoh Kir forslarni shoh Asitaga qarshi otlantirgancha ular jangda engiladilar va fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvlab shaharni egallashga yaqin qolganda ularga qarshi darvozadan ayollar chiqib shunday xitob qiladilar: «Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisiz? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysiz-ku?» Forslar ayollarning bu hayqirig’idan ta’sirlanib, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni uloqtirib tashlaydilar.

Bu hodisaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: bu shaharga agar qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilinsin.

Qadimgi Samarqandda ta’lim-tarbiya yaxshi tashkil etilganligi haqida ma’lumotlar bor. Samarqandda o’g’il bolalar besh yoshga to’lgach, unga savdo ishlari o’rgatilgan, o’qishni o’rganishi bilan savdo ishiga o’rgatila boshlangan.

Boshqa bir tarixchi Samarqand aholisining axloqiy va xulq odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini qayd qiladi.

Qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlar xalq og’zaki ijodi namunalari-afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va iboralarda o’z ifodasini topgan.

Epik rivoyatlarda ajdodlarimizning vatanparvarlik kurashi o’z ifodasini topgan. Jasurlik, kuchlilik, mardlik, qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo’lgan fazilat sanalgan.
3. O’zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, ilg’or g’oyalari

«O’zbek xalq pedagogikasi» qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalq paydo bo’lgan butun davrni o’z ichiga oladi.

Xalq pedagogikasi ijtimoiy va maishiy- axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo’nalishlarini, diniy- axloqiy ta’limotni qarab olgan. U xaqimizning asrlar davomida to’plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma’rifiy, estetik, ma’naviy va jismoniy etuklik borasidagi qarashlarni, tajriba- xulosalarni lo’nda donishmandnamo tarzda ifodalaydi.

Xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo’llanma darsliklar shaklida bizga etib kelmay, xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlanib qolingan.

Xalq pedagogikasi hozirgacha yashovchanligi og’zaki tarzda bo’lib, har bir avlod unga o’z tajribasini, qarashlarini, fazilatlarini qo’shgan holda bizgacha etib kelgan.

Inson ona qornidan yaxshi, yomon bo’lib tug’ilmaydi, birday tug’iladi. Yaxshi- yomonga aylanishitarbiyadan dastlab ota-ona, oila, maxallako’y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyat tuzumdandir. Bunday oilaviy pedagogika, xalq pedagogikasi udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an’analari, jamiyatning bu sohadagi sa’y- harakatlari ahamiyatlidir.

Xal bisotidagi tabarruk so’zlar duo-olqishlar tarbiyaga qaratiladi.

Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Ajdod- avlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol o’ynaydi.

Qo’shiqlar (lirik, marosim, mavsum qo’shiqlari, «Yor- yor» lar, «Alla» lar, yig’i-yo’qlovlar, sog’in, o’rim, yanchiq, bayram- sayillar, qo’shiqlari, bolalar folklorining namunalari va boshqalar) go’zallik, samimiyat, mehr- shavqat, orzu- umid, quvonch- shodlik, g’am-g’ussa, armon, ma’zunva ma’sum tuyg’ularni tarannum etish orqali har qanday kishida chuqur insoniy tuyg’ularni o’stiradi, hayotga, tabiatga, insonga cheksiz muhabbatni kamol toptiradi.

Ertaklar orqali kishilar sirli-sehrli olam bilan tanishadi, bu borada bilim va tushunchalari boyiydi. Yaxshi xislatlardan oziq olish yomon xislatlardan nafratlanish hissi shakllanadi.

Bola tarbiyasi borasidagi an’analar o’zbek klassik adabiyotida o’z aksini topgan jumladan:Nizomul mulkning «Siyosatnoma»,Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Ro’shnoma», Yu.X. Hojibning «Qutadg’u bilig», M. Qoshg’ariyning «Devoni lug’otit-turk», A. Yugnakiyning «Hibbatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma» kabi asarlarda pedagogik g’oyalar salmoqli o’rin egallaydi.

Xalq og’zaki ijodi qadim zamonlardan buyon jahon xalqlarining, shu jumladan, o’zbek xalq pedagogikasining ham yagona tarbiya vositasi bo’lib kelgan.

O’zbek xalq pedagogikasi bola ko’rish, tarbiya jarayoni, uning jamiyatda tutgan o’rni, xalq pedagogikasida tarbiyaning tarkibiy asoslari (aqliy, axloqiy, jismoniy mehnat va nafosat tarbiyasi), milliy tarbiyani amalga oshirish usul va vositalari, yoshlarni dastlabki oilaviy odob qoidalariga odatlantirish va uni amalga oshirish yo’llari, oilaviy mehnatga odatlantirish, uni amalga oshirishda foydalaniladigan usul va vositalar, xalq pedagogikasiga maktab va hunar-ta’limi va boshqa tarbiyaviy tadbirlarni o’z ichiga oladi.

Ilmiy pedagogikaning bosh maqsadi va vazifasi har jihatdan to’la kamolotga erishgan, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishga qaratiladi. Barkamollik yoshlarni aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat hamda nafosat jihatdan etuklikni o’z ichiga qamrab oladi.

Ilmiy pedagogika xalq pedagogikasi bilan chambarchas bog’liqdir.

O’zbek xalq og’zaki ijodi to’g’ridan-to’g’ri bola tarbiyasiga ta’sir etish vositasi bo’lib xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda.

Inchunin tez aytish-bolalar nutqini o’stirishga, maqol-bolalarning odob-axloq tarbiyasiga, qo’shiq-bolalarning nafosat tarbiyasiga, doston va ertaklar-bolaning turli tomonlama tarbiyasiga ijobiy ta’sir qilib kelgan.

To’maris - O’rta Osiyoning qadimiy xalqlari orasida mashhur bo’lgan qahramon ayollar haqidagi afsona. To’marisning asli bizgacha etib kelmagan. Gerodokning «Tarix» asarida hikoya qilinishicha, Eron shohi Kir O’rta Osiyoga yovuz niyat bilan bostirib kiradi. O’rta Osiyo aholisi, ayniqsa To’maris boshchiligidagi massaget qabilalari Kirga qarshi qattiqkurashdilar. Kir qo’shini engiladi va uning o’zi 529 yilda jang maydoniga o’ldiriladi. To’maris Kirning boshini qon bilan to’lg’azilgan meshga solib, «sen umring bo’yi qonga to’ymading, men o’z ontimga amal qilib, seni qon bilan sug’ordim. Birovning yurtiga zo’ravonlik bilan bostirib kirganlarning jazosi shu!» deydi. To’maris harakter e’tibori bilan jangnoma tipidagi afsonalar tipiga kiradi. Qabila va yurt mudofasi afsonaning asosiy mavzusi bo’lib, uning g’oyaviy mazmunini chet el bosqinchilariga qarshi kurash, xalq va yurtni zolimlar zulmidan himoya qilish, mardlik, qahramonlik tashkil etadi.

Shiroq- jangnoma tipidagi afsonalardan biri. Mazmuni tarixiy voqealar asosiga qurilgan. Afsonani birinchi marta yunon tarixchisi Polien o’zining «Harbiy hiylalar» degan asrida keltirgan. Afsonada sak qabilasidan chiqqan otboqar Shiroqning jasorati, tadbirkorligi, vatanparvarligi, erkparvarligi kabi fazilatlari himoya qilinadi. Shiroq o’z qabilasi manfaatlarini himoya qilib, o’zi Eron shohi Doro lashkarlariga qarshi chiqadi va harbiy hiyla bilan uning qo’shinlarini chalg’itib, suvsiz, dash- sahroga boshlab boradi va halokatga duchor qiladi. Qabila va xalq mudofaasi asarning bosh mavzusi bo’lib, bosqinchilarga qarshi kurash, mardlik va jasorat ko’rsatish esa uning g’oyaviy mazmunini tashkil etadi. Asarda bosqinchilik qoralanadi, tinchlik va ozodlik uchun kurash ulug’lanadi.


Adabiyotlar:
1. Barkamol avlod orzusi. SH.Karimov va b. tah. ostida.Toshkent, «Shаrq» 1999.

2. Hoshimov K, Imomova M.. Pedagogika tarixi. Toshkent. «O‘qituvchi» 1996.

3. O’zbek pedagogikasi, antologiyasi 1- qism. Tuzuvchi mualliflar: K. Xoshimov,

S. Ochilov. Toshkent, «O‘qituvchi» 1995



4. Mo’minov. I. «Mirzo Bedil». T. : «O‘qituvchi» 1974.

5. O‘rta Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyoti tarixidan. T.: «Fan», 1997
Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling